Aziz o‘quvchilar!



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə114/136
tarix19.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#117486
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   136
10-ona-tili-konspekt

Darsning borishi (reja):
I.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
II. Ona tili darsligi bilan tanishtirish
III.Yangi mavzu bayoni:
Topshiriq. Berilgan qo‘shma gaplarda qismlar o‘rtasidagi sabab munosabatining aniq, ochiq va mantiqan ifodalanishini qiyoslang.
Barchamiz kitobni sevishimiz kerak, chunki kitob bilim manbayi hisoblanadi – Biz kitobni sevamiz: kitob bilim manbayi hisoblanadi. Kitob bilim manbayi hisoblanadi, shuning uchun biz kitob ni sevishimiz kerak – Kitob bilim manbayi hisoblanadi: biz kitobni sevishimiz kerak. Qo‘shma gaplar uni tashkil etadigan qismlar orasidagi mazmuniy munosabatlarni ifodalaydi, shu tariqa real olamdagi ikki voqea hodisa o‘rtasidagi aloqadorlikni, xususan, sabab-oqibat, maqsad, shart, to‘siqsizlik, payt kabi bir qancha munosabatlarni aks ettiradi. Qo‘shma gap qismlarining birikishida xilma-xil bog‘lovchi vositalar ishtirok etishi yoki ishtirok etmasligi mumkin. Bu bog‘lovchi vositalarning ishtirokiga ko‘ra tegishli mazmun ifodasida turli farq va o‘ziga xosliklar yuzaga keladi, bir-biri bilan ma’nodosh sintaktik birliklar paydo bo‘ladi. Ana shular hisobga olinsa, qo‘shma gaplarning qanchalik katta uslubiy imkoniyatlarga ega ekanligi ma’lum bo‘ladi. Qo‘shma gaplarning bog‘lovchili va bog‘lovchisiz turlari farqlanadi. Ularning bog‘lovchili turida voqea-hodisalar o‘rtasidagi munosabat aniq, ochiq va qabariq ifodalanadi, bog‘lovchisiz turida esa bunday emas. Masalan, quyidagi misolda sabab-oqibat munosabatining ifodalanishini qiyoslang: Til millatning bebaho mulki, shuning uchun uni hamisha muhofaza qilmoq lozim (sabab-oqibat munosabati shaklan ochiq aks etgan) – Til millatning bebaho mulki: uni hamisha muhofaza qilmoq lozim (sabab-oqibat munosabati shaklan aks etmagan). So‘zlashuv nutqida uzun va tarkibi murakkab jumlalarni tuzish imkoniyati chegaralangan, bu uslub qo‘llanadigan nutqiy sharoit ham bunga yo‘l qo‘ymaydi. Shuning uchun so‘zlashuv uslubida qo‘shma gaplarning, asosan, bog‘lovchisiz turi ishlatiladi.
Ilmiy va rasmiy uslublarda esa mazmunni to‘liq va aniq ifodalash ehtiyoji bilan qo‘shma gaplarning bog‘lovchili turi afzal ko‘riladi. Badiiy va publitsistik uslublarda esa xilma-xil ma’no nozikliklari, uslubiy bo‘yoq, tasviriylik zaruriyatiga qarab, qo‘shma gaplarning har ikki turi qo‘llanaveradi.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin