101-mashq. Gaplarni o‘qing, ularda ifodalangan voqea-hodisalar o‘rtasidagi mazmuniy munosabatni izohlang.
1. Endi bu soatdan boshlab Marg‘ilondan roziman, negaki yo‘qlab kelguchi sizning kabi qadrdonlar ham bo‘lur ekan. (Abdulla Qodiriy) 2. Shodi akaning gaplarini eslayman, ammo qanday ko‘rinishi esimdan chiqib ketgan. (Ahmad A’zam) 3. Xuddi shu yerda o‘sha kuni Toshboltaning jomadonlari turgan, shuning uchun gilamni ko‘tarib qarash hech kimning xayoliga kelmagan edi. (Tohir Malik) 4. Jiyan ham bir zumda buyruqni
bajo keltiradi – inqillab, sinqillab buzoqchani ko‘tarib chiqadi. (Said Ahmad) 5. Bir kuni ko‘zi otilib yerga tushganda, bildirmay bir tepganedim, ruda olib ketayotgan transportyor lentasiga borib tushdi. (Said Ahmad)
102-mashq. Qo‘shma gaplar o‘rtasidagi mazmuniy mutanosiblikka diqqat qiling, ular nimasiga ko‘ra farqlanayotganini tushuntiring.
1. Oraga tushgan sovuq vaziyatni yo‘qotish uchun tayinliroq so‘z qidirardim, ammo tilim kalimaga kelmasdi. (O‘. Hoshimov) – Oraga tushgan sovuq vaziyatni yo‘qotish uchun tayinliroq so‘z qidirardim, shu bois tilim kalimaga kelmasdi. – Oraga tushgan sovuq vaziyatni yo‘qotish uchun tayinliroq so‘z qidirardim, tilim kalimaga kelmasdi. 2. O‘g‘il bolalar sartaroshlik va tufli yamashni o‘rgansalar, qizlarimiz kassirlikni mashq qiladilar. (Said Ahmad) – O‘g‘il bolalar sartaroshlik va tufli yamashni o‘rganadilar, qizlarimiz kassirlikni mashq qiladilar. – O‘g‘il bolalar sartaroshlik va tufli yamashni o‘rganadilar, qizlarimiz bo‘lsa kassirlikni mashq qiladilar.
103-mashq. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni bog‘lovchili qo‘shma gaplarga aylantiring, mazmuniy munosabatning aniq ifodalanishiga e’tibor bering.
1. Kunduz kunlari bog‘larga sho‘ng‘ib ketamiz: sababi urush, bog‘lar qarovsiz qolgan... 2. O‘tmish tajribamdan bilaman: bunaqa xat olgan birorta qiz-juvon rad etgan emas! 3. Matluba... musobaqaga yig‘ilgan olomonni ko‘rib hayratda qoldi: odamning ko‘pligidan keng maydonga tanga tashlasa yerga tushmas edi. 4. Matluba darrov sezdi: rashk qilishyapti! 5. Qizlarning rashk qilishi bejiz emas: xushqad, ke lishgan Samig‘jon o‘yinda ham ustasi farang edi. 6. Birdan bir tilagim: olib keting men sho‘rlikni! 8. To‘satdan yana nog‘oralar gumburlaydi, otlar kishnaydi. 9. Yasovul chiqadi, chodirga qop orqalagan ikki sipoh kirib, qoplarni yerga tashlashadi. (O. Yoqubov) 104-mashq. Berilgan qo‘shma gaplarning mazmunini saqlagan holda boshqa turdagi qo‘shma gaplarga aylantiring. Mazmuniy munosabatlarning ifodalanishiga diqqat qiling.
1. Bu yoqqa tashib ovora bo‘lmayin deb, idish-tovoqlarni tashqari hovlida yuvdim. (Oybek) 2. Yozishga yozdim-u, o‘zimdan o‘zim afsuslanib qoldim. (O‘. Hoshimov) 3. O‘sha gugurt qutisida pul bo‘larkan, cho‘pini yondirayotganda ichiga qarab pulning bor-yo‘qligini bilarkan. (Said Ahmad) 4. Deyarli hech narsa o‘zgarmagan: oqshom sukunatini chu qur lash tirib shovullayotgan daraxtzor ham, ohista oqayotgan anhor ham, muyulishdagi bir tup o‘rik ham – hammasi o‘sha-o‘sha. (O‘. Ho shi mov) 5. Tilim qichib yana bitta qiziq voqeani ayta boshlagan ham edimki, A’zamjon aka jerkib berdi. (Said Ahmad)