Mundarija: Kirish i-bob. Hoshimov O‘tkir xalq yozuvchisi timsolida



Yüklə 51,33 Kb.
səhifə1/8
tarix13.12.2023
ölçüsü51,33 Kb.
#175621
  1   2   3   4   5   6   7   8
E`zoza


MUNDARIJA: Kirish……………………………………………………………………….….…..2
I-BOB. Hoshimov O‘tkir xalq yozuvchisi timsolida
I.1.O`tkir Hoshimov xalq yozuvchisi………………………………..…...............5
I.2.O`tkir Hoshimov asarlari va ularning ahamiyati.…………………………......10
II-BOB. Ta'lim bosqichlarida O`tkir Hoshimov hayoti va ijodini o`rganish usullari
II.1. Ta`lim bosqichlarida O‘tkir hoshimov asarlarini interfaol metodlar yordamida o‘qitish.…………………………………………………………………..………13
II.2. Ta`lim bosqichlarida O`tkir Hoshimovning asarlaridagi ijodiy uslubi……….……………………………………………………………………18
II.3. Ta`lim jaronida O`tkir Hoshimov asarlarida “Ona” obrazini ko`rish…..21
Xulosa …………………………………………………………………....…..….23
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………...……......25


Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Kurs ishining dolzarbligi O`tkir Hoshimovning ijod yo`li va asarlarini o`rganishdan va ularni tadbiq etishdan iboratdir. O‘tkir Hoshimov o‘z ijodini she’r va ocherklar yozishdan boshladi. Benazir yozuvchimizning hamisha bir niyyati bo’lgan: ”Shunday asar yozsangki, kitobxon uni o’qiyotganda hamma narsani unutsa, asar qahramonlari hayoti bilan yashasa. Kitobni o’qib bo’lgan kuni kechasi bilan uxlamay, to’lg’onib chiqsa... Vaqti kelib, o’sha kitobni yana qo’liga olganida qaytadan hayajonga tushsa...orzum shu...”1. Bugun adibning bir emas, bir nechta asarlari ana shunday hayajon bilan qayta –qayta o’qilmoqda.Elimizning ardoqli adibi, O’zbekiston Xalq yozuvchisi O’tkir Hoshimov asarlari “eng holis va eng beshafqat ikki hakam –Kitobxon va Vaqt sinovidan” yorug’ yuz bilan o’tib kelmoqda. Chunki ularda inson qismati tasvirlanadi. Zamirida xaqiqat yotadi...O‘tkir Hoshimov tarjimon sifatida O. Berggolts, S. Sveyg, Mustay Karim, V. Shukshin asarlarini o‘zbek tiliga o’girgan. Uning eng yaxshi va sara asarlari rus va boshqa tillarga tarjima qilingan. Adibning jami nashr etilgan asarlari ellikdan ortiq bo‘lib, ularning umumiy tiraji qariyb ikki milliondan ziyod. O‘. Hoshimovga samarali ijodiy mehnati uchun 1991 yili «O‘zbekiston xalq yozuvchisi» faxriy unvoni berilgan. «Mehnat shuhrati» (1996), «Buyuk xizmatlari uchun» (2001) ordenlari bilan mukofotlangan. Yozuvchi zarrada quyoshni, qatrada dengizni ko’rsata olgan haqiqiy san’atkor bo’la oldi.
O’zbekiston xalq yozuvchisi O’tkir Hoshimov hayotiy voqelikka suyangan holda, asar qahramonlarining ichki olamini har tomonlama mukammal, to’g’ri va aniq tasvirlash, shuningdek, zamonaning dolzarb masalasini ko’tarib chiqish orqali kitobxonning shuuriga ta’sir qiluvchi obrazli tasvirni yarata olganchinakam iste’dod sohibi edi.
1 Karimov N. XX asr o’zbek adabiyoti tarixi. T.: O’qituvchi, 1999, 496-bet.

Yüklə 51,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin