Mundarija: Kirish i-bob. Hoshimov O‘tkir xalq yozuvchisi timsolida


II.2. Ta`lim bosqichlarida O`tkir Hoshimovning asarlaridagi ijodiy uslubi



Yüklə 51,33 Kb.
səhifə6/8
tarix13.12.2023
ölçüsü51,33 Kb.
#175621
1   2   3   4   5   6   7   8
E`zoza

II.2. Ta`lim bosqichlarida O`tkir Hoshimovning asarlaridagi ijodiy uslubi. Hozirgi globallashuv davridagi taraqqiyot va o`zgarishlar hamma soha singari adabiyot sohasiga ham ulkan vazifalar qo`ymoqda. Eng avvalo, adabiyot darslarida o`quvchi ongiga ma`naviyat tushunchasini yetkazish, uning insoniy his tuyg`ularini shakillantirish va rivojlantirish, bir so`z bilan aytganda bugungi “Komil inson”ni tarbiyalash adabiyot sohasining bosh maqsadi. Shunday ekan, ijodkorlari hayoti va ijodi yo`lini ko`rsatish, asarlarini o`rganish va sharhlash orqali o`quvchiga asarning mazmuni va asardagi insoniylik konsepsiyalarni singdirish orqali mehr, oqibat, vatanga muhabbat, vijdon va iymon kabi tushunchalarni singdirish mavzuni qanchalik dolzarb ekanligni ko„rsatib turadi. O`tkir Hoshimov o`zbek xalqining eng mashhur va sevimli yozuvchilaridan biridir. Adibning “Bahor qaytmaydi”, “Qalbinga quloq sol”, “Nur borki, soya bor”, “Dunyoning ishlari”, “Ikki eshik orasi”, “Tushda kechgan umrlar”, “Ikka karra ikki-besh” kabi ko`plab qissa, hikoya, romanlari xalqimiz ko`ngil mulkidan joy olgan asarlar. Ularda davr muammolari aks etishi va ularning oqibatlari nihoyatda ishonarli tasvirlangan. Ayniqsa, ularning ichida mustaqillika erishganimizdan so`ng yozilgan “Tushda kechgan umrlar” romani alohida o„rin tutadi. Bu romanda o`tgan asarning 80-yillarida avj olgan “paxta ishi”, “o`zbek ishi” nomlari bilan xalqimizning ko`zga ko`ringan insonlarini markaz tomonidan “poraxo`rlikka qarshi kurashish, unga barham berish” niqobi ostida, aslida “siyosiy tozalash” ishlaridan tortib, “afg`on urushi” va uning xalq boshiga solgan misilsiz ko`rguliklari, o`zga yurtda qon to`kib begunohdan begunoh shahid bo`lgan yurt “Temurlari”, “Xayriddinlar”, urushda jarohat olib bir umrga farzand ko„rish baxtidan mosuvo “Rustamlar” qismati, “ikkinchi jahon urushi” qiyinchiliklari, “Qatag`on davri” sarsongarchiliklari va 80-yillarda avj olgan ayrim “illatlar” va ularning oqibatlari xalqimizning ko`nglini o`rtagan orzu-armonlarini aks ettirgan. Roman kuchli dard bilan yozilgan bo`lib, unda biz tafakkuri teranlashgan ijtimoiy dard-alamlari pishib yetilgan ijodkorni ko`ramiz. Chunki ijodkor shu muhitni o`z ko`zi bilan ko`rgan, his qila olgan. Bu borada Tanqidchi A.Rasulov asar ruhi mundarijasiga quydagicha izohlaydi: “Tushda kechgan umrlar”da O`. Hoshimov insonlar xarakterini yoritishda o`zini zinhor cheklamadi. Sho`ro davridagiday, buni aks ettirish mumkin emas, insonni asosan, ijtimoiy mohiyatini yoritish kerak deganyozilmagan qonunlar tazyiqi endi yo`q”.6 Ijodkor bu asarda qahramonlarga ism tanlashda ham o`ziga xos falsafiylik yo`lidan boradi. Masalan: Butun umrini sho`rolar davlatiga xizmat qilishga bag`ishlagan, millat farzandlarini o`z qo`li bilan “yot unsur”ga aylantirgan, kezi kelganda o`z xotinidan, o`z bolasidan ham shubhalanuvchi, din millat tushunchasi begona Soat G`anievich vaqti kelib o`zi ham “keraksiz bir buyum”ga aylanib boradi. Xuddi yozuvchi bizga Soat “vaqt”, G`anievich “g`animat”, “har qancha zulm ham o`tkinchi bu dunyoda faqat yaxshilik qoladi” degandek bo`ladi. Romanda Rustam, uning suyukli xotini Shahnoza va Rustamning ota-onasini asosiy syujet chizig`iga yig`ish orqali real hayot manzaralari tasvirlanadi. Asar Rustamning o`lim voqeasi bilan boshlanadi. Voqealar rivoji davomida yozuvchi bosh qahramon o`limi tafsilotlarini aniqlash barobarida “ rustamlar” fojeasiga sabab bo`lgan tuzumning mohiyatini ochib beradi. Inson bolasining tariqchalik qadr-qimmati yo`qligi, ularning taqdiri tuzum yaratgan komessarlar qo`lida hal bo`lishini mahorat bilan ko`rsatib beradi. Rustam kabi mard yigitning avji yigitlik pallasida o`limni tanlab o`z joniga qasd qiloishi mantiqsizlikdek ko„rinadi. Lekin yaxshilab o`ylab qaralsa, bemaqsad afg`on urushi, uning minglab gunohsiz qurbonlari, “o`zbek ishi” bahonasida xalq boshga solingan qatag`onlar mantiqsiz. Rustam ana shu mantiqsizlik qurboni. Yozuvchining o`zi bu xususida shunday diydi: “Sho`ro zamoni oxirlab qolgan kezlar edi. Bir tomonda bemaqsad Afg`on urushi boryapti. Ikkinchi yoqda “o`zbek ishi” bahonasida xalqimiz boshida qatag`on qilichi o`ynayapti. Bir kuni Afg`ondan, bir kuni mamlakat ichkarisidan askar yigitlarimizning “temir tobuti” kelib turibdi. Xuddi dahshatli tush kabi... ” Romanning nomi ham bejizga bunday tanlanmagan. Adib 70 yil davomida mudroq holatda bo`lgan, uyquda hayot kechirgan millatning ijtimoiy, ma‟naviy holatiga ishora beradi. Asarda ko`p yillar kommunistik ahdiga sodiq yashagan Rustamning otasi tuhmat bilan
6A. Rasulov tanqitchi maqola
qamalgandan so`ng, o`g`liga yozgan xatidaaytadi: “O`ylab qarasam o`tgan umrim–umr emas, tush ekan. Go`yo men esimni tanib-tanimay birov uyqu dori ichirgan-u tush ko`rib yuraverganman: goh shirin, goh xatarli tush ko`rib, o`sha “birov” qayoqqa sudrasa, ketidan ergashib ketaverganman... uyg`onishga esa qo`rqqanman... mana endi, uyg`onib, yonverimga qarasam, menga o`xshaganlar ko`p ekan...”. Bu so`zlar o`zi yashab turgan tuzumning adolatsizliklarini ko`rgan, nohaq jabr tortgan raisnigina emas, roman persanajlarining barchasiga, ular timsolida esa minglab jabrdiydalarga ham tegishli. Ular bu qo`rqinchli tushdan uyg`onib amin bo`ladiki, ular ishongan g`oyalar puch, bir umr e`tiqod qo`yganlari sarob bo`lib chidi. Roman, qissa, hikoyalarida so`z san`atining azaliy bosh muammosi –inson taqdiri va qalbining badiiy tahlili ham mavjud edi. Muallif dolzarb ijtimoiy muammolar talqini bilan yondosh holda ko`p o`rinlarda personajlar ruhiyatidagi g`oyat nafis jarayonlarni san‟atkorona ifoda etardi.


Yüklə 51,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin