BARTeR Pul mablag‘lari ishtirokisiz bevosita tovarga tovar ayirboshlash va shu haqdagi shartnoma.
BIRJA Qimmatbaho qog‘ozlar va har xil mollar bilan savdo-sotiq qiladigan yirik savdo muassasasi; bozorni uyushtirishning tashkiliy shakli.
INVESTITSIYA Mamlakat ichkarisida yoki chet elda, foyda ko‘rish maqsadida, biror korxona yoki iqtisodiyotning muayyan tarmog‘iga capital qo‘yish, kiritish va shunday kapitalning o‘zi.
MARKETING 1Iqtisodiyotning mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish (talab va iste’mol, mahsulotga narx belgilash, ularni targ‘ib qilish, sotilayotgan tovarlar hajmini ko‘paytirish vositalari kabi) muammolari bilan shug‘ullanuvchi soha. 2 Bozor ehtiyoji talablaridan kelib chiqqan holda korxonaning yangi mahsulotlar ishlanmalarini tayyorlash, tovarlar ishlab chiqarish va sotish yoki turli xil xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatini boshqarish va tashkil etish tizimi.
MeNeJeRKorxona va kompaniya egasi bo‘lmagan, maxsus tayyorgarlik ko‘rgan malakali yollanma boshqaruvchi.
MeNeJMeNT Zamonaviy ishlab chiqarishni boshqarish (rejalash, tartib ga solish, nazorat qilish), shuningdek, ishlab chiqarishga rahbarlik qilish, uni tashkil etish; boshqarish to‘g‘risidagi fan.
IV.Mustahkamlash 1. So‘zlarning funksional bo‘yog‘i deganda nimani tushunasiz?
2. So‘zlarning emotsional-ekspressiv bo‘yog‘i deganda nimani tushunasiz?
3. Ma’lum bir uslub doirasidagina qo‘llanadigan so‘zlarga misollar keltiring.
4. Salbiy va ijobiy bo‘yoqli so‘zlarga misollar keltiring.
V.Baholash Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa: 25-mashq. She’riy parchadagi ijobiy bo‘yoqli so‘zlarni toping va ularning ma’nolarini izohlang.
O‘xshashi yo‘q bu go‘zal bo‘ston,
Dostonlarda bitgan guliston,
O‘zbekiston deya atalur,
Uni sevib el tilga olur.
Chiroylidir go‘yo yosh kelin,
Ikki daryo yuvar kokilin.
Qorli tog‘lar turar boshida,
Gul vodiylar yashnar qoshida. (Hamid Olimjon)