Aziz o‘quvchilar!



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə95/136
tarix19.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#117486
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   136
10-ona-tili-konspekt

Darsning borishi (reja):
I.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
II. Ona tili darsligi bilan tanishtirish
III.Yangi mavzu bayoni:
Topshiriq. Undalmalarning nechanchi shaxsga qaratilgani, gapning qaysi o‘rinlarida kelishiga e’tibor bering.
1. Hurmatli Xolposhsha! Boshingga tushgan tashvishdan, anchagina betob bo‘lib yotganingdan xabarimiz bor. Qayg‘urma. (O‘. Umarbekov) 2. Gapiraver, qizim, qulog‘imiz senda. (O‘. Umarbekov) 3. Ich, jigarim, qo‘rqqansan... (Abdulla Qahhor) 4. Endi, o‘g‘lim, dabdurustdan majlis deding... asli, shu gapni avval o‘zaro jo‘n gaplashib, pishiqtirib olsag-u, keyin majlisga solsang bo‘lar edi. (Abdulla Qahhor) Ma’lumki, undalmalar so‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki predmetni bildiradi. Ular so‘zlovchining tingl ovchiga bo‘lgan xolis, ijobiy, salbiy, tantanavor, rasmiy kabi munosabatlarini ham ifodalaydi. Masalan, rasmiy uslubda qo‘llangan undalmalarda rasmiylik bo‘yog‘I sezilib turadi: Hurmatli Ahmad Rahmatovich, Sizga shuni ma’lum qilamizki... Undalmalar so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda, asosan, emotsional-ekspressivlik bo‘yog‘iga ega bo‘ladi. Masalan: Odamlar, siz mening hayotim, Har biringiz umrim parchasi. (E. Vohidov) Bo‘tam, orqaga qayt. Manavilarni uyga tashlab, keyin boramiz. (Said Ahmad) Bunday birliklardagi undash ma’nosini yanada kuchaytirish uchun turli undovlar ham birga qo‘llanishi, undalmalar takror holda kelishi mumkin. Masalan: Ey Vatan, bag‘ringda shod Erkin o‘g‘loning bo‘lib Yurmoqni istaydir ko‘ngil. (E. Vohidov) Hoy qizginam-ey, qizginamey. Nimalar qilib qo‘yding, qizginam-ey. (O. Yoqubov) Sendan farzandingga bog‘ qolsin, ey do‘st, Bog‘ing Vatan degan nom olsin, ey do‘st. (E. Vohidov) Undalmalar gapning ichida yoki oxirida kelganda, emotsionallik bo‘yog‘i ortiqroq bo‘ladi. Masalan: Endi sen chorlasang, toki tanda jon, Labbay deyajakman, Vatan – onajon. (A. Oripov) Oq yo‘l bo‘lsin sizlarga, yosh do‘stlarim. (E. Vohidov) Qutida, – dedi Zulayho. – Xud-di shunaqa zirak ham bor. Kumush bo‘lsa kerak-a, dada? (O‘. Umar-bekov) Biz eskichasiga Hanifa deyaveraylik, o‘g‘lim, qishloqchilik emasmi, bilgan undoq deydi, bilmagan mundoq deydi. (Said Ahmad)

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin