VAQT, payt, zamon, fursat, mahal, chog‘, kez, kezak, mavrid, palla, muddat, dam, on, lahza. Yuz beradigan voqea-hodisa va narsalarning asrlar, yillar, soatlar, daqiqalar va h.k. bilan o‘lchanadigan davomiyligi. Vaqt so‘zi qolganlaridan keng tushunchaga ega. Payt, zamon, mahal, chog‘, kez, kezak, palla, muddat, dam, on, lahza so‘zlari ma’lum chegaralangan vaqtni bildiradi. Shu ning uchun bu so‘zlar ifodalanayotgan vaqt chegarasini aniq lab ko‘rsatuvchi so‘zlar bilan birga qo‘llanadi: yoz payti, bir zamon, har mahal, shu on, shu chog‘, o‘sha kezda, har lah za, kuz pallasi kabi. Muddat o‘lchangan, belgilangan vaqtni bildiradi. Zamon biror voqea-hodisa bilan xarakterli bo‘lgan vaqt oralig‘ini ham bildiradi. Lahza, on vaqtning juda qisqa darajasini bildiradi va ko‘proq kitobiy uslubga xos. Fursat, ko‘pincha, ma’lum ish uchun lozim bo‘lgan, shu ishga belgilangan vaqt ma’nosini bildiradi.
IV.Mustahkamlash 1. Undalma gap bo‘laklari bilan sintaktik aloqaga kirishadimi?
2. Undalmalar gapning qaysi o‘rinlarida kelishi mumkin?
3. Undalma o‘zi qo‘shilayotgan gapga qanday uslubiy ma’nolarni yuklaydi?
4. Undalmalar gapning o‘rtasi va oxirida kelganda, qanday subyektiv munosabatlarni anglatadi?
V.Baholash Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa: 91-mashq. Undalmalarning gapdagi o‘rnini aniqlang, shunga ko‘ra ulardagi uslubiy ma’nolarni izohlang.
1. Menga qara, ko‘ppak, xotiningni oldiga shu alpozda borma! (Said Ahmad) 2. E devona, o‘zi narsaga muhtoj bo‘lsa, senga narsa olib kelarmidi! (Abdulla Qahhor) 3. Yaxshilik yerda qolmaydi, o‘g‘lim.Bizga ko‘rsatgan lutf-u karamingiz, Xudo xohlasa, o‘n chandon bo‘lib o‘zingizga qaytadi. (Tohir Malik) 4. Axir, mulla Said Jalolxon, nega kishini qo‘rqitasiz? (Abdulla Qahhor) 5. Men bularni tushunaman, dada. Lekin siz kashfiyotingiz bilan o‘ralashib, atrofga befarq qaraydigan bo‘lib qolgansiz. (Tohir Malik) 6. O‘z vujudini ham larzaga soluvchi bir nido otilib chiqdi: – Oyi-i-i! U boshidan hushi uchib borayotganini elas-elas his qilib o‘zini yerga otdi. Tit roq qo‘llari bilan loy changallagan cha cho‘kkalab ko‘ksiga mushtlay ketdi. – Oyi! Oyijon! (O‘. Hoshimov) 7. Hormang, dada, – dedi Jamshid yetib kelgach. – Sizni kutib turuvdim. (Tohir Malik)