Nega farmasevt kasbini tanladim?
Reja:
1. Kasbim maqsadlarim sari qo’yilgan ilk qadamdir.
2. Farmasevtika sohasini rivojlantirish yo'lidagi oliy maqsadlarim.
3. Farmasevtika -xalqning sog'lom turmush tarzi kafolati.
Bu mavzuda insho yozar ekanman , menda chuqur mas’uliyat hissi
paydo bo’ladi. Nega deysizmi , chunki bu mavzuni yozish davomida men
kelajagimni ko'z o'ngimda paydo qilaman , yarataman. To'g'ri, so'z bilan
hammasini izohlash qiyin , lekin bularni yozish orqali o'zimga ko'pgina
ishonch va motivatsiya olaman degan umiddaman.
Bugungi kunda, rivojlanayotgan zamonda barchamizga ma'lumki,
jamiyat qachon rivojlanadi, qachon mamlakat ravnaq topadi, qachonki
uning xalqi farovon hayotda yashasa, mamalakat o'z fuqarolari uchun
yaxshi sharoit yaratib bersa olsa. Albatta, dunyoda kasblar ko'p va
hozirda yanada bularning ko'lami kengaymoqda. Men shu kasblarning
ichida Farmasevt kasbini tanladim. Chunki tibbiyot sohasi, aniqrog’i
farmasevtika sohasi, hozirgi kunda muhim sohalardan biri deb o’ylayman.
Bu soha vakillarining vatani, xalqi oldidagi mas’uliyati kattaligini ham
bilaman va shuning uchun ham bu kasb menga juda yoqadi. Tug'ilib
o'sgan vatanimga shu yo'l bilan foydam tegishini istayman. Inson
dunyoga kelib hayotda yetuk shaxs bo'lishga, o'zidan yaxshi iz
qoldirishga, go'zal hayot kechirishga harakat qiladi. Bularning zamirida,
albatta, kishining o'zi sevgan ishi bilan mashg'ul bo'lishi turadi. Zero,
kimki o’zining qiziqishidan, qobilyatidan kelib chiqib kasb tanlasa, u
hech qachon charchamaydi, aksincha energiya oladi. Kasb faqatgina
moddiy daromad emas, balki umrining ajralmas qismi hisoblanadi.
Atrofdagilar fikri va daromad tufayli tanlangan kasb insonga baxt
keltirmaydi. Umri davomida maqsad bilan yashash va bu maqsadlar
yo'lida tinmay harakat qilib ularga erishish insonga huzur bag'ishlaydi.
Har bir inson o'ziga savol berishi kerak, ya'ni "Hayotda menga nima
kerak, maqsadlarim nimalardan iborat va bu yo’lda qanday yutuqlarga
erishmoqchiman?" Shunga javoban doimo olg'a borish lozim.
Mening fikrimcha, insonning hayotiga qurilgan poydevor, ertangi
kuni va maqsadlarining asosi bu uning kasbidir. Men Farmasevtika
sohasini tanlar ekanman, shuni chuqur anglab yetdimki, bu dunyoda
inson uchun sog’liq hamma narsadan ustun, hamma narsadan muhimdir.
Qachonki, inson sog'lom bo’lsa, u dunyodagi eng baxtli insondir. Yaqin
atrofimizdagi imkoniyati cheklangan insonlar, og'ir ahvoldagi , og'ir
kasallikga uchragan bemorlarni ko'rsak, albatta, ularga achinish hissi
paydo bo’ladi va hozirgi kunimizga, sog'lom inson ekanligimizga shukur
qilamiz.
Men
kasbim
orqali
O'zbekiston
tibbiyot
sohasini
rivojlantirmoqchiman. To’gri, buni gap bilan aytish oson , buni oson ish
emasligini ham bilaman, lekin chuqur bilim va izlanishlar orqali bu
sohasini rivojlanishiga o'z hissamni qo’shishni istayman. Yangi dorilar
ishlab chiqarish, hali davosi topilmagan kasalliklar ustida ishlab, ularni
davosini topish, jahon miqyosida mamlakatimizni tibbiyot sohasida
yuqori darajalarga olib chiqish, insonlarga, davosini yaratgandan so’rab,
shifo bo’ladigan dorini kutayotgan jamiyatimiz a'zolariga yordam berish,
men va men kabi kasb egalarining eng asosiy burchi, vazifasi deb
bilaman. Kasbim orqali insonlarga yordam berishni, ularni mushkulini
bartaraf etishni istayman. Avvalari, bu kasb egalariga havas qilardim,
endi esa bu kasbga qadam qo'yganimdan, maqsadlarim sari dadil qadam
qo'yayotganimdan faxrlanaman. Zero, shu kasb orqali insonlarga
yaxshilik qilsam men dunyodagi eng baxtli inson bo'laman. Men kasb
tanlashda yanglishmadim. Chunki bu sohaga qiziqishim va qobilyatim
yuqori deb hisoblayman. Dorilar hamda ularning yo'riqnomlari bilan
tanishish, ularni tayyorlash texnologiyalarini o'rganish menga zavq
bag'ishlaydi. Farmatsevt juda ma'sulyatli va sharafli kasb hisoblanadi. Bu
keng soha bo'lib, har bir dori turi zarradek moddadan bemorga yetib
kelguncha ko'plab bosqichlardan o'tadi. Sevimli sohamga kirib
kelarkanman, avvalo, institutda bilimlarni chuqur o'rganishdan tashqari,
professor ustozlar bilan dorilarning ta'siriga oid turli ilmiy ishlar qilish,
davosi topilmagan xastaliklar uchun dorilar ixtiro qilish ertagangi kunga
bo'lgan maqsad va ishonchimni yanada oshiradi. Farmasevtlik kasbi
orqali insonlar dardiga shifo toppish, yangi dori-darmonlar ixtiro qilish
yo’li bilan minglab umidsiz qolgan ko’zlarga nur qaytarish mumkin. Bu
kasbni tanlashdan asosiy maqsadlarimdan biri ham ana shulardan iborat.
Kelajakda dori ishlab chiqarish korxonalari ochishni o'z oldimga maqsad
qilib qo'yganman. Buni qiyinchliklari ko'p va mas’ulyati katta
ekanligini bilaman. Lekin nega O'zbekistonga chetdan kirib kelayotgan
dorilar yurtimizni o'zida ishlab chiqarilib, o'zbek xalqi uchun hamyonbop
narxlarda yetkizib berilmaydi?! Men shu ishlarni keyingi o'n yillik
rejalarimga kiritganman, ya'ni chet el bilan hamkorlikda davlatimizga
import bo'ladigan dorilarni vatanimizda ishlab chiqarmochiman.
Shuningdek haligacha davosi topilmagan qandli diabet kassaligiga dori
ixtiro qilmoqchiman. Negaki, bugungi kunda dunyoda qanchadan-qancha
inson ushbu xastalikdan aziyat chekmoqda. Men shu insonlarga yordam
berishni xohlayman. Hayotda har bir inson baxtli osoyishta yashashi
kerak, xastalik tufali o'limini kutib emas. Shuning uchun bugungi kunda
ushbu sohada ko'plab bilimlar egallab, o'simliklar, har xil kimyoviy
moddalarni ta'sirini o'rganishga kirishdim.
Kelajkda shunday dorilar ishlab chiqaramanki, ular har tomonlama
sifatli, samarali foyda beradigan va tez tasir qiladigan bo’ladi. Ularni
mamalakatimiz aholisiga hamyonbop narxlarda sotilishini ta'minlayman.
Bir o'ylab ko'ring, boshqa mamlakatlardan O'zbekistonning nima kami
bor, tibbiyotda yuqori darajalarga erishayotgan mamlakatlardan
qayerimiz kam to’grimi, mamlakatimiz mustaqil, sharoitlari yetarli
darajada, muhim tinch. Biz harakat qilsak, hamma narsaga erishamiz.
Bugungi kunda televidiniya va internet tarmoqlarida kam
ta'minlangan, davolanishga muhtoj, shu sababli chet elga borib
davolanishga yordam so’rayotgan qanchadan qancha insonlarni
ko'ryapmiz , eshitmoqdamiz. Agar bizda dorilar yetarli bo'lsa, davolanish
uchun barcha shart-sharoit va tibbiyot buyumlari yetarli bo'lsa , bunga
hojat yo’q. Bularning barchasiga erishish o'zimizni qo'limizda. Men
nafaqat dorilar ishlab chiqarishni istayman, balki shu dorilarga muhtoj
bo’lgan insonlarga ko'mak beradigan hayriya fondlari ochishni ham niyat
qilganman. Bu orqali xalqimiz dori-darmonga ehtiyoj sezmaydi. Agar biz
Farmasevtlar birlashsak, harakat qilsak, yaratganing ko'magi ostida
barcha kasalliklarni yengamiz, xalqimiz uchun sog'lom turmush tarzini
yaratamiz. Faqatgina olg'a borsak bas, barcha yutuqlar eshigi biz yoshlar
uchun ochiq.
Hozirgi kunda tibbiyot sohasining asosiy talabi bu yetarli darajada
dori-darmon bilan ta'minlanish va albatta, samarali darajada dori-
darmonlarning
ta'sirini
bemorlarda
ko'rishdir.
Dori-darmonlarni
bemorlarga to’gri yetkazib bera olsakkina, ular shifo topadi va
mamlakatimizda turli kasallilarni oldini olish darajasi ancha pasayadi.
Ya'ni Farmasevtika qanchalik yaxshi rivojlansa, dorilar sifatli va ta’sir
doirasi keng bo’lsa, shunchalik jamiyatimiz sog’lom bo’ladi va buning
natijasida biz sog’lom turmush tarziga erishamiz. Hozirda hammamiz
guvohi bo’lganimizdek, xalqimiz orasida kam qonlik, quvvatsizlik,
holsizlik holati juda ko'p kuzatilmoqda. Ayollarda farzand ko’rish
darajasi pasaymoqda. Nega desak, chunki ularning organizmi kuchli emas,
ko'p homilador ayollarimiz kam qon. Ularga yetarli vitaminlar ishlab
chiqarish, homiladorlikda quvvat bo'ladigan dori-darmonlar ko'lamini
kengaytirish kerak.
Men shu kasbim davomida hozirgi muammoli vaziyatlarga barham
berishni xohlayman. Har bir farmasevt shuni tushunishi kerakki , dori-
darmonni yaratish, uni ishlab chiqarish tagida faqat daromad olish emas,
inson hayoti, uning taqdiri turibdi. Shunday dorilar yaratishimiz kerakki ,
ular insonlarning dardini yenga olsin, ularning ertangi kunga bo'lgan
ishonchini qaytara olsin. Qachonki, farmasevt o’z manfaatlaridan,
xalqining, o'zi yashayotgan jamiyatning manfaatlarini ustun qo’ya
olsagina u haqiqiy farmasevt bo’ladi oladi, muhimi barchasida insoniylik
ustun kela olishi bu uning irodasini begilab beradi.
Keyingi 5 yil ichida dorixona ochib unga "Kelajak dorixonasi" nomini
bermoqchiman. Bu dorixona qolganlardan farq qiladigan bo’ladi va sifatli
dori-darmonlar ularga ehtiyojmand insonlarga tez fursatlarda yetkazib
beriladi. Aholi uchun muammo bo’lmaydigan darajadagi narxlar bilan
sotiladi. Bu dorixonadan online tarzda sotib olish mumkin va yetkazib
berilgani uchun hech qanday haq to’lanmaydi. Dori-darmonga muhtoj,
ammo uni sotib olish uchun yetarli mablag’ga ega bo’lmagan insonlarga
xayriya fondim tomonidan bepul tarqatiladi. Ushbu dorixonada moddiy
hayot emas, balki inson qadri dastlabki o'rinda turadi.
Kelajakda shunday farmasevt bo’lishni xohlaymanki, insonlar
dorilardan huzur topib qalban ularga bo’lgan mehrimni his qilishsin, ular
meni bilmasalarda duolarida bo’la olay. Yaratganimning ko’magida
bularning barchasiga erishishimga umid qilaman. Kelajak o’zimizning
qo’limizda. Dunyoga bir marta kelamiz. Shu umrimiz davomida yaxshi
ishlar qilib, o’zimizdan yaxshi nom qoldira olsak, biz umrimizni behuda
sarflamagan bo’lamiz.
Dostları ilə paylaş: |