Aziz o‘quvchilar!



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə62/136
tarix19.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#117486
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   136
10-ona-tili-konspekt

55-mashq. Kichraytirish shakllarining qo‘llanilishiga e’tibor bering.
1. Yigitcha, tushmaysizmi? – dedi kimdir orqadan. (O‘. Umarbekov) 2. Kundoshlarning eng kichigi – bu dargohga tushganiga besh oygina bo‘lgan kelinchak – ganjiravonlik Unsinoy chilim solib tutdi. (Abdulla Qahhor) 3. O‘yinga mashg‘ul bo‘lib o‘tirgan olti-yetti yashar qizaloq soy yoqalab kelayotgan kishiga ko‘zi tushib, shodon qiyqiradi: – Dadajon! Dadajon! (Erkin A’zam) 4. Iya, biz uning bobosi tengi bo‘lsak, bu tirrancha qizaloq ermak qilyaptimi? (Said Ahmad) 5. Mayli, kelib o‘tirsin – mana hovli, mana joy! Lekin manovi yetimchalaringni sudrab men qay go‘rga boray, ayt?! (Erkin A’zam)
56-mashq. Erkalash shakllarining qo‘llanilishiga e’tibor bering.
1. Abdurazzoq ota dadam edi-yu, Onaginam edi Sharifaniso. (E. Vohidov) 2. Ammo... shunday joyga, bir musofir muslima, manavi bolakayning mushtipar onaginasi qanday tushib qoldi ekan? (Murod Mansur) 3. Voy sho‘rpeshona-ye, voy sho‘rpeshonagina-a! – dedi Qimmat momo. (Tog‘ay Murod) 4. Peshonaginam qursin, voy mani sharmandalar
qilding-ku! (Murod Mansur) 5. Voy, voy, oyoqqinam tamom bo‘ldi. (E. Vohidov) 6. Mayli, buvijon, bular bir gap bo‘lar. (Ulug‘bek Hamdam) 7. E ukajonim-ey, – deb kiftimdan quchdi Tavakkal. (Sh. Xolmirzayev) 8. Bu yog‘iga ehtiyot bo‘lasiz-da, akajon, – deya hujjatlarni qaytib beradi serjant. – Oldinda yomon postlar bor! (Erkin A’zam) 9. Bu nom, bu rivoyatni sen ilk bor huv yozuvchi akaxoningdan eshitgansan; onda-sonda uchrashsalaring-da, ming yillik qadrdondek bo‘lib qolgan edilaring. (Erkin A’zam) 10. Bog‘ingiz katta hovliga qo‘shiladi, akaxonning topshirig‘I shunday! – deya hukm qildi Yormat. (Erkin A’zam) 11. Otaxon to‘rda taltayib o‘tirdi. (Erkin A’zam) 12. Bitta imorat nima bo‘pti, o‘g‘iltoy, bu yelkalar qanaqa yuklarni ko‘tarmagan. (Sh. Boshbekov)
57-mashq. Erkalash shakllarining ijobiy yoki salbiy bahoda namoyon bo‘layotganini aniqlang.
1. Ha, endi, buvingnikiga ko‘chib ketadigan bo‘lsak, uyni tashlab ketamizmi, orqalab opketamiz-da, o‘g‘iltoy! (Sh. Boshbekov) 2. Gird-atrofini tomoshapechak qurshagan, qo‘g‘ir choqdek yasatig‘liq ayvonchasida bu dunyoning g‘am-u g‘urbatlaridan yiroq, mangu navqiron opaxonimiz desakmikan, onaxonimiz desakmikan (garchi buvimiz tengi bo‘lsa-da!), kaftlarini juftlashtirgancha, barmoqlarini qisirlatib muqom bilan o‘yin tushmoqda. (Erkin A’zam) 3. Onaxonimiz ta’rifga sig‘maydigan ayol edilar, shuncha odam bekorga kelgani yo‘q! (Erkin A’zam) 4. Opaxon, xo‘jayiningiz u yoqda gullab qo‘yibdilar: shu ustun tagida xazina bormish. (Tohir Malik) 5. Sen shunaqa mo‘mintoyliging bilan hammani yengib kelgansan. Bu qiliq menga o‘tmaydi, bilib qo‘y. (Tohir Malik) 6. Yo‘q, unday demang. Bir aqlli, bir mo‘mintoy bola bo‘libdi Yodgormurodingiz. (Murod Mansur) 7. Yigitcha ning shu «xon» degan qo‘shimchasida «mening Zebinisam» degan ma’nodagi bir maqtanish, bir g‘urur ohangi bor edi. (Cho‘lpon)

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin