Aziz o‘quvchilar!



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə67/136
tarix19.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#117486
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   136
10-ona-tili-konspekt

60-mashq. O‘tgan zamon shakllarining qanday uslubiy vazifa bajarayotganini aniqlang.
1. Shu, Boboqul bilan Mamat polvon juda lanj ekan, nima dedingiz, Bo‘ri polvon? (Tog‘ay Murod) 2. Said xon aka, bu qanday ko‘rgilik-a? Endi men nima qildim? Men o‘lsam, endi kim yig‘laydi onam deb? (O‘. Umar bekov) 3. Xo‘p, mayli, hozir boshingizni qotirmay, men ketdim. (Tohir Ma lik) 4. Uf-f! Nima qildim-a! Boshim qotdi-ku! (E. Vohidov) 5. Endi nima bo‘ldi orzu, shirin xob, Ezgu xayol la rim aylaymi hamdam? (E. Vohidov) 6. Choyni ichib, masla hat ni bitirib, Go‘ro‘g‘li bu so‘zni aytib turibdi. (Fozil Yo‘ldosh)
61-mashq. Hozirgi zamon shakllarining qanday uslubiy vazifa bajarayotganini aniqlang.
1. Men bu mehmonni kuzatib borayotirman, – dedi kampir. (Cho‘lpon)
2. Samovardagi choyxo‘rlar ermak qilib, polvonning kelini ikkita «Volga»ni qulog‘iga ilib yuribdi deyish yapti. (Said Ahmad) 3. Men astoydil gapirayotirman. Xudo bitta, so‘z bitta! (Cho‘lpon) 4. Bir vaqt qarasam, yig‘layapman. Keyin asta uyga kiraman degan edim, haligi itlar yana uvlab yubordi. (Sh. Xolmirzayev) 5. Menga yordamning keragi yo‘q edi. Dastpanjam hali uzun, yoz deyman, yozmasa, ketiga bir tepaman, uchib ketyapti. (Ahmad A’zam) 6. Tash vish ustiga tashvish. Biridan qutulmay, boshqasi oyoq ostidan chiqib kel yapti. (Murod Mansur) 7. Bir kuni ko‘chada ketayotsam, Umri bir bosh uzum ko‘tarib kelyapti. (Abdulla Qahhor)
62-mashq. Kelasi zamon shakllarining qanday uslubiy vazifa bajarayotganini aniqlang.
1. Xodimlarning aytishib qolganlari, tartibsizlik yo kechikishlarini, iloji bo‘lsa, ko‘rib ko‘rmaslikka oladi, ustidan chiqib qolsa, noiloj astoydil kuyunadi: «Tartib yaxshi-ku, nima qilamiz buzib, a?» (Ahmad A’zam) 2. Bir to‘yda Gulandomga ko‘zi tushadi-yu, halovatini yo‘qotadi. Yotsa ham, tursa ham ko‘zidan Gulandom ketmaydi. (Said Ahmad) 3. Ha, yuzga yaqin odam begimning xizmatida bo‘lgay. (P. Qo dirov) 4. Zaynab o‘zining muhabbatini eriga faqat kundoshi kelib yetar oldida e’lon qiladir. (Abdulla Qodiriy) 5. Ko‘cha tomondan traktorning kelib to‘xtagani eshitiladi. Ko‘p o‘tmay bir qop narsani orqalab Qo‘chqor kirib keladi. (Sh. Boshbekov) 6. Do‘xtirlar qatorma-qator yurib, bittama-bitta bosh tekshiradi: yara-chaqasi yo‘qmi, bo‘lsa, yuqumli kal emasmi? Yonidagi sherigi ism-familiyalarni yozib boradi. Oxirida mash’um hukm o‘qiladi. (Erkin A’zam) 7. Endi sen chorlasang, toki tanda jon Labbay deyajakman, Vatan, onajon. (A. Oripov) A. Hojiyevning «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati»dan olin gan azob so‘zi sinonimlari tavsifi bilan tani shing, ulardagi ma’no nozikliklarini eslab qoling. Bu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing. AZOB, aziyat, jabr, jafo, ozor, zahmat, alam, iztirob, uqubat, sitam. Ruhiy yoki jismoniy qiynoq. Azob keng tushunchaga ega, u «ruhiy va jismoniy qiy noq» ma’nosida ham, «o‘zga tomonidan bo‘ladigan, shuning dek, biror narsadan bo‘ladigan qiynoq» ma’nosida ham qo‘llanaveradi. Aziyat, asosan, yozma nutqda va o‘qimishli, katta yoshdagi kishilar nutqida qo‘llanadi. Jabr so‘zida belgi darajasi azob so‘zidagiga nisbatan kuchli va bu so‘z, asosan, «inson tomonidan bo‘ladigan azob» ma’nosida qo‘llanadi. Jafo mustaqil so‘z holida juda kam qo‘llanadi. Ko‘pincha jabr so‘zi bilan juft so‘z holida (jabr-jafo) yoki qilmoq fe’li bilan birga qo‘llanadi. Ozor so‘zida belgi darajasi azob, jabr so‘zlariga nisbatan kuchsizroq. Bu so‘z ham mustaqil holda juda kam qo‘llanadi. Zahmat mehnat bilan bog‘liq azobni bildiradi. Alam bu ma’noda kam qo‘llanadi. Iztirob, asosan, «ruhiy azob» ma’nosida qo‘llanadi va unda belgi darajasi azob so‘zidagiga nisbatan kuchliroq. Oddiy so‘zlashuvda deyarli qo‘llanmaydi. Uqubat, sitam so‘zlari yakka holda juda kam ishlatiladi. Uqubat so‘zi, ko‘pincha, azob so‘zi bilan, sitam so‘zi jabr so‘zi bilan juft so‘z holida qo‘llanadi.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin