64-mashq. Shaxs-son va mayl shakllarining uslubiy jihatlariga e’tibor bering. So‘zlovchining nutq tuzishdan maqsadini tushuntiring.
1. Menga holiroq joy bering, keyin o‘sha odamni sekin chaqirasiz. (Tohir Malik) 2. Chiroyli joylar ko‘p, qarab to‘ymaysan kishi. (O‘. Umarbekov) 3. Shahardagi kattadan kichik erta-yu kech quloq-miyamni yeydirki, hoy, marg‘ilonlik keliningiz keldilarmi? (Abdulla Qodiriy) 4. Ishga borib kutasan o‘sha narsani, uyga kelib kutasan – behuda. Goho boshingni devorga urging keladi – shoyad biror yangilik ro‘y bersa!.. (Erkin A’zam) 5. U bilan do‘st bo‘lishni ham, bo‘lmaslikni ham bilmay gangib yurasan. Niyoz xuddi shu toifadan. (Tohir Malik) 6. Shunaqa narsa bilan hazil qiladimi? (O‘. Hoshimov) 65-mashq. Uslubiy maqsadlarda qo‘llangan shaxs-son va mayl shakllarini uslubiy betaraf shakllar bilan almashtiring va ma’nodagi o‘zgarishlarni ayting. Nega so‘zlovchi atay shunday shakllardan foydalanadi?
1. Endi yangi kanizaklari bor. Bunisiga ruxsat bersalar. Yoshi o‘tmay turib, bir joyga bersak... (Cho‘lpon) 2. Endi, ijozat etsalar, bir-ikki so‘raydurgon gapimiz ham bor. – So‘rang, ota. (Tohir Malik) 3. Nazm tuz, Erkin, axir, Erkin zamondir bu zamon. (E. Vohidov) 4. Shunaqa ham uxlaydimi odam degan? Tur, aylanay, bolam. (Cho‘lpon) 5. Iya, salomat bo‘lsinlar, ikkovi bitta odam-ku! – Yo‘g‘-ey! – Ha, Saltikov-Shchedrin deganday gap-da! (Tog‘ay Murod) 6. Assalomu alaykum, taqsir! Xush kelibsiz. (Cho‘lpon) 7. Xush ko‘rdik! Sizlarga ming-ming rahmat, O‘rmonjon! – dedi Botir cho‘pon. (Sh. Xolmirzayev) 8. E-e... kelsinlar, kelsinlar. Qadamlariga hasa not! (O. Yoqubov) 9. Bu men, akosi, tanidilarmi? (O. Yoqubov) 66-mashq. Mayl bilan bog‘liq holatda shaxs-son shakllari orqali subyektiv munosabat ifodalanishiga e’tibor bering. Subyektiv ma’no ifodalanishini izohlang.
1. Nazoratchi kelib, sim to‘siqning beriyog‘ida to‘planib qolgan tomoshabin mahbuslarga, ketinglar deb buyurdi. (Said Ahmad) 2. Qani, ketlaring endi! (O‘. Umarbekov) 3. Qani, tu ringlar, bolalar! (Ulug‘bek Hamdam) Endi gap shu: qimirlamay turlaring. (Tohir Malik) 4. Sinchiklab ishlanglar. Men o‘zimda bo‘laman (Tohir Malik) 5. Nimaga qaqqayib turibsanlar?! Ishlalaring! (Tohir Malik) 6. Ey birodarlar, zaril gaplaring bo‘lsa, aytinglar. (Tog‘ay Murod) 7. Takliflaring bo‘lsa, aytlaring. (Tohir Malik) A. Hojiyevning «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati»dan olingan ayyor so‘zi sinonimlari tavsifi bilan tanishing, ulardagi ma’no nozikliklarini eslab qoling. Bu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing. AYYOR, mug‘ombir, hiylagar, quv, ustomon, makkor, dog‘uli, mo‘ltoni, qilvir(i), shayton, tulki, tullak, qirriq, xirpa, maston.Aldab, chalg‘itib, har qanday ishni o‘z foydasiga hal qiladigan makr-hiylaga usta.
Ayyor, quv, mug‘ombir so‘zlari odamga va ayrim boshqa jonivorlarga nisbatan ham qo‘llana oladi. Qolganlari esa bu ma’noda faqat odamga nisbatan qo‘llanadi. Ustomon, hiy la gar so‘zlarining ma’nosi uning o‘zagidan anglashilib turadi. Mug‘ombir so‘zida belgi darajasi ayyor so‘zidagiga nisbatan biroz kuchsiz. Quv so‘zida belgi darajasi kuchliroq. Dog‘uli, mo‘ltoni, qilvir(i), makkor so‘zlarida ham belgi darajasi kuchli. Lekin bu so‘zlar nisbatan kam qo‘llanadi. Shayton, tulki, tullak, qirriq, xirpa so‘zlari
«ish ko‘rgan ayyor» ma’nosida qo‘llanadi. Maston so‘zi folklor asarlarida va ayrim shevalarda uchraydi.