IV.Mustahkamlash 1. Shaxs-son shakllarining grammatik xususiyatlarini aytib bering.
2. Qaysi shaxs-son shakllari «sizlash»ga hamda «senlash»ga ixtisoslashgan?
3. Nutqda hurmatni va hurmatsizlikni yanada kuchli roq ifodalash zaruriyati tug‘ilganda, -siz va -san qo‘shimchalariga qaysi qo‘shimcha ham qo‘shiladi?
4. Shaxs-son ma’nolarining ko‘chishi ko‘proq qaysi nutqiy uslublarda kuzatiladi?
V.Baholash Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa: 67-mashq. Qavs ichida berilgan shaxs-son qo‘shimchalaridan mosini qo‘yib, gaplarni o‘qing va ko‘chiring.
Biz olis-olislarda qolgan ona yurtni, do‘ppi bilan suv ichgan buloqlarni, tizzadan tuproq kechib yurgan qishloq ko‘chalarini sog‘ina (-man, -siz,-miz). Do‘ppi-do‘ppi o‘rik terib, qizlarga tutgan chog‘larimiz, o‘mbaloq oshib o‘ynagan soyliklar, suv sepishib cho‘milishgan anhorlar ko‘z oldimizdan ketmay (-gan, -di, -gan ekan). Kechalari dashtdagi chaylalarda bir-birimizning pinjimizga suqulishib yotarkanmiz, butun vujudimiz bilan kindik qonimiz to‘kilgan ona tuproqqa talpina (-siz, -man, -miz). (O. Yoqubov)
Sana:________________-yil Ona tili fani Sinf: 10 Mavzu. INKOR IFODALOVCHI MORFOLOGIK VOSITALAR USLUBIYATI
Darsning maqsadi: Ta’limiy: Inkor ifodalovchi morfologik vositalar uslubiyati haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy: Ona tili darsligi bilan tanishtirish
Rivojlantiruvchi:O’quvchilarni fanga qiziqishini rivojlantirish
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;
Tinglab tushunish: sohaviy ilmiy-ommabop nutqni tushunadi, tinglangan matndagi asosiy axborotni ajratib oladi, ommaviy axborot vositalaridagi dolzarb axborotlar mazmunini, maqsadini idrok etadi, tinglab tushunadi. Nutqning to‘g‘riligi, mantiqiy izchilligi, sofligi va ta’sirchanligini anglaydi, barqaror atamalar, kasb-hunar so‘zlarining ma’no xususiyatlarini farqlaydi.