V.Baholash Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa: 72-mashq. Inkor ifodalovchi vositalarning uslubiy vazifalarini aniqlang va izohlang.
1. Shundan boshlab u Bo‘z emas, Tarlon ot bo‘ladi. (Tog‘ay Murod) 2. Boshqa qushlardan farq qilib, bular na don-dun terar, na sayrar, na shoxdan shoxga uchib-qo‘nar, faqat kichkina sarg‘ish ko‘zlarini tikkancha nimanidir sabr-toqat bilan kutishardi. (Isajon Sulton) 3. U kishi sizni yaxshi tanir ekan, salom aytdi, keyin ketmay tur, bir iloji topilib qolar dedi. (O. Yoqubov) 4. Abdulla qo‘lidagi ruchkani uloqtirib yubordi. Yo‘q, u yozmaydi, hech narsa yozmaydi. Qanday yozadi, nima deb yozadi?
(O‘. Umarbekov) 5. Bu bitta to‘da ichidagi gapmi yo to‘dalar orasidagi fitnaning boshlanishimi? Bitta to‘da ichida bo‘lsa, boylikni topmay qo‘yishmasdi. (Tohir Malik) 6. Shuning uchun bu safar ham, eski odaticha, aylanma yo‘l bilan javob berishga boshladi: – Kimning ishi bo‘lsa ham, bilmay qo‘ymaymiz. (Cho‘lpon) 7. Balli, topding, – deya yelkamga qoqdi u, – o‘sha ko‘zi sovuq, mo‘ndiday odam. Uyam bir ilashsa, tutmay qo‘ymaydi shu itimga o‘xshab... Ertaga urushlariyam tugar, bu mansablariyam bitar demaydi. (Murod Mansur) 8. Qudangiz meni na yerga va na ko‘kka ishonadir, o‘n besh kundan beri qo‘limni sovuq suvga ham urdirmay qo‘ydi. (Abdulla Qodiriy)
Sana:________________-yil Ona tili fani Sinf: 10
Mavzu. SINTAKTIK VOSITALARNI NUTQIY USLUBLARDA QO‘LLASH. GAPDA SO‘Z TARTIBI USLUBIYATI Darsning maqsadi: Ta’limiy: Sintaktik vositalarni nutqiy uslublarda qo‘llash. gapda so‘z tartibi uslubiyati haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy: Ona tili darsligi bilan tanishtirish
Rivojlantiruvchi:O’quvchilarni fanga qiziqishini rivojlantirish
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;