71-mashq. Bo‘lishsizlik qo‘shimchasining ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalarida qo‘llanishiga diqqat qiling.
1. Ilgari ko‘p kitob o‘qir edilar. Hozir kitob ham o‘qimay qo‘ydilar. (P. Qodirov) 2. Ammo bu... qilt etmaydi. Ko‘zini ochib qarab qo‘ymaydi ham. (Murod Mansur) 3. Qarab turasiz, bilakuzuk o‘g‘risiniyam, Bahriddinni gum qilganlarniyam topmay qo‘ymayman deb qasam ichgan edi. Topibdida? (Murod Mansur) 4. Ikki yildan beri gruzinlar ham kelmay qo‘ydi. (Sh. Xolmirzayev) 5. Ammo-lekin podsholikning pastarin bir iti bo‘lganimdan ko‘rgan, bilganimni aytib qo‘ymasam, bo‘lmaydi. (Cho‘lpon) 6. Oqsoqol birdan bo‘shashdi, ammo zahrini oxirigacha sochmay qo‘ymadi. (Erkin A’zam) 7. Odamzodning o‘y-xayollari, qilmishi, mashg‘uloti uning qismatiga ta’sir o‘tkazmay qolmas ekan. (Erkin A’zam) 8. Hammangni ichingda Yahyo bir boshqacha-da! Keldimi, bosh suqmay ketmaydi, oqibatni undan o‘rganinglar, – deydi oyim. (Murod Mansur) A. Hojiyevning «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati»dan olingan asil so‘zi sinonimlari tavsifi bilan tanishing, ulardagi ma’no nozikliklarini eslab qoling. Bu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing. ASIL, sara, sarxil, xil, mumtoz, zupta, poshshaxon. Qimmati, fazilati va boshqa xususiyati jihatidan eng yuqori darajali, eng yaxshi. Asil, sara, xil shaxs yoki narsa-predmetlarga nisbatan qo‘llana oladi. Lekin juda oz uchraydi. Sarxil faqat narsa-predmetlarga nisbatan qo‘llaniladi. Sara, sarxil donalab sanala digan narsa-predmetlarga nisbatan qo‘llanadi. Sarxil, asosan, saralab (xillab) ajratilishi mumkin bo‘lgan narsalarga nisbatan qo‘llanadi va unda saralash (xillash) otten kasi sezilib turadi. Mumtoz kitobiy uslubga xos, shaxsga nisbatan qo‘llanadi. Poshshaxon oddiy so‘zlashuv uslubga xos. Zupta kam qo‘llanadi.
IV.Mustahkamlash 1. O‘zbek tilida inkor ma’nosi qanday vositalar bilan yu za ga chi qa di?
2. Bo‘lishsizlik qo‘shimchasi ham yetakchi, ham ko‘makchi fe’lga qo‘shilsa, qanday ma’no ifodalanadi?
3. Yo‘q, bormayman! yoki Yo‘q, aytmayman! kabi gaplarda qanday uslubiy maqsad bilan yo‘q so‘zi gap boshiga chiqarilgan?
4. Na..., na yordamchisining takror holda kelib, inkor ma’nosini kuchaytirishi qaysi nutqiy uslub uchun xos?