2-topshiriq. Berilgan gaplarning asosiy mazmuniga yuklanayotgan qo‘shim cha ma’nolarni izohlang.
1. Taklifnomaga tushirilgan rasm xuddi mana shu qasri oliyning tagida olingan desa, ishonadigan zot topilarmikan bu dunyoda?! (Erkin A’zam) 2. Bu odamlar bilan yashashning o‘zi baxt emasmi?! 3. Piyoda yurishga nima yetsin?! (O‘. Umarbekov) Darak, so‘roq va buyruq kabi gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari nutqiy uslublarda turli qo‘shimcha uslubiy ma’nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Bu turlarning barchasi kuchli his-hayajon, emotsionallikka ham ega bo‘lishi mumkin, bunday holatlarda ular undov gaplar ham deyiladi. Nutq uslublarining deyarli barchasida gaplarning bunday turlari matn maqsadiga muvofiq ravishda qo‘llanadi. Darak gaplar nutqda eng ko‘p ishlatiladigan gap turidir. Maxsus intonatsiya, ohang yordamida bunday gaplarda gumon, sevinch kabi qo‘shimcha ma’nolar ifodalanishi mumkin. So‘roq gaplar xilma-xil uslubiy xususiyatlarga ega. Bunday gaplar ning ayrim ko‘rinishlari so‘roq bilan birga hayrat va taajjub (Shunaqayam bo‘ladimi?!), sevinch-hayajon (Do‘stim g‘olib bo‘ldimi?!), shubha-gumon (Vaqtida yetib bora olarmikanmiz?) kabi bir qator uslubiy ma’nolarni voqelantirishi mumkin. Hatto ba’zan so‘roq gap bevosita so‘roqni emas, balki buyruqni ham bildirib kelishi kuzatiladi. Masalan, Tez-tez yurmaysanmi?! («Tez-tez yur» mazmuni angashiladi). Bunday holatlar ko‘proq so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarga xos. Buyruq gaplarning ilmiy va rasmiy uslublarda qo‘llanishi ularning so‘zlashuv, badiiy va rasmiy uslub lardagi qo‘llanishidan farq qiladi. Ilmiy va rasmiy uslub larda buyruq gaplar his-hayajonsiz, ya’ni emotsionalliksiz qo‘llanadi, keyingi uch uslubda esa ko‘proq emotsionallik ifodasi bilan ishlatiladi.
78-mashq. Darak va so‘roq gaplarda ifodalanayotgan qo‘shimcha ma’no larni aniqlang.
1. Uning xushmuomalaligini aytmaysizmi?! 2. Ertaga pochta xonadan ola qolay?! – O‘zim ham shunday dersiz, deb turuv dim. 3. Zora Qoravoyning aytgani kelsa?! 4. O‘qimay sanmi?! – dedi Shahodat xola yengidan tortib. – Adhamdan ekanmi? 5. Badbaxt dunyo! Bay Vasilda nima qasding bor edi? Bechora qiz yuragini zaharlading ne uchun?! 6. Du gonalar, yig‘i foyda berarmidi?! Yig‘i yovdan bizni ozod qilar midi?! 7. Nega men sarkardamas, nega akam sarkarda?! 8. Qanday o‘tamiz, deyapman, ko‘prik yo‘q-ku?! 9. Mavzuni qarang?! Qurama tog‘larini o‘rganib qo‘ya qolsa nima qilar ekan?! 10. Agar shunday qilganda, Toshkent kulfati ancha kamaygan bo‘larmidi? Qachon yer qimirlashini odamlar oldindan bilib, tayyorgarligini ko‘rib qo‘yarmidi?! (O‘. Umarbekov)