Chirchiq davlad pedagogika unverstiteti gumanitar fanlar fakulteti



Yüklə 31,54 Kb.
səhifə1/4
tarix25.02.2023
ölçüsü31,54 Kb.
#85576
  1   2   3   4
boymurodova zulayho


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
CHIRCHIQ DAVLAD PEDAGOGIKA UNVERSTITETI
GUMANITAR FANLAR FAKULTETI
O'ZBEK TILI VA ADABIYOT YO’NALISHI
19 /4 GURUH TALABASI
BOYMURODOVA ZULAYHONING
O’ZBEK TILI TARIXI FANIDAN
Undalma va kirish so’zlar” mavzusidagi

MUSTAQIL ISHI



CHIRCHIQ-2023


Mavzu: Undalma va kirish so’zlar.
Reja:

  1. Undalma nima?

  2. Kirish so’zlar haqida ma’lumot.

  3. Undalma va kirish so’zlarning ifodalanishi.



UNDALMA — soʻzlovchining nutqi qaratilgan shaxe yoki shaxe deb tasavvur qilingan predmethodisani bildiradigan suz yoki soʻz birikmasi. U., kirishlar yoki kiritmalar kabi, gapni kengaytiradi, ammo uning boʻlaklari bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi, yozuvda vergul yoki undov belgisi bilan ajratiladi. Undalma ran boshida ham, oʻrtasida ham va oxirida ham kelishi mumkin. Qiyoslang: Uka, bu ishlaring menga yoqmayapti; Bu ishlaring, uka, menga yoqmayapti; Bu ishlaring menga yoqmayapti, uka. Bolalar! Koʻchada ehtiyot boʻlinglar. Gap boshida Undalma maxsus intonatsiya bilan aytiladi va baʼzan vokativ gap vazifasini bajaradi. Undalma, kirish, kiritma kabi, fikr bayonida muhim oʻrin tutadi. Shuning uchun ularni gapning uchinchi darajali boʻlaklari sifatida qarash ham mavjud.
Gap tarkibida ba’zan shunday so`zlar va so`z birikmalari hatto gaplar qo`llanadiki, ular gapning biror bo`lagi bilan grammatik jihatdan aloqaga kirishmaydi. Shu tufayli bunday so`z yoki so`z birikmalari gap bo`laklari hisoblanmaydi. Undalma, kirish so`z, kirish birikma va kiritma gap ana shunday xususiyatga ega.
So`zlovchining nutqi qaratilgan shaxs (yoki predmet)ni anglatadigan so`z yoki so`z birikmasi undalma deyiladi. Undalma bayon qilinayotgan fikrga tinglovchining diqqatini tortish uchun xizmat qiladi.

  • Undalma o`zi ishtirok etgan gap bilan grammatik jihatdan bog`lanmaydi. U bosh kelishik shaklidagi ot yoki otlashgan so`z bilan ifodalanadi. Bu jihatdan undalma egaga o`xshaydi, biroq u gapning kesimi bilan grammatik jihatdan bog`lanmasligiga ko`ra o`ziga xos undosh intonatsiyasi, pauza (to`xtash) bilan aytilishiga ko`ra egadan farq qiladi. Masalan: Aziz o`g`lim, yomonlar bilan suhbatdosh bo`lma, ulardan asrlondan qochganday qoch, hammaga rahm va shafqat ko`zi bilan qara ... («Oz-oz o`rganib, dono bo`lur»). Yurak, sensan mening sozim, tilimni naycha jo`r etding. (U.Nosir).

  • Undalma ba’zan ey, -u (-yu) kabilar bilan birga qo`llanadi: Luqmon hakim o`g`liga nasihat qilib aytdi: - Ey o`g`il, odamlar so`zga ustomonliklari bilan maqtansalar, sen sukuting bilan maqtan. («Oz-oz o`rganib, dono bo`lur»).

  • Undalma vazifasida atoqli otlar shaxs otlari, qarindoshlik, kasb, hunar kabilarni anglatuvchi so`zlar keladi. Masalan: - Onajon, Xonzoda begim ham sizning suyukli farzandingiz-ku (P.Qodirov). Kechagi maqola nima bo`ldi, Rahim aka?! (F.Musatjonov). Siz mendan ko`ra qo`ylaringizni ko`proq o`ylang, cho`pon aka! (P.Qodirov).

  • Undalma ot, otlashgan sifat otlashgan undov so`z, so`z birikmasi va shu kabilar bilan ifodalanishi mumkin: Ey ustod, men buyuk ishlarga qadam qo`ydim. («Oz-oz o`rganib, dono bo`lur»). O`ynashma, puchuq, tek tur, hamma yog`ing suv bo`ldi... (O.Yoqubov). -Hoy, biron gap topib keldingmi? (S.Ahmad). YAxshilik ... yaxshilikning ham bahosi bor, o`rtoq Zargarov (A.Muxtor).

  • Undalma gap boshida, o`rtasida, oxirida keladi va yozuvda gapning boshqa bo`laklaridan, odatda, vergul bilan ajratiladi: - Olim bola, rayhonlarni bir silkitib chiqmaysizmi ... (J.Abdullaxonov). Ey rais, bu kitobni avval bir o`qib ko`ring. (S.Ahmad). Nima qilasiz, dada, bolaning yuragini ezib. (S.Ahmad). Mening etti pushtim bog`bon o`tgan, o`g`lim. (J.Abdullaxonov).

  • Undalma kuchli his - hayajon bilan aytilsa, undan so`ng, undov belgisi qo`yiladi: -Xolbek! Qanisan? – dedi Eshmurot aka. – Kelsang-chi, kutib qoldik-ku. (P.Qodirov).

So`zlovchining o`zi bayon etayotgan fikrga bo`lgan turli munosabatini bildiruvchi so`z yoki so`z birikmasi kirish so`z yoki kirish birikma deb yuritiladi.
Kirish so`z, kirish birikma mazmunan butun bir gapga yoki uning biror bo`lagiga tegishli bo`ladi.
Kirish so`z va kirish birikma:
I. So`zlovchining bayon qilinayotgan fikrga bo`lgan turli munosabatini ifodalaydi:
1. Ishonch yoki tasdiqni (albatta, to`g`ri, haqiqatan, darhaqiqat, shubhasiz, so`zsiz kabilar): Albatta, mendan ko`ra paxta ishining ustalari yaxshiroq bilishadi. (J.Abdullaxonov). To`g`ri, til suyaksiz-u, lekin suyakni sindiradi. (SHuhrat).
2. Gumonni (ehtimol, balki, aftidang, chamasi kabilar): Ehtimol, o`z xatolarini tuzatmoqchi bo`lib yurgandir? (P.Qodirov). Aftidan, professorning so`zlari unchalik quvonishga arziydigan emas shekilli. (J.Abdullaxonov).
3. Afsuslanish, taajjubni (afsuski, attang, essiz, baxtga qarshi kabilar): Afsuski, boya hamma raislarni mehnatga chaqirmagan ekansiz, Otaqo`zi aka, - dedi Xolmurodov. (O.YOqubov).
4. Eslatishni (darvoqe, aytgandek, aytmoqchi kabilar): Aytgandek, sizdan bir nima so`ramoqchi edim... (A.Muxtor). Darvoqe, Anvarga ko`p mehnatim singgan ... (A.Qodiriy).
II. Bayon qilingan fikrning kimga qarashli ekanligini ifodalaydi (menimcha, sizningcha, ularning aytishicha, aytishlaricha kabilar): menimcha, to`g`risini o`z vaqtida aytib, xatoning oldini olgan yaxshidir. (J.Abdullaxonov). Keksalarning aytishicha, o`sha suv tog`ning tirqishidan oqib kelib, manna shu buloqdan chiqarmish. (P.Qodirov). Eshitishimcha, Anorxon bilan musobaqalashishga kelishibsizlarmi? (J.Abdullaxonov). Tadqiqotchi olimlarning fikricha, chinor daraxtini qadim - qadim davrlarda yurt kezuvchi sayyohlar, savdogarlar ... Eron va unga qo`shni mamlakatlardan O`zbekistonga olib kelishgan. (A.Aminov).
III. Bayon qilingan fikrning tarkibini ifodalaydi (avvalo, nihoyat, birinchidan, ikkinchidan kabilar): Nihoyat, xuddi yoshi ulug` odamlardek viqor bilan qadam bosib Asadillo paydo bo`ldi. (F.Musajonov). Birinchidan, bugun hamisha opaning yubiley kechalari, ikkinchidan, ertaga oblastь yosh yozuvchilarining konferentsiyasi ochiladi. (O.YOqubov).
IV. Aytilayotgan fikrning oldingi fikr bilan aloqasini ifodalaydi (demak, xullas, ishqilib, shunday qilib, binobarin, ko`rinadiki kabilar): Xullas, barcha bilan ahillashib ketganligi ko`rinib turardi. (J.Abdullaxonov). Ishqilib, shu oqshomchi so`xbat bekor ketmadi. (J.Abdullaxonov).
Kirish so`z ko`pincha modal so`z bilan, kirish birikma esa so`z birikmasi bilan ifodalanadi. Masalan: Chamasi, o`n minutcha yurilsa, salqin va so`lim sayribog` bor edi. (F.Musajonov). Keksalarning aytishicha, bunday paytlarda tepalikning ustida erning nafasini eshitarmishsiz? (O`.Hoshimov).
Kirish so`z va kirish birikma gapning boshida kelib, yozuvda undan keyin, gap oxirida kelib, undan oldin vergul qo`yiladi: Albatta, uning yuzida kasaldan asar ham yo`q ... (F.Musajonov). Achchiq gapirganingiz ma’qul, albatta. (P.Qodirov).
So`zlovchining asosiy fikr ichida yo`l – yo`lakay aytilgan fikrini anglatuvchi gap kiritma gap deyiladi. Kiritma gap o`zi kiritilgan gapning biror bo`lagiga mazmunan aloqador bo`lib, maxsus pauza bilan ajratiladi. Masalan: Nima uchundir Ahmad yuragida ayriliq jafosi, achinish sezmadi (bu his keyin uning yuragini o`rtaydi). (F.Musajonov).
Kiritma gap ko`pincha qavs ichida beriladi: Hay, aytmoqchi, Oyim kelgan ekanlar ( u «Oyim» deb Humayrabonuni ko`zda tutardi). (J.Abdullaxonov). Ba’zan esa u asosiy gapdan tire orqali ajratiladi: Shunday qilib, Asal va Samad o`g`lining ismi shunday ekan – bizning yo`l uchastkamizda qolishdi. (CH.Aytmatov).
Undalmaning o`rni va intonatsiya Undalma gapning har erida kela oladi: gapning boshida ham o`rtasida ham, ohirida ham. Undalmaning o`rni uning semantik funktsiyasiga, stilistik xususiyatiga, tarkibiga, asosiysi, gapning strukturasi va mazmuniga bog`liq bo`ladi. Yozuvchilar o`z asarlarida undalmalarni uch holatda qo`llaydi: prepozitiv, interpozitiv va postpozitiv. Prepozitiv (odatdagi) holatda, ya`ni undalma gap boshida kelganda so`zlovchining maqsadi tinglovchining diqqatini tortish bo`lib, fikr konkret adresatga qaratiladi: Egachi, o`g`lingiz keldilar. (II t, 234-b). Mahmudjon, bolam, o`tir, gapimni aytama-nu ketaman. (II t, 163-b). Qorijon, do`xtirlar bilan gaplashib olib ketaymi? (II t, 127-b).
Gapning boshida kelgan undalma boshqa o`rinda keladigan undalmaga nisbatan kuchlirok ajratiladi, unda har vaqt ajratuvchi pauza bo`ladi. Atoqli otdan ifodalangan undalmaning ko`pincha gap boshida kelishi ham Shu xususiyat bilan bog`lanadi. Tinglovchinig diqqatini tortishi emas, balki u bilan aloqani uzmaslik muhimligi anglashiladi. O`rtada kelgan undalama kuchsizrok ajraladi: pauza ham kuchsiz bo`ladi. O`rtada kelgan undalma Shu bilan birga ko`pincha kirish so`zga o`xshab tezrok, Shuningdek, pastroq ohangda aytiladi. Gap boshida kelgan undalma undash funktsiyasini bajarish bilan Xarakterlansa, gap o`rtasida va gap ohirida keladigan undalmalar ko`pincha undov vazifasi bilan emas, balki emotsinallikni, modallikni - so`zlovchining suhbatdoshga munosabatini bildirish uchun xizmat qiladi: Kechirasiz, domla tarixga ikki xil ko`z bilan karab bo`lmaydi. (II t, 366-b). Qani, Ahadboy, o`rningdan tur ketdik. (II t, 344-b). Boshingni ko`tar, Fediya, mendan uyalma. (III t, 259-b).
Pospozitiv holatda, ya`ni undalma gap ohirida kelganda avval fikrni ifodalanadi, so`ngra tinglovchining diqqati tortiladi. Tinglovchi va so`zloichi orasidagi aloqa bunday holatda nihoyatda sustlashadi. Ohirida undalma kelgan gaplar ko`pincha tarkibiga ko`ra ancha yig`iq bo`ladi; Sizdan iltimos, uka (II t, 346-b). Siz hijolat chekmang, Tolibjon. (II t, 354-b). Mashinangiz topildimi? Kori bolam? (II t, 157-b). Odatda undalma modal munosabatni ifodalovchi gaplardan (Xo`p, salom, xayr, rahmat, horman, kechirasiz va boshqalar) so`ng keladi. Shuningdek, undalma ha va Yo`q so`zlaridan keyin ham qo`llanadi: Rahmat, uka, ovvora bo`lmang. (II t, 109-b). Yo`q, ota, kalta o`ylamang. (II t, 249-b). Assalomu alaykum, hofiz. (II t, 351-b). Marhabo janob, qalbimdasiz. kechirasiz opa, siz kim bo`lasiz? (II t, 106-b). Labbay, okaxon! (II t, 69- bet).
Undalma ayrim pauza bilan ajralib turadi, uning o`z undash intonatsiyasi bor. U juda emotsinaol bo`lgan nutqlarda undov intonatsiyasi bilan aytiladi. Undalma o`zida intomnatsional tugallik elementlarini aniqlaydi. Lekin adabiy asosida qurilmagan nutqda undalmaning ajratuvchi pauzasi ba`zan saqlanmaydi. Undalma bunday hollarda o`rniga qarab, boshqa so`zlar bilan fonetik jihatdan aralashib ketishi ham mumkin. Masalan : bor, uka - bo-ru- ka, bunday o`rinlarda mazmun va grammatik holat boshqacha bo`lib ketishiga Yo`l ochilishi ham mumkin, lekin kontekst dastlabki holatni saqlaydi. Masalan: Mohira, opam kuldi. (Mohira - undalma). Mohira opam kuldi. (Mohira degan opam kuldi). Mohira, opam kuldi (sanash ohangida: Mohira va opam). Mohira, opam kuldi. (ajratilgan bo`lak: Mohira, ya`ni opam).
Undalma alohida chaqiriq, murojaat intonatsiyasi bilan talaffuz etiladi. Ammo bu intonatsiya turli darajada bo`ladi. Undalma intonatsiyasining darajasi undalma orqali ifodalanaYotgan ma`noga asosiy gapning Xarakteriga, (so`roq, undov Yoki darak gap bo`lishiga) tarkibiga, o`rniga, nihoyat, muallifning malum mazmunni ifodalash niyatiga bog`liq bo`ladi. Shu sababli ham bir xil o`rinda bo`lsa ham Xarakteriga ko`ra undalma turli intonatsiya bilan aytilishi mumkin: 1) darak gapda - past intonatsiya bilan: Anvar, rostdan ham bilmayman (II t,.337- b). 2) undov gaplarda - kuchli intonatsiya bilan: To`xtanglar, o`toqlar, tinchlaninglar! ( II t, 45-b). 3) so`roq gaplarda alohida logik urg`u olgan undalmalardan so`ng cho`ziq pauza beriladi: Ha, ovsin, gapimiz Yokmadimi ? (II t, 249-b). Undalamaning ntonatsiyasiga, albatta, uning o`rinlashishi ta`sir etadi. Gap orasida Yoki ohirida kelgan undalma gap bo`laklari intonatsiyasidan kam farqlanuvchi intonatsiya bilan aytiladi. Gap boshida kelgan undalmalar bilan alohida ton bilan, cho`zibroq talaffuz etiladi. Ayrim holarda undalma kuchli his - hayajonni ifodalab, ko`tarilgan intonatsiya bilan aytiladi va Shunga ko`ra, undalmalardan so`ng undov belgisi ko`yiladi: Jalil! Kiraver, uydaman! (III t,124-bet). Hayvon, sen haddingdan oshyapsan! (IIIt, 352- b). Asosiy gap mazmuni va intonatsiyasining undalma intonatsiyasiga ta`siridan tashqari semantik funktsiyasiga ko`ra ham o`ziga xos turli intonatsiya bilan talaffuz etiladi. Undalmaga qancha ahamiyat berilsa Yoki undalma orqali qancha chuqur emotsional mazmun ifodalansa, uning intonatsiyasi Shuncha kuchli bo`ladi. 15 Undalmaning Xarakterlovchi intonatsiya belgilaridan biri pauzadir.
Kuchli Yoki normal chaqiriq intonatsiyasi bilan talaffuz etilgan undalma boshqa gap bo`laklaridan pauza bilan ajratiladi: Haydar! Ablah! Nima qilyapsan? (III t, 193-bet). Yo`qol, hayvon! Yo`qol! (III t, 193-b). Birinchi misoldagi undalma kuchli intonatsiya bilan aytilib, kesimdan pauza bilan ajralgan va bu Yozuvda undov belgisi ko`yish bilan ifodalangan. Ikkinchi misolda undalama har ikki tomonidagi kesimdan ham pauza bilan ajratilgan, birinchi kesimdan vergul bilan, ikkinchi kesimdan undov belgisi bilan ajratilgan. An`anaviy tilshunoslikda gap bo`laklari orqali atributiv, ob`ektiv, relyativ, predikativ kabi mazmuniy munosabatlar ifodalanishi ta`kidlanadi. Shu bilan birga undalma va kirishlar ham ma`lum munosabatlarni ifodalaydi. Lekin undalma va kirishlar orqali ifodalangan mazmuniy munosabat boshqa mazmuniy munosabatlardan tubdan farq qiladi. Atributiv, ob`etkiv , relyativ munosanbatlar gap orqali ifodalanaYotgan sintaktik vaziyatning (propozitsiya, diktum) ikki unsur o`rtasidagi munosabat bo`lsa, undalma va kirishlar ifodalangan munosabat gap orqali ifodalanaYotgan sintaktik vaziyat Yoki uning ma`lum unsuri bilan so`zlovchi o`rtasidagi munosabatdir.
Undalmaning gap bo`laklari bilan aloqasi
1990-2011 yillar o`zbek adabiyoti nasriga nazar tashlasak, bu davrda ko`plab asarlar yaratildi. SH.Xolmirzaev, Tog`ay Murod, Murod Muhammad Do`st, Omon Muhtor kabi yozuvchilarimizning bir talay asarlari, ayniqsa, Tohir Malikning "Shaytanat" asari Xalq orasida keng tarqalganiga va sevib o`qilgani va o`qilyotganiga guvoh bo`lamiz. YAratilgan asarlar xususida o`z vaqtida adabiyotShunoslarimiz fikrlarini bildirishdi va bildirishmoqda.. Asarlar tilshunoslik nuqtai nazaridan 7o`rganilsa, arziydigan jihatlari ham talaygina, xususan, biz ularda qo`llangan undalmalar haqida fikr britamiz. Badiiy nutqning kommunikativ va Shu bilan birga estetik funktsiya bajarishi ma`lum. Badiiy uslubning boshqa uslublardan ajratib turadigan asosiy belgisi ham uning estetik funktsiyasi, obrazliligi va eskpressivligidir. Bu narsa uning stilistik kobig`ini ham belgilaydi.
Undalma bosh kelishikdagi ot Yoki ot ma`nosidagi so`zlar orqali ifodalanadi. "Shaytanat" asrida qo`llangan undalmalarning asosiy qismini ot so`z turkumiga mansub bo`lgan so`zlar tashkil etadi. 1. Ot orqali ifodalanganda, asosan, atoqli otlar Yoki turdosh otlar bo`lishi mumkin. Atoqli otlardan eng ko`p uchraydigani kishi ismlaridir: Yigitali aka, bizda bunaqa odat Yo`q. Qo`ysangiz -chi, SHoali aka, o`hshatishga topgan jonivoringizni qarang. Esingizdami, Anvar, maktabda ”Tumov bo`lgan oshiq“ degan she`riing bor edi. Asarda familiya va otasining ismi bilan ifodalangan undalmalar ham ko`plab uchraydiki, bu holat rasmiy munosabatlarni Yoritish maqsadida qo`llanadi. Asosan, Zohid SHaripov va Arina Bergir kabi sud prokuratura xodimlarining nutqida bunday holatlar ko`p kuzatiladi: Gap bunday Petrashvili, biz obro`yimizni to`kmaslikka harakat qilamiz. Namozov, Kozlov bergan ikki millionni kaerga qo`yding. Arina Iosifovna, qo`shinlarni chaqiraymi.



Undalmalar quyidagicha ifodalanadi:

1)Ot: Hamid, badiiy o’qish to’garagiga qatnashasanmi?


2)Olmosh: Hoy, sen, menga qarachi.
3)Otlashgan so’zlar: Shunday demaysizmi, azizim! (sifat)
4)Undov so’zlar: Hoy! Beri keling!
5)So’z birikmalari bilan: Hoy, soqoling ko’ksingga to’kilgur!
6)Iboralar bilan: Hoy, yigit tushmagur, nima qilib qo’yding!

Undalma gapning boshida kelsa, undalmadan so’ng, gap o’rtasida kelsa, ikki tomoniga, gapning oxirida kelsa, undalmadan oldin vergul qo’yiladi: So’zla, ko’zgujon, Haqiqatni et bayon!





Yüklə 31,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin