Xulosasi Magistrant Xolmurodova Gulnoraning “Qarindoshlik haqidagi maqollarning kognitiv tahlili



Yüklə 24,36 Kb.
tarix10.06.2022
ölçüsü24,36 Kb.
#61196
Ilmiy rahbar xulosasi


Termiz davlat universiteti 5 A 111401-Xorijiy til va adibiyoti: ingliz tili mutaxassisligi magistranti Xolmurodova Gulnoraning “Qarindoshlik haqidagi maqollarning kognitiv tahlili (Ingliz va o’zbek tillari materiali asosida)” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishiga ilmiy rahbar
Xulosasi
Magistrant Xolmurodova Gulnoraning “Qarindoshlik haqidagi maqollarning kognitiv tahlili (Ingliz va o’zbek tillari materiali asosida)” nomli mazkur magistrlik ishi ingliz va o’zbek tillaridagi qarindoshlik maqollarining chog’ishtirma tadqiqini o'rganishga qaratilgan.
Ishning maqsadi Ingliz va o’zbek tillaridagi qarindoshlik maqollarining tematik guruhlarga bo’linishi, ularning kelib chiqish etimologiyasini o’rganish va struktur-semantik tahlilini ochib berishdan iborat. Shu nuqtai nazardan mazkur magistrlik ishi dolzarb hisoblanadi.
Xolmurodova Gulnoraning ushbu magistrlik ishi o’zbek tilida yozilgan bo'lib, uch bobdan iborat asosiy qism, kirish, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatini o'z ichiga oladi.
Ishning kirish qismida tanlangan mavzuning dolzarbligi asoslangan, ishning maqsad va vazifalari, uning yangiligi va ahamiyati haqida ma'lumotlar berilgan.
Ishning asosiy qismi birinchi bobida ingliz va o’zbek tillaridagi maqollarning umumiy o’rganinlish tarixi, chet el va o’zbek tilshunos olimlarning maqollarni o’rganishda qo’shgan hissalari va unda uchraydigan muammolari yoritilgan.
Ikkinchi bobda ingliz va o’zbek tillaridagi to’plangan qarindoshlik maqollarining ishlatilishiga ko’ra tematik guruhga bo’linishi, ularning kelib chiqish etimologiyasi haqida batafsil ma'lumotlar berilgan.
Dissertatsiyaning uchinchi bobida esa ingliz va o’zbek tillaridagi to’plangan qarindoshlik maqollarining struktur-semantik tahlili uning natijalari to'laligicha aks ettirilgan.
Har uchta bob oxirida keltirilgan dalillar xulosalangan. Ishning mazmuni uning rejasiga to'liq mos keladi va rejaning har bir punktiga yetarlicha ma'lumotlar berilgan. Ishda muallif kirish qismida ko'rsatib o'tilgan maqsad va vazifalarga erishgan.
Ishni bajarish davomida magistrant ko'plab adabiyot va internet manbalaridan havolalar keltirilgan. Ishning sifati magistratura bitiruvchilari uchun qo'yilgan davlat ta'lim stadartlari talablariga javob beradi.
Ishning kamchiliklari sifatida quyidagilarni qayd etishni lozim topdik:
Iqtiboslar kam berilgan;
• Ishning ba'zi sahifalarida tinish belgilari noto'g'ri qo'yilgan.
Umuman, ushbu kamchiliklar juz'iy bo'lib, ularni to'g'irlash mumkin. Ushbu kamchiliklar ishning umumiy sifatini pasaytirmaydi.
Yuqoridagilarning barchasini inobatga olgan holda magistratura bitiruvchisi Xolmurodova Gulnoraning “Qarindoshlik haqidagi maqollarning kognitiv tahlili (Ingliz va o’zbek tillari materiali asosida)” magistlik dissertasiyasi ishini tugallangan ish sifatida himoyaga tavsiya etish va yaxshi baholash mumkin.
Termiz davlat universiteti
Rus filologiya fakulteti dekani: f.f.d prof. P.U.Bakirov
Yüklə 24,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin