Azizbek, [10/10/2023 20: 02] Mavzu Talimni tashkil etish shakllari va turlari



Yüklə 51,64 Kb.
səhifə1/2
tarix12.10.2023
ölçüsü51,64 Kb.
#154535
  1   2
Azizbek domla


Azizbek, [10/10/2023 20:02]
Mavzu Talimni tashkil etish shakllari va turlari.

Talimni tashkil etish shakllari tushunchasi va talim turlari.


Darsning turlari va tuzilishi.
Nostandart darslar.
Talimni tashkil etishning yordamchi shakllari.
Oqituvchining darsga tayyorlanishi haqida
Tayanch tushunchalar: Talim turlari,pedagogik tizim, rivojlanish tendensiyasi-a, talim shakllari,rivojlanish,dars,oquv faoliyat, zamonaviy shakllar, talimni tashkil etishshakllari, darsga tayyorgarlik, akademik lisey,kasb hunar kolleji,talim turlari.
1.Talim turlari va shakllarining tavsifi. Didaktik goyalar (tizimlar) tarixiy taraqqiyot jarayonida yangi goyalar bilan boyib davr talabiga mos keluvchi tizimlarga aylanadi. Didaktik tizimlarning ketma-ketligi oqitish nazariyasi vaamaliyotining umumiy qonuniyatidir. Talim turlari (yunoncha «species» alohida, ozigaxos xususiyatga ega) oquv jarayonini tashkil etish vaamalgaoshirishga nisbatan turlcha yondashuvdir. Pedagogik tizimlarning asosiy turlari quyidagilardir:
arxaik (ibtidoiy);
qadimgi (SHumer, Misr, Xitoyda eramizdan avvalgi uchinchi ming yillik);
avestiy (Baqtriya, Sugdiyona, Xorazmda eramizdan avv. VII-VI asrlar);
yunon (Ellins, rim-yunon, rim eramizdan avv. V-I asrlar);
ortaasr (dogmatik, sxolastik V-XVI asrlar);
yangi (tushuntirish, tushuntirish-korgazmali, dasturlashtirilgan, masofali oqitish muammoli-dasturlashtirilgan, kompyuterlashtirilgan innovasion);
xorijiy (tushuntirish, tushuntirish-korgazmali, dasturlashtirilgan, muammoli-dasturlashtirilgan, kompyuterli oqitish, masofali, Internet yordamida oqitish va shu kabilar).
Avesto goyalariga kora shakllangan pedagogik tizim eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda, Markaziy Osiyo xududida zardushtiylik dini yuzaga kela boshlaganda tashkil topdi. Avesto zardushtiylik muqaddas manbai bolib, u oz davrining ensiklopediyasi hisoblagan. Avesto goyalariga binoan bolalar va yoshlarni oqitish hamda tarbiyalash quyidagilardan iboratdir:
diniy va manaviy tarbiyalash;
jismoniy tarbiya;
oqish va yozishga orgatish.
Yoshlarni tarbiyalashdaonaerga, atrof-muhit, tabiatga muhabbat hissini uygotish muhim yonalish hisoblangan. Avestoda barkamol shaxs obrazi haqidaaniq tasavvurlar ifoda etilgan. Muntazam oqitishning ilk turi qadimgi yunon faylasufi Sukrot (eramizdan avvalgi 469-399 er. avv. yillar) va uning oquvchilari tomoni-dan keng qollagan yordamchi savollarga javob topish metodi hisoblanadi. Bu metod suqrotcha suhbat metodi nomini olgan. Oqituvchi (faylasuf) oquvchida qiziqish, bilishga intilishni uygotadigan savoldan foydalanadi, mulohaza yuritish asosida oquvchini voqea-hodisalarning mohiyatini idrok etishga undaydi. Oqituvchining mulohazasi kopincha ritorik savollarni muhokama qilish bilan toldirilib turiladi. Suqrotcha suhbatlar bir yoki bir necha oquvchilar ishtirokida tashkil etiladi.
Dogmatik oqitish jamoaasosida idrok etish faoliyatining ilk turi bolib, ortaasrlarda keng tarqalgan. Ortaasrlarda, garbiy Evropada, dogmatik oqitishda lotin tili, Markaziy Osiyo mamlakatlarida esaarab tili etakchi orin tutgan. Musulmon pedagogik konsepsiyasi sezilarli intellektuallik xususiyatiga ega bolgan. Komillikka bilimlaridan faol foydalanaoladigan odamgina erishishi mumkin deb hisoblangan. Haqiqiy goyalar (Abu Ali Ibn Sino. «Donishnoma» «Bilimlar kitobi»), haqiqiy bilimlarni ozlashtirishga ikki tosiq xalaqit qiladi: sozlarining aniq va fikrlarining tushunarli emasligi. Mazkur kamchilikni bartaraf etishda logikaalohida orin egallaydi. Musulmon mamlakatlarida bolani oqitish va tarbiyalashda u tomonidan quronning arab tilida yod olinishi bilim eshallashning asosiy shart hisoblangan. Bundan tashqari XV-VII asrlarda, bir qator maktablarda fors tili ham orgatilgan. Asosiy talimni bolalar maktablar boshlangch maktabdaolganlar (muqaddas kitobni oqish va talqin qilish mashgulotlari, oqish, yozish va hisobga organganlar). Dogmatik oqitishda oquvchilarning asosiy faoliyatlari tinglash, oqish, yod olish, eslab qolish va matnni sozma-soz takrorlashdan iborat bo`lgan.
Oliy talim madrasalarda berilgan. Movarounnahrdagi eng yirik oquv maskanlari sirasiga Samarqand, Buxoro, Urganch va gijduvondagi madrasalarni kiritish mumkin. Bu marifiy markazlarining rivojlanishi XV-VII asrlarga togri kelgan. Madrasalarda, oqitish fors tillaridaolib borilgan. Talabalar majburiy tarzdaarab tilini ham organganlar. Oquv rejasigagrammatika, quron, Hadis, ritorika, logika, metafizika, geologiya, adabiyot, huquqshunoslik kabi fanlar kirgan. Oqitish asosan ogzaki shakldaolib borilgan. Biroq talabalar foydalangan oquv adabiyotlari asta-sekin ancha kop qirrali, turli-tuman bolib boradi. Maktab talimi erkaklar uchun moljallangan. Ammo har bir badavlat oila qiz bolani oqitish uchun uyga oqituvchini taklif etgan.
Dogmatik oqitish ornigaasta-sekin oquv jarayonida korgazmalilikni keng jalb etish natijasidatushuntirish, tushuntirish-namoyish etish kabi talim shakllari qollanila boshlandi.
Ayni vaqtda, respublika hududida, faoliyat yuritayotgan zamonaviy talim muassasalarida talimning eng muhim quyidagi uch turidan foydalanilmoqda:
tushuntiruvchi-namoyish etuvchi talim (u ananaviy yoki axborot beruvchi talim ham deb ataladi);
muammoli oqitish;
dasturlashtirilgan talim yoki kompyuterli oqitish.
Bugungi kunda ortaasrda keng qollanilgan talim turlari dogmatik va sxolastik oqitish elementlari ham saqlanib kelinmoqda.
Tushuntiruvchi-namoyil etuvchi talim nomidan mohiyati anglanib turibdi. Korgazmalilik asosida tushuntirishning asosiy metodlari tinglash va eslab qolish sanaladi. Tushuntiruvchi-namoyish etuvchi talim turi vaqtni tejash, oqituvchi va oquvchilarning kuchlarini asrash, qiyin bilimlarni tushunishni osonlashtirish, talim jarayonini ancha samarali boshqarishni taminlaydi. Biroq muayyan kamchilikka ham ega, yani, tayyor bilimlarni berish va oquvchilarni bilimlarni ozlashtirishda mustaqil hamda mahsuldor fikrlashdan ozod etish, oquv jarayonini individuallashtirish, differensasiyalashtirish imkoniyatlarining kamligi..
Muammoli oqitishda oquv muammolarini hal etish jarayonida bilimlarni mustaqil egallash, oquvchilarning ijodiy fikrlashlari va idrok etish faoliyatlarini rivojlantirish yoli bilan talim tashkil etiladi. Uning texnologiyasi turli-tumanligi bilan ajralib turmaydi, chunki oquvchilarni faol idrok etish faoliyatiga jalb etish bir necha bosqchlardan iborat boladi. Ular ketma-ket tartibda va kompleks amalgaoshirilishi kerak.Bunday oqitishda muammoli vaziyatni yaratish muhim bosqch hisoblanadi. Bunday vaziyatda fikrlash jarayonida qiyinchilik his etiladi. Oquv muammosi bir qadar qiyin, lekin oquvchilarning kuchi etadigan bolishi kerak. Muammoni ilgari surish bilan birinchi bosqch yakunlanadi. Muammoni hal etishning keyingi bosqchida oquvchilar savol boycha mavjud muammoni korib chiqadilar, tahlil qiladilar, javob topish uchun ularning etarli emasligini aniqlaydilar vaetishmayotgan axborotni topishga intiladilar. Uchinchi bosqch muammoni echish uchun zarur bolgan bilimlarni turli usullar bilan egallashga qaratilgan. U hayoliga birdan fikr kelishi bilan yakunlanadi (Men nima qilishni bilaman!). SHundan keyin muammoni hal etish, olingan natijalarni tekshirish, dastlabki gipoteza bilan solishtirish, olingan bilimlar, malakalarni tizimlashtirish va umumlashtirish bosqchlari keladi.Muammoli topshiriqlar savollar, oquv masalalari, amaliy vaziyatlardan iborat bolishi mumkin. Muammoli savolda izlash va javoblar turli variantlari kozda tutiladi, yani, oldindan tayyor javob bu erda mumkin emas. Muammoli savolga misool: Nima uchun temirdan yasalgan mix suvda chokadi, temirdan yasalgan kema esa chokadi?.
Muammoli masala uni echish yollarini mustaqil izlashga intilishni yuzaga keltiruvchi oquv-organish topshirigidir. Muammoli masalaasosini mavjud bilimlari o`rtasidagi qarama-qarshiliklar tashkil etadi.
Muammoli masalaga misol: 2q5*3q21 tengligi togri bolishi uchun qanday amallarni bajarish kerak?.Oqish jarayonida muammoli vaziyat subekt (oquvchi) ozi uchun qiyin bolgan masalani echishni istashi, lekin unga malumotlar etishmasligi va u ozi ularni izlashi zarurligini kozda tutadi. Muammoli vaziyatga misol: 6 ta gugurt qutisidan tomonlari bir gugurt qutisi kattaligiga teng 4 ta bir xil tomonli uchburchaklar yasang.Muammoli oqitishning afzalliklari: shaxsiy ijodiy faoliyatini tashkil etish asosida bilimlarni mustaqil egallash, oqishga qiziqishni uygotish, mahsuldor fikrlashini rivojlantirish, oqitishning mustahkam vaamaliy natijalari. Kamchiliklari oquvchilar idrok etish faoliyatlarini boshqarishning qiyinligi, muammoni qoyish va hal etish uchun kop vaqt sarflanishi, muammoli vaziyatni yaratish va mustaqil echish imkoniyatini har bir oquvchiga taqdim etishning qiyinligi bilan belgilanadi.
Dasturiy talim (dasturlashtirilgan oqitish) harakat (operasiya)lar ketma-ketligi tizimini ifodalovchi, ularni bajarish ilgaridan rejalashtirilgan natijagaolib keluvchi dastur terminidan kelib chiqadi. Ushbu turning asosiy maqsadi oquv jarayonini boshqarishni yaxshilashdan iborat. Bunday oqitish asosini kibernetik yondoshish tashkil etadi. Unga binoan oqitish murakkab dinamik tizim sifatida qaraladi. Dasturiy talim yangi didaktik, psixologik va kibernetik goyalar asosidaXXasrning 60-yillari boshlarida yuzaga keldi. U oquvchining bilim egallashi yolida har bir qadamni nazorat qilishga imkon beradigan va shuning asosida, oz vaqtida yordam korsatish, qiyinchiliklarni oldini olish, qiziqishini yoqotmaslik va salbiy oqibatlarning oldini olishga imkon beruvchi oquv jarayonining texnologiyasini yaratishga yonaltiradi.
Dasturiy talimning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
oquv materialining alohida qismlargaajratilishi;
oquv jarayonining bilimlarni ozlashtirish boycha bilimlar porsiyalari va fikrlash amallaridan iborat bolgan ketma-ket qadamlardan iborat bolishi;
har bir qadamning nazorat bilan yakunlanishi (savol, topshiriq va shu kabilar);
nazorat topshiriqlarini togri bajarganida oquvchining yangi materiallarni olishi va navbatdagi qadamni bajarishi;
togri javob topganda oquvchining yordamchi va qoshimcha tushuntirishlarni olishi;
har bir oquvchining mustaqil ishlashi, kuchi etadigan mavzu boycha oquv materialini egallaishi;
barcha nazorat topshiriqlari bajarilish natijalarining qayd etilishi (ular oquvchilarning ozlariga (chki qaytaaloqa) va pedagogga (tashqi qaytaaloqa) malum qilinadi);
oqituvchining talim tashkilotchisi va qiyinchilik yuzaga kelganda yordamchi (maslahatchi) sifatida ishtirok etishi, individual yondoshuvning amalgaoshirilishi;
talim jarayonida oqitishning ozigaxos vositalarining keng qollanilishi (dasturlashtirilgan oquv qollanmalari, trenajerlar, nazorat qilish qurilmalari, oqitish mashinalari).
Kompyuterli talim.Oqitish sohasida jahon didaktikasining muhim tajribasi - shaxsiy elektron-hisoblash mashinalari (SHEHM) rivojlanishi kompyuterli (kompyuterlashtirilgan) talimning shakllanishiga imkon berdi. Maxsus talim dasturlari bilan taminlangan kompyuterlarni deyarli barcha didaktik masalalar: axborotni berish, oqitish jarayonini boshqarish, natijalarini nazorat qilish va tuzatib borish, mashqlarni bajarish, oquv jarayoni rivojlanishi haqida malumotlarni toplash va boshqalarni hal etishga moslashtirish mumkin.Rivojlangan mamalakatlarda kompyuterlardan talimdan foydalanishning keng rivojlanishi bu boradagi quyidagi asosiy yonalishlarni aniqlashga imkon berdi:
alohida oquv fanlari (matematika, tabiiy fanlar, ona tili, chet tili, georafiya va boshqalar) boycha ozlashtirish darajasini oshirishni taminlash;
umumiy kognitiv (idrok etish) qobiliyatlari qoyilgan masalani hal etish, mustaqil fikrlash, kommunikativ malakalarni egallash (axborotni toplash, analiz, sintez qilish)ni rivojlantirish, u yoki bu konikmani shakllantirishga imkon beruvchi jarayonlarga etiborni kuchaytirish.Bundan tashqari kompyuterlardan avtomatlashtirilgan test sinovlari otkazish,
baholash va boshqarishda keng foydalaniladi. Bu oqituvchi vaqtini tejashga imkon beradi, natijada pedagogik jarayonning samaradorligi oshadi.Dasturiy va kompyuterli talimlar oqitish algoritmlarini ajratishgaasoslanadi. Algortm togri natijagaolib keluvchi ketma-ket amallar tizimi sifatida bilim, konikma va malakalarni tola ozlashtirish uchun zarur bolgan oquv faoliyati tartibi va ketma-ketligini oquvchiga korsatadi. Oquv dasturlari va kompyuterli talimning samaradorligi fikrlash faoliyatini boshqarish algoritmlarining sifatiga bogliq. YOmon tuzilgan algortmlar kompyuterli oqitishning sifatini keskin pasaytiradi.
Kompyuterli talimning sifati quyidagi ikki asosiy omil bilan aniqlanadi:
oqitish dasturlarining sifati;
hisoblash texnikasining sifati.
Bu sohada ham muayyan muammolar mavjud, yani, oquvchilarning idrok etish faoliyatini tashkil etish qonuniyatlarini hisobgaolgan holda yaratilgan talim dasturlari hozircha juda kam, ularni tuzib ishlab chiqish kop vaqt va kuch talab etiladi, shu bois ularning narxi ham qimmat. Respublika talim muassasalarida EHMlar soni va ulardan foydalanish kolami ortib va takomillashib bormoqda, biroq, bu sohada hali jahon tajribasidan ortda qolish holati bartaraf etilgani yoq.
2.Talim pedagogik tizimlarining rivojlanish tendensiyasi. Dunyoda shunday talim tizimi yuzaga kelganki, uni kopchilik qollab turuvchi, taminlovchi, yordamchi oqitish deb ataydilar. U odamni kundalik muammolarni hal etishga tayyorlashgaasoslangan bolib, shaxsning faoliyati va hayot tarzini qollab turish uchun moljallangan.Ayni vaqtdainnovasion (yangilik kiritish) talimni tashkil etishgaalohidaahamiyat berilmoqda. Mazkur talimning quyidagi ozigaxos xususiyatlar mavjud:
bu oldindan kora bilish, yani, oquvchinini avvalgi va hozirgi tajribasi asosida oqitish emas, balki uni uzoq kelajakni moljallashga orgatishdan ibora bolib, oquvchi ijtimoiy hayot va kasbiy faoliyatdataxmin qilish, kozlash, modellashtirish va loyihalashtirishamalgaoshiraolishi zarur.
oquvchining hamkorlikda talim olish va muhim qarorlarni qabul qilish (lokal vaxususiydan tortib dunyoni, madaniyat, sivilizasiya rivojlanishini hisobgaolishdan global muammolarni hal etish)da faol ishtirok etishini taminlash.
Keyingi yillardamasofaviy talim (lotincha distantia masofa) masofadan turib oqitish keng rivojlanmoqda. Masofaviy oqitish talim texnologiyasi bolib, unga kora oquvchi qaerda va qanday holatda bolishidan qatiy nazar muayyan talim muassasasi talim dasturini organish imkoniyatiga ega bo`ladi.


Yüklə 51,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin