Aziziddin nasafiy ilmiy asarlari, tarjima va shartlaridan foydalanish


Aziziddin an-Nasafiyning “Insoni komil” asari-yirik pedagogik manba



Yüklə 143 Kb.
səhifə3/4
tarix22.06.2022
ölçüsü143 Kb.
#62064
1   2   3   4
Aziziddin nasafiy ilmiy asarlari, tarjima va shartlaridan foydalanish

4. Aziziddin an-Nasafiyning “Insoni komil” asari-yirik pedagogik manba
.
Aziziddin an-Nasafiyning fikricha, ulug’ olamda mavjud xususiyatlar inson olamida aks etadi. Agar biz ulug’ olam xossalarini bilmoqchi ekanmiz, unda avval inson olamini har tomonlama anglab еshshimiz darkor. Olimning fikricha inson olami juda murakkab sir-sinoatlarga boy. Lekin insondagi barcha fazilat va xislatlar faqat Xudoning ixshyori bilan bo’ladi.
Kishilar qiyofasidagi barcha o’zgarishlar ruhlar darajasining in`ikosidir. Mabodo insondagi mavjud xislatlar nisbiy bo’lganda edi, u holda barcha kishilar o’zlari istagan maqomga ko’tarila olar edi, birov avliyo, birov payg’ambar maqomiga sazovor bo’lar edi. Afsuski, bunday maqomlarga kishi faqat Allohning o’zi lozim ko’rsagina erishadi.
Olimning fikricha, insonning jismi bilan ruhi orasida o’zaro aloqadorlik mavjud. shuning uchun inson kamolosh darajalari turlicha bo’lganidek, uning ruhiy kamolosh darajalari turlicha bo’ladi. Chunki, moddiy olam ruhiy olamsiz, ruhiy olam esa moddiy olamsiz mavjud bo’lmaydi.
Inson jismi va ruhida bo’ladigan o’zgarishlar manbai, olimning fikricha, olamning asosini tashkil etgan unsurlar: tuproq, suv, havo, olovga bog’liq. Ushbu to’rt unsurning har biri o’z shakli va ma`nosiga ega. Insonning jismi ham ana shu to’rt unsurning aralashuvidan paydo bo’lgan.
Aziziddin an-Nasafiyning fikricha, inson-hayvon turlaridan biri bo’lib, u faqat ta`lim-tarbiya, o’qish va takrorlash, taqvo va zikr tufayligina inson darajasiga ko’tariladi. Hayot, bilim, iroda, quvvat, eshishsh, ko’rish, nutq, idrok kabi xususiyatlar insondan tashqarida mavjud emas. Bunday xususiyatlar, qobiliyatlar inson jismida harakat qilgandagina haqiqiy mavjudlik kasb etadi. Inson kamolosh xuddishu mavjudlik bor joydagina sodir bo’ladi. Odamzod oilasini boqishi, boshqalarga yordam berishi, sabr qilishi, ozod bo’lishi kerak. Komil inson bo’lish uchun avvalo o’z-o’zini tanish zarur. Kimki, qanoat qilsa, -shoh, aks holda o’tkinchi hisning qulidir.
Aziziddin an-Nasafiy o’z asarlarida inson barkamolligining bosqichlarini tasavvuf, sufiylik ta`limotlari asosida tushunshrib berishga harakat qiladi. Bu ta`limotlar tayfuriya, junaydiya, qubraviya, naqshbandiya, yassaviya, malomashya, nuriya, qadariya va boshqa ta`limotlar tariqatlar zamirida vujudga kelgan. Tasavvuf va sufiylik ta`limotlari bir xil ma`noni anglashshi manbalarda/ Choriev A. Tasavvuf ta`limosh talablariga ko’ra inson komillik darajasiga ko’tarilishi uchun tur va murakkab bosqich: shariat,-tariqat,-ma`rifat,-haqiqat bosqichlarini bosib o’shshi zarur. Ushbu bosqichlar biri ikkinchisi bilan diadekshk aloqador, biri ikkinchisiga poydevordir.
Komillikni orzu qilgan inson avvalo, shariat qonunlariga amal qilmog’i, ularni bilmog’i darkor. shariatda inson harakatlari “halol” va “harom”ga bo’lingan va beshta mezon bilan o’lchangan. Bular: farz /majburiy amallar/, mandub/sunnat/- majburiy emas, ammo ma`qul hisoblangan harakatlar, mubox-bajarish ixshyoriy bo’lgan urf-odatlar, makro’h- nomaqbul qiliqlar, xarom- ta`qiqlangan xatsh-harakatlar.
Ruhiy ma`naviy komillikni orzu qilgan kishi shariat qonunlariga amal qilmog’i darkor. shundagina u tariqatga qadam qo’yadi. Tariqat talablariga ko’ra esa inson ustoz saboqlarini olishi shart. Chunki ustoz-shogird /pir-murid/ chig’irig’idan o’shsh komillikni orzu qilganlar uchun shart hisoblangan. Komillikka orzumand kishi o’z ixshyorini ustoz qo’liga berib qo’yishi, ustoz uni uzluksiz nazorat qilishi zarur. shuningdek ustoz /pir/ ham shogird mulkiga ko’z olayshrmasligi, shariat qonunlariga o’zi qat`iy amal qiladigan, chuqur bilimli, axloqiy pok, so’zi va ishi bir, tashkilotchi va tadbirkor, shaxsiy ibrat ko’rsata oluvchi, ishonshrish qobiliyash kuchli, saboq berishda san`atkor darajasidagi inson bo’lishi kerak. Ustozlar o’z murabbiylik mahoratlarini muttasil oshirib bormoqlari darkor…
Ko’rinib turibdiki, komillikka da`vogar inson bosib o’shshi lozim bo’lgan hayot yo’li g’oyatda murakkab va ma`suliyattalab bo’lgan. Ammo qubraviya ta`limoshda ular tasavvuf va sufiylikning nazariy asosiga, komillikni targ’ib etuvchi falsafiy dunyoqarashga aylandi, tarkidunyochilik va zoxidlik doirasidan chiqib, chinakam inson falsafasi tomon burib yuborildi. Boshqacharoq ayshlganda, tasavvufga qubraviya inson muammosini olib kirdi. Najmiddin Kubroning o’zi esa dinning yulduzi darajasiga ko’tarildi, o’ta noyob xislatlar sohibi sifashda dong taratdi, valiylarni tarbiyalovchi /”Valiytarosh”/ nomiga muyassar bo’lib, inson miyasidagi fikrlarni o’qish darajasiga еtgan.
Aziziddin an-Nasafiy shayx Najmiddin Kubroning izdoshi sifashda musulmon dunyosida komil inson tarbiyasini amalga oshirish haqidagi g’oyani rivojlanshrdi. Uning to’g’ilgan va vafot etgan yillari ma`lum emas. Lekin Nasafda ilk savodini chiqarib, shayx Najmiddin Kubroning iqshdorli shogirdi Sa`diddin Xamaviydan saboq oldi.
Aziziddin an-Nasafiy “Zubdatul xaqoyiq” /”Haqiqatlar qaymog’i”/ asarida ta`kidlashicha, olam ikki qismdan: olami g’ayb /yashirin olam/ va olami shuhud /ko’rinadigan olam/ dan iborat. Butun olamning o’zi ulug’ olam /olami kubro/ bo’lsa, undagi inson-kichik olamdir.
Ulug’ olamning ham, kichik olamning ham asosini yagona javohir /materiya/ tashkil etadi.ulug’ olam ham, kichik olam ham o’sha yagona urug’dan tarqalgan. shuning uchun inson olamidagi o’zgarishlar ulug’ olamdagi o’zgarishlarga bog’liq bo’ladi.
Xullas, Aziziddin an-Nasafiyning moddiy olam va ruhiy olam haqidagi fikrlarini tahlil eshshni yana davom etshrishi mumkin. Ammo, xulosa sifashda ta`kidlash kerakki, u olam va inson haqida o’ziga xos ilmiy asosli, diniy ruh bilan sug’orilgan barcha fikrlarini “Zubdatul xaqoyiq” asarida bayon etgan va bu asar milliy isshqlol davrida, Nasaf shahrining 2700 yilligi xalqaro miqyosda nishonlanayotgan hozirgi kunlarda alohida o’rganishga loyiqdir.
5. “Insoni komil” asari-yirik pedagogik manba bo’lib, unda olim
Aziziddin an-Nasafiyning fikricha, ulug’ olamda mavjud xususiyatlar inson olamida aks etadi. Agar biz ulug’ olam xossalarini bilmoqchi ekanmiz, unda avval inson bаrpо eshsh erаmizdаn аvvаlgi VIII-VII аsr olamini har tomonlama anglab еshshimiz darkor. Olimning fikricha inson olami juda murakkab sir-sinoatlarga boy. Lekin insondagi barcha fazilat va xislatlar faqat Xudoning ixshyori bilan bo’ladi.
Kishilar qiyofasidagi barcha o’zgarishlar ruhlar darajasining in`ikosidir. Mabodo insondagi mavjud xislatlar nisbiy bo’lganda edi, u holda barcha kishilar o’zlari istagan maqomga ko’tarila olar edi, birov avliyo, birov payg’ambar maqomiga sazovor bo’lar edi. Afsuski, bunday maqomlarga kishi faqat Allohning o’zi lozim ko’rsagina erishadi.
Olimning fikricha, insonning jismi bilan ruhi orasida o’zaro aloqadorlik mavjud. shuning uchun inson kamolosh darajalari turlicha bo’lganidek, uning ruhiy kamolosh darajalari turlicha bo’ladi. Chunki, moddiy olam ruhiy olamsiz, ruhiy olam esa moddiy olamsiz mavjud bo’lmaydi.
Inson jismi va ruhida bo’ladigan o’zgarishlar manbai, olimning fikricha, olamning asosini tashkil etgan unsurlar: tuproq, suv, havo, olovga bog’liq. Ushbu to’rt unsurning har biri o’z shakli va ma`nosiga ega. Insonning jismi ham ana shu to’rt unsurning aralashuvidan paydo bo’lgan.
Aziziddin an-Nasafiyning fikricha, inson-hayvon turlaridan biri bo’lib, u faqat ta`lim-tarbiya, o’qish va takrorlash, taqvo va zikr tufayligina inson darajasiga ko’tariladi. Hayot, bilim, iroda, quvvat, eshishsh, ko’rish, nutq, idrok kabi xususiyatlar insondan tashqarida mavjud emas. Bunday xususiyatlar, qobiliyatlar inson jismida harakat qilgandagina haqiqiy mavjudlik kasb etadi. Inson kamolosh xuddishu mavjudlik bor joydagina sodir bo’ladi. Odamzod oilasini boqishi, boshqalarga yordam berishi, sabr qilishi, ozod bo’lishi kerak. Komil inson bo’lish uchun avvalo o’z-o’zini tanish zarur. Kimki, qanoat qilsa, -shoh, aks holda o’tkinchi hisning qulidir.
AZIZIDDIN NASAFIY VA ASARLARI
Tarjimondan
Aziziddin Muhammad Nasafiy — irfon falsafasining mumtoz vakillaridan. U XIII asrning birinchi choragida Nasaf shahrida tug‘ilgan. Boshlang‘ich ma’lumotni ona shahrida olib, zamonasining yirik sufiylaridan bo‘lmish Abu Turob Naxshabiyga murid tushadi. So‘ngra pirining ijozati bilan Buxoroi sharifga borib, rasmiy bilimlardan tashqari falsafa, kalom va tib ilmlarini chuqur o‘zlashtiradi. 1243-51 yillarda Xurosonga safar qilib, Najmiddin Kubro va Muhyiddin ibn Arabiy ta’limotlarini o‘zaro uyg‘unlashtirgan kubraviya shayxlaridan hisoblanmish Shayx Sa’diddin Hamaviy va boshqa tariqat ahlining suhbatiga yetishadi. Elxoniylarning Buxoroga hujumidan so‘ng (1273) ilmu ijod uchun tinch joy izlab Eronga ketgan, Bahrobod, Isfahon, SHeroz shaharlarida istiqomat qilgan. Umri oxirida Yazd shahrining Abrko‘h degan joyida Sa’diddin Hamaviy qabri yonidagi xonaqohda yashagan.
Nasafiy asarlarining XVI — XX asrlarda ko‘chirilgan qo‘lyozma nusxalari bugungi kunda London, Leyden, Vena, Tehron, Kalkutta, Sankt-Peterburg, Dushanbe shaharlaridagi kutubxonalarda, Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti qoshidagi Sharq qo‘lyozmalari markazida saqlanmoqda. Eron olimi Abdulrizo Sayf uning “Kashf ul-haqoyiq” (“Haqiqatlar kashfi”), “Zubdat ul-haqoyiq” (“Haqiqatlar qaymog‘i”), “Maqsad ul-aqso” (“So‘nggi maqsad»), “Kitob al-Inson al-komil” (“Komil inson kitobi”), “Manozil us-soyirin” (“Sayr etuvchilarning manzillari”) hamda yigirmadan ortiq nashr etilmagan asari ro‘yxatini keltiradi.
Aziziddin Nasafiy nomi va asarlari o‘rta asrlardayoq Ovrupoda ma’lum bo‘lgan. 1665 yili Avgust Myuller uning “Maqsad ul-aqso” asarini lotin tilida nashr etgan. 1953 yili Frans Mayyer buyuk tasavvuf olimining hayoti va ijodiga doir tadqiqotini e’lon qilgan. 1931 yili Ahmad Mehdaviy “Kashf ul-haqoyiq” asarini Tehronda, keyinroq — 60-yillarda More Jan Mola “Insoni komil” asarini Parijda nashr etgan. Sharqshunos olim Andrey Bertels “Zubdat ul-haqoyiq” asarining tanqidiy matnini tayyorlagan.
O‘zbekistonda nasafiyshunoslik marhum ustozimiz Najmiddin Komilov nomi bilan chambarchas bog‘liq. Domla dastlab “Zubdat ul-haqoyiq” asarini o‘zbek tiliga tarjima qilib, muxtasar va mag‘zi to‘q so‘zboshi bilan nashr ettirgan. Shuningdek, “Tasavvuf” kitobida komil inson haqidagi talqinlarda bevosita Nasafiy asarlariga tayanib ish tutgan. 2001 yili “Komil inson kitobi”ning muqaddima qismini tarjima qilib, “Turkiston” gazetasida chop ettirdi. Domlaning oila a’zolari va maslakdoshlari taklifiga ko‘ra, ushbu kitobning to‘liq tarjimasi kamina tomonidan nihoyaga yetkazildi. “Komil inson kitobi”ning ikki risolasini (bobini) eng avval “Tafakkur” mushtariylariga ilindik. Mazkur ma’naviy obida hikmatsevar o‘quvchilarimizga manzur bo‘ladi degan umiddamiz.

AZIZIDDIN NASAFIY


«KOMIL INSON KITOBI»DAN
Alhamdu lillahi robbil-’alamiyn val- ’aqibatu lil-muttaqiyn, vas-solatu vas- salamu ’ala anbiyoihi va avliyoihi xoyru xolqihi, va ’ala alihim va ashabihim at- toyyibiyn at-tohiriyn.
Ammo ba’d, zaiflarning eng zaifi va faqirlarning xodimi, kamina — Aziziddin Muhammad Nasafiydan darveshlar (Ollox ular safini yanada kengaytirsin) suluk haqida bir risola tuzib, unda sulukning ma’nosi, shart va ruknlari haqida ma’lumot berishimni so‘radilar. Takliflarini qabul qildim hamda xato va gumrohlikdan panoh istab, Olloh taolodan madad va yordam so‘radim. Negaki, faqat U nimagaki istasa Qodir erur va so‘raganlarni ijobat qilishga muqtadir.
Birinchi fasl
Suluk mohiyati
Olloh seni ikki dunyoda aziz qilsin, bilgilki, “suluk” so‘zi arab tilida bormoq, yurish ma’nosini bildiradi. YA’ni boruvchi zohir olamida safar qilsa ham, botin olamida safar qilsa ham, shu so‘z qo‘llanadi. Tasavvuf ahli oldida bu so‘zdan murod xos safarni bildiradi, bu — sayr ilalloh (Ollohga safar) va sayr filloh (Ollohsa safar) erur.
Ey darvesh! Bizdan oldin ham mashoyix suluk haqida ko‘p kitoblar tuzgan. Jumladan, aytibdirlarkim, suluk — sayr ilalloh va sayr filloxdir. Kamina ham oldingi risolalarimda bir necha marta aytib o‘tganmankim, suluk — sayr ilalloh va sayr fillohdir. Endi ushbu risolada o‘zga ta’birlar bilan boshqacha so‘zlamoqchimiz.
Ey darvesh! Insoniylikning martabalari bordir. Insonning sifatlari va xulqlari uning zarralarida (hujayralarida) yashirindir. Har bir martabada bir sifat yo xislat zohir bo‘lur. Insonning martabalari butkul zohir bo‘lgan paytda sifat va xulqlari ham to‘liq ayon bo‘ladi va kichik olam tugallanadi. Kichik olamni tugal qilgan bu solik katta olamda Xudoning noibi va xalifasi bo‘lur. Uning so‘zi — Xudoning So‘zlaridir, uning amallari — Xudoning amallaridir. Bu — eng ulug‘ tajalliydir, negaki, axloqning zuhuri ham, ilmning zuhuri ham shundadir.
Ey darvesh! Ilm ko‘p joylarda zohir bo‘ladi, ammo barcha narsani qamrovchi ilm faqat bundadir. Bu yerda o‘zini tanidi, bu yerda narsalarning mohiyatini angladi va ko‘rdi. Demak, suluk — yo‘lovchi o‘z martabalariga yuzlanishi va o‘z martabalarini tadrijiy tarzda zohir qilishi, kichik olamni tugal etishidan iboratdir. Kichik olam tugal bo‘lmaguncha, u katta olamda Ollohning noibi va xalifasi bo‘lishi imkonsizdir. Unda olam ahliga nisbatan qudrat paydo bo‘lur. O‘ziga kuchi yetmagan odam boshqalarga chikora?! Ayrimlar shu yerda adashib, turli azoblarga giriftor bo‘lib, murod-maqsadiga yetmaganlar. Yo‘lovchining martabalari to‘liq zohir bo‘lgach, suluk ham nihoyasiga yetar.
Ey darvesh! Ma’lum bo‘ldiki, yo‘lovchi sensan, yo‘l ham sen, manzil ham sen. Yo‘lovchining martabalari tugallangandan so‘ng sayr filloh ibtido topar. Bu sayr hech qachon adog‘iga yetmas. Bilurmanki, buni to‘liq anglamading. Shuning uchun ochiqroq bayon eturmen, chunki bu so‘zni bilish chandon muhimdir.
Ikkinchi fasl
Solikning niyati
Ey darvesh! Solikning riyozat va mujohadalaridan niyati Ollohni talab etish bo‘lmasin, chunki Ollohni talab qilishga hojat yo‘q. Poklik va yaxshi axloq talabi ham, ilm va ma’rifat talabi ham, sirlarni kashf etmoq va nurlarning zuhurini ko‘rmoq ham sulukning niyati bo‘lmasligi kerak. Chunki bularning har biri insonning qaysidir martabasiga oiddir. Solik o‘sha martabaga yetmaguncha shu martabaga xos biror sifat yo xislat unda paydo bo‘lmas. Unga yetganda esa, o‘zi xohlasa-xohlamasa, birov aytsa-aytmasa, shu martabaga xos bo‘lgan barcha sifat va xislatlar o‘z-o‘zidan ayonlashur. Agar go‘dakka shahvat haqida butun olam so‘zlab bersa ham, u bu lazzat neligini bilmas, balog‘at martabasiga yetgach esa aytsalar-aytmasalar, o‘zi bu haqda bilib olur.
Ey darvesh! Daraxtning darajalari bo‘lgani kabi insonning ham darajalari bor. Daraxtning har bir darajasida undan nima hosil bo‘lishi ma’lumdir. Bog‘bonning ishi — yerni yumshoq tutmoq, begona xoru xasdan tozalamoq, o‘z vaqtida suv berib, zararkunanda va ofatlardan asrab-avaylamoq kabi yumushlardir. Buning natijasida daraxt o‘z rivoji bosqichlarini to‘liq o‘tab, vaqt-soatiga qarab, xosiyatlarini namoyon etib boradi. Solikning ishi ham shunday bo‘lishi kerak. Solik riyozat va mujohadalari orqali odam bo‘lmoqni niyat qilmog‘i kerak. O‘shanda insoniy martabalar unda to‘liq zuhur qilur. Insoniy martabalar unda zohir bo‘lgach, solik xohlasa-xohlamasa, poklik va go‘zal axloq, ilm-ma’rifat, sirlarning kashfi va nurlarning zuhuri — bari o‘z vaqt-muddatida namoyon bo‘lur. Shunday narsalar ayonlashurki, solik ularning nomini-da bilmagan, xotiridan ham o‘tmagan bo‘ladi. Kimki bu yo‘lda bo‘lmasa, bu so‘zlarni hech qachon anglamas. Gap cho‘zilib, maqsaddan uzoqlashmaslik uchun aytayin: solikning himmati baland bo‘lmog‘i kerak. Umri oxirigacha bu yo‘lda bo‘lib, sa’y-harakat qilishi lozim, chunki Xudoning Ilmi va Hikmatining oxiri yo‘q.
Ey darvesh! Daraxtning barcha kamolot bosqichlari urug‘idadir. Faqat mirishkor bog‘bonning tarbiyati va parvarishi lozim- dir, toki urug‘ daraxt bo‘lib, ro‘yobga chiqsin. Shu kabi pokpik va go‘zal axpoq, ilm va ma’- rifat, sir-asror kashf bo‘lishi, nurlarning zuhuri — barchasi inson zotida mavjuddir. Faqat donishmand suhbati, tarbiyat va par- varishi lozimdir, toki bular to‘liq yuzaga chiqsin.
Ey darvesh! Avval va oxir ilmi sening zotingda yashirindir. Nimaiki istasang, o‘zingdan ista, tashqaridan neni izlaysan?! Qulog‘ing orqali ko‘nglingga joylashadigan bilim boshqalar qudug‘idan suv olib o‘z qudug‘ingga quyishingga mengzar. Agar qudug‘ing ko‘zi ochiq bo‘lmasa, quygan suvingning baqosi bo‘lmas, darrov aynib, turli xastaliklarni tarqatar.
Ey darvesh! Bu suvdan kibr va manmanlik kasalligi paydo bo‘lar hamda boylik va mansabga ishtiyoqingni kuchaytirar. Va laysal-xabaru kal-mu’oyana (Eshitmoq ko‘rmoqdek emasdir — arab maqoli). Shunday qilginki, o‘z qudug‘ingdan suv chiqsin va undan qancha olib boshqalarga bersang-da, hech kamaymasin, aksincha, ko‘paysin. Turgan joyida ham aynimasin, pokiza va sof saqlanib, turli kasallikparga davo bo‘lsin.
Ey darvesh! Zikr etilmish yo‘lda yurgan solik ilm va ma’rifat hosil qilur. Uning ko‘ngil chashmasidan hayot suvi oqar. Kimki qirq kecha-kunduz Ollohga ixlos bilan ibodat qilsa, uning ko‘nglidan hikmatli so‘zlar tiliga joriy bo‘lur. YA’ni solikka bu yo‘l bilan ilm va hikmat hosil bo‘lganidek, teskari yo‘l bilan ham ilm va hikmat hosil bo‘ladi. Tafsilga berilmaslikka shuncha harakat qilaman, ammo ixtiyorimdan tashqari holatda so‘z cho‘ziladi.
Ey darvesh! Bu ish donishmandning tarbiyat va parvarishiga bog‘liqsir. Donishmandning tarbiyatisiz birov biror maqomga erishishi gumon. Yovvoyi mevaning ta’mi bog‘bon parvarishlagan meva ta’miga teng kelmas. Shu kabi, donishmandning suhbatini topgan solikka bunday suhbatdan bebahra qolgan solik teng kelolmas.
Uchinchi fasl
Solikning ilmu ma’rifati
Bilgilki, payg‘ambarlar da’vati, valiylar tarbiyati odamlar ezgu so‘z, ezgu amal, ezgu axloq sohibi bo‘lishi va shu orqali zohirlar to‘g‘ri bo‘lishi uchundir. Zohir to‘g‘ri bo‘lmaguncha, botin tuzalmas. Chunki zohir qolip kabi, botin esa qolipga solinadigan narsadekdir. Qolip to‘g‘ri bo‘lsa, unga solinadigan narsa ham to‘g‘ri chiqur, agar egri bo‘lsa, undagi narsa ham egri bo‘lur.
Ey darvesh! Hech shubha yo‘qki, zohirning botinga ta’siri bor. Shuningdek, botinning ham zohirga ta’siri bor. Bas, donishmandning suhbatida riyozat va mujohada ta’sirida zohir to‘g‘ri bo‘lgandan keyin botin ham tuz bo‘lur. Zohir va botin tuz bo‘lgandan keyin botin ikki olam orasida poklanur. Bir tomoni shahodat olami bo‘lar, ikkinchi tomoni — g‘ayb. YA’ni bir tomon badan — shahodat va sezgilar olamiga oid bo‘lsa, ikkinchi tomon farishta va pok ruhlar olami bo‘lmish g‘ayb va ma’qulot olamidir. G‘ayb olamiga oid bo‘lgan tomon hamisha pok va musaffodir. Botinga u tomondan hech qachon zahmat, zulmat va kudurat yetmas. Badanga oid bo‘lgan tomon shahvatu lazzatlarga bog‘liq va hirsu g‘azabga asir bo‘lgani sababli tiyra, qorong‘idir. Botinni bu tomon qorong‘i va zimiston tutar. Shu sababdan, botin farishta va pok ruhlar makoni — g‘ayb olamidan ilm o‘zlashtirib, ilohiy ma’rifat nurlaridan munavvar bo‘lolmaydi. Badan pok va musaffo bo‘lgan choqda botin ikki olam orasida poklanar. Farishta va pok ruhlar dunyosi — g‘ayb olamida nimaiki bo‘lsa, solikning botinida paydo bo‘lur. G‘uborsiz ikki ko‘zguni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilgani singari, bu ko‘zguda nimaiki bo‘lsa, narigi ko‘zguda aks topar, narigi ko‘zguda nimaiki ko‘rinsa, bu ko‘zguda jilvalanar. Qabrlarni ziyorat qilish hikmati shu, ziyorat haqiqati ham ushbudir.
Ey darvesh! Bu so‘zda nozik bir nuqta bor. U shundan iboratki, g‘ayb olamining martabalari mavjud. Bir martabaning ikkinchi martabadan katta farqlari bor. Birinchi martaba ikkinchi martabadan nimadir olmog‘i, oxirgi martaba esa faqat oxirgi martabadan olmog‘i mumkin. Solikning ilm va ma’rifati bu yo‘l orqali ham hosil bo‘lishi mumkin. Rahmoniy tushlar, vajd va voridot, ilhom va ladunniy ilmlar shu orqali hosil bo‘lur. Bu ma’noning kufr va islomga aloqasi yo‘qdir. Kimki ko‘ngil ko‘zgusini poklasa, bulardan asar topar. Bu ma’ni ko‘pchilikning tushiga oiddir. Uyg‘oqlikda esa kamdan-kam hollarda sodir bo‘lur. Chunki tush betizgin tuyg‘ulardan iborat. Boshqa sezgi a’zolari, g‘azab va shahvatdan hosil bo‘ladigan g‘ashliklarning tushga ta’siri kamroqdir. Shu sababdan, botin badan uyqudagi holatda narigi olamdan xabardor bo‘lish imkoniga ega. Soliklarning riyozati, xilvat va uzlatda o‘tirishi hamda mujohadalaridan maqsad — bedorlikda ham badani uyqudagi kishining badaniga o‘xshash, balki undan-da pok va musaffo bo‘lishidir.
Ey darvesh! Soliklar turlichadir, mijozlari ham ayricha. Ba’zilari andak riyozat bilan bu asarlarni o‘zida topar, ayrimlari uzoq yillar cheksiz riyozatlar tortar, ammo bundan asar topmas. Bu ta’sirlanish ibtidoning xosiyati va to‘rt unsurning zaminasiga bog‘liqdir.
To‘rtinchi fasl
Odamzodning uch toifasi
Bilgilki, Olloh taolo odamlarni turlicha yaratibdi va har biriga turli ishga iste’dod ato etibdi. Olam nizomi barqarorligi uchun shunday bo‘lishi kerak edi. Shaharlik kerak, qishloqlik ham. Bazzoz ham kerak, baqqol ham va hokazo. Agar barchaga bir xil iste’dod berganida edi, olamda munazzamlik (ya’ni tartib. XDK izohi) bo‘lmasdi. Shu bois donishmand har bir kishini qaysi ish uchun yaratilgan bo‘lsa, o‘shanga safarbar qilmog‘i kerak.
Muxtasar qilib aytsak, ayrimlarning himmati oliydir va ayrimlarniki bunday emas. Shu sababdan, kimi dunyoni, kimlari uqboni (oxirat), kimi esa Mavloni (Olloh taoloni) istaydi. Odamlar shu uch toifadan bo‘lak emas. Mavlo izlaydigan toifa himmatbaland kishilardir. Ular odamlarning eng yaxshisi va shu toifa ahli solikdir. Minglab kishidan u ulug‘roqdir, qolgan ikki toifa u tufayli hayot kechiradi va u sababli tarbiyat topadi.
Ey darvesh! Kimki suluk qilsa, unga to‘rt narsaning ma’rifati zarurdir: birinchisi, maqsadning, ikkinchisi, maqsad tomon boruvchining, uchinchisi, maqsadga eltuvchi yo‘lning, to‘rtinchisi, hidoyatga eltuvchi — shayx yo pirning ma’rifati. Bu to‘rt narsani bilmasdan suluk muyassar bo‘lmas. Bilgilki, solikning maqsadi va maqsudi o‘z kamolidir. Ba’zilar aytibdikim, maqsad tomon boruvchi Xudoning O‘zidir, ba’zilar solikning Ruhi, yana ayrimlar solikning Aqli degan bo‘lsa, ba’zilar Ollohning nuri deb aytibdi. Kamina aytadirkim, boruvchi — solikning botini. Negaki, solikning botini bir nurdir, bu nur turli ism va qo‘shimcha sifatlar bilan zikr etiladi: nafs, ruh, qalb, aql, Ollohning nuri va hokazo. Bulardan murod o‘sha bir javhardir. Bu javhar — odamning haqiqati.
Beshinchi fasl
Maqsad tomon yo‘l
Bilgilki, maqsad sari yo‘l, bu zaifning (men) nazarida, bir yo‘ldan boshqa emas. Bu yo‘l — avvalda tahsil va takror, oxirda mujohada va azkordir (zikr tushish). Dastlab madrasaga borib, shariat ilmi va boshqa kerakli ilmlarni o‘rganish, so‘ng so‘zda chechan va fikri teran bo‘lish uchun foydali bilimlarni o‘zlashtirish. Chunki so‘z bilan to‘g‘ri muomalada bo‘lish eng ulug‘ ruknlardan hisoblanadi. So‘z san’atiga faqat madrasada ega bo‘lish mumkin. Undan keyin xonaqohga kelib, biror shayxga murid tushadi. Bitta shayxga qanoat qilib, tariqat ilmidan eng keraklilarini o‘rganadi. Asosiy ilmlarni o‘zlashtirgandan so‘ng shayxlarning hikoyatlarini o‘qiydi. YA’ni shayxlarning riyozati, mujohada, taqvo va parhezkorligi, ahvol va maqomoti haqida tasavvur hosil qilib, so‘ng kitob o‘qishni tark etadi. Shayx nimani saloh (ma’qul, ravo. XDK izohi) ko‘rsa, o‘sha ish bilan mashg‘ul bo‘ladi.
Ba’zilar nazarida, maqsad sari yo‘l ikkitadir. Boshqacha aytganda, ilallohga safar etuvchilar ikki toifadan iborat. Har bir toifaning maqsadga yetishishda o‘z yo‘li bor. Birining yo‘li tahsil va takror bo‘lib, bular shariat ko‘yining soliklari. Ikkinchisining yo‘li mujohada va azkor bo‘lib, bular tariqat ko‘yining soliklaridir.
Ey darvesh! Ba’zida solik uldurkim, har kuni nimanidir o‘rganadi, ba’zida solik uldurkim, har kuni o‘rganganlaridan nimanidir butunlay unutadi. Ba’zida tariqatdagi vazifa — har kuni oppoq sahifani qoralamoqdir, ba’zida tariqatdagi vazifa — qora ko‘ngildan nimanidir poklamoqdir.
Ey darvesh! Soliklardan ba’zilari aytmishkim, biz naqqoshlik hunarini o‘rganamiz. Ko‘ngil lavhini tahsil va takror qalami ila jamiki bilimlar bilan naqshinkor etamiz, toki jamiki bilimlar bizning ko‘nglimizda naqshlansin. Bizning ko‘nglimiz lavhida naqshlangan bilimlar tufayli ko‘ngil Lavhul Mahfuzga aylanar.
Ba’zi soliklar aytmishkim, biz sayqaliylar hunarini o‘rganamiz. Ko‘ngil ko‘zgusini mujohada egovi va zikr yog‘i yordamida sayqal berish bilan pok va musaffo eturmiz. Ko‘ngil ko‘zgusi musaffo va pokiza bo‘lganidan so‘ng g‘ayb va shahodat olamida nimaiki ilm bo‘lsa, uning aksi bizning ko‘nglimizda jilo topar. Aks topish kitobat qilishdan ko‘ra shubhadan xolirokdir. Negaki, kitobat payti xatoga yo‘l qo‘yish xavfi bor, aks ettirishda esa sahv va xatoga yo‘l qo‘yilmaydi. Chin va Mochin naqqoshlarining hikoyatlari mashhurdir, shuning uchun takrorlashga hojat yo‘q. Yana shuki, ilmning turi ko‘p, hisobsizdir. Inson umri esa qisqa. Umr vafo qilib, barcha ilmlarni to‘liq o‘rganish gumondir. Ammo umr vafo qilib, ko‘ngil ko‘zgusini mujohada va zikr yo‘li bilan jomi jahonnamo aylash imkoni bor.
So‘z cho‘zilmasligi va maqsaddan uzoqlashmaslik uchun yana aytaman: ey darvesh! Yo‘l bittadan ortiq emas. Agar ikkita bo‘lgan taqdirda ham mujohada va zikr tushish yo‘li salomat va yaqinroqdir.
Oltinchi fasl
Avom kishilar darajasi
Bilgilki, farzand oq-qorani ajrata boshlagach, ibodat bobida ota-onasiga izdoshlik qilmog‘i lozim. Agar qilmasa, ota-ona bunga buyurmog‘i kerak. Ibodatda izdoshlik qilishni islom deb aytadilar. Aql sohibi bo‘lgach esa, islomdan keyin olti narsa farzandga farz bo‘lur. Birinchisi, imon: farzand Olloh taoloning biru borligi, payg‘ambarlarning nubuvvatiga shubha va gumonsiz imon keltirishi shart. Bilsinki, payg‘ambarlar nimaiki aytgan bo‘lsalar, rost debdilar va Ollohning so‘zini aytibdilar. Ikkinchisi, amri ma’ruf — islomda buyurilgan amallarni bajo keltirish. Uchinchisi, nahyi munkar -taqiqlangan amallardan uzoq turish. To‘rtinchisi, tavba — noto‘g‘ri amaldan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lmoq. Agar buyurilgan ezgu amallardan birortasini bajarolmay qolsa yoki taqiqlangan ishlarga qo‘l urib qo‘ysa, astoydil pushaymon bo‘lib, boshqa bu xatoni takrorlamaslikka ahs qilish va shu axdga sobit qolish tavba deb tushuniladi. Beshinchisi, ro‘zg‘or ta’minlashiga yaraydigan biror kasb yo hunarni egallamoq. Kasb egallashdan yana bir maqsad — tamadan xoli bo‘lishdir, chunki imon salomatligiga yetadigan zararlarning bosh sababchisi -tamadir. Oltinchisi, taqvo — kasb egallashda harom luqmadan, birovning molidan, shubhali rizqdan, davlat moli hamda zolim kimsalar saxovatidan saqlanmoq lozim. So‘z va amalda ogoh bo‘lib, ixlos bilan yashamoq hamda riyo va hasaddan tiyilmoq kerak.
Ey darvesh! Bu olti narsa barcha odamlarga oid bo‘lib, musulmon ahlining huquqidir. Bu avomning darajasidir. Kimki avom darajasidan xos ahlining darajasiga ko‘tarilmoqni istasa, ular amali ila shug‘ullanmog‘i lozim. Xoslar amali — yo tahsil va takror, yo mujohada va azkor yo‘liga suluk qilmoqdir. Bu risolada mujohada va azkor (zikr tushish) tariqini bayon eturmiz.
Yettinchi fasl
Suluk shartlari
Bilgilki, suluk sharti oltitadir. Birinchisi, tark erur — mol-dunyo, amal-mansab havasi, ma’siyatu yomon xislatlarni tark etmokdir. Ikkinchisi — sulhdir. YA’ni olam ahli bilan birvarakayiga sulh qilur, birovga qo‘li yo tili bilan ozor bermas, shafqat va marhamatini hech kimdan darig‘ tutmas, hammani o‘zidek ojiz, bechora va tolib deb bilur. Uchinchisi — uzlat, to‘rtinchisi — xomushlik, beshinchisi — ochlik, oltinchisi sehr haqida bilim hosil qilish erur.
Sakkizinchi fasl
Suluk ruknlari
Bilgilki, sulukning ruknlari ham oltitadir.
Birinchi rukn — hodiy, ya’ni rahnamoning lozimligidir. Suluk rahnamosiz muyassar bo‘lmas.
Ikkinchi rukn — rahnamoga irodat va muhabbatdir. Solik rahnamo, ya’ni pirga yetishgandan so‘ng uni butun olam, undagi jamiki mavjud narsa va kimsalardan ko‘ra ko‘proq yaxshi ko‘rishi kerak. O‘shanda u maqsadga tezroq yetishadi, chunki solikning bu yo‘ldagi ulovi irodat va muhabbatidir. Agar muhabbat kuchli bo‘lsa, ulovi ham shuncha baquvvat bo‘lur, ulovi baquvvat kishiga esa yo‘lning mashaqqati pisand emas. Lekin agar irodat va muhabbatiga zarracha xalal tushsa, ulovi cho‘loqlanib, solik yo‘ldan qolar.
Uchinchi rukn — e’tiqod va amalda pirga butkul bo‘ysunishdir. YA’ni solik ota-onaga taqlid qilishni tark etmog‘i lozim. Hidoyat etuvchi pirga ham e’tiqod, ham amalda izdoshlik qilmog‘i lozim, chunki pir — tabib, murid esa bemor. Bemor agar tabibning buyrug‘iga itoat qilmasa yoki uning aytganlariga xilof ish tutsa, tuzalmas. Tibbiy kitoblarga qarab, o‘zini o‘zi muolaja qilish ham foydadan ko‘ra ko‘proq zarar yetkazar. Balki kundan-kun dardi kuchayib, kasallik chuqurroq ildiz otar. Agar bemor chindan tuzalishni istasa, tabibning huzuriga borishi va uning nasihatiga so‘zsiz amal qilmog‘i kerak. O‘shanda dard va xastalik o‘z-o‘zidan barham topar.
To‘rtinchi rukn — o‘z fikr-andisha va xohish-istagini butunlay tark etmokdir: solik biror ishni o‘zboshimchalik bilan, xohish- irodasiga tayangan holda — hattoki bu ish ibodat bo‘lsa ham — amalga oshirishdan voz kechishi kerak. Negaki, solik nimaniki o‘z ixtiyori bilan bajarsa, bu piri va maqsad yo‘lidan uzoqlashuviga sabab bo‘ladi. Solik o‘z rahnamosi — pirining biror so‘ziga e’tiroz bildirmasin, biror ishini inkor etmasin, chunki solik yaxshi-yomonning farqiga bormaydi; toat va ma’siyat o‘rtasidagi tafovutni anglamaydi. Zotan, yaxshi-yomonning, ibodat va gunohning farqiga borish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydigan ulug‘ ishdir. Muso va Xizr alayhimussalomning hikoyati bu ma’nidan xabar berur.
Ey darvesh! Ko‘p so‘zlar borki, muridning nazarida yaxshi, ammo shayxning nazdida yomondir; ko‘p so‘zlar borki, muridga yomon ko‘rinar, shayx nazarida esa yaxshidir. Amallarda ham shu holdir. Baski, muridga eng yaxshi yo‘l — birvarakayiga butkul e’tiroz va inkorni tark etsin, shayxdan nimaiki eshitsa, yaxshi deb bilsin, undan nimaiki ko‘rsa, yaxshi deb qabul qilsin.
Ey darvesh! E’tiroz va inkor muridga g‘ashlik va dil xiralik keltirur hamda murid va shayx o‘rtasiga ayriliq bo‘lur.
Oltinchi rukn — sobitlik va doimiylikdir. Solik suluk shartlariga uzoq yillar sobitqadamlik bilan rioya qilishi kerak. Negaki, dunyoviy yumushlarda ham, oxirat ishlarida ham sobitqadam bo‘lmagan kishining murodi hosil bo‘lmas.
Ey darvesh! Dunyoviy yumushlarda ham, oxirat ishlarida ham kimki biror natijaga erishgan bo‘lsa, faqat sobitqadamlik tufaylidir.
Bu — suluk shart va ruknlari edikim, aytib o‘tildi. Suluk o‘n ikki narsasiz mukammal bo‘lmaydi.
To‘qqizinchi fasl
Hijob va maqom
Ey darvesh! Solik aytib o‘tganimiz o‘n ikki narsada sabot ko‘rsatsa, albatta hijobu pardalar uning ko‘zidan ko‘tarilib, oliy maqomlarga yetadi. Hijob asli to‘rttadir: mol- dunyoga o‘chlik, amalparastlik, katta avlodga ko‘r-ko‘rona ergashish, gunoh ishlarga ruju qo‘yish. Maqomning asli ham to‘rttadir: ezgu so‘z, ezgu amal, ezgu xulq va maorif. Maorif deganda ko‘p narsani bilish — ma’rifat etish tushuniladi. Ammo o‘n sakkiz narsaning ma’rifati suv bilan havodek zarurdir. Dono solik albatta bu o‘n sakkiz narsani bilishi, ilm ul-yaqin va ayn ul-yaqin orqali anglashi lozim: dunyoning ma’rifati, dunyo ishlarining ma’rifati, oxiratning ma’rifati, oxirat ishlarining ma’rifati, ajal ma’rifati, ajal hikmatining ma’rifati, shaytonni bilish, shayton amrlarini bilish, farishtaning ma’rifati, farishta amrining ma’rifati, payg‘ambarning ma’rifati, payg‘ambar so‘zining ma’rifati, valiyning ma’rifati, valiy so‘zining ma’rifati, o‘zliging ma’rifati, o‘z amring ma’rifati, Xudoning ma’rifati, Xudo so‘zlarining ma’rifati. Xohlasang, o‘n sakkizta, xohlasang to‘qqizta, xohlasang bitta deb ayt.
Ey darvesh! Shayton amri bilan farishta amri, nafs istagi bilan Xudo amrining farqiga borish ulug‘ ishdir. Shu kabi nabiy — payg‘ambar va valiyning so‘zini anglamoq ham mushkuldir.
Ey darvesh! Hijoblar ko‘pdir, ammo ularning asli to‘rtga, maqomlar ham ko‘p-u, ularning ham asli to‘rttadir. O‘zingdan daf etishing va yo‘lingdan tozalashing kerak bo‘lgan narsa — hijobdir. O‘zingda shakllantirishing kerak bo‘lgan narsa esa maqom sanaladi.
Hijobning ham, maqomning ham ma’nosini bilib olding. Endi bilgilki, jamiki soliklar shu to‘rt maqomga yuzlanmish. Bu riyozat, mujohadalarni tortishidan maqsad ham bu to‘rt hijobni oldidan ko‘tarmoq va bu to‘rt maqomni kamolga yetkazmoqdir. Kimki bu to‘rt maqom — ezgu so‘z, ezgu amal, ezgu axloq va maorifni kamolga yetkazsa, o‘zi ham komil inson bo‘libdi.
Ey darvesh! Bu to‘rt hijobni oradan ko‘tarmoq tahorat olmoqqa, to‘rt maqomga erishish esa namoz o‘qimoqqa mengzar. Avval tahorat, so‘ng namoz, avval hijron, so‘ngra visol, avval sayqal berish, so‘ng munavvar bo‘lishdir. Kimki to‘rt hijobni oradan ko‘tarsa, tahorati mukammal va o‘zi mudom pokiza bo‘ladi. Kimki bu to‘rt maqomga erishsa va namoz o‘qisa, doim obid holidadir.
O‘ninchi fasl
Tarbiyat
Bilgilki, podshohning sayyodi lochinni qo‘lga o‘rgatmoqchi bo‘lsa, dastlab ko‘zini bog‘lab, oyog‘iga band solib, och-nahor tutib, kechasi uxlagani qo‘ymaydi. Shu orqali nafsini sindiradi, undagi hayvoniy va yirtqich kuch-quvvat kamayadi. Natijada lochin sayyod bilan unsiyat topib, unga o‘rganib qoladi. So‘ng sayyod lochinga ov qilishni o‘rgatadi. Ov qilish malakasi shakllangandan keyin sayyod lochinni podshoh huzuriga olib boradi. Va shu orqali podshohga yaqinlashadi va lochin endi shahbozga aylanadi. Ma’lum bo‘ldiki, lochinning ko‘zini bog‘lab qo‘yish, oyog‘iga band solish, kunduzi och-nahor, kechasi esa bedor etmokdan sayyodning asl maqsadi unga zulm qilish emas, balki lochin sayd qilishni o‘rganishi uchundir. Shuningdek, ma’lum bo‘ldiki, sayyodning lochinga ov qilishni o‘rgatishi shunchaki qiziqish emas, balki shu orqali lochinni podshohning qo‘liga o‘rgatish edi. Shunga o‘xshab, hidoyat etuvchi pir ham dastlab solikni sayd qilar, qo‘lga tushganidan keyin qorong‘i uyga olib kirar, tiliga band solar, ya’ni xilvat va uzlatga, kunduzi ro‘za tutmoq, kechasi ibodatda bedor turmoqqa buyurar, shu bilan hayvoniy quvvat va shaytoniy-darrandalik mayllari kuchi kesilar. Undan keyin hodiy — pir solikka ov qilishni o‘rgatar. Solikning saydi ilm, ma’rifat, muhabbat, mushohada va muoyanadir. Sayd qilishni o‘rgangan solik Podshoh huzuriga yetar va Olamlar Podshohiga qurbat — yaqinlik hosil qilar. Podshohning qurbini topgan kishi esa gunohlar bandidan qutular va najot ahlidan bo‘lar.
Valhamdu lillahi Robbil-alamiyn.
Beshinchi risola tugadi.
Ustoz Najmiddin Komilov 2001 yili “Komil inson kitobi”ning muqaddima qismini tarjima qilib, “Turkiston” gazetasida chop ettirgan edi. Domlaning oila a’zolari va maslakdoshlari taklifiga ko‘ra, ushbu kitobning to‘liq tarjimasi mumtoz adabiyotimizning bilimdon tadqiqotchisi Olim Davlat tomonidan nihoyaga yetkazildi. Bugun “Suluk bayonida” deb nomlangan beshinchi risolaning yangi tarjimasini, yaqin kunlarda esa yettinchi risola — “Ishq bayonida”ni taqdim etamiz.
AZIZIDDIN NASAFIY VA ASARLARI
Nasafiy — irfon falsafasining mumtoz vakillaridan. U XIII asrning birinchi choragida Nasaf shahrida tug‘ilgan. Boshlang‘ich ma’lumotni ona shahrida olib, zamonasining yirik sufiylaridan bo‘lmish Abu Turob Naxshabiyga murid tushadi. So‘ngra pirining ijozati bilan Buxoroi sharifga borib, rasmiy bilimlardan tashqari falsafa, kalom va tib ilmlarini chuqur o‘zlashtiradi. 1243-51 yillarda Xurosonga safar qilib, Najmiddin Kubro va Muhyiddin ibn Arabiy ta’limotlarini o‘zaro uyg‘unlashtirgan kubraviya shayxlaridan hisoblanmish Shayx Sa’diddin Hamaviy va boshqa tariqat ahlining suhbatiga yetishadi. Elxoniylarning Buxoroga hujumidan so‘ng (1273) ilmu ijod uchun tinch joy izlab Eronga ketgan, Bahrobod, Isfahon, Sheroz shaharlarida istiqomat qilgan. Umri oxirida Yazd shahrining Abrko‘h degan joyida Sa’diddin Hamaviy qabri yonidagi xonaqohda yashagan.

Nasafiy asarlarining XVI — XX asrlarda ko‘chirilgan qo‘lyozma nusxalari bugungi kunda London, Leyden, Vena, Tehron, Kalkutta, Sankt-Peterburg, Dushanbe shaharlaridagi kutubxonalarda, Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti qoshidagi Sharq qo‘lyozmalari markazida saqlanmoqda. Eron olimi Abdulrizo Sayf uning “Kashf ul-haqoyiq” (“Haqiqatlar kashfi”), “Zubdat ul-haqoyiq” (“Haqiqatlar qaymog‘i”), “Maqsad ul-aqso” (“So‘nggi maqsad»), “Kitob al-Inson al-komil” (“Komil inson kitobi”), “Manozil us-soyirin” (“Sayr etuvchilarning manzillari”) hamda yigirmadan ortiq nashr etilmagan asari ro‘yxatini keltiradi.


Aziziddin Nasafiy nomi va asarlari o‘rta asrlardayoq Ovrupoda ma’lum bo‘lgan. 1665 yili Avgust Myuller uning “Maqsad ul-aqso” asarini lotin tilida nashr etgan. 1953 yili Frans Mayer buyuk tasavvuf olimining hayoti va ijodiga doir tadqiqotini e’lon qilgan. 1931 yili Ahmad Mehdaviy “Kashf ul-haqoyiq” asarini Tehronda, keyinroq — 60-yillarda More Jan Mola “Insoni komil” asarini Parijda nashr etgan. Sharqshunos olim Andrey Bertels “Zubdat ul-haqoyiq” asarining tanqidiy matnini tayyorlagan.


O‘zbekistonda nasafiyshunoslik marhum ustozimiz Najmiddin Komilov nomi bilan chambarchas bog‘liq. Domla dastlab “Zubdat ul-haqoyiq” asarini o‘zbek tiliga tarjima qilib, muxtasar va mag‘zi to‘q so‘zboshi bilan nashr ettirgan. Shuningdek, “Tasavvuf” kitobida komil inson haqidagi talqinlarda bevosita Nasafiy asarlariga tayanib ish tutgan. 2001 yili “Komil inson kitobi”ning muqaddima qismini tarjima qilib, “Turkiston” gazetasida chop ettirdi. Domlaning oila a’zolari va maslakdoshlari taklifiga ko‘ra, ushbu kitobning to‘liq tarjimasi kamina tomonidan nihoyaga yetkazildi. “Komil inson kitobi”ning ikki risolasini (bobini) eng avval “Tafakkur” mushtariylariga ilindik. Mazkur ma’naviy obida hikmatsevar o‘quvchilarimizga manzur bo‘ladi degan umiddamiz.


AZIZIDDIN NASAFIY


“KOMIL INSON KITOBI”DAN
Alhamdu lillahi robbil-’alamiyn val- ’aqibatu lil-muttaqiyn, vas-solatu vas- salamu ’ala anbiyoihi va avliyoihi xoyru xolqihi, va ’ala alihim va as’habihim at- toyyibiyn at-tohiriyn.
Ammo ba’d, zaiflarning eng zaifi va faqirlarning xodimi, kamina — Aziziddin Muhammad Nasafiydan darveshlar (Ollox ular safini yanada kengaytirsin) suluk haqida bir risola tuzib, unda sulukning ma’nosi, shart va ruknlari haqida ma’lumot berishimni so‘radilar. Takliflarini qabul qildim hamda xato va gumrohlikdan panoh istab, Olloh taolodan madad va yordam so‘radim. Negaki, faqat U nimagaki istasa Qodir erur va so‘raganlarni ijobat qilishga muqtadir.
Birinchi fasl
Suluk mohiyati
dervish.jpgOlloh seni ikki dunyoda aziz qilsin, bilgilki, “suluk” so‘zi arab tilida bormoq, yurish ma’nosini bildiradi. Ya’ni boruvchi zohir olamida safar qilsa ham, botin olamida safar qilsa ham, shu so‘z qo‘llanadi. Tasavvuf ahli oldida bu so‘zdan murod xos safarni bildiradi, bu — sayr ilalloh (Ollohga safar) va sayr filloh (Ollohsa safar) erur.
Ey darvesh! Bizdan oldin ham mashoyix suluk haqida ko‘p kitoblar tuzgan. Jumladan, aytibdirlarkim, suluk — sayr ilalloh va sayr filloxdir. Kamina ham oldingi risolalarimda bir necha marta aytib o‘tganmankim, suluk — sayr ilalloh va sayr fillohdir. Endi ushbu risolada o‘zga ta’birlar bilan boshqacha so‘zlamoqchimiz.
Ey darvesh! Insoniylikning martabalari bordir. Insonning sifatlari va xulqlari uning zarralarida (hujayralarida) yashirindir. Har bir martabada bir sifat yo xislat zohir bo‘lur. Insonning martabalari butkul zohir bo‘lgan paytda sifat va xulqlari ham to‘liq ayon bo‘ladi va kichik olam tugallanadi. Kichik olamni tugal qilgan bu solik katta olamda Xudoning noibi va xalifasi bo‘lur. Uning so‘zi — Xudoning So‘zlaridir, uning amallari — Xudoning amallaridir. Bu — eng ulug‘ tajalliydir, negaki, axloqning zuhuri ham, ilmning zuhuri ham shundadir.
Ey darvesh! Ilm ko‘p joylarda zohir bo‘ladi, ammo barcha narsani qamrovchi ilm faqat bundadir. Bu yerda o‘zini tanidi, bu yerda narsalarning mohiyatini angladi va ko‘rdi. Demak, suluk — yo‘lovchi o‘z martabalariga yuzlanishi va o‘z martabalarini tadrijiy tarzda zohir qilishi, kichik olamni tugal etishidan iboratdir. Kichik olam tugal bo‘lmaguncha, u katta olamda Ollohning noibi va xalifasi bo‘lishi imkonsizdir. Unda olam ahliga nisbatan qudrat paydo bo‘lur. O‘ziga kuchi yetmagan odam boshqalarga chikora?! Ayrimlar shu yerda adashib, turli azoblarga giriftor bo‘lib, murod-maqsadiga yetmaganlar. Yo‘lovchining martabalari to‘liq zohir bo‘lgach, suluk ham nihoyasiga yetar.
Ey darvesh! Ma’lum bo‘ldiki, yo‘lovchi sensan, yo‘l ham sen, manzil ham sen. Yo‘lovchining martabalari tugallangandan so‘ng sayr filloh ibtido topar. Bu sayr hech qachon adog‘iga yetmas. Bilurmanki, buni to‘liq anglamading. Shuning uchun ochiqroq bayon eturmen, chunki bu so‘zni bilish chandon muhimdir.
Ikkinchi fasl
Solikning niyati
Ey darvesh! Solikning riyozat va mujohadalaridan niyati Ollohni talab etish bo‘lmasin, chunki Ollohni talab qilishga hojat yo‘q. Poklik va yaxshi axloq talabi ham, ilm va ma’rifat talabi ham, sirlarni kashf etmoq va nurlarning zuhurini ko‘rmoq ham sulukning niyati bo‘lmasligi kerak. Chunki bularning har biri insonning qaysidir martabasiga oiddir. Solik o‘sha martabaga yetmaguncha shu martabaga xos biror sifat yo xislat unda paydo bo‘lmas. Unga yetganda esa, o‘zi xohlasa-xohlamasa, birov aytsa-aytmasa, shu martabaga xos bo‘lgan barcha sifat va xislatlar o‘z-o‘zidan ayonlashur. Agar go‘dakka shahvat haqida butun olam so‘zlab bersa ham, u bu lazzat neligini bilmas, balog‘at martabasiga yetgach esa aytsalar-aytmasalar, o‘zi bu haqda bilib olur.
Ey darvesh! Daraxtning darajalari bo‘lgani kabi insonning ham darajalari bor. Daraxtning har bir darajasida undan nima hosil bo‘lishi ma’lumdir. Bog‘bonning ishi — yerni yumshoq tutmoq, begona xoru xasdan tozalamoq, o‘z vaqtida suv berib, zararkunanda va ofatlardan asrab-avaylamoq kabi yumushlardir. Buning natijasida daraxt o‘z rivoji bosqichlarini to‘liq o‘tab, vaqt-soatiga qarab, xosiyatlarini namoyon etib boradi. Solikning ishi ham shunday bo‘lishi kerak. Solik riyozat va mujohadalari orqali odam bo‘lmoqni niyat qilmog‘i kerak. O‘shanda insoniy martabalar unda to‘liq zuhur qilur. Insoniy martabalar unda zohir bo‘lgach, solik xohlasa-xohlamasa, poklik va go‘zal axloq, ilm-ma’rifat, sirlarning kashfi va nurlarning zuhuri — bari o‘z vaqt-muddatida namoyon bo‘lur. Shunday narsalar ayonlashurki, solik ularning nomini-da bilmagan, xotiridan ham o‘tmagan bo‘ladi. Kimki bu yo‘lda bo‘lmasa, bu so‘zlarni hech qachon anglamas. Gap cho‘zilib, maqsaddan uzoqlashmaslik uchun aytayin: solikning himmati baland bo‘lmog‘i kerak. Umri oxirigacha bu yo‘lda bo‘lib, sa’y-harakat qilishi lozim, chunki Xudoning Ilmi va Hikmatining oxiri yo‘q.
Ey darvesh! Daraxtning barcha kamolot bosqichlari urug‘idadir. Faqat mirishkor bog‘bonning tarbiyati va parvarishi lozim- dir, toki urug‘ daraxt bo‘lib, ro‘yobga chiqsin. Shu kabi pokpik va go‘zal axpoq, ilm va ma’- rifat, sir-asror kashf bo‘lishi, nurlarning zuhuri — barchasi inson zotida mavjuddir. Faqat donishmand suhbati, tarbiyat va par- varishi lozimdir, toki bular to‘liq yuzaga chiqsin.

Ey darvesh! Avval va oxir ilmi sening zotingda yashirindir. Nimaiki istasang, o‘zingdan ista, tashqaridan neni izlaysan?! Qulog‘ing orqali ko‘nglingga joylashadigan bilim boshqalar qudug‘idan suv olib o‘z qudug‘ingga quyishingga mengzar. Agar qudug‘ing ko‘zi ochiq bo‘lmasa, quygan suvingning baqosi bo‘lmas, darrov aynib, turli xastaliklarni tarqatar.


Ey darvesh! Bu suvdan kibr va manmanlik kasalligi paydo bo‘lar hamda boylik va mansabga ishtiyoqingni kuchaytirar. Va laysal-xabaru kal-mu’oyana (Eshitmoq ko‘rmoqdek emasdir — arab maqoli). Shunday qilginki, o‘z qudug‘ingdan suv chiqsin va undan qancha olib boshqalarga bersang-da, hech kamaymasin, aksincha, ko‘paysin. Turgan joyida ham aynimasin, pokiza va sof saqlanib, turli kasallikparga davo bo‘lsin.


Ey darvesh! Zikr etilmish yo‘lda yurgan solik ilm va ma’rifat hosil qilur. Uning ko‘ngil chashmasidan hayot suvi oqar. Kimki qirq kecha-kunduz Ollohga ixlos bilan ibodat qilsa, uning ko‘nglidan hikmatli so‘zlar tiliga joriy bo‘lur. Ya’ni solikka bu yo‘l bilan ilm va hikmat hosil bo‘lganidek, teskari yo‘l bilan ham ilm va hikmat hosil bo‘ladi. Tafsilga berilmaslikka shuncha harakat qilaman, ammo ixtiyorimdan tashqari holatda so‘z cho‘ziladi.


Ey darvesh! Bu ish donishmandning tarbiyat va parvarishiga bog‘liqsir. Donishmandning tarbiyatisiz birov biror maqomga erishishi gumon. Yovvoyi mevaning ta’mi bog‘bon parvarishlagan meva ta’miga teng kelmas. Shu kabi, donishmandning suhbatini topgan solikka bunday suhbatdan bebahra qolgan solik teng kelolmas.


Uchinchi fasl


Solikning ilmu ma’rifati
Bilgilki, payg‘ambarlar da’vati, valiylar tarbiyati odamlar ezgu so‘z, ezgu amal, ezgu axloq sohibi bo‘lishi va shu orqali zohirlar to‘g‘ri bo‘lishi uchundir. Zohir to‘g‘ri bo‘lmaguncha, botin tuzalmas. Chunki zohir qolip kabi, botin esa qolipga solinadigan narsadekdir. Qolip to‘g‘ri bo‘lsa, unga solinadigan narsa ham to‘g‘ri chiqur, agar egri bo‘lsa, undagi narsa ham egri bo‘lur.

Ey darvesh! Hech shubha yo‘qki, zohirning botinga ta’siri bor. Shuningdek, botinning ham zohirga ta’siri bor. Bas, donishmandning suhbatida riyozat va mujohada ta’sirida zohir to‘g‘ri bo‘lgandan keyin botin ham tuz bo‘lur. Zohir va botin tuz bo‘lgandan keyin botin ikki olam orasida poklanur. Bir tomoni shahodat olami bo‘lar, ikkinchi tomoni — g‘ayb. Ya’ni bir tomon badan — shahodat va sezgilar olamiga oid bo‘lsa, ikkinchi tomon farishta va pok ruhlar olami bo‘lmish g‘ayb va ma’qulot olamidir. G‘ayb olamiga oid bo‘lgan tomon hamisha pok va musaffodir. Botinga u tomondan hech qachon zahmat, zulmat va kudurat yetmas. Badanga oid bo‘lgan tomon shahvatu lazzatlarga bog‘liq va hirsu g‘azabga asir bo‘lgani sababli tiyra, qorong‘idir. Botinni bu tomon qorong‘i va zimiston tutar. Shu sababdan, botin farishta va pok ruhlar makoni — g‘ayb olamidan ilm o‘zlashtirib, ilohiy ma’rifat nurlaridan munavvar bo‘lolmaydi. Badan pok va musaffo bo‘lgan choqda botin ikki olam orasida poklanar. Farishta va pok ruhlar dunyosi — g‘ayb olamida nimaiki bo‘lsa, solikning botinida paydo bo‘lur. G‘uborsiz ikki ko‘zguni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilgani singari, bu ko‘zguda nimaiki bo‘lsa, narigi ko‘zguda aks topar, narigi ko‘zguda nimaiki ko‘rinsa, bu ko‘zguda jilvalanar. Qabrlarni ziyorat qilish hikmati shu, ziyorat haqiqati ham ushbudir.


Ey darvesh! Bu so‘zda nozik bir nuqta bor. U shundan iboratki, g‘ayb olamining martabalari mavjud. Bir martabaning ikkinchi martabadan katta farqlari bor. Birinchi martaba ikkinchi martabadan nimadir olmog‘i, oxirgi martaba esa faqat oxirgi martabadan olmog‘i mumkin. Solikning ilm va ma’rifati bu yo‘l orqali ham hosil bo‘lishi mumkin. Rahmoniy tushlar, vajd va voridot, ilhom va ladunniy ilmlar shu orqali hosil bo‘lur. Bu ma’noning kufr va islomga aloqasi yo‘qdir. Kimki ko‘ngil ko‘zgusini poklasa, bulardan asar topar. Bu ma’ni ko‘pchilikning tushiga oiddir. Uyg‘oqlikda esa kamdan-kam hollarda sodir bo‘lur. Chunki tush betizgin tuyg‘ulardan iborat. Boshqa sezgi a’zolari, g‘azab va shahvatdan hosil bo‘ladigan g‘ashliklarning tushga ta’siri kamroqdir. Shu sababdan, botin badan uyqudagi holatda narigi olamdan xabardor bo‘lish imkoniga ega. Soliklarning riyozati, xilvat va uzlatda o‘tirishi hamda mujohadalaridan maqsad — bedorlikda ham badani uyqudagi kishining badaniga o‘xshash, balki undan-da pok va musaffo bo‘lishidir.
Ey darvesh! Soliklar turlichadir, mijozlari ham ayricha. Ba’zilari andak riyozat bilan bu asarlarni o‘zida topar, ayrimlari uzoq yillar cheksiz riyozatlar tortar, ammo bundan asar topmas. Bu ta’sirlanish ibtidoning xosiyati va to‘rt unsurning zaminasiga bog‘liqdir.
To‘rtinchi fasl
Odamzodning uch toifasi
Bilgilki, Olloh taolo odamlarni turlicha yaratibdi va har biriga turli ishga iste’dod ato etibdi. Olam nizomi barqarorligi uchun shunday bo‘lishi kerak edi. Shaharlik kerak, qishloqlik ham. Bazzoz ham kerak, baqqol ham va hokazo. Agar barchaga bir xil iste’dod berganida edi, olamda munazzamlik (ya’ni tartib. XDK izohi) bo‘lmasdi. Shu bois donishmand har bir kishini qaysi ish uchun yaratilgan bo‘lsa, o‘shanga safarbar qilmog‘i kerak.
Muxtasar qilib aytsak, ayrimlarning himmati oliydir va ayrimlarniki bunday emas. Shu sababdan, kimi dunyoni, kimlari uqboni (oxirat), kimi esa Mavloni (Olloh taoloni) istaydi. Odamlar shu uch toifadan bo‘lak emas. Mavlo izlaydigan toifa himmatbaland kishilardir. Ular odamlarning eng yaxshisi va shu toifa ahli solikdir. Minglab kishidan u ulug‘roqdir, qolgan ikki toifa u tufayli hayot kechiradi va u sababli tarbiyat topadi.
Ey darvesh! Kimki suluk qilsa, unga to‘rt narsaning ma’rifati zarurdir: birinchisi, maqsadning, ikkinchisi, maqsad tomon boruvchining, uchinchisi, maqsadga eltuvchi yo‘lning, to‘rtinchisi, hidoyatga eltuvchi — shayx yo pirning ma’rifati. Bu to‘rt narsani bilmasdan suluk muyassar bo‘lmas. Bilgilki, solikning maqsadi va maqsudi o‘z kamolidir. Ba’zilar aytibdikim, maqsad tomon boruvchi Xudoning O‘zidir, ba’zilar solikning Ruhi, yana ayrimlar solikning Aqli degan bo‘lsa, ba’zilar Ollohning nuri deb aytibdi. Kamina aytadirkim, boruvchi — solikning botini. Negaki, solikning botini bir nurdir, bu nur turli ism va qo‘shimcha sifatlar bilan zikr etiladi: nafs, ruh, qalb, aql, Ollohning nuri va hokazo. Bulardan murod o‘sha bir javhardir. Bu javhar — odamning haqiqati.
Beshinchi fasl
Maqsad tomon yo‘l
Bilgilki, maqsad sari yo‘l, bu zaifning (men) nazarida, bir yo‘ldan boshqa emas. Bu yo‘l — avvalda tahsil va takror, oxirda mujohada va azkordir (zikr tushish). Dastlab madrasaga borib, shariat ilmi va boshqa kerakli ilmlarni o‘rganish, so‘ng so‘zda chechan va fikri teran bo‘lish uchun foydali bilimlarni o‘zlashtirish. Chunki so‘z bilan to‘g‘ri muomalada bo‘lish eng ulug‘ ruknlardan hisoblanadi. So‘z san’atiga faqat madrasada ega bo‘lish mumkin. Undan keyin xonaqohga kelib, biror shayxga murid tushadi. Bitta shayxga qanoat qilib, tariqat ilmidan eng keraklilarini o‘rganadi. Asosiy ilmlarni o‘zlashtirgandan so‘ng shayxlarning hikoyatlarini o‘qiydi. Ya’ni shayxlarning riyozati, mujohada, taqvo va parhezkorligi, ahvol va maqomoti haqida tasavvur hosil qilib, so‘ng kitob o‘qishni tark etadi. Shayx nimani saloh (ma’qul, ravo. XDK izohi) ko‘rsa, o‘sha ish bilan mashg‘ul bo‘ladi.
Ba’zilar nazarida, maqsad sari yo‘l ikkitadir. Boshqacha aytganda, ilallohga safar etuvchilar ikki toifadan iborat. Har bir toifaning maqsadga yetishishda o‘z yo‘li bor. Birining yo‘li tahsil va takror bo‘lib, bular shariat ko‘yining soliklari. Ikkinchisining yo‘li mujohada va azkor bo‘lib, bular tariqat ko‘yining soliklaridir.
Ey darvesh! Ba’zida solik uldurkim, har kuni nimanidir o‘rganadi, ba’zida solik uldurkim, har kuni o‘rganganlaridan nimanidir butunlay unutadi. Ba’zida tariqatdagi vazifa — har kuni oppoq sahifani qoralamoqdir, ba’zida tariqatdagi vazifa — qora ko‘ngildan nimanidir poklamoqdir.
Ey darvesh! Soliklardan ba’zilari aytmishkim, biz naqqoshlik hunarini o‘rganamiz. Ko‘ngil lavhini tahsil va takror qalami ila jamiki bilimlar bilan naqshinkor etamiz, toki jamiki bilimlar bizning ko‘nglimizda naqshlansin. Bizning ko‘nglimiz lavhida naqshlangan bilimlar tufayli ko‘ngil Lavhul Mahfuzga aylanar.
Ba’zi soliklar aytmishkim, biz sayqaliylar hunarini o‘rganamiz. Ko‘ngil ko‘zgusini mujohada egovi va zikr yog‘i yordamida sayqal berish bilan pok va musaffo eturmiz. Ko‘ngil ko‘zgusi musaffo va pokiza bo‘lganidan so‘ng g‘ayb va shahodat olamida nimaiki ilm bo‘lsa, uning aksi bizning ko‘nglimizda jilo topar. Aks topish kitobat qilishdan ko‘ra shubhadan xolirokdir. Negaki, kitobat payti xatoga yo‘l qo‘yish xavfi bor, aks ettirishda esa sahv va xatoga yo‘l qo‘yilmaydi. Chin va Mochin naqqoshlarining hikoyatlari mashhurdir, shuning uchun takrorlashga hojat yo‘q. Yana shuki, ilmning turi ko‘p, hisobsizdir. Inson umri esa qisqa. Umr vafo qilib, barcha ilmlarni to‘liq o‘rganish gumondir. Ammo umr vafo qilib, ko‘ngil ko‘zgusini mujohada va zikr yo‘li bilan jomi jahonnamo aylash imkoni bor.
So‘z cho‘zilmasligi va maqsaddan uzoqlashmaslik uchun yana aytaman: ey darvesh! Yo‘l bittadan ortiq emas. Agar ikkita bo‘lgan taqdirda ham mujohada va zikr tushish yo‘li salomat va yaqinroqdir.
Oltinchi fasl
Avom kishilar darajasi
Bilgilki, farzand oq-qorani ajrata boshlagach, ibodat bobida ota-onasiga izdoshlik qilmog‘i lozim. Agar qilmasa, ota-ona bunga buyurmog‘i kerak. Ibodatda izdoshlik qilishni islom deb aytadilar. Aql sohibi bo‘lgach esa, islomdan keyin olti narsa farzandga farz bo‘lur. Birinchisi, imon: farzand Olloh taoloning biru borligi, payg‘ambarlarning nubuvvatiga shubha va gumonsiz imon keltirishi shart. Bilsinki, payg‘ambarlar nimaiki aytgan bo‘lsalar, rost debdilar va Ollohning so‘zini aytibdilar. Ikkinchisi, amri ma’ruf — islomda buyurilgan amallarni bajo keltirish. Uchinchisi, nahyi munkar -taqiqlangan amallardan uzoq turish. To‘rtinchisi, tavba — noto‘g‘ri amaldan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lmoq. Agar buyurilgan ezgu amallardan birortasini bajarolmay qolsa yoki taqiqlangan ishlarga qo‘l urib qo‘ysa, astoydil pushaymon bo‘lib, boshqa bu xatoni takrorlamaslikka ahs qilish va shu axdga sobit qolish tavba deb tushuniladi. Beshinchisi, ro‘zg‘or ta’minlashiga yaraydigan biror kasb yo hunarni egallamoq. Kasb egallashdan yana bir maqsad — tamadan xoli bo‘lishdir, chunki imon salomatligiga yetadigan zararlarning bosh sababchisi -tamadir. Oltinchisi, taqvo — kasb egallashda harom luqmadan, birovning molidan, shubhali rizqdan, davlat moli hamda zolim kimsalar saxovatidan saqlanmoq lozim. So‘z va amalda ogoh bo‘lib, ixlos bilan yashamoq hamda riyo va hasaddan tiyilmoq kerak.
Ey darvesh! Bu olti narsa barcha odamlarga oid bo‘lib, musulmon ahlining huquqidir. Bu avomning darajasidir. Kimki avom darajasidan xos ahlining darajasiga ko‘tarilmoqni istasa, ular amali ila shug‘ullanmog‘i lozim. Xoslar amali — yo tahsil va takror, yo mujohada va azkor yo‘liga suluk qilmoqdir. Bu risolada mujohada va azkor (zikr tushish) tariqini bayon eturmiz.
Yettinchi fasl
Suluk shartlari
Bilgilki, suluk sharti oltitadir. Birinchisi, tark erur — mol-dunyo, amal-mansab havasi, ma’siyatu yomon xislatlarni tark etmokdir. Ikkinchisi — sulhdir. Ya’ni olam ahli bilan birvarakayiga sulh qilur, birovga qo‘li yo tili bilan ozor bermas, shafqat va marhamatini hech kimdan darig‘ tutmas, hammani o‘zidek ojiz, bechora va tolib deb bilur. Uchinchisi — uzlat, to‘rtinchisi — xomushlik, beshinchisi — ochlik, oltinchisi sehr haqida bilim hosil qilish erur.
Sakkizinchi fasl
Suluk ruknlari
Bilgilki, sulukning ruknlari ham oltitadir.
Birinchi rukn — hodiy, ya’ni rahnamoning lozimligidir. Suluk rahnamosiz muyassar bo‘lmas.
Ikkinchi rukn — rahnamoga irodat va muhabbatdir. Solik rahnamo, ya’ni pirga yetishgandan so‘ng uni butun olam, undagi jamiki mavjud narsa va kimsalardan ko‘ra ko‘proq yaxshi ko‘rishi kerak. O‘shanda u maqsadga tezroq yetishadi, chunki solikning bu yo‘ldagi ulovi irodat va muhabbatidir. Agar muhabbat kuchli bo‘lsa, ulovi ham shuncha baquvvat bo‘lur, ulovi baquvvat kishiga esa yo‘lning mashaqqati pisand emas. Lekin agar irodat va muhabbatiga zarracha xalal tushsa, ulovi cho‘loqlanib, solik yo‘ldan qolar.
Uchinchi rukn — e’tiqod va amalda pirga butkul bo‘ysunishdir. Ya’ni solik ota-onaga taqlid qilishni tark etmog‘i lozim. Hidoyat etuvchi pirga ham e’tiqod, ham amalda izdoshlik qilmog‘i lozim, chunki pir — tabib, murid esa bemor. Bemor agar tabibning buyrug‘iga itoat qilmasa yoki uning aytganlariga xilof ish tutsa, tuzalmas. Tibbiy kitoblarga qarab, o‘zini o‘zi muolaja qilish ham foydadan ko‘ra ko‘proq zarar yetkazar. Balki kundan-kun dardi kuchayib, kasallik chuqurroq ildiz otar. Agar bemor chindan tuzalishni istasa, tabibning huzuriga borishi va uning nasihatiga so‘zsiz amal qilmog‘i kerak. O‘shanda dard va xastalik o‘z-o‘zidan barham topar.
To‘rtinchi rukn — o‘z fikr-andisha va xohish-istagini butunlay tark etmokdir: solik biror ishni o‘zboshimchalik bilan, xohish- irodasiga tayangan holda — hattoki bu ish ibodat bo‘lsa ham — amalga oshirishdan voz kechishi kerak. Negaki, solik nimaniki o‘z ixtiyori bilan bajarsa, bu piri va maqsad yo‘lidan uzoqlashuviga sabab bo‘ladi. Solik o‘z rahnamosi — pirining biror so‘ziga e’tiroz bildirmasin, biror ishini inkor etmasin, chunki solik yaxshi-yomonning farqiga bormaydi; toat va ma’siyat o‘rtasidagi tafovutni anglamaydi. Zotan, yaxshi-yomonning, ibodat va gunohning farqiga borish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydigan ulug‘ ishdir. Muso va Xizr alayhimussalomning hikoyati bu ma’nidan xabar berur.
Ey darvesh! Ko‘p so‘zlar borki, muridning nazarida yaxshi, ammo shayxning nazdida yomondir; ko‘p so‘zlar borki, muridga yomon ko‘rinar, shayx nazarida esa yaxshidir. Amallarda ham shu holdir. Baski, muridga eng yaxshi yo‘l — birvarakayiga butkul e’tiroz va inkorni tark etsin, shayxdan nimaiki eshitsa, yaxshi deb bilsin, undan nimaiki ko‘rsa, yaxshi deb qabul qilsin.

Ey darvesh! E’tiroz va inkor muridga g‘ashlik va dil xiralik keltirur hamda murid va shayx o‘rtasiga ayriliq bo‘lur.


Oltinchi rukn — sobitlik va doimiylikdir. Solik suluk shartlariga uzoq yillar sobitqadamlik bilan rioya qilishi kerak. Negaki, dunyoviy yumushlarda ham, oxirat ishlarida ham sobitqadam bo‘lmagan kishining murodi hosil bo‘lmas.


Ey darvesh! Dunyoviy yumushlarda ham, oxirat ishlarida ham kimki biror natijaga erishgan bo‘lsa, faqat sobitqadamlik tufaylidir.


Bu — suluk shart va ruknlari edikim, aytib o‘tildi. Suluk o‘n ikki narsasiz mukammal bo‘lmaydi.


To‘qqizinchi fasl


Hijob va maqom
Ey darvesh! Solik aytib o‘tganimiz o‘n ikki narsada sabot ko‘rsatsa, albatta hijobu pardalar uning ko‘zidan ko‘tarilib, oliy maqomlarga yetadi. Hijob asli to‘rttadir: mol- dunyoga o‘chlik, amalparastlik, katta avlodga ko‘r-ko‘rona ergashish, gunoh ishlarga ruju qo‘yish. Maqomning asli ham to‘rttadir: ezgu so‘z, ezgu amal, ezgu xulq va maorif. Maorif deganda ko‘p narsani bilish — ma’rifat etish tushuniladi. Ammo o‘n sakkiz narsaning ma’rifati suv bilan havodek zarurdir. Dono solik albatta bu o‘n sakkiz narsani bilishi, ilm ul-yaqin va ayn ul-yaqin orqali anglashi lozim: dunyoning ma’rifati, dunyo ishlarining ma’rifati, oxiratning ma’rifati, oxirat ishlarining ma’rifati, ajal ma’rifati, ajal hikmatining ma’rifati, shaytonni bilish, shayton amrlarini bilish, farishtaning ma’rifati, farishta amrining ma’rifati, payg‘ambarning ma’rifati, payg‘ambar so‘zining ma’rifati, valiyning ma’rifati, valiy so‘zining ma’rifati, o‘zliging ma’rifati, o‘z amring ma’rifati, Xudoning ma’rifati, Xudo so‘zlarining ma’rifati. Xohlasang, o‘n sakkizta, xohlasang to‘qqizta, xohlasang bitta deb ayt.

Ey darvesh! Shayton amri bilan farishta amri, nafs istagi bilan Xudo amrining farqiga borish ulug‘ ishdir. Shu kabi nabiy — payg‘ambar va valiyning so‘zini anglamoq ham mushkuldir.


Ey darvesh! Hijoblar ko‘pdir, ammo ularning asli to‘rtga, maqomlar ham ko‘p-u, ularning ham asli to‘rttadir. O‘zingdan daf etishing va yo‘lingdan tozalashing kerak bo‘lgan narsa — hijobdir. O‘zingda shakllantirishing kerak bo‘lgan narsa esa maqom sanaladi.


Hijobning ham, maqomning ham ma’nosini bilib olding. Endi bilgilki, jamiki soliklar shu to‘rt maqomga yuzlanmish. Bu riyozat, mujohadalarni tortishidan maqsad ham bu to‘rt hijobni oldidan ko‘tarmoq va bu to‘rt maqomni kamolga yetkazmoqdir. Kimki bu to‘rt maqom — ezgu so‘z, ezgu amal, ezgu axloq va maorifni kamolga yetkazsa, o‘zi ham komil inson bo‘libdi.
Ey darvesh! Bu to‘rt hijobni oradan ko‘tarmoq tahorat olmoqqa, to‘rt maqomga erishish esa namoz o‘qimoqqa mengzar. Avval tahorat, so‘ng namoz, avval hijron, so‘ngra visol, avval sayqal berish, so‘ng munavvar bo‘lishdir. Kimki to‘rt hijobni oradan ko‘tarsa, tahorati mukammal va o‘zi mudom pokiza bo‘ladi. Kimki bu to‘rt maqomga erishsa va namoz o‘qisa, doim obid holidadir.
O‘ninchi fasl
Tarbiyat
Bilgilki, podshohning sayyodi lochinni qo‘lga o‘rgatmoqchi bo‘lsa, dastlab ko‘zini bog‘lab, oyog‘iga band solib, och-nahor tutib, kechasi uxlagani qo‘ymaydi. Shu orqali nafsini sindiradi, undagi hayvoniy va yirtqich kuch-quvvat kamayadi. Natijada lochin sayyod bilan unsiyat topib, unga o‘rganib qoladi. So‘ng sayyod lochinga ov qilishni o‘rgatadi. Ov qilish malakasi shakllangandan keyin sayyod lochinni podshoh huzuriga olib boradi. Va shu orqali podshohga yaqinlashadi va lochin endi shahbozga aylanadi. Ma’lum bo‘ldiki, lochinning ko‘zini bog‘lab qo‘yish, oyog‘iga band solish, kunduzi och-nahor, kechasi esa bedor etmokdan sayyodning asl maqsadi unga zulm qilish emas, balki lochin sayd qilishni o‘rganishi uchundir. Shuningdek, ma’lum bo‘ldiki, sayyodning lochinga ov qilishni o‘rgatishi shunchaki qiziqish emas, balki shu orqali lochinni podshohning qo‘liga o‘rgatish edi. Shunga o‘xshab, hidoyat etuvchi pir ham dastlab solikni sayd qilar, qo‘lga tushganidan keyin qorong‘i uyga olib kirar, tiliga band solar, ya’ni xilvat va uzlatga, kunduzi ro‘za tutmoq, kechasi ibodatda bedor turmoqqa buyurar, shu bilan hayvoniy quvvat va shaytoniy-darrandalik mayllari kuchi kesilar. Undan keyin hodiy — pir solikka ov qilishni o‘rgatar. Solikning saydi ilm, ma’rifat, muhabbat, mushohada va muoyanadir. Sayd qilishni o‘rgangan solik Podshoh huzuriga yetar va Olamlar Podshohiga qurbat — yaqinlik hosil qilar. Podshohning qurbini topgan kishi esa gunohlar bandidan qutular va najot ahlidan bo‘lar.
Valhamdu lillahi Robbil-alamiyn.

Yüklə 143 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin