raglenoidale) b o 'lib , u n d a n
yelka ikki boshli m ushagining
uzun payi boshlanadi. B o'g'im
chuqurchasi tagjdagi bo'g'im osti
b o 'rtig 'id a n (tuberculum inf-
raglenoidale) y elk anin g uch
boshli mushagining u zun boshi
boshlanadi. Bo'g'im chuqurcha-
sidan keyin toraygan kurak bo'yni
(collum scapulae) bor. K urak
ning yuqori qirrasida o'ym asi
(iudsura scapulae) bo'lib, u bilan
bo'yni o'rtasidan tumshuqsimon
o'simta (processus corocoi-deus)
ko'tarilib turadi.
Rentgenoanatomiyasi. Old
to'g'ri proyeksiyadagi rentgeno
gramm ada kurak suyagi ko'krak
qafasining yuqori tashqi qismida
2 —7 q o v u r g 'a l a r s o h a s id a
uchburchak shaklida ko'rinadi. Kurak tashqi qirrasining quyuq soyasi uning
bo'yniga o 'tib ketadi, b o 'g 'im chuqurchasining soyasi qism an yelka suyagi
boshchasiga qavatlanadi va aniq chekkali, ikki
1
->
tomonli qavariq linza shaklida bo'ladi. Bo'g'im
f
chuqurchasidan biioz yuqori va ichkariroqda
tum shuqsim on o 'sim ta soyasi bukilgan
shaklda ko'rinadi. Yon rentgenogram m ada
kurak suyagining tanasi, kurak qirrasi va
;
akromion o'sim tasini aniqlash m um kin.
Kurak suyagining birinchi suyak nuqtasi
homila hayotining ikkinchi oyi oxirida uning
bo'yni sohasida paydo bo'ladi. Bu suyak
nuqtadan kurak suyagi tanasi va qirrasi
Yangi tug'ilgan chaqaloq kurak suyagi
(14-rasm) kattalaiga nisbatan yuqoriroq va
tashqari joylashgan. Uning yuqori chegarasi
I —II , pastkisi esa IV —V q o v u rg 'a la r
sohasida.
Shakli kattalam ikiga o'xshasa ham ,
tanasi va tashqi qirrasidan tashqari qismlari
tog'aydan iborat. Kurak o'ymasi katta, qirra
14-расм .
C haqaloqning
chap
kurak suyagi. 1-angulus superior;
2-fossa supraspinata; 3-fossa infiaspina-
ta; 4-maxgo medialis; 5-angulus infe
rior; 6-maigo lateralis; 7-angulus lat
eralis; 8-acromion; 9-processus coro-
coideus; 10-spina scapulae; 11-incisura
scapulae; 12-maigo superior.
usti chuqurchasini egallab turadi, b o ‘g‘im yuzasi ovalsimon. Em izikli davr
oxirida tum shuqsim on o ‘sim tada suyak nuqtasi paydo bo'ladi. E rta bolalik
davrida suyaklanish suyak tanasidan bo'g'im yuzasi asosiga tarqaydi. Bo‘g‘im
yuzasi tez o ‘sib, bolalikni birinchi davrida tuxum shaklini oladi va b o ‘g‘im
usti b o'rtig'i yuzaga keladi. Balog‘at va o'smirlik davrlarida akrom ion, ostki
burchagi va ichki qirrasida qo'shim cha suyak nuqtalari paydo bo'ladi. Ak
rom ion va tum shuqsim on o ‘sim ta kurak suyagi
bilan 18—21 yoshda, ichki qirra va pastki burchagi
(,
,
qo'shim cha suyak nuqtalari asosiy qism bilan 20—
* r . j
21 yoshda qo'shiladi.
Q o‘lning erkin qismi suyaklari
Yelka suyagi (humerus, 15 -rasm ) uzun
naysimon suyaklar turkumiga kiradi. U nda tanasi
(corpus hum eri) va 2 ta: yuqorigi (proksimal) va
pastki (distal) uchlari tafovut qilinadi. Uning yuqori
uchida ichkariga va biroz orqaga qaragan shaisimon
boshchasi (caput humeri) bor. Uning chekkasidan
uncha chuqur bo'lm agan egat— anatomik bo'yin
(collum anatomicum) o'tadi. Bu egat boshchani
tashqariroq joylashgan katta bo'rtiq (tuberculum
majus) va u n d an o ldinda joylashgan kichik
bo'rtiqdan (tuberculum minus) ajratib turadi. Har
bir bo'rtiqdan pastga qarab katta va kichik bo'rtiq
qirralari (crista tuberculi majoris et minoris)
ketadi. Bo'rtiqlar va qirralar o'rtasida bo'rtiqlararo
egat (sulcus intertubercularis) b o 'lib , unda
yelkaning ikki boshli mushagi uzun boshining
payi o'tadi.B o'rtiqlardan pastki qismi xipcharoq
bo'Ub, xiruigik bo'yin (collum chirurgicum) deb
ataladi. Suyak tanasining yuqori qismi silindr
shaklida, pastki qismi uch qirrali bo'ladi. Bu qismida
oldingi ichki yuza (facies anterior medialis),
oldingi tashqi yuza (facies anterior lateralis) va
orqa yuza (facies posterior) tafovut qilinadi.
Suyakning orqa yuzasi ikkala oldingi yuzasidan ichki
qirra (margo medialis) va tashqi qirra (margo
lateralis) vositasida ajrab turadi. Suyak tanasining
o'rtasidan yuqori qismida deltasimon mushak
b irikad ig an b o 'r tiq (tuberositas deltoideus)
joylashgan. U ndan pastda suyakning orqa yuzasida
sp iralsim o n bilak nervi egati (sulcus nervi
radialis) o'tadi.
to
15-rasm. Yelka suyagi. 1-caput
hymeri; 2-tuberculum minus;
3 -s u lc u s in te rtu b e rc u la r is ;
4-collum chirurgicum; 5-fossa
coronoidea; 6-epicondylus m e
dialis; 7-trochlea humeri; 8-ca-
pitulum humeri; 9-fossa radia
lis; 10-tuberositas deltoidea;
11-c rista tu b ercu li m inoris;
12-tuberculum majus; 13-col-
lum ananomicum.
U suyakning ichki qirrasidan boshlanadi, uning orqa yuzasini aylanib
o ‘tib tashqi qirrasida tugaydi. Yelka suyagining pastki uchi kengayib yelka
suyagi do'ngini (condulus humeri) hosil qilib tugaydi. Uning ichki tom onida
tirsak suyagi bilan birlashuvchi yelka suyagi g‘altagi (trochlea humeri), tashqi
tomonida esa bilak suyagi bilan birlashuvchi yelka boshchasi (capituhim humeri)
bor. Old tom onda g‘altak ustida toj chuqurchasi (fossa coronoidea), boshcha
ustida kichikroq bilak suyagi boshchasi chuqurchasi (fossa radialis) joylashgan.
Orqa tom onda g‘altak ustida katta tirsak o'simtasi chuqurchasi (fossa olecrani)
bo'ladi. Yelka suyagi do'ngini ichki va tashqi tom onlarida ichki va tashqi
o'sim talar (epicondulus medialis et lateralis) bor. Ichki o'sim taning orqa
yuzasida tiisak nervi egati (sulcus nervi ulnaris) o'tadi. Yuqori tom onga ichki
o 'sim ta ichki o'sim ta qirrasi (crista supracondularis medialis) bo'lib, yelka
suyagining ichki qirrasiga davom etadi. Tashqi o'sim ta yuqoriga qarab tashqi
o'sim ta qirrasini (crista supracondularis lateralis) hosil qilib, yelka suyagining
tashqi qirrasiga o'tib ketadi.
Rentgenoanatomiyasi. Yelka suyagi o'ziga xos rentgenoanatomik tuzilishga
ega. Yelka suyagi boshchasining zich moddasi tashqi chegarasi aniq shaisimon
soya shaklida ko'rinadi va qisman kurak suyagi bo'g'im chuqurchasiga qavatlanadi.
U ning boshchasi -g'ovak moddasi m ayda to 'r shaklida bo'lib, katta b o'rtiq
bilan yelka suyagi boshchasi o'ltasida uncha katta bo'lmagan torayma anatomik
bo'yin aniqlanadi. K atta bo'rtiqdan pastroqda suyak tanasida xirurgik bo'yin
, ko'zga tashlanadi. Bu yeida zich modda yupqalashib, g'ovak
m odda siyraklashgan tarkibga ega bo'lib, zich m oddaning
g'ovak moddaga o'tishi ro'y beradi. Suyakning bir tarkibini
boshqasiga o'tishi shu sohaning qarshiligini kamaytiradi.
Yelka suyagi diaflzi rentgenogram m asida zich m odda
qatlamlari o'rtasida joylashgan suyak iligi kanali ko'rinadi.
Yelka suyagining pastki uchi uchburchak prizma shaklida
bo'ladi. U nda tashqi va ichki o'simtalar ajratiladi. G'altakni
yuqorisida suyak tarkibida aniq chegarali tojsimon va tiisak
chuqurlari yorug'ligi bor. Yelka suyagining pastki uchi —
suyak to'qim asi m ayda katakchali tuzilishga ega. Suyak
trabekulalari asosan ko'ndalang yo'nalgan bo 'lib , zich
qatlam i yupqa.
Yelka suyagining birinchi suyak nuqtasi hom ila
hayotining 8-haftasida uning diafizida paydo bo'ladi. Yangi
10 tug'ilgan chaqaloq yelka suyagi (16-rasm) nisbatan qisqa,
uchlari katta; suyak tanasining katta, kichik bo'rtiqlari va
ulam ing qirrasidan boshqa qismlari suyaklanib bo'lgan.
16-rasm . Chaqaloqning o ‘ng yelka suyagi (orqa tomondan k o‘rinishi). 1-c a p u t
hymeri; 2-collum chirurgicum; 3-facies posterior; 4-fossa olecrani; 5-epicondylus medi
alis; 6-trochlea humeri; 7-collum anatom icum ; 8-tuberculum majus; 9-foram en nitrcum ;
10-epicondulus lateralis.
Yelka suyagining boshi tog'aydan iborat bo'lib, shakli yumaloq. K atta va
kichik bo'rtiqlar, o'zaro chuqur egat bilan ajragan. D istal uchi tog'aydan
tashkil topgan, uning relyefi kattalar suyagiga o'xshaydi. Emizikli davrda suyak
boshida yum aloq suyak nuqtasi, tanasida esa so'rilish markazi paydo bo'ladi.
Eita bolalik davrida katta bo'rtiqda, deltasimon bo'rtiq va pastki uchi boshchasida,
bolalikning birinchi davrida kichik bo'rtiq, tojsimon va Ы1ак chuqurchalarida,
ichki o'sim tada suyak nuqtalari paydo bo'ladi. Bolalikning birinchi davrida
suyak o'sishi bilan birga uning relyefi yuzaga keladi. Bolalikning ikkinchi davri
oxirlarida yelka suyagi tanasining taraqqiyoti tugab u kattalam ikiga o'xshab
qoladi. Yuqori uchi tanasidan yupqa tog'ay qatlam bilan ajraladi. Bu davrda
pastki uchida tashqi o'sim ta va g'altakda qo'shim cha suyak nuqtalari vujudga
keladi. O'smirlik davrida suyakning pastki epifizi tanasi bilan suyaklanib qo'shiladi.
Yuqori epifizi esa tanasi bilan 20—24 yoshda birikib, bir
butun yelka suyagini hosil qiladi.
Bilak suyaklari
Bilak suyaklari ikkita uzun naysimon suyakdan
iborat: ichki tom onda joylashgan tirsak suyagi harakat
yo'nalishini aniqlasa, tashqi tom ondagi bilak suyagi
tayanch vazifasini bajaradi. Bu suyaklaming rivojlanishi
bevosita ulaming vazifasiga bog'liq.
Tirsak suyagi
T irsa k su y ag in i (ulna, 17 -ra sm ) y u q o ri u c h i
kengaygan bo'lib, yelka suyagi g'altagi bilan birlashadigan
g'altak o'ymasi (incisura trochlearis) bor. Bu o'ym a yuqori
tom ondan katta tirsak o'sim tasi (olecranon), pastdan
kichikroq tojsimon o'simta (processus coronoideus) bilan
chegaralangan. Tojsimon o'sim taning tashqi tom onida
bilak suyagi boshi birlashadigan bilak o'ym asi (incisura
radialis) joylashgan.
Old tom onda undan pastroqda tirsak suyagi bo'rtig'i
(tuberositas ulnae) bor. Tirsak suyagining tanasi uch
qirrali. Unda uchta: orqa yuzasi (facies posterior), oldingi
yuzasi (facies anterior) va ichki yuzasi (facies medialis)
farqlanadi. Bu yuzalami o'zaro uchta: oldingi qirra (margo
anterior), orqa qirra (margo posterior), oldingi va orqa
yuza o'rtasida joylashgan bilak suyagi tarafdagi suyaklararo
17-расм. Tirsak suyagi. 1-olecranon; 2-incisura trochlearis; 3-processus coronoideus;
4-incisura radialis; 5-tuberositas ulnae; 6-crista musculi supinatoris; 7-margo anterior;
8-margo interossea; 9-circuferentia articularis; 10-processus styloideus; 11-margo posterior.
18-rasm. Chaqaloqning o ‘ng tirsak snyagi (old to m o n d an
ko'rinishi). 1-olecranon; 2-incisura trochlearis; 3-processus coronoideus;
4-tuberositas ulnae; 5-for. nitricum; б-maigo interosseus; 7-circum-
ferentia articularis; 8-processus styloideus; 9-margo anterior; 10-facies
medialis; 11-corpus ulnae; 12-facies anterior, 13-caput ulnae.
qiira (margo interossea) ajratib turadi. Suyakning pastki
uchi yuqorisiga nisbatan ingichkaioq bo‘Iib, tiisak boshchasi
(caput ulnae) bilan tugaydi. Suyak boshchasida bilak suyagi
bilan birlashadigan b o 'g 'im yuzasi (circumferentia
articularis) joylashgan. Boshchaning pastki yuzasi yassi.
Suyak boshchasining ichki tom onida bigizsimon o'sim ta
(processus styloideus) bor. Tirsak suyagini birinchi suyak
nuqtasi uning diafizida homila hayotining 8-haftasida paydo
bo'ladi. Yangi tug'ilgan chaqaloqning tirsak suyagi (18-
rasm) asosi yuqoriga qaragan konus shaklida, tanasi
suyaklanib bo'lgan. Uning yuzasi silliq bo'lib, suyaklararo
qiira yaxshi ko'rinadi, suyak iligi bo'shlig'i yo'q. Suyakning
yuqori uchi tog'aydan iborat, tojsimon o'simta asosi qisman
suyaklangan. Pastki uchi ham tog'aydan tashkil topgan,
bigizsimon o'simtasi uncha bilinmaydi. Tiisak suyagining
o'sishi emizikli davrdan boshlanib, uch yoshda suyak iligi
kanali hosil bo'la boshlaydi.
Bolalikning birinchi davrida suyak bo'yiga va eniga tekis
o'sib, suyak tanasi relyefi aniqlashadi. Bu davr oxirida
pastki uchida oval shaldidagi suyak nuqtasi paydo bo'ladi.
Bolalikning ikkinchi davrida tiisak suyagi bo'yiga o'sadi.
Suyak relyefi aniq tojsimon o'simta uchidagi ingichka tog'ay
hoshiyadan tashqari qismlari suyaklanib bo'lgan, hajmi
eniga kattalashgan, g'altaksimon o'ymada qiira paydo bo'ladi
Pastki uchidagi suyak nuqtasi o'sib suyak boshchasi
va bigizsimon o'sim tani qoplaydi. Suyakning yuqori uchi
tanasi bilan 16—17 yoshda, pastki uchi esa 20—24 yoshda
qo'shiladi.
Bilak suyagi
Bilak suyagi (radius, 19-rasm )ning yuqorigi kichik
uchida bilak suyagi boshchasi (caput radii) joylashgan.
B oshchaning ust tom onida yelka suyagi boshchasi bilan
bo 'g 'im hosil qiladigan yassi b o 'g 'im chuqurchasi (fovea
articularis)bor. Boshchaning yon tom onida tirsak suyagi
19-rasm. Bilak snyagi. 1-caput radii; 2-collum radii; 3-tuberosi-
tas radii; 4-margo interosseus; 5-incisura ulnaris; 6-processus sty
loideus; 7-facies anterior.
bilan b o 'g 'im hosil qiladigan yuza (circumferetia articularis) joylashgan.
Suyakning boshchasi tanasidan toraygan bilak suyagi bo 'yni (collum radii)
vositasida ajralib turadi. U ndan pastda mushak birikadigan bo'rtiq (tuberositas
radii) bor. Bilak suyagi tanasi uch qirrali. U nd a uchta: oldingi yuza (facies
anterior), orqa yuza (facies posterior) va tashqi yuza (facies lateralis) bo'lib,
ular o'zaro uchta oldingi qirra (margo anterior), orqa qirra (margo posterior)
va tirsak suyagi tarafidagi suyaklararo qirra (margo interosseus) orqali bir-
biridan ajralib turadi. Bilak suyagini pastki uchi kengaygan, uning ichki
tomonida tiisak suyagi boshchasi bilan bo'g'im hosil qiladigan o'ym a (incisura
ulnaris), tashqi tom o n id a bigizsimon o'sim ta (processus styloideus) bor.
Pastki uchining kaft usti yuzasi (facies articularis carpea) botiq bo'lib, kaft
usti suyaklari bilan b o 'g 'im hosil qilib qo'shiladi.
Rentgenoanatomiyasi. Bilak suyaklarining tarkibi uzun naysim on
suyaklar tuzilishi xususiyatlariga ega. U lam ing zich qatlam i diafizning
m arkazida tashqi to m onda va suyak iligi kanali chetida joylashgan, g'ovak
modda suyak epifizi va metafizlarida mayda katakchali tuzilishga ega Suyaklararo
qirrada zich qatlam boshqa yuzalarga nisbatan qalin bo'ladi. Bilak suyagi
diafizining metafizga o 'tish joyida zich m oddaning yupqalanishi va g'ovak
m oddaning siyraklanishi kuzatiladi. Bu o'tish sohasi bilak suyagi qarshiligi
kamaygan qismi bo'lib, ko'pincha bilak suyagini shu sohasining sinishi
kuzatiladi. Old to 'g 'r i rentgenogram m ada tirsak suyagi tojsim on o'sim tasi
tirsak suyagi tasviriga, tirsak o'sim tasi soyasi esa yelka suyagining pastki
uchiga qavatlanadi. Orqa to 'g 'ri rentgenogrammada bilak suyaklarining o 'rta
qism ida ikkala suyakning qalinligi bir xil bo'ladi. Tirsak suyagi yuqoriga
qarab, bilak suyagi esa pastga qarab kengayadi.
Bilak suyagining birinchi suyak nuqtasi uning diafizida homila 8 haftaligida
paydo bo'ladi. Yangi tug'ilgan chaqaloqning bilak suyagi (20-rasm) nisbatan
qisqa, uning uchlari y u m alo q shaklda b o 'lad i. T anasi
suyaklanib bo'lgan, suyak iligi kanali bo'lm aydi. Suyakning
yuqori va pastki uchi tog'aydan iborat bo'ladi. Bo'yni yaxshi
bilinm aydi. Emizikli davr oxirida suyakni pastki uchida
uchburchak shakldagi suyak nuqtasi vujudga keladi. Erta bolalik
davrida suyak ikki m arta kattalashadi va suyak iligi kanali
paydo bo 'la boshlaydi.
Bolalikning birinchi davrida suyak bo'yiga tez o'sib, 7
yoshlarda suyak tanasi uch qirrali shaklni oladi; yuqori uchida
suyak b o sh ch a si u c h u n suyak n u q tasi p ay d o b o 'lib ,
suyaklanish tanadan bilak bo'rtig'iga tarqaydi. Pastki uchidagi
suyak nuqtasi o'sib bigizsimon o'sim ta asosini egallaydi.
Bolalikning ikkinchi davrida suyak tez o'sadi va uning tanasi
20-rasm . Chaqaloqning o‘ng bilak suyagi (old tomondan ko'rm ishi). 1-circumferentia
articularis; 2-collum radii; 3-facies anterior; 4-corpus radii; 5-processus styloideus;
6-tuberositas radii; 7-for. nitricum; 8-margo interosseus; 9-incisura ulnaris; 10-facies articu
laris carpea.
kattalamikiga o/xshaydi. Suyak boshchasi suyaklanib o ‘ziga xos shaklni oladi.
Epifiz bilan m etafiz o'rtasidagi yupqa tog‘ay qatlam u lam i ajratib turadi.
B alog'at davrida epifizlami suyaklanishi tugab, suyakning yuqori uchi tanasi
bilan 17—18 yoshda, pastki uchi esa 20—25 yoshda qo'shiladi.
Q o‘1 panjasi suyaklari
Q o 'l panjasining skeleti kaft usti, kaft va barm oq suyaklariga bo'linadi.
K aft usti suyaklari (ossa carpea, 21-rasm ) turli shakldagi ikKi qator
joylashgan 8 ta m ayda g'ovak suyaklardan iborat. Yuqori (proksimal) qator
bosh barm oq tom ondan hisoblaganda qayiqsimon, yarimoysimon, uch qirrali
va n o'xatsim on suyaklar; pastki (distal) qator trapetsiya shaklidagi suyak,
trapetsiyasim on suyak, boshchali suyak va ilmoqli suyakdan tashkil topgan.
Bu suyaklam ing nom lari shakllariga mos, yuzalarida q o 'sh n i suyaklar
bilan birlashadigan m os b o 'g 'im yuzalari bor. Q ayiqsim on suyak (os
scaphoideum) birinchi qatordagi eng katta suyak b o 'lib , qabariq yuzasi
bilak suyagining b o 'g 'im yuzasi bilan birlashadi. K aftga qaragan yuzasi
botiq b o 'lib , lateral chekkasi qayiqsim on suyak d o 'm b o g 'in i (tuberculum
ossis scaphoidei) hosil qiladi. Y arim oysim on suyakning (os lunatum)
ustki yuzasi qavariq, pastki yuzasi esa botiq, boshchali suyak bilan b o 'g 'im
hosil qiladi. U c h qirrali suyakning (os triquetrum) ustki yuzasi qavariq
b o 'lib , bilak suyagining b o 'g 'im yuzasi bilan, tashqi yassi yuzasi esa
no 'x atsim o n suyak bilan birlashadi. N o'x atsim o n suyak (os pisiforme)
kaft ustining eng kichik suyagi, u q o 'l panjasini bilak to m o n g a bukuvchi
m ushak payi ichida joylashgan. Proksim al q atom ing u ch ta suyagi o 'z aro
birlashib ellipssim on b o 'g 'im yuzasini hosil qiladi. T rapetsiya shaklidagi
suyakda (os trapezium) I kaft suyagi asosi bilan birlashadigan egarsimon
bo'g'im yuzasi bor, uning kaft yuzasida do'm bog'i (tuberculum ossis trapezii)
va egatcha mavjud. Shakli kattalamikiga o'xshasa ham,
ular tog'aydan (21-rasm) iborat bo'ladi.
T ra p e tsiy a sim o n suyak (o s trapezoideum )
7
k ic h k in a b o 'lib , sh ak l jih a tid a n tra p e tsiy a g a
8
o 'x sh a sh . B osh ch ali suyak (o s capitatum ) k aft
u sti suyaklari ichida eng kattasi. U n in g bo shch asi
(caput ossis capitati) yuqoriga va b iroz tashqariga
y o 'n a lg a n .
и
Ilmoqli suyakda (os hamatum) kaft yuzasida
i
2
ilm o g 'i (hamulus ossis ham ati) bo r. K aft usti
)3
suyaklarining pastki chekkasi esa nisbatan tekis. Kaft
ustining orqa yuzasi ko'tarilgan.
21-rasm. Chaqaloqning o‘ng qo‘l kafti suyaklari. 1-os trapezium; 2-os trapezoideum;
3-os scaphoideum; 4-os capitatum; 5-os lunatum; 6-os pisiforme; 7-os triquetrum; 8-os hama
tum; 9-os metacarpal; 10-phalanx proximalis; 11-phalanx media; 12-phalanx distalis; 13-tubero-
sitas phalangis.
Oldingi kaft yuzasi botiq bo‘lib, kaft usti egatini (sulcus carpi) hosil qiladi.
Yangi tug'ilgan chaqaloq kaft usti suyaklarining shakli kattalam ikiga
o'xshasa ham , ular tog'aydan (21-rasm) iborat bo'ladi. Kaft usti suyaklarining
suyak nuqtalari chaqaloqlik davrida boshchali suyakda (2-oyda), ilmoqli suyakda
(3-oyda), uch qirrali suyakda (3 yoshda), yarimoysimon suyakda (4 yoshda),
qayiqsim on suyakda (5 yoshda), trapetsiya shaklidagi va trapetsiyasim on
suyaklarda (5—6 yoshlarda) paydo bo'ladi. No'xatsim on suyakda esa bolalikni
ikkinchi davrida (7-12 yoshlarda) paydo bo'ladi.
Kaft suyaklari (ossa metacarpalia) 5 ta kalta naysimon suyakdan iborat.
H ar bir kaft suyagining asosi (basis), tanasi (corpus) va boshchasi (caput)
tafovut qilinadi. Kaft suyaklarining uchlari kattalashgan, tanasi uchburchakka
o'xshash, ulam ing tanasini kaft tom oni biroz bukilgan, orqa tom oni esa
ko'tarilgan. Birinchi kaft suyagi (os metacarpale I) boshqalaridan seibar va
qisqa bo'lib, uning asosida egarsimon, qolgan kaft suyaklarida yassi b o 'g 'im
yuzasi bor. II kaft suyagi eng uzun. Kaft suyaklarining boshi sharsimon bo'lib,
proksimal falangalar bilan birlashadigan bo'rtib chiqqan bo'g'im yuzasi bor. I
kaft suyagini boshchasi boshqalarga nisbatan kichikroq. И —V kaft suyaklari
asosida bir-biri bilan birlashishi uchun yon bo'g'im yuzalari mavjud.
Rentgenoanatomiyasi. Q o'l kafti suyaklari o'ziga xos rentgenoanatom ik
ko'rinish beradi. Ulardan trapetsiya shaklidagi va trapetsiyasimon suyaklaming
soyasi bir-biriga qavatlanib n o to 'g 'ri shakldagi m anzarani hosil qiladi.
N o'xatsim on suyak soyasi uch qirrali suyak soyasiga qavatlanadi, goho u bilan
butunlay qo'shilib ketadi. Kaft va barmoq falangalari suyaklari diaflzida zich
modda va suyak iligi kanali bilinadi. Suyak boshchasi yupqa zich modda qatlami
bilan qoplangan. Suyak asosining bo'g'im chuqurchasida zich modda nisbatan
qalin. Tim oq falangasini distal uchida taqasim on tim oq g'adir-budirligi bor.
Kaft suyaklarining suyaklanish nuqtalari ancha barvaqt paydo bo'ladi. II—IV
kaft suyaklari diafizida suyak nuqta homila hayotining 9—10 haftaligida, I kaft
suyagida esa 10—11 haftaligida paydo bo'ladi. Epifizar suyak nuqtalari bola
hayotining 3-yilida I kaft suyagi asosida, II—V kaft suyaklarida esa boshchasida
paydo bo'ladi. Suyaklaming qarama-qarshi tomondagi tog'ay epifizlari suyak
tanasidan suyaklanish jarayonining tarqalishi hisobiga suyaldanadi. Kaft
suyaklarini epifizlari tanasi bilan 16—20 yoshlarda qo'shiladi.
Dostları ilə paylaş: |