0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi


Ko'zning nur sindiruvchi  apparati



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63

Ko'zning nur sindiruvchi  apparati

Ko'zning nur sindiruvchi apparati tarkibiga shox parda, ko'z gavhari va 

shishasimon tana kiradi.

Ko‘z gavhari 



(len s) 

ikki tomoni qavariq linzaga o'xshaydi va kuchli 

nur sindirish qobiliyatiga ega.  Uning oldingi  yuzasi 

(facies  anterior) 

va 


oldingi qutbi 

(polus anterior) 

ko‘z olmasining orqa kamerasiga qaragan. 

Orqa  yuzasi 

(facies  posterior) 

qavariqroq  bo'lib,  orqa  qutb 



(polus 

posterior) 

bilan shishasimon tanaga tegib turadi.  Gavhaming qutblarini 

qo'shib turuvchi  uzunligi 4 mm bo'lgan shartli chiziq gavhar o'qi 

(axis 

lentis), 

uning oldingi va orqa yuzalari qo'shilgan chekkasi gavhar ekvatori 



(equator len tis) 

deyiladi.  Gavhar moddasi rangsiz,  qattiq,  qon tomir va 

nervlari bo'lmaydi.  Uning xususiy  to'qimasi 

substantia  lentis 

deyiladi. 

Gavhaming  ichki  qismi  -  gavhar  o'zagi 

(nucleus  len tis), 

periferik  - 

po'stloq  qismiga 

(cortex  lentis) 

nisbatan  qattiq.  Ko'z  gavhari  tashqi 

tomondan  tiniq,  elastik  xalta 

(capsula  lentis) 

bilan  qoplangan  bo'lib, 

gavhaming oldingi va orqa yuzalaridan boshlanuvchi sinnon boylamlari 

vositasidakiprikli tanaga birikadi. Gavhaming kiprikli tanabilan birikish 

qirrasiga 

zonulla  ciliaris 

deyiladi. Kiprikli mushak qisqarganida xususiy 

tomirli  parda oldinga suriladi  va kiprikli  tana gavhaming  ekvatoriga 

yaqinlashadi,  tsinnon  boylami  bo'shashib,  gavhaming  oldingi-orqa 

o'lchami  kattalashadi.  Uning qavariqligi oshib,  nur sindirish qobiliyati 

ortadi. Kiprikli mushakbo'shashganida kiprikli tana gavhar  ekvatoridan 

uzoqlashadi,  sinnon boylami taranglashib, gavhar yassilashadi va uning 

nur sindirish  qobiliyati  kamayadi.

Shishasimon tana 

(corpus vitreum) 

gavhaming orqa tomonida joylashadi. 

U  tiniq,  qon  tomirlar  va  nervlari  yo'q  quyuq  massadan  iborat.  Tahsqi 

tomondan  tiniq  parda 



(membrana  vitrea) 

o'ralib,  asosiy  modda 



(stroma 

vitreum) 

va tiniq  suyuqlikdan 



(humor vitreus) 

iborat.  Ko'z gavhari  botib 

tuigan joyda chuqurcha 

(fossa hyoloidea) 

bor.  Uning nur sindirish qobiliyati 

ko'z olmasi kameralari suyuqligi ko'rsatkichiga yaqin.

Ko'z olmasida shox parda bilan rangdor parda o'rtasida ko'z olmasining 

oldingi, rangdor parda bilan gavhar o'rtasida ko'z olmasining orqa kameralari 

mavjud bo'lib, ularda joylashgan kamera suyuqligi 



(humor aquosus) 

ham 


nur sindiruvchi apparat tarkibiga kiradi. Shox va rangdor pardalami o'zaro 

birikkan joyda oldingi kamera taroqsimon boylam 



(lig.pectinatum iridis) 

bilan  chegaralangan.  Uning  tolalari  orasida  yassi  hujayralar  bilan 

chegaralangan 

(fontanov) 

bo'shliq 



(spatia anguli iridocorneales) 

bo'lib, 


u  orqali  suyuqlik  oldingi  kameradan  shlem  kanaliga,u  yerdan  oldingi 

kiprikli  venalarga oqadi.  Oldingi  va  orqa kameralar  o'zaro  qorachiq 

teshigi orqali qo'shiladi.  Orqa  kamera ki prikli belbog'  (sinnon boylami) 

tolalari  orasidagi  petit  kanali  bilan  qo'shilgan.  Bu  bo'shliq 



(spatia 

zonularia) 

ko'z gavhari atrofida halqa shaklida yotadi.

Yangi tug'ilgan chaqaloq ko'z gavhari shar shaklida bo'lib, uning oldingi 

va orqa egriШarining~qalinligi bir xil bo'lib,  elastik bo'lmay, qattiq o'zagi



bo'lmaydi. Gavhar xaltasi va sinnon boylami yupqa bo'ladi. Ko'z gavhari bola 

hayotining birinchi yilida tez o'sadi.

Ko'z olmasi va uning hosil  qiluvchi qismlari bola hayotining birinchi 

yilida tez o'sib, keyin sekinlashadi.



Ko'zning yordamchi apparati

Ko'zning  yordamchi  apparatiga  ko'z  olmasi  mushaklari,  qovoqlar, 

konyunktiva, ko'z yoshi apparati kiradi.

Ko'z  olmasining  harakati  (133-rasm)  to'rtta  to'g'ri  va  ikkita  qiyshiq 

mushaklar vositasida bajariladi.  Ular ko'ndalang taig'il mushaklar turkumiga 

kirib, beshtasi (pastki qiyshiq mushakdan boshqa) ko'z kosasi tubida, ko'ruv 

kanali atrofidagi suyak va suyak pardaga mustahkamlangan umumiy pay halqadan 

(annulus tendineus communis) boshlanadi.  Bu umumiy pay halqadan ustki 

qovoqni ko'taruvchi mushak (mJevator palpebrae superioris) ham boshlanadi. 

Ko'z olmasining yuqorigi, pastki, tashqi va ichki to'g'ri mushaklari (m. recti 

superior, inferior, lateralis et medialis) ko'z kosasi devorlari bo'ylab yo'naladi 

va qisqa pay vositasida shox pardaning chekkasidan 5-8 mm  orqaroqda skleraga 

birikadi. Ko'z olmasining to'g'ri mushaklari qisqarganida ko'z  olmasini o'z 

tomoniga tortadi va qorachiqni o'sha tomonga qaratadi.  Ustki qiyshiq mushak 



(m.  obliquus  superior)  ustki va  ichki  to'g'ri  mushaklar  o'rtasida yo'nalib, 

ingichka pay bilan g'altak  ustidan aylanib o'tib, ko'z olmasining ustki tashqi 

yuzasiga  ekvatoming orqasiga birikadi.  Pastki qiyshiq mushsak (m. obliquus 

inferior)  ustki  jag'  suyagining  ko'z  kosasi  yuzasidan  bumn  -  ko'z  yoshi 

kanali  teshigi yonidan boshlanadi. U  ko'z olmasining ostki to'g'ri mushagi 

o'rtasidan yuqoriga va orqaga qiyshiq yo'nalib ko'z olmasini tashqi yuzasiga 

ekvatoming orqasida  birikadi. Ustki qiyshiq mushak ko'z olmasini va qorachiqni 

pastga va tashqi tomonga bursa, pastki mushak yuqoriga va tashqi tomonga buradi

Yangi tug'ilgan chaqaloqda  ko'z olmasi mushaklari pay qismidan tashqari 

yaxshi rivojlangan bo'ladi.  Shuning uchun  ularda



ko'zning  harakati  bo'lib,  ammo  ularning 

muvofiqlashgan harakati bola 2 oylik bo'lganida 

boshlanadi. Yangi tug'ilgan chaqaloqda  fiziologik 

qiyshiq ko'zlik bo'lib,  birinchi  oyning oxirida 

o'tib ketadi.

Ko'z kosasi  ichki  tomondan  suyak parda 



(periorbita)  bilan qoplangan.  U  ko'ruv  nervi 

kanali va ko'z kosasining ustki yorig'i sohasida 

bosh miyaning qittiq pardasiga birikkan. 

133-rasm.  Ko'z nimad  nmshak- 

Ko'z olmasini tashqi tomondan sklera bilan 

lanning  birikishi.  l-m .  rectus 

bo'sh birikkan  ko'z olmasi qini (vagina bulbi) 

superior;  2-m.  obliquus  superi- 

у0

1ц tenon xaltasi  o'ragan. Sklera bilan  tenon



r e c d lT m S  ^m^obiiquus  xaltasi  o'rtasida  episkleral  bo'shliq  (spatium

inferior;  6-m.  rectus lateralis; 

episclerale)  bor.  К о  Z  olm ssm illg  Qini  ЬшШ

ko'z kosasini qoplagan suyak parda o'rtasidagi  bo'shliq ko'z kosasining yog' 

tanachasi 



(corpus  adiposum  orbitae) 

bilan to'lib turadi.  Bu tanacha ko'z 

olmasi  uchun elastik yostiq vazifasini bajaradi.

Yangi  tug'ilgan  va  emizikli  bolalarda  ko'z  olmasi  qini  yupqa,  ko'z 

kosasining yog' tanachasi kam taraqqiy etgan  bo'ladi.

Ustki va pastki  qovoqlar 



(palpebra superior et inferior) 

ko'z  olmasini 

old tomondan qoplab turgan teri burmalaridir.  Ular yopilgan vaqtda  ko'z 

olmasini himoya qiladi. Ustki qovoqni peshona bilan chegarasida ko'ndalang 

bolish  shaklidagi  tuklar bilan  qoplangan qosh 

(supercilum) 

joylashgan. 

Qovoqlaming  oldingi yuzasi 

(facies anterior palpebrae) 

qavariq bo'lib, 

terisi yupqa va nozik.  Ko'z olmasiga qaragan orqa yuzasi 

(facies posterior 

palpebrae) 

botiq bo'lib, konyunktiva 



(tunica conjunctiva) 

bilan qoplangan. 

Ulaming  oldingi  chekkasida 2-3  qator  kipriklar 

(cilia) 

joylashadi. 

Orqa chekkasiga yaqin joyda meybomiy bezlarining teshiklari  ochiladi. 

Ustki  va  pastki  qovoqlaming  ichida  zichligi  tog'aynikiga  o'xshagan 

biriktiruvchi to'qimali  qatlam  ustki va  pastki  qovoqlar tog'ayi 

(tarsus 

superior  et  inferior), 

ko'z kosasining  aylanma  mushagi,  qontomirlar 

va yuqori qovoqni  ko'taruvchi  mushak tutamlari 

yotadi.  Ustki va pastki 

qovoqlaming  chekkalari  ko'ndalang ko'z  tirqishini  (rima  palpebrarum) 

chegaralaydi.  Ular ichki va tashqi tomonda birikib,  qovoqlaming ichki 



(commissura medialis palpebrarum) 

va tashqi bitishmasini 



(commissura 

lateralis  palpebrarum) 

hosil  qiladi.

Yangi  tug'ilgan  chaqaloqning  qovoq  tog'aylari  yaxshi  rivojlangan 

bo'ladi.  Uning  balandligi  katta  odamnikining  yarmiga  teng bo'lib,  5 

yoshda o'zining  doimiy o'lchamini egallaydi.  Qovoqning uzunligi esa 18- 

19 mm. Kipriklar  ingichka vakattalarga nisbatan ko'p. Bola tug'ilganidan 

keyin  uning  qovoqlari  yaxshi  ochilib,  yopilib  turadi.  Yangi  tug'ilgan 

chaqaloqning ko'z tirqishi tor, ichki burchagi buralgan bo'ladi.  Keyinchalik 

ko'z tirqishi tez kattalashadi.

Konyunktiva 



(conjunctivae) 

och pushti rangli biriktiruvchi to'qimadan 

iborat  parda  bo'lib,  unda  qovoqlaming  ichidan  qoplovchi 

(tunica 

con ju n ctiva  palpebrarum ) 

va  ko'z  olmasi  kon'yunktivasi 



(tu n ica 

conjunctiva bulbi) 

tafovut qilinadi.  Ulaming biridan biriga o'tgan joyida 

botiqlik ustki va pastki konyunktiva gumbazlari 

(fornix conjunctivae superior 

e t  inferior) 

hosil  bo'ladi.  Ko'z  olmasining  oldidagi  kon'yuktiva  bilan 

chegaralangan  bo'shliq,  kon'yunktiva  qopchasi 

(saccu s  conjunctivae) 

deb ataladi. U ko'z yumilganida yopiladi. Ko'zning tashqi burchagi 



(angulus 

oculi  lateralis) 

o'tkir,  ichki  burchagi 



(angulus  oculi  m edialis) 

esa 


yumaloqroq.  U  ko'zning ichki burchagidagi botiqlik ko'z yoshi  ko'lini 

(lacus  lacrim alis) 

chegaralab turadi.  Shu yerda uncha katta bo'lmagan 

tepalik  ko'z  yoshi  eti 

(caruncula  lacrim alis) 

joylashgan.  K o'z  yoshi 

ko'lidan tashqariroqda  ustki va pastki 

qovoqlaming  erkin  chekkalarida 

k o‘z yoshi  so ‘rg‘ichi 

(papilla lacrimalis) bo'lib, uning uchida ko',z yoshi 

teshiklari 

(punctum  lacrimale) 

joylashgan.



Ko'z  yoshi  apparati 

(apparatus  lacrimalis) 

ko‘z  yoshi  bezi,  uning 

konyunktiva qopchasiga ochiladigan chiqaruv naychalari va ko'z yoshi naylaridan 

iborat.  Ko'z yoshi bezi  (glandula lacrimale)  murakkab  alveolyar naysimon 

bez turkumiga kirib, ko'z kosasi ustki devorining tashqi  burchagida  yotadi. 

Yuqori  qovoqni  ko'taruvchi  mushak payi bezni yuqori  katta orbital  qismi 



(pars  orbitalis) 

va  pastki  kichik  qovoq  qismiga 



(pars  palpebralis) 

bo'ladi. 

Uning 15 ga yaqin chiqaruv naychalari 

(ductuli excretorii) 

konyunktiva ustki 

gumbazining tashqi qismida  konyunktiva  qopchasiga ochiladi.  Ko'z yoshi 

ko'z  olmasining  oldingi qismini yuvib,  qovoqlar chekkasi bo'ylab  ko'zning 

ichki burchagiga ko'z yoshi ko'liga tomon oqadi.  Undan ustki va pastki ko'zyoshi 

naychalari 



(canaliculi  lacrimalis) 

opqali  ko'z  yoshi  qopchasiga 



(saccus 

lacrimalis) 

o'tadi.  Ko'z  yoshi  qopchasi  o'z  nomidagi  chuqurchada  yotib, 

burun - ko'z yoshi  nayi 

(ductus nasolacrimalis) 

orqali pastki burun  yo'lining 

oldingi qismiga  ochiladi.

Ko'z yoshi apparati bola tug'ilgan  davrda  rivojlanmagan bo'lib,  ko'z 

yoshi  bola  2  oylik  bo'lganida  chiqa  boshlaydi.  Bunga  sabab  bosh  miya 

markazlarining yaxshi taraqqiy etmaganidir. Ko'z yoshi bezi kichik, chiqaruv 

naylari  teshigi  tor,  devori  qalin  va  biriktiruvchi  to'qimasi  ko'p  bo'ladi. 

Burun-ko'z yoshi nayi  keng va qisqa.

Ko'ruv  o'tkazuv  yo'li 

(tractus  opticus) 

ko'ruv  sezuvchi  va  ko'ruv

Ko'ruv sezuvchi yo'l to'rt neyrondan

(134-rasm) iborat. Uning birinchi neyroni

ko'z  olmasi  to'r  pardasining  tayoqchalar

va kolbachalaidan iborat Ularda hosil bo'lgan

nerv  impulsi  t o 'r   pardadagi  ko'ruv

sezuvchi  yo'lning  ikkinchi  neyroni

bi polyar  hujayralaiga,  ulardan esauchinchi

neyronning ganglioz hujayralariga o'tadi.

Ganglioz hujayralaming o'simtalari ko'ruv

nervini hosil  qiladi.  Hosil bo'lgan ko'ruv

nervi  o'z  nomidagi  kanal  orqali  ko'z

kosasidan  kalla  bo'shlig'iga  kiradi.  Kalla

bo'shlig'ida turk egarining oldingi chekkasida

nerv tolalari qisman kesishib, ko'ruv nervi

kesishmasini 

(chiasm a  opticum) 

hosil


qiladi. Kesishmada o'ng va chap ko'zning

... 



to‘r pardasini  ichki  yarmidan  kelayotgan

134-rasm.  Ko‘rav  yo‘liniDg  chizma- 

,  ,  , 



,



v

si.  1-ko‘nsh  maydor^2-to‘r  par- 

tolalar ,lshtlrok  etadllar.  Ко zning  to Г 

da; 3-ko‘ruv  nervi; 4-kiprikli tugun; 

pardasini  tashqi  (chakka)  qism idan

5-ko‘ruv  reflektor yo‘liniiig  v-ney- 

kelayotgan tolalar esa o‘z tomonida qoladi

roni;  6-ko‘ruv  trakti;  7-o‘rta  miya- 

va kesishmada ishtirok etmaydi.  Shuning

rung о zaklan;  8-yostiqcha va lateral 

,  , 


.  , 

•  ,__ •  . 



tizSsimon  taka;  9-ko‘mv  yo'lining  uchun  ko mv  nervi  kesishmasidan  keym



iv  neyroni;  10-ko‘ruv  markazi. 

hosil  bo'lgan  ko ruv  trakti  tarkibida  0 z

reflektor yo'llarga bo'linadi.


tomonidagi  ko'zning  tashqi  qismi  tolalari  va  qarama-qarshi  tomonidagi 

ko'zning  ichki  qismi  tolalari  bo'ladi.  Ko'ruv  trakti  po'stloq  osti  ko'ruv 

markazlari bo'lgan tashqi tizzasimon tana va ko'ruv bo'rtig'i yostiqchasida 

tugaydi. Po'stloq osti ko'ruv markazi hujayralari aksonlaridan hosil bo'lgan 

to'rtinchi neyron ichki kapsulaning orqa oyoqchalari orqali o'tib, bosh miya 

ensa bo'lagining medial yuzasida pix egati 



(sukus calcarinus) 

sohasi po'stlog'ida 

joylashgan ko'ruv markazida tugaydi. To'r pardaga tushgan tasvir 0,05 sek 

davomida ko'ruv markaziga yetib boradi.  Ko'ruv analizatorining po'stloq 

osti markazlari va ko'ruv trakti bir tomonlama jarohatlansa ko'rish faoliyati 

shu tomondagi ko'zning tashqi qismida, qarama-qarshi tomondagi ko'zning 

ichki qismida yo'qoladi. Agarda ko'ruv kesishmasi sohasida jarohatlansa, ikkala 

ko'zning ichki qismlarini ko'rish faoliyati yo'qoladi.  Ko'ruv nervi sohasida 

jarohatlanish ro'y bersa, shu tomondagi ko'z to'liq ko'rmay qoladi.

Ko'ruv  reflektor  yo'li  olti  neyrondan  iborat.  Bu  yo'lning  birinchi 

neyroni tayoqchalar  vakolbachalar,  ikkinchi neyroni bi polyar  hujayralar, 

uchinchi neyroni ganglioz hujayralar.  Ganglioz hujayralaming aksonlari 

ko'ruv  nervi  tarkibida to'rt tepalikni  ustki tepachalarida tugaydi.  T o'rt 

tepalik  hujayralaridan  boshlangan  to'rtinchi  neyron  tolalari  silviy  suv 

yo'li ostida kesishib, Yakubovich o'zagida tugaydi.  Bu o'zak hujayralari 

beshinchi neyronni hosil qiladi: uning tolalari ko'zni harakatlantiruvchi 

nerv  tarkibida  ko'z  kosasida  joylashgan  kiprikli  tugundatugaydi. Bu 

tugun hujayralari oltinchi neyronni hosil qilib, uning tolalari qorachiqni 

toraytiruvchi mushakva kiprikli mushaklarda tugaydi. Bu yo'l  qorachiqni 

yorug'likka to'g'ri va hamkor reaktsiyasini ta’minlaydi. Bu yo'lning buzilishi 

qorachiqni kengayishiga olib keladi.

Dahliz-chig'anoq  (eshituv  va  muvozanat)  a’zosi

Dahliz-chig'anoq a’zosi 



(organum vestibnlocochleare) 

tuzilishi va faoliyati 

jihatidan bir-biri bilan bog'langan uch qism: tashqi, o'rta va ichki quloqdan 

iborat. Tashqi quloqqa quloq suprasi va tashqi eshituv yo'li; o'rta quloqqa 

nog'ora bo'shlig'i, so'rg'ichsimon katakchalar va eshituv nayi kiradi. Ancha 

murakkab tuzilishga ega ichki quloq suyak va parda labirintdan iborat bo'lib, u 

eshituv (chig'anoq) va muvozanat (dahliz va yarimdoira kanallar) qismlariga 

bo'linadi. Tashqi va o'rta quloq vazifasiga ko'ra eshituv a’zosiga tegishli.



Dahliz-chig'anoq  a’zosining  taraqqiyoti

Dahliz-chig'anoq a’zosi homila taraqqiyotida juda erta paydo bo'ladi. Parda 

labirintning kurtagi homila hayotining 3 haftasida nerv plastinkasining yon 

tomonida ektodermaning kengaymasi shaklida vujudga keladi. 4-haftada ektoderma 

plastinkasi bukilib eshituv chuqurchasini hosil qiladi. U esa eshituv pufagiga 

aylanib  ektodermadan  ajraydi  va  6-haftada  ichkariga  botadi.  Murakkab 

takomillashuv yo'li bilan pufakchadan uchta yaimujoira kanallar, bachadoncha


va qopcha hosil bo'ladi.  Homila hayotining 3 oyida parda labirint, asosan, 

hosil bo'lgan bo'lib,  ovoz  qabul  qiluvchi  apparat  -  kortiev a’zo  esa  hosil 

bo'la boshlaydi. OMnchi oyda esa uning tuzilishi muiakkablashadi. Parda labirint 

taraqqiyoti bilan biiga uni atrofida mezenxima to'planib, keyin tog'ayga aylanadi. 

Tog'ay va parda labirint o'rtasida suyuqlik bilan to'lgan perilimfa bo'shlig'i 

hosil  bo'ladi.  Keyinchalik  tog'ay  kapsula  suyakka  aylanadi.  Ichki  quloq 

taraqqiyoti bilan bir vaqtda tovush o'tkazuvchi apparat (o'rta quloq)  ham 

hosil bo'ladi.  Birinchi vistseral ravoqning distal qismidan nog'ora bo'shlig'i 

va eshituv nayi hosil bo'ladi.  Eshituv suyakchalari I-II vistseral ravoqlaming 

tog'ay qismidan rivojlanadi. Quloq suprasi esa ektoderma egati atrofida joylashgan 

mezenxima orolchalaridan rivojlanadi.

Tashqi  quloq

Tashqi  quloq 



(auris  externa) 

quloq suprasi va tashqi eshituv yo'lidan 

iborat.  Quloq  suprasi  (auricula)  elastik  tog'ay  moddasidan 

(cartilago 

auriculare) 

tuzilgan bo'lib, usti teri bilan qoplangan, murakkab shaklga ega. 

Uning pastki qismida tog'ay o'mida yog' to'qimasi bo'lgan yumshoq qismi 

(lobulus auriculae) bor. Quloq suprasi tog'ayining erkin qirrasi buralib burma 



(helix) 

hosil qiladi.  Uning oldingi qismi tashqi eshituv yo'li ustida burma 

oyoqchasi 

(crus helix) 

bo'lib tugaydi. Burmadan ichkariroqda unga parallel 

yo'nalishda qaishi burma 

(antihelix) 

yotadi. Ulaming o'rtasida qayiqsimon 

chuqurcha 

(scapha) 

bor. Tashqi eshituv yo'lining oldida supacha 



(tragus) 

joylashgan. Qaishi burmaning pastki qismida supachaga qarama-qarshi qarshi 

supacha 

(antitragus) 

joylashgan. Orqa tomondan qaishi burma, old tomondan 

supachaning o'rtasida tashqi eshituv yo'liga davom etuvchi botiqlik - chig'anoq 

chuquri 


(cavum conhae) 

bor.


Tashqi  eshituv  yo'li 

(meatus  acusticus  externus) 

gorizontal  sathda 

joylashib «S» shaklida bo'ladi. Uning tashqi tomoni ochiq bo'lib, ichkarida 

nog'ora parda vositasida o'rta quloqdan ajralib turadi. Tashqi eshituv yo'lining 

o'rtacha uzunligi 35 mm, kengligi boshlanish sohasida 9 mm, tog'ay qismini 

suyak qismiga o'tish joyidagi tor qismida 6  mm.  Tashqi  eshituv yo'lining 

tog'ay qismi quloq suprasining davomi bo'lib, uning uzunligini  1/3 qismini 

tashkil qiladi.  Uning suyak qismi esa 2/3 qismini tashkil qilib, chakka suyagi 

piramidasi ichida joylashgan. Tashqi eshituv yo'li teri bilan qoplangan bo'lib, 

u yupqalashib,  nog'ora pardaga o'tib ketadi.  Eshituv yo'lining tog'ay qismi 

terisida alohida turdagi oltingugurtga boy modda ishlab chiqaruvchi seruminoz 

bezlar 


(glandulae  ceruminosae) 

bor.


Nog'ora parda 

(membrana tympani) 

oval shaklidagi o'lchamlari  11x9 

mm bo'lgan yupqa plastinkadan iborat.  U tashqi eshituv yo'lining oxirida 

chakka suyagi nog'ora qismi egatida joylashib, tashqi eshituv yo'lini nog'ora 

bo'shlig'idan ajratib turadi.  Uning pastki keng tarang qismi 

(pars tensa) 

va 


ustki 2 mm kenglikdagi chakka suyagining palla qismiga tegib turgan bo'sh 

qismi 


(pars flacida) 

tafovut qilinadi. Nog'ora pardaning o'rtasida bolg'achaning



dastasi  birikishidan  hosil  bo'lgan  botiqlik  nog‘ora  parda  kindigi 

(umbo 

membrana tympani) 

bor. Nog'ora parda tashqi eshituv yo'li pastki devoriga 

nisbatan 45-55° hosil qilib qiya joylashadi. Nog'ora pardaning tarang qismida 

fibroz qavat bo'lib,  u tashqi tomondan teri,  ichki tomondan shilliq parda 

bilan qoplangan. Bo'sh qismida esa fibroz qavat bo'lmay, faqat teri va shilliq 

pardadan iborat.

Yangi tug'ilgan chaqaloq  quloq suprasi tog'ayi yumshoq, uni qoplagan 

teri  yupqa  bo'ladi.  U  aylana  shaklida bo'lib,  balandligi  34  mm bo'ladi. 

Quloq  suprasining  bo'lakchasi  uncha  katta  emas.  Quloq  suprasi  bola 

hayotining birinchi ikki yilida va 10 yoshdan keyin eniga nisbatan bo'yiga 

o'sadi.Tashqi  eshituv  yo'li  yangi  tug'ilgan  chaqaloqda  tor  va  uzun  (15 

mm), qiya joylashgan.  Uning  devorini  halqasidan boshqa qismi tog'aydan 

iborat. Uni qoplagan teri yupqa va nozik. Bir yoshda tashqi eshituv yo'lining 

uzunligi  20  mm bo'lsa,  5  yoshda  22  mm bo'ladi.  Nog'ora  parda  yangi 

tug'ilgan chaqaloqda  nisbatan katta,  uning balandligi  9  mm,  kengligi  8 

mm bo'ladi.  Nog'ora parda uch yoshgacha gorizontal holatga yaqin eshituv 

yo'li  ustki  devoriga  170°  burchak  hosil  qilib joylashadi.  Tashqi  eshituv 

yo'lining  shakli  va  o'lchamlari  o'zgarishi  natijasida  nog'ora  pardaning 

joylashish burchagi  140°ga kamayadi. Yosh bolada nog'ora pardaning rangi 

to'q kulrang bo'lib, kattalarga  nisbatan birmuncha qalin bo'ladi.



Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin