0‘zbekist0n respublikasi xalq ta’limi vazirining


-bob. Odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik uchun javobgarlik



Yüklə 273,92 Kb.
səhifə8/11
tarix05.12.2022
ölçüsü273,92 Kb.
#72405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Одоб-аҳлоқ қоидалари 329 буйру yangi

10-bob. Odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik uchun javobgarlik

  1. Davlat xizmatchilari tomonidan Odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik holati ularga nisbatan axloqiy va intizomiy ta’sir choralarini qo‘llash uchun asos bo‘ladi.

  2. Odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik uchun Odob-axloq komissiyasi tomonidan davlat xizmatchilariga quyidagi axloqiy ta’sir choralari qo‘llaniladi:

ogohlantirish;
uzr so‘rash yoki rasmiy uzrnoma keltirishni talab qilish;
vazirlik hamda uning hududiy bo‘linmalarining kollegial yig‘ilishlarida tanbeh berish.

  1. Odob-axloq komissiyasi davlat xizmatchisiga nisbatan intizomiy ta’sir chorasini qo‘llash uchun davlat organlari va tashkilotlari rahbariga taqdimnoma kiritishi mumkin.

Odob-axloq komissiyasi odob-axloq qoidalari hududiy bo‘linmalar rahbari tomonidan buzilgan taqdirda, ularga nisbatan tegishli chora ko‘rish masalasi yuzasidan takliflarni yuqori turuvchi boshqaruv organi rahbariga yuboradi.

  1. Davlat xizmatchisining Odob-axloq qoidalarini buzishi ularni qonunga muvofiq intizomiy va boshqa javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.

  1. bob. Yakuniy qoida

  1. Odob-axloq qoidalarida aks ettirilmagan masalalar yuzasidan vujudga kelgan muammoli vaziyatlar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.


0‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2022-yil “J у ’’-oktabrdagi -sonli buyrug‘iga


2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi odob-axloq komissiyasi to‘g‘risidagi NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Ushbu nizom Xalq ta’limi vazirligida Odob-axloq komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) faoliyatini tartibga soladi.

  2. Komissiya vazirlikning davlat fuqarolik xizmatchilari (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmatchilari) tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etishini nazorat qilish, ularning axloq normalariga zid bo‘lgan xatti-harakatlarini oldini olish va odob-axloq qoidalariga rioya etish bilan bog‘liq nizolarni ko‘rib chiqish maqsadida tuziladi.

  3. Komissiya faoliyati 0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi 0‘zbekiston Respublikasining Qonuniga, 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, 0‘zbekiston Respublikasi davlat xizmatchilari odob-axloqining Namunaviy qoidalariga, ushbu nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

  4. Komissiya Komissiya raisi, kotibi va a’zolaridan iborat bo‘lib, umumiy soni besh nafardan kam bo‘lmasligi va toq sonda bo‘lishi lozim.

Komissiya tarkibiga tajribali, mehnat jamoasida obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgan davlat xizmatchilari kiritiladi.
Komissiya tarkibi Xalq ta’limi vaziri buyrug‘i bilan tasdiqlanadi va doimiy ravishda faoliyat yuritadi.
Komissiya tarkibiga komissiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga ta’sir ko‘rsatish mumkin bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvi ehtimolini nazarda tutgan holda o‘zgartirish kiritiladi.

  1. bob. Komissiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari

  1. Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalarini ishlab chiqish;
davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi masalalarini ко‘rib chiqish, xizmat tekshiruvlarini o‘tkazish;
davlat xizmatchilari o‘rtasida axloq normalariga zid bo‘lgan xatti-harakatlarning oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlami amalga oshirish;
jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatchilarining xatti-harakatlariga doir murojaatlarini ко‘rib chiqish;
davlat xizmatchilarining sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish bilan bog‘liq masalalarni ко‘rib chiqish;
davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi holatini tahlil qilish, natijalari haqida Xalq ta’limi vaziri va jamoatchilikni xabardor qilib borish.

  1. Komissiya o‘z vakolatlari doirasida:

davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan xulosalar tayyorlaydi;


2




davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalari bilan bog‘liq masalalarini ko‘rib chiqish jarayonida zarur axborotni so‘rab oladi;
ko‘rib chiqish uchun kiritilgan masalalarni hal etish uchun Komissiya majlislariga ekspertlar va mutaxassislami jalb qiladi;
odob-axloq qoidalariga oid masalalar yuzasidan davlat xizmatchilariga tegishli maslahat va tushuntirishlar beradi;
zarur hollarda, Komissiyada ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha davlat xizmatchisini intizomiy javobgarlikka tortish yuzasidan Xalq ta’limi vaziriga taklif kiritadi.

  1. Komissiya vazirlikning tarkibiy bo‘linmalari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari, mansabdor shaxslari va jamoatchilik bilan hamkorlik qiladi.

  2. Komissiya faoliyatini tashkil qilish va davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq masalalarni ко‘rib chiqish ushbu nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

  1. bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish

  1. Komissiya majlislari zaruriyatga qarab o‘tkaziladi.

Komissiya majlislari ochiq tarzda o‘tkaziladi. Zarur bo‘lgan hollarda Komissiya yopiq majlis o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.

  1. Komissiya majlisini Komissiya raisi, u yo‘qligida esa, uning topshirig‘iga binoan Komissiya raisi o‘rinbosarlaridan biri olib boradi. Komissiya majlisida bayonnoma yuritiladi, u raislik qiluvchi va Komissiya kotibi tomonidan imzolanadi.

  2. Komissiya majlislari, agar ularda Komissiya a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi.

  3. Komissiyaning navbatdagi majlisi to‘g‘risida uning raisi Komissiya a’zolariga yozma ravishda, qoida tariqasida, kamida ikki kun oldin xabar qiladi, shuningdek majlisning boshqa ishtirokchilarini oldindan xabardor etadi.

  4. Komissiyaning qarorlari majlisda qatnashgan Komissiya a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan hollarda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.

Komissiyaning qarorlari Komissiya raisi tomonidan imzolanadi.

  1. Komissiya raisi:

Komissiya ishini tashkil etadi;
Komissiya majlislarini chaqiradi va o‘tkazadi;
Komissiya a’zolariga topshiriqlar beradi;
davlat organi va tashkilotining tarkibiy bo‘linmalari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari, mansabdor shaxslar va jamoatchilik bilan bo‘lgan munosabatlarda Komissiya nomidan ish yuritadi;
Komissiya majlislarida Komissiya faoliyati to‘g‘risidagi axborot bilan so‘zga chiqadi; har yili Xalq ta’limi vaziriga Komissiya faoliyati to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.

  1. Komissiya kotibi:

Komissiyaning faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash masalalarini hal qiladi; Komissiyaning navbatdagi majlisiga barcha zarur materiallar o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi, vazirlik xodimlaridan zarur hujjatlar va ma’lumotlarni so‘rab oladi; kun tartibiga muvofiq Komissiya majlislari o‘tkazilishini tashkil etadi;
Komissiyaning a’zolarini va taklif etilgan shaxslarni Komissiya majlisi o‘tkaziladigan joy, sana va vaqt hamda kun tartibiga kiritilgan masalalar haqida xabardor qiladi;
Komissiya majlisining bayonnomasini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomaning manfaatdor shaxslarga jo‘natilishini ta’minlaydi.

  1. Komissiya a’zosi:

Komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladigan barcha masalalar bo'yicha ovoz berishga; Komissiyaning ко‘rib chiqishi uchun masalalar va takliflar kiritishga;


3




qarorlar tayyorlanishida, muhokamasida, qabul qilinishida, shuningdek ularning amalga oshirilishini tashkil etishda hamda bajarilishini nazorat qilishda ishtirok etishga;
ко‘rib chiqilayotgan masalaga doir hujjatlar, ma’lumotnomalar va boshqa zarur axborot bilan tanishishga;
Komissiya qaroriga rozi bo‘lmagan taqdirda o‘z nuqtai nazarini bayon etishga haqli.

  1. Komissiyasi a’zosi Komissiya majlisida hozir bo‘lishi va o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi shart.

Komissiya a’zosi Komissiya majlisida hozir bo‘lish imkoni bo‘lmaganda Komissiya raisini oldindan xabardor etishi lozim.

  1. Komissiya majlisida ko‘rilayotgan masalalar Komissiya raisi, kotibi va a’zolariga bevosita yoki bilvosita bog‘liq bo‘lgan taqdirda o‘zini o‘zi rad qilishi shart.


  1. Yüklə 273,92 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin