"Velosipedlarda harakat qilish" belgisi Yo'lovchilar harakati" belgisi
Esingizda tuting! Yo'lning transport vositasi qatnaydigan qismida yo'l-yo'l chizig'i bir tarafga ikkitadan ortiq bo'lsa va harakatdagi transportlarning signallari va chiroqlari yoqilgan holatda bo'lsa, bu tez yuradigan transport vositalari qatnaydigan yo'l hisoblanib, uni kesib o'tmang!!!
12- mavzu: Bekatda to’xtab turgan transportni aylanib o’tish qoidalari.
Maqsad: o’quvchilarga to’xtab turgan transportni aylanib o’tish qoidalari bilan tanishtirish, transportda yurish qoidalarini o’rgatish.
Darsning jihozi: mavzuga oid rasmlar
Darsning borishi:
Transport vositalari haqida suhbat o’tkaziladi. Har kuni biz chiqadigan transport vositalari va ulardan foydalanish haqida tushuncha beriladi.
Transport vositasiga chiqishda:
Transport vositalarini bekatlarda kuting, yo'lning transport vositasi qatnaydigan qismiga chiqmang.
Avtobus, trolleybus, tramvay va boshqa transport vositalariga ular batamom to'xtagandan so'ng chiqing.
Jamoat transportiga chiqish orqa eshikdan, tushish esa old eshikdan amalga oshiriladi. Avtobus, trolleybus, tramvayga ular harakatlanayotgan paytda sakrab chiqmang, orqasiga osilmang, zinapoyalarida turmang.
"Avtobus yoki trolleybus to'xtash joyi" belgisi
"Taksi to'xtash joyi" belgisi Tramvay to'xtash joyi belgisi
Transport vositasi batamom to'xtab bo'lgandan so'ng tushing. Tramvaydan tushib, transport qatnaydigan joyda turib qolmang va avval o'ng tomonga qarab yaqinlashib kelayotgan transport vositasi bo'lmasa, yo'lkadan yuring.
Avtobusning yoki trolleybusning orqasidan, Tramvayning o'ting oldidan o'ting.
AVTOBUS YO 'L-TRANSPORT HODISASIGA UCHRAGANDA:
Avtobusdan chiqib ketish uchun eshiklardan, qopqoqli shamollatish tuynuklaridan, halokatdan chiqish uchun mo'ljallangan derazalardan foydalaning. Yo'l-transport hodisasidan so'ng sarosimaga tushmasdan vaziyatni ko'zdan kechiring. U qaysi holatda ekanligini bilib, so'ng chiqishga harakat qiling.
Dostları ilə paylaş: |