1- mavzu: ijtimoiy psixologiyaga kirish,ijtimoiy psixologiyaning shakillanish tarixi (2 soat) Reja



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə28/44
tarix23.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#134460
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   44
1- mavzu ijtimoiy psixologiyaga kirish,ijtimoiy psixologiyaning

Normativ guruhlar — bu shaxs uchun shunday insonlar guruhiki, ularning normalarini u ma’qullaydi, ularga amal qilishga hamisha tayyor bo’ladi. Bunday guruhlarga birinchi navbatda oilani, diniy yoki milliy uyushmalarni, professoinal guruhlarni kiritish mumkin.
Qiyoslash guruhlari — bu shunday guruhki, shaxs o’sha guruhga kirishni, uning ma’qullashiga muhtoj bo’lmaydi, lekin o’z harakatlarini yo’lga solishda unga asoslanadi va korreksiya qiladi.
Negativ guruhlarshundayki, shaxs ularning xatti-harakatlaridan ataylab voz kechadi, chunki ular shaxsiy qarashlardan mutloq farq qiladi. Masalan, ikki qo’shni bir-biri bilan murosalari kelishmasa, hattoki, devorlarini oqlashda ham biri tanlagan rangni ikkinchisi tanlamaydi. Biri «oq» desa, ikkinchisi — aksincha, «qora» deb turaveradi.
2. Guruhlarning turlari.
Kundalik hayotda shaxs muloqotda bo’ladigan, vaqtini birgalikda o’tkazadigan kishilar guruhi ham turli xil bo’ladi. Masalan, agar odamlar ko’chada tasodifiy hodisani tomoshabini bo’lib turishgan bo’lsa, ularni psixologiya tilida guruh emas, agregasiya (olomon) deb atashadi. Haqiqiy guruh uchun o’sha odamlarning barchasiga aloqador umumiy faoliyat va hamkorlik qilish, bir-birlariga ta’sir ko’rsatish imkoniyati bo’lishi kerak.
Amerikalik psixolog Ch. Kuli hamkorlikning darajasi mezoniga ko’ra guruhlarni birlamchi va ikkilamchi turlarga bo’lib o’rganishni taklif etgan edi.
Birlamchi guruhda shaxslararo o’zaro ta’sir «yuzma-yuz, bevosita» ro’y beradi. Masalan, oila davrasidagi, sinfdagi, hisobchilar xonasida o’tirganlar birlamchi guruhga misoldir.
Ikkilamchi guruhlarda har doim ham odamlarning bevosita muloqotda bo’lish imkoniyatlari bo’lmaydi. Ular o’rtasidagi munosabat va o’zaro ta’sir bilvosita bo’ladi.
Ko’pincha guruhlarni rasmiy va norasmiy turlarga ham bo’lib o’rganishadi. Rasmiy guruhdagi munosabatlar rasmiy normalar va huquq, burchlar tizimi bilan belgilangan bo’ladi. Masalan, guruhda boshliq bilan xodimlar o’rtasidagi munosabatlarni ta’minlovchi guruh rasmiy bo’lsa, norasmiy — ichki, bevosita psixologik munosabatlarni ta’minlovchi guruh hisoblanadi. Masalan, do’stlar guruhi, yoki talabalar guruhidagi barcha qizlarning tanaffus paytidagi muloqoti

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin