1- zararkunandalarga qarshi kurash 2- zararkunandalarga chidamli o'simliklarni yaratish



Yüklə 41,2 Kb.
səhifə4/5
tarix12.05.2023
ölçüsü41,2 Kb.
#112379
1   2   3   4   5
rbikjr [e;fkbr

Hududlar reytingi
2020-yilning 9 oyida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaliklari bo‘yicha mahsulotlar yetishtirishda viloyatlarning reytingi:
Qashqadaryoda eng ko‘p donli ekinlar yetishtirilgan (790,2 ming tonna);
Samarqandda eng ko‘p sabzavotlar yetishtirilgan (1162,5 ming tonna);
Samarqandda eng ko‘p kartoshka yetishtirilgan (512,1 ming tonna);
Surxondaryoda eng ko‘p poliz ekinlari yetishtirilgan (195,7 ming tonna);
Andijonda eng ko‘p meva va rezavorlar yetishtirilgan (417,5 ming tonna);
Samarqandda eng ko‘p uzum yetishtirilgan (479,0 tonna);
Qashqadaryoda eng ko‘p go‘sht (tirik vaznda) yetishtirilgan (221,4 ming tonna);
Samarqandda eng ko‘p sut olingan (982,1 ming tonna);
Toshkent viloyatida eng ko‘p tuxum olingan (987,2 million dona);
Xorazmda eng ko‘p baliq ovlangan (7 909 tonna);
Samarqandda 1,586 million bosh yirik shoxli qoramol bor;
Qashqadaryoda 4,583 million bosh qo‘y va echkilar bor;
Toshkent viloyatida 51105 bosh ot bor.
Avvalroq oziq-ovqat sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 2020-yilning 6 oyida 21,5 trillion so‘mga yetgani ma’lum qilingandi.

O‘zbekistonda so‘nggi vaqtlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish orqali aholi daromadlarini oshirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. 2018 yilning o‘zida mamlakatimiz birgina gilos eksport qiluvchi mamlakatlar reytingida to‘rtinchi o‘ringa chiqib oldi. Xitoy, Janubiy Koreya kabi mamlakatlarda O‘zbekistonda yetishtirilgan mahsulotlarga talab ortdi. Bunday ijobiy ko‘rsatkichlarni yanada yaxshilash qonunlarni ham takomillashtirishni talab etadi.


Kecha kuchga kirgan yangi tahrirdagi “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi Qonun yurtimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholiga sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish hamda turli zararli organizmlarning mamlakatimizga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish, shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlari eksportini rivojlantirish yo‘lida muhim huquqiy asos vazifasini o‘taydi.
Qonun yangi tahrirda qabul qilinishining muhim asoslaridan biri shunda ediki, o‘simliklar karantini sohasidagi boshqaruv tizimida ham jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Mazkur sohaga alohida e’tibor qaratilib, Prezidentimizning maxsus Farmoni va ikkita qarori qabul qilindi. Ular asosida, muqaddam Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimiga kiruvchi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasining tashkiliy-huquqiy maqomi yanada kuchaytirilib, Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘tkazildi. Qonun asosida yangi tashkil etilgan inspeksiyaning tizimi, huquq va vakolatlari aniq belgilandi.
Bu yo‘nalishdagi yana bir muhim masala shundaki, avvalgi qonunda o‘simliklar karantini davlat inspektorlarining huquqlari ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, majburiyatlari aniq belgilanmagan edi. Fuqarolarning manfaatlarini hisobga olgan holda yangi Qonunning 17-moddasida o‘simliklar karantini davlat inspektorlari majburiyatlari ham yaqqol ifodasini topdi.
So‘nggi vaqtlarda tashqi siyosatimizda amalga oshirilgan ijobiy islohotlar natijasida Tojikiston, Qirg‘iziston kabi chegaradosh davlatlar bilan o‘zaro do‘stlik aloqalari yanada mustahkamlandi, savdo-sotiq ishlari keng yo‘lga qo‘yilmoqda. Shu asosda qo‘shni davlatlar bilan 20 dan ortiq chegara punktlari tashkil etildi. Shunga ko‘ra, Inspeksiyaga qo‘shimcha 400 dan ortiq shtatlar ajratildi, xodimlar mas’uliyati kuchaytirildi.
Yangi tahrirdagi Qonunda o‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi mas’ul xodimlarining lavozimlarini aniq belgilab berish, shuningdek, xalqaro savdo aloqalarini rivojlantirishda o‘simliklar va o‘simlik mahsulotlari bilan savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yishda fitosanitar xavfsizlikni ta’minlash, import va eksport bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlik subyektlari amal qilishi kerak bo‘lgan zararli o‘simlik kasalliklari, hasharotlar va begona o‘tlar kirib kelishining oldini olish bo‘yicha aniq normalar belgilangan.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida Qonunning 30-moddasiga asosan, avvalgi qonundagi o‘simliklar karantini davlat xizmati organlarini yuk jo‘natilishi kutilayotgan kundan oldin xabar qilish muddati 30 kundan 10 kunga, eksport qilinayotgan mahsulotni tekshiruv ko‘rigidan o‘tkazish uchun taqdim qilish muddati 15 kundan 3 kunga qisqartirildi.
Shuningdek, mazkur Qonunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari alohida yangi moddalarda mustahkamlandi.
Mamlakat xavfsizligini ta’minlashda ham o‘simliklar karantini xizmati muhim rol o‘ynaydi. Chunki birgina zararli organizmni urug‘, ko‘chat kabi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari orqali mamlakatga kiritib, butun qishloq xo‘jaligini izdan chiqarish mumkin. Bunday mudhish holatlar xorijiy mamlakatlar tajribasida bir necha bor kuzatilgan. Shunday xavflarning oldini olish uchun ham Qonunda inspeksiyaning vakolatlarini kuchaytirishga jiddiy e’tibor qaratildi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning o‘simliklar karantini masalalarini hal etishda qatnashishi ham tartibga solindi. Xususan, ularning ishtiroki jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda, karantindagi zararli organizmlarning tarqalishi to‘g‘risida aholi o‘z vaqtida ogohlantirilishida namoyon bo‘ladi. Bu esa zararli organizmlarning o‘choqlari tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni yo‘q qilish bo‘yicha zaruriy hamda tezkor bajarilishi lozim bo‘lgan choralarni o‘z vaqtida ko‘rishga imkoniyat yaratadi.
Bugungi kunda axborot texnologiyalari keng rivojlanayotganligini hisobga olib, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida Qonunga O‘simliklar karantini sohasidagi axborotning ochiqligi nomli yangi bob kiritildi. Unda o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda o‘simliklar karantini sohasidagi boshqa xabarlar ommaviy axborot vositalarida va O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi belgilandi. Sababi hozirgi kunga qadar o‘simliklar karantini to‘g‘risidagi normativ hujjatlar, fitosanitar xavfsizlik doirasidagi tadbirlar va boshqa ma’lumotlarning ochiqligi to‘liq ta’minlanmaganligi fuqarolarga, jumladan, tadbirkorlarga noqulayliklar tug‘dirayotgandi. Ular qaysi mahsulotlarni eksport qilish mumkin yoki yo‘q va buning sabablari haqidagi ma’lumotlarni olguncha, ancha vaqtini yo‘qotar edi. Qonunga kiritilgan mazkur yangiliklar bu boradagi qiyinchiliklarni bartaraf etadi.
Hozirgi vaqtda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani tufayli ushbu soha misli ko‘rilmagan darajada rivojlanmoqda. Eksport hajmi va geografiyasi faol ravishda kengayib bormoqda. O‘zbekistonda 2021 yilga kelib jahon bozoriga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmini 5 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
Mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari o‘zbekistonlik agrar kompaniyalarga chet el investitsiyalari va savdo sheriklarini topishda, mahalliy mahsulotlarni boshqa davlatlar bozorlarida ilgari surishda ko‘maklashmoqda.
O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi yordami bilan Samarqand viloyatidagi O‘zbekistonning «GardenCells» kompaniyasi bilan Britaniyaning "Vita Plus Ltd" kompaniyasi o‘rtasida quruq mevalarni yetkazib berish bo‘yicha qiymati 500 ming AQSh dollariga teng shartnoma imzolandi.
– «Garden sels» kompaniyamiz 2017 yil tashkil topgan bo‘lib, asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanadi, – deydi «GardenCells» kompaniyasi menejeri Mirzohid Niyozov. – Hozirgi kunda 30 dan ortiq davlatga O‘zbekistonda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chet ellik hamkorlarimizga yetkazib bermoqdamiz.
Bugungi kunda, asosan, MDH, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Chexiya kabi davlatlarga mahsulotlar eksportini amalga oshirib kelyapmiz.
2020 yil yanvar oyida Buyuk Britaniyaning “Vita Plus Ltd” korxonasi bilan tuzilgan shartnomaga asosan, ushbu davlatga 15 tonna bodom, mayiz hamda yeryong‘oq mahsulotini yetkazib berish jarayoni amalga oshirilmoqda.
Ushbu korxona keyinchalik ham biz bilan ish olib borish rejasini taqdim etdi va taklifni mamnuniyat bilan qabul qildik.
Hamkorlikni kengaytirish uchun barcha imkoniyatlardan unumli foydalangan holda ilk jo‘natmani yuborish arafasidamiz. Hozirgi kunda mahsulotni qadoqlash ishi amalga oshirilmoqda, o‘ylaymanki tez kunda ushbu mahsulotlar britaniyalik hamkorlarimizga yetkaziladi.
Qayd etish joiz, 19 avgust kuni qiymati 40 ming dollar bo‘lgan mayiz, bodom, tuzlangan no‘xat va jiydadan iborat birinchi jo‘natma yuborildi.
Yetishtirilgan barcha mahsulotlar savdo va karantin talablariga muvofiq, qadoqlanib, Buyuk Britaniyaga jo‘natiladi. Belgilangan yukning manzilga yetib borish muddati 3-4 haftani tashki qiladi.


Yüklə 41,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin