8- Bolalar bilan buyuk siymolarimizning hayoti va ijodini o‘rganish
Bolalar adabiyoti — bolalar va oʻsmirlar uchun yaratilgan badiiy, ilmiy, ilmiy-ommabop va publitsistik asarlar majmui. Bularning asosiy qismini badiiy asarlar tashkil etadi. Jahon xalqlari, shu jumladan, oʻzbek xalqi Bolalar adabiyoti tez aytish, topishmoq, oʻyin qoʻshiqlari, rivoyat, afsona, ertak, maqol, masal va doston singari aksariyat qismi bolalarga moʻljallab yaratilgan ogʻzaki ijod namunalaridan boshlanadi. Bolalar adabiyotini bevosita bolalarga moʻljallab yaratilgan va aslida bolalarga moʻljallanmagan boʻlsa-da, keyinchalik Bolalar adabiyotiga oʻtib qolgan asarlarga ajratish mumkin.
Bolalar adabiyotining oʻziga xos xususiyati — u oʻzgaruvchan hodisa boʻlib, u kitobxon yoshi, tarixiy davr va ijtimoiy muhit bilan bevosita bogʻliq. Kitobxon yoshini hisobga olish Bolalar adabiyotining eng asosiy xususiyatlaridandir. Masalan, maktabgacha yoshdagi bolalarda bu koʻrgazmalilik, ezgulik va yovuzlik kuchlarining oddiy koʻrinishdagi ziddiyatlariga asoslangan boʻlsa, oʻsmirlar uchun yaratilgan adabiyotda murakkab hayotdagi murakkab kishilarning ruhiyati ochila boshlaydi.
Bolalar adabiyotining yana bir xususiyati uning harakatga boyligidir. Bundan Bolalar adabiyotida syujetga boʻlgan talab ham kelib chiqadi. U voqealarning tezkor, qiziqarli, fantaziyaga, yumorga boy ravishda yechilishini talab qiladi.
Sharq yozma adabiyotida "pandnoma", "mavʼizatnoma", "nasihatnoma", "axloq kitoblari" singari nomlar bilan tasnif qilinuvchi asarlar Bolalar adabiyotining dastlabki namunalari hisoblanadi. Masalan, Kaykovusning "Mavʼizatnomai Kaykovus" ("Qobusnoma"), Shayx Sa'diyning "Guliston" va "Boʻston", Jomiyning "Bahoriston" asarlari shular jumlasidandir. Bular tarjima vositasida oʻzbek Bolalar adabiyotiga kirib kelgan. Alisher Navoiyning "Hayrat ulabror", "Mantiq ut-tayr" va "Mahbub ul-qulub" asarlari, Xojaning "Miftoh ul-adl" va "Gulzor", Gulxaniyning "Zarbulmasal" asarlari esa oʻzbek Bolalar adabiyotining mumtoz namunalari boʻlib, pand-nasihat ruhidagi maqolat va hikoyatlari bilan asrlar mobaynida yosh avlodni yaxshi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda.
Bolalar adabiyotining shakllanishi deyarli barcha xalqlarda asosan maʼrifatparvarlik va maktab-maorif tizimi islohotlari bilan chambarchas bogʻliq. Oʻzbek Bolalar adabiyotining barqarorlashuvi ham 19-asr 2 yarmi — 20-asr boshlaridagi maʼrifatparvarlik harakatiga borib taqaladi. Saidrasul Aziziy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy va boshqa oʻnlab maʼrifatparvarlarning "Yangi usul" ("usuli jadidiya")dagi oʻzbek maktablari talabalari uchun yaratgan ellikka yaqin alifbo va oʻqish kitoblari oʻzbek Bolalar adabiyotining tom maʼnodagi yorqin namunalari hisoblanadi. Bolalar adabiyotiga bolalar uchun maxsus yaratilgan asarlar sifatida qarash, uning oʻziga xos tamoyillarini belgilash 20-asr boshlariga xosdir.
Oʻzbek Bolalar adabiyoti jahon Bolalar adabiyotining ilgor anʼanalari taʼsirida rivojlandi. Jahon Bolalar adabiyotining nodir namunalari oʻzbek tiliga tarjima qilindi, "Gulliverning sayohatlari" (J. Svift), "Robinzon Kruzo" (D. Defo), "Tom togʻaning kulbasi" (Bicher Stou), "Soʻna" (E.Voynich) kabi jahon adabiyotining nodir asarlari oʻzbek bolalarining ham mulki boʻlib qoldi.
Sharq adabiyoti eng yaxshi namunalarini arab, fors tilidan tarjima qilish Bolalar adabiyoti tarjimachiligidagi bir yoʻnalish boʻlsa, Gʻarb adabiyoti, xususan rus adabiyoti namunalarini oʻzbekchalashtirish ikkinchi yoʻnalishni tashkil etdi. I. A. Krilov masallari, A. S. Pushkinning "Baliqchi va baliq haqida ertak" asari, K. D. Ushinskiy hamda L.N. Tolstoyning bir qancha hikoya, ertaklari va boshqa ayni shu davrda tarjima qilinib, yangi usuldagi maktablar alifbo va oʻqish kitoblariga kiritildi. Ijodkorlar tarjima vositasida realistik Bolalar adabiyotining oʻziga xos xususiyatlarini yanada mukammal egalladilar, bolalar uchun yozuvchi adiblar guruhi shakllandi. 20-asrning 20-30- yillarida Hamid Olimjon, Gʻafur Gʻulom, Gʻayratiy, Shokir Sulaymon, Ilyos Muslim, Gulom Zafariy, Ayniy, Elbek, Zafar Diyor, Sulton Joʻra, Kudrat Hikmat, Quddus Muhammadiy, Shukur Sadulla, Hakim Nazir, Poʻlat Moʻmin va boshqa ijodkorlarning asarlari oʻzbek Bolalar adabiyotining rivojlanishida, maxsus adabiyot sifatida shakllanishida muhim ahamiyatga ega boʻldi.
Oʻzbek Bolalar adabiyoti da ayniqsa, adabiy ertak janri rivojlandi. Hamid Olimjonning Oygul va Baxtiyor, "Semurgʻ yoki Parizod va Bunyod", Mirtemirning "Ajdar", Shukur Saʼdullaning "Uch ayiq", "Ayyor chumchuq", Zafar Diyorning "Yangi ertak", "Toshxon bilan Moshxon", "Tulkining hiylasi", Sulton Joʻraning "Zangor gilam" va "Qaldirgʻoch" singari adabiy ertaklari xalq ogʻzaki ijodi anʼanalari asosida yaratilgan, shakl va mazmun jihatdan puxta badiiy asarlar sirasiga kiradi. 30-yillarda oʻzbek bolalar sheʼriyati yuksalib, uning mavzu doirasi kengaydi.
40-60- yillarda oʻzbek Bolalar adabiyoti yanada rivojlandi, bolalar yozuvchilarining safi Nosir Fozilov, Xudoyberdi Toʻxtaboyev, Tolib Yoʻldosh, Farhod Musajonov, Latif Mahmudov va boshqa qalamkashlar hisobiga kengaydi. Uygʻun, Mirtemir, Asqad Muxtor, Said Ahmad, Shuhrat, Mirzakalon Ismoiliy, Mirkarim Osim singari kattalar adabiyoti vakillari ham bolalarga atab asarlar yaratdilar.
Quddus Muhammadiyning besh kitobdan iborat "Tabiat alifbosi" yosh kitobxonlarni ona tabiatga, hayvonot va oʻsimliklar dunyosiga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalovchi, quvnoq kulgi bilan yoʻgʻrilgan, mavzular rangbarangligi va tasvirning mukammalligi bilan eʼtiborga sazovor.
50-60- yillarda Gʻafur Gʻulomning "Shum bola", Oybekning "Bolalik", Abdulla Qahhorning "Oʻtmishdan ertaklar", Nazir Safarovning "Koʻrgan-kechirganlarim" qissalari nasriy Bolalar adabiyoti rivojiga munosib ulush boʻlib qoʻshildi. Xudoyberdi Toʻxtaboyevning "Sehrli qalpoqcha", "Sariqdevni minib", "Sariq devning oʻlimi" asarlari ham sara asarlar qatoridan oʻrin oldi. Bular koʻpgina xorijiy tillarga tarjima qilindi. Hakim Nazirning "So'nmas chaqmoqlar", "Yonar daryo", "Kichkintoy" qissalari, "Lochin qanotlari" romani davrning dolzarb muammolarini qamrab olishi, badiiy tasvirning oʻziga xosligi bilan eʼtibor qozondi.
80- yillar Bolalar adabiyoti da Anvar Obidjon, Safar Barnoyev, Rauf Tolipov, Qambar Utayev, Hamza Imonberdiyev va boshqa ijodkorlarning asarlari yosh avlodni eng yaxshi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi bilan eʼtiborga sazovor boʻldi.
Bolalar adabiyotida badiiylik bilan bir qatorda maʼrifiylik ham yetakchi oʻrin tutadi. Chunki Bolalar adabiyoti namunalari yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga ham xizmat qiladi. Barcha davrlar Bolalar adabiyotining taraqqiyot tamoyillari, avvalo, maʼrifiylik va tarbiyaviylikda aks etadi. Biroq Bolalar adabiyoti rivojlanib borgani sari uning sof badiiyat unsurlarini egallashga intilishi va umumadabiyot taraqqiyot tamoyillari bilan hamkorligi ham koʻzga tashlanadi. Jumladan, 20-asr boshlarida oʻzbek Bolalar adabiyotida koʻproq maʼrifatparvarlik gʻoyalari yetakchilik qilsa, 30-yillar Bolalar adabiyotida realistik adabiyot tamoyillari ustuvor, 50-60- yillar Bolalar adabiyoti da sarguzasht fantastik adabiyot elementlari kuchaydi. 80-yillar Bolalar adabiyotida psixologizmning kuchayishi, yosh qahramon talqinida uni yosh bola tarzida emas, hayotga tobora jadal kirib kelayotgan, oʻz qarashlariga ega boʻlgan shaxs sifatida tasvirlashga intilish ruhi mavjud.
Oʻzbek Bolalar adabiyoti taraqqiyotida 90- yildar yangilanish davri boʻldi. Istiqlol sharofati bilan milliy, madaniy, adabiy va diniy qadriyatlarning tiklanishi Bolalar adabiyoti namoyandalari ijodiga ham sezilarli taʼsir qildi, ularning asarlarida haqiqiy oʻzbek qiyofasi tasviri yetakchi oʻrin egallay boshladi.
Bolalar adabiyotining oʻziga xosliklari uning qahramoni tasvirida yanada yorqinroq namoyon boʻladi. Masalan, 20-asr boshlari Bolalar adabiyoti namunalari koʻproq ijodkorning faolligi, qahramon tasviri emas, targʻibiy-tashviqiy ruh ustuvorligi bilan ajralib tursa, 30-yillar Bolalar adabiyotida koʻproq xalq ogʻzaki ijodiga murojaat qilingan, bu davrda yaratilgan asarlarda ham hali faol qahramon obrazi deyarli yoʻq edi. 50-60- yillar Bolalar adabiyoti namunalari bevosita yosh qahramonlarning asarlar voqealarida hal qiluvchi oʻrin tutish bilan chinakam Bolalar adabiyotiga aylandi. 70-80- yillar Bolalar adabiyoti namunalaridan esa tobora hayotga oʻz nuqtai nazari bilan qaraydigan, balandparvoz, ritorik taʼriflardan koʻra tanqidiy nigohi oʻtkirroq yosh qahramon qiyofasi gavdalana boshladi, shu davrda oʻzbek Bolalar adabiyotiga ilk bora bolalarning oʻziga xos, endigina uygʻonib kelayotgan pok muhabbati kirib keldi. 90-yillar adabiyotida bu borada yangi qadam tashlandi, oʻzbek bolasi oʻzbekning farzandi ekanligidan faxrlanish, ulugʻ ajdodlarga munosib boʻlish ruhidagi, tom maʼnodagi vatanparvarlik gʻoyasi ustuvor asarlarni oʻqish baxtiga musharraf boʻldi.
9-Musiqa rahbari jismoniy tarbiya yo‘riqchisi bilan birgalikda
tadbirlar tashkil etish
Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarning jismoniy tarbiyasi barcha xodimlar jamoasi tomonidan amalga oshiriladi. Barcha xodimlar, mudiradan tortib, to texnik xodimgacha hammasi har bir bolaning hayotini muhofaza qilish va sog’lig’ini mustahkamlash hamda jismoniy tarbiyaning boshqa vazifalarini hal qilishga da’vat etilgandir.
Mudira jismoniy tarbiyaga doir barcha ishlarni tashkil etish uchun javobgardir. U umumiy ish reja tuzadi, zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydi, jismoniy tarbiya vazifalarini xal qilishda bolalar bog’chasi xodimlarining faoliyati ustidan rahbarlik va nazorat o`rnatadi.
Umumiy ish rejasi barcha jamoa ishtirokida tuziladi. «Jismoniy tarbiya» bo`limida kirib kelayotgan yilning asosiy vazifalari qayd qilinadi, o`tkazilishi lozim bo’lgan tadbirlar ko’rsatiladi, ularni o`tkazish uchun zarur bo`lgan tayyorgarlik nazarda tutiladi. Masalan, bolalarni konkida uchish, basketbol, tennes, kurash tushishga o`rgatish kabi vazifalar qo`yiladi. Shunga muvofiq: konki, kerakli kiyimlarni olish, tarbiyachilar (adabiyotlarni o`rgatish, o`rgatish metodikasini ishlab chiqish) ni, bolalar (ularda zarur jismoniy sifatlar va boshqalarni rivojlantirish) ni, ota-onalar bilan ishlash (oyoq kiyimi, kostyumlar, jihozlar) ni tayyorlash belgilab olinadi.
Mudira rejada tarbiyachilar, musiqa raxbarining malakalarini oshirish: jismoniy tarbiyaga doir konkret masalalarni o`rganish va uni pedagogik kengashlarda muxokama qilish; to`garak va seminarlarda, metod birlashmalarida ishtirok etish; ochiq mashg’ulotlar o`tkazish; bolalar bog’chasi ish tajribasini umumlashtirish, pedagogik o`qishlarga ma’ruza va nutqlar tayyorlash ko`zda tutilmog’i muximdir.
Rejada bolalar poliklinikasining davolash jismoniy tarbiya kabinetlari bilan aloqalar aks ettiriladi.
Rejada ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarni yozish va bu aloqalarning shakllari sanab o`tilishi lozim. Shuningdek jismoniy tarbiyani ommalashtirish maqsadida o`tkaziladigan tadbirlar, jismoniy tarbiya bayramlarini o`tkazish belgilanadi. Rejada tadbirlar uchun ma’sul shaxslar va ularni o`tkazish muddatlari ko`rsatiladi. Umumiy reja pedagogik kengashda muhokama qilinadi va tasdiqlanadi.
Mudira jismoniy tarbiya zali, maydonchalar, guruh xonalari va maydonchalarni jihozlashni ta’minlshga majburdir: jismoniy tarbiya jihozlari, atributlar, o`yinchoqlar olishi; bino va maydonchalarda sanitariya-gigiyena holatiga rioya qilinishini kuzatish; metodika kabineti uchun adabiyot va materiallarni tanlash haqida g’amxo`rlik qilishi lozim.
Mudira jismoniy tarbiya mashg’ulotlari, ertalabki gimnastika, sayrlarni harakatli o`yinlarni o`tkazilishini kuzatadi va tahlil qiladi. Tarbiyachilarga kerakli maslahatlarni beradi.
Pedagogik jamoaning malakasini oshirish uchun mudira ochiq mashg’ulotlar konsultatsiyalar tashkil etadi. Ilg’or ish tajribasini umumlashtirishga yordam beradi.
Mudira yosh mutaxassislarga aloxida e’tibor berishi; kun sayin mahoratni egallab borishlariga, har bir ish kuniga puxta tayyorlanishlariga, usul va metodlardan samarali foydalanish yo`llarini ko’rsatadi. Jismoniy mashqlar va boshqa tadbirlarni o`tkazishga ota-onalarni faol jalb qila bilishlariga yordam berib boradi.
Jismoniy tarbiya bo`yicha nazariy va amaliy jixatdan tegishli darajada tayyorgarlik bolalar bog’chasi xodimlariga o`z vazifalarini yanada malakali bajarish va bolalar uchun namuna bo’lishlarida yordam beradi.
Katta tarbiyachi yirik (8-12 guruhli) bolalar bog’chalarida bolalarning jismoniy tarbiyasi bo`yicha tarbiyachilarning ishiga bevosita metodik rahbarlikni katta tarbiyachilar amalga oshiradi. Tarbiyachilarni malakasini oshirish va ularning ishini nazorat qilishda ko`rsatib o`tilgan tadbirlardan tashqari, u metodika kabinetini zarur adabiyot va hujjatlar; yosh guruhlari bo`yicha jismoniy mashqlarni taqsimlash jadvallari; yillik reja-grafiklar, haftalik rejalar, turli yosh guruhlari bolalari uchun jismoniy tarbiya bo`yicha ishning har-xil shakllarining reja-konspektlari; bolalarning jismoniy tayyorgarligini hisobga oladigan jurnallar; jismoniy mashqlar texnikasi va ularni o`tkazish metodikasini rasmlar, suratlar orqali tasvirlaydigan albomlar; ota-onalar uchun materiallar; adabiyot ro`yxati, bolalar kiyimlarining chizmalari, jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik va boshqalar haqidagi ma’lumotlarni o`zgartirib yozib borishga moslashtirilgan ko`chma burchaklar bilan boyitishga katta e’tibor beradi.
U guruh tarbiyachilarning ishini o`rganadi, rejalashtirish va hisobga olishga doir hujjatlarni tahlil qiladi, shuningdek jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida, ertalabki gimnastika foydalaniladigan ish shakllarini kuzatib boradi. Kuzatish jarayonida u tarbiyachilarning tushuntirishlari, ko`rsatmalari, komandalari, buyruqlarini yozib boradi, ular o`tkazgan jismoniy mashqlarning sifatini belgilaydi, dozasini yozib boradi va xronometraj yuritadi. Bundan tashqari, u harakatni bolalar tomonidan sifatli bajarilishi, ularning o`zini his qilishi va xulqini ko`rsatib o`tadi. Bu ma’lumotlardan mashg’ulotlarni tahlil qilish va baholash, shuningdek, aniq tavsiyalarni tuzishda ham foydalaniladi.
Katta tarbiyachi ishdagi ijobiy tajribani o`rganish va uni yoyish ishiga katta e’tibor beradi; ochiq mashg’ulotlar o`tkazish va ularni muxokama qilishni tashkil etadi, tarbiyachilarga o`z ish tajribasini umumlashtirish. Pedagogik o`qishlarga nutqlar tayyorlab, so`zga chiqishga tayyorlanishda yordam beradi.
Katta tarbiyachi muntazam ravishda yangi adabiyotlardan xabardor bo`lib turadi, tuman, shahar metod kabinetlarida, ilmiy muassasalarda o`tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etadi.
Katta tarbiyachi o`zi jismoniy mashqlar bilan doimiy shug’ullanishi, bolalar bog’chasi xodimlariga namuna bo`lishi va zarur bo`lib qolganda ularga yordam berishga tayyor turishi muximdir.
Tarbiyachi. Bolalar bilan jismoniy tarbiya ishini bevosita tarbiyachi olib boradi. U nazariy va amaliy tayyorgarlikka ega bo`lishi, o`z malakasini muntazam ravishda oshirib borishi lozim. Bolalar bog’chasi oldida turgan jismoniy tarbiya vazifalarini amalga oshirish uchun tarbiyachi dastur mazmuni va talablarini o`rganishi shart, bolalar bilan ishlashning barcha shakllari; jismoniy tarbiya mashg’ulotlari, ertalabki gimnastika, harakatli o`yinlar va boshqalarni savodli o`tkaza bilishi, shuningdek, ishni rejalashtirish va hisobga olish bo`yicha xujjatlarni to`g’ri rasmiylashtira olishi zarur.
Jismoniy mashqlarni o`tkazishda tarbiyachi quyidagilarni xarakatlarni to`g’ri va aniq tushuntirish va ko`rsatishni, komanda va farmoyish berishni; ta’limning xilma-xil usullaridan foydalanishni, xatolarning oldini olish va tuzatishni; bolalarga yordam berish va xavfsizlikni ta’minlashni; talabchanlikni bolalarga e’tiborli bo`lishni va g’amxo’rlik ko`rsatishni, pedagogik odobga rioya qilishni bilishi; bolalarning o`zini xis qilish (bolaning rangiga, terlashi, nafas olishiga qarab) ni, ularning diqqati (barqarorligi, tarqoqligini, mashg’ulotlarga qiziqish (qiziqishning kamayishi, bir joyda o`tira olmasligi, ortiqcha harakatchanligini)ni; faolligi (faolligini pasayishi, ish-harakatlaridagi passivlik, jismoniy mashqlar bajarishdan bosh tortishi) ni, shuningdek, jismoniy tarbiya mashqlarining bajarilish sifati (uyg’unlik, ritmning buzilishini, harakatlar tezligi va aniqligining pasayishi, qaddi qomati buzilishi va boshqalar) ni kuzatish lozim.
Tarbiyachi bolalarning sog’lig’i va jismoniy rivojlanishidagi o`zgarishlarni payqay bilishi, harakat malakalari va jismoniy sifatlarining rivojlanish darajasini hisobga ola bilishi, shuningdek, bolaning oiladagi yashash sharoitlarini o`rganishi va ulardan jismoniy tarbiyaga doir amaliy ishda foydalana bilishi zarur.
Tarbiyachi bino va uchastkada gigiyenik sharoitlarga rioya qilinishini, jismoniy tarbiya jihozlari, inventarlari, atributlar, o`yinchoqlarining tozaligi va yaxshi saqlanishini kuzatib turishga; ota-onalar va bolalar bilan birgalikda qor uyumlari, tepaliklari, inshoatlari (poroxod, ayiq…) vujudga keltirishga, muzli yo`llar, sirpanchiqlar yasash, sakrash uchun qumli chuqur, yugurish uchun yo`lkalar va boshqalarni tayyorlashga da’vat etilgandir. Tarbiyachi ota-onalar uchun suxbatlar, maslaxatlar, majlislar, ochiq kunlar, mashg’ulotlar tashkil etadi va o`tkazadi, bog’chada ularning navbatchiligini uyushtiradi. Jismoniy tarbiyani to`g’ri tashkil etishda ota-onalarga ko’rsatmali agitatsiya va yordam berish maqsadida tarbiyachi ko`rgazma-burchaklar, stendlar, o`z guruhi bolalarining jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi ma’lumotlari yozilgan ko`chma burchaklar, shirmalar tayyorlaydi.
Bolalarga namuna bo`lish va jismoniy mashqlarni to`g’ri ko`rsatish maqsadida tarbiyachi o`zining jismoniy tayyorgarlik darajasini muntazam ravishda umumiy va mustaqil jismoniy tarbiya guruhlarida, sport seksiyalarida oshira borishi, musobaqa va boshqalarda ishtirok etishi lozim.
Enaga jismoniy tarbiya vazifalarini amalga oshirishda tarbiyachiga yordam beradi. U guruh xonasi, jismoniy tarbiya zalining ozodaligi va havosining tozalanib turishiga qarab turadi. Kichik yoshdagi bolalarga jismoniy tarbiya mashg’ulotlari, sayr oldidan kiyinishda yordam beradi. Bundan tashqari, u ovqatlanish, uxlashni tashkil etishda qatnashadi, shuningdek bolalarda shaxsiy va ijtimoiy gigiyena malakalarini mustaxkamlashga ko`maklashadi, jismoniy tarbiya inventarlari (to`pni yuvish va boshqalar...) ni toza tutishda ishtirok etadi.
Musiqa raqbari – u tarbiyachi bilan hamkorlikda ishlaydi. Ular jismoniy va musiqa tarbiyasining rejalarini kelishib oladilar, ertalabki gimnastika majmuasini, jismoniy mashqlar bilan o`tkaziladigan bo’sh vaqt va bayramlarning mazmunini, o’tkazish metodikasini muxokama qilib oladilar. Musiqa raxbari ertalabki gimnastika, jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida kuy jo’rligini amalga oshiradi, tarbiyachiga xarakatli o`yinlar o`tkazish uchun kuylar, qo`shiqlar tanlashga oid maslahat beradi.
Musiqa rahbaridan bolalarning jismoniy tarbiyaga tegishli nazariy va amaliy tayyorgarlikka ega bo`lish, shuningdek, zarur jismoniy tayyorgarlik darajasi bo`lishi ham talab etiladi.
Jismoniy tarbiya bo’yicha shifokor nazorati – bu tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchi turli yoshdagi kishilarning sog’lig’i va jismoniy rivojlanishini meditsina bilimlarining maxsus soxasidir.
Maktabgacha tarbiya muassasalaridagi bolalar jismoniy tarbiyasi jarayonida shifokor nazoratining asosiy vazifasi ularning sog’lig’ini mustaxkamlash, jismoniy va nerv-psixik rivojlanishini takomillashtirishga ko`maklashishdan iboratdir.
Bolalar bog’chalarida shifokor nazorati quyidagilarni:
Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish jarayonida bolalarning sog’lig’i, jismoniy rivojlanishi va funksional imkoniyatlarini shifokor tomonidan tekshirilishi va baholanishi.
Jismoniy tarbiyaning turli xil shakllarini o`tkazishni medik-pedagogik kuzatish, jismoniy mashqlarning mazmuni, o`tkazish metodikasini bola yoshi va funksional imkoniyatlariga muvofiqligi va organizmga ta’siri nazorat qilinadi.
Jismoniy mashqlar, ertalabki gimnastika, harakatli o`yinlar, sport mashqlari, chiniqtiruvchi tadbirlar o`tkaziladigan joylarni, jismoniy tarbiya jihozlari, inventarlari, shuningdek, shug’ullanuvchilarning kostyum va oyoq kiyimlarining gigiyenik xolati ustidan sanitariya nazorati o`rnatishni.
Maktabgacha tarbiya muassasalari xodimlari, ota-onalar va bolalar o`rtasida sanitariya-maorif ishlari uyushtirishni o`z ichiga oladi.
Maktabgacha tarbiya muassasalarida meditsina nazoratini tashkil etish shifokor, xamshira, mudira va tarbiyachilarning hamkorlikda ishlashini taqazo etadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa ta’limi va tarbiyasining asosiy maqsadi bog'cha yoshidan boshlab bolalarning dunyoqarashini shakllantirish hamda musiqiy didini o'stirib, bolalarga musiqani o'rgatish jarayonida unda hayot o‘z aksini topishini anglatishdir. Shuni qayd etish lozimki, musiqa mashg‘ulotlari oldiga qo'yilgan pedagogik maqsad va vazifalami amalga oshirish uchun, awalo, bolalarning musiqiy uquvi va qobiliyatlarini muntazam ravishda o‘stirib borish lozim. Kichkintoylaming musiqiy uquv va qobiliyatlari quyidagi faoliyatlardan iborat: — musiqiy uquvi (musiqiy tovushlar baland-pastligini his etish qobiliyati); — tembr uquvi (musiqiy tovushlami bir-biridan farq qilish); — ritm tuyg‘usi (musiqaga mos harakat bajarish, qadam tashlab, chapak chalib musiqani xotirada saqlab, his etish va ifodalash). Bolalarning musiqiy qobiliyatlari musiqiy mashg'ulotlarning barcha elementlarini amalga oshirish jarayonida muntazam ravishda rivojlanib boradi. Bolalar bog'chalarida olib boriladigan musiqa ta’lim-tarbiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: — kichkintoylami musiqaga bo‘lgan qiziqishlarini o‘stirish; — musiqiy asarlar bilan tanishtirish jarayonida bolalarda emotsional his-tuyg‘ulami hosil qilish yo‘h bilan ulaming musiqa haqidagi tasawurlarini boyitish; — bolalami musiqa tingiash, qo‘shiq kuylash, musiqa ostida ritmik harakatlami bajarish, bolalar cholg‘u asboblarida jo‘r bo'lish faoliyatlari yordamida ijodiy qobiliyatlarini shakllantirib borish; — bolalar ovozini asrab tarbiyalash, qo‘shiqlami sodda, ravon, erkin, tabiiy va ifodali kuylashga o‘igatish va odatlantirish; — musiqiy asarlardan zavq olishni, shu asosda musiqiy did va badiiy fikr yuritishni rivojlantirish; — musiqa mashg‘ulotlari jarayonida musiqiy asardagi badiiy obrazlami o‘yin va raqs shaldida ifoda etishga o'rgatish; — musiqa mashg'ulotlarida bolalami milliy qadriyatlarimiz bilan tanishtirish, milliy cholg'u sozlarimiz jo'rhgida milliy musiqiy-ritmik harakatlami bajarishga o'rgatish; — musiqa mashg'ulotlari mazmunini bog'cha hayoti bilan bog'lash, bog'chada o'tkaziladigan tadbirlarda o'rganilgan kuy va qo‘shiqlar bilan ishtirok etish. Turli ertaliklar, konsertlar tashkil etish. Musiqa mashg'ulotlarida bola hayotni, tevarak-atrofni musiqiy obrazlar orqali idrok etib boradi. Bog'chada musiqiy tarbiya ishlari badiiy adabiyot va tasviriy san’at 4 bilan uzviy ravishda bog'langan holda amalga oshiriladi. Turli metodlardan foydalanib o'tkaziladigan bar bir musiqa mashg'uloti kichkintoylarda badiiy-estetik zavq uyg‘otadi, ularning his-tuyg‘ularini shakllantiradi, ijodiy fikrlash qobiliyati va nuqtini o'stiradi. Bundan tashqari musiqiy o'yinlar va raqslar bolalarda ritm tuyg'usi, chaqqonlik va harakatchaniik malakalarini shakllantirib, qomatning to‘g‘ ri o‘sishiga yordam beradi. Bu bolaning aqliy va jismoniy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladigan barcha musiqiy ta’limiy, tarbiyaviy ishlar yosh avlodda olijanob fazilatlarni bog‘cha yoshidan shakllantirishda nafosat tarbiyasining tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Musiqa o‘z tabiatiga ko‘ra insonlar hayotini, ulaming turli voqealarga nisbatan munosabati va ichki kechinmalarini xilma xil tovush bo‘yoqlari orqali badiiy obrazlar vositasida tasvirlaydi. Musiqa bolalar hissiyotiga kuchli ta’sir eta olish bilan birga ulami nafosat olamiga ohb kiradi. Buning uchun musiqa rahbari, awalo, bolalami sevishi, bolalar fiziologiyasi, adabiyot, ona tili fanlari hamda o‘z kasbiga oid musiqa o'qitish metodikasi, fortepiano, vokal darsligi, musiqa nazariyasi, solfedjio, ritmika, dirijyorlik kabi fanlami puxta bilishi lozim. Musiqa rahbarining bog‘cha hayotidagi o‘mi beqiyosdir. U o‘z kasbiga mehr qo‘ygan, yuksak madaniyatli, keng dunyoqarashga ega inson bo‘lmog‘i lozim. Bolaning uch yoshidan yetti yoshgacha bo‘lgan davrini maktabgacha davri deb hisoblaymiz. Tajribalardan ma’lumki, bolalarda ushbu davrda paydo bo‘ladigan taassurotlar izi umrbod saqlanib qoladi. Bu bolaning aqliy va jismoniy jihatdan tez o‘sish va dunyoni bilish, atrof-muhitga o‘z munosabatini bildirish istagi kuchayib boradigan davrdir. Shu sababli tarbiyachi va ota-onalar bolalami har tomonlama yetuk bo‘lib o‘sishlariga jiddiy e’tibor berishlari kerak. ^Musiqa rahbari tomonidan yaxshi tashkil etilgan musiqiy tarbiya bolalami barkamol inson bo‘lib yetishishlariga ijobiy ta’sir etadi. Bu ishda bolalar bog‘chasi pedagogik jamoasining ishtiroki va faolligi juda muhimdir^ Musiqa mashg‘ulotlarini gigiyenik talablaiga javob beradigan darajada olib borish musiqa rahbarining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Bayram ertaliklar bolalami badiiy tarbiyalash shakllaridan biridir. Musiqa rahbari bu ishga ijodiy yondashib to‘g‘ri tashkil qilgan bayram va bayram shaklidagi tadbirlar (o‘yinkulgi soatlari, konsertlar, sayillar, sport bayramlari, nafosat soatlari, ko'ngilochar o'yinlar, bayram ertaliklari) bolalami kichik yoshidan boshlab ma’naviy ozuqa olishga, tasawurlarini boyitishga xizmat qiladi. Musiqa rahbari zamon bilan hamnafas qadam tashlashi lozim. U zamonaviy texnik vositalardan foydalana olishi, ko‘rgazmah qurollar tayyorlashi bilan birga DTS dasturiga muvofiq milliy musiqamiz, qadriyatlarimiz, cholg‘u sozlarimiz tarixi, mumtoz kuylarimiz, o‘zbek xalq musiqasining mahalUy uslublari — terma, lapar, yalla, alia singari asarlarini mukammal o‘rganib, kichkintoylaming yoshidan keUb chiqqan holda tushuntiradigan, qiziqtira oladigan, olijanob, mehnatkash inson bo‘lishi kerak. Shuningdek, uning yangi pedagogik texnologiyalami musiqa mashg‘ulotlariga tatbiq etib, zamon bilan hamnafas qadam tashlamog'i ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalar bog‘chalarida musiqa mashg‘ulotlarini o'tkazishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad, kichkintoylar qalbida nafosatga mehr uyg'otish, ularni barkamol inson qilib tarbiyalab, voyaga yetkazishdir. Mashg'ulotlar jarayonida bolalarda milliy musiqa ohanglari yordamida zaruriy bilim va ko‘nikmalar tarkib toptiriladi. Bu mashg‘ulotlardagi har bir faoliyat turi bolalarning musiqiy didini rivojlantiradi. Musiqiy mashg‘ulotlar oldiga qo‘yilgan har qanday maqsad va vazifalami amalga oshirish, awalo, musiqa rahbarining pedagogik tayyorgarligiga bog‘Uq. Musiqiy mashg'ulotlar bog‘chada o‘tiladigan boshqa mashg‘ulotlardan ancha farq qiladi va o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar quyidagilardan iborat: — musiqa mashg‘ulotlari musiqa savodi va ijrochilikka doir bir necha faoliyat turlaridan (qo‘shiq kuylash, musiqa tinglash, musiqiy-ritmik harakatlami bajarish, musiqa savodi, bolalar musiqa cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lish) tashkil topadi; — bu mashg‘ulotlar boshqa mashg‘ulotlardan o'zining ifoda vositalari, ya’ni «tili» bilan farq qiladi. Tasviriy san’at ranglar bilan, adabiyot so‘z bilan, musiqa esa tovushlar orqali vujudga keladigan ohanglar vositasida insonga ta’sir etadi; — musiqa mashg‘ulotlari bolalarning ruhiyatiga, emotsiyasiga faol ta’sir ko‘rsatib, ularni quvontiradi, ijodiy kechinmalar hosil qilib, ma’naviy ozuqa beradi; — musiqa mashg‘ulotlari jismoniy tarbiya, rasm, odobnoma, atrofimizdagi olam kabi masng‘ulotlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Musiqiy mashg‘ulotlami olib borishda musiqa rahbari kichkintoylaming yoshi va qiziqishlarini e’tiborga olishi lozim. Mashg'ulotning tuzilishi o‘quv materiallarining mazmunidan kelib chiqishi kerak. Bunda asarlaming ta’limiy, tarbiyaviy ahamiyati, badiiy saviyasi, bolalar yoshiga mosligining hisobga olinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Musiqa mashg‘ulotlarining tuzilishi quyidagi faoliyat turlaridan iborat: 1. Musiqiy-ritmik harakatlami bajarish. 2. Musiqa tinglash. 3. Musiqa savodi. 4. Qo‘shiq kuylash. 5. Bolalar musiqa cholg‘u asboblarida jo‘r bo'lish. Endi har bir faoliyat turiga qisqacha to‘xtahb o‘tamiz: — musiqiy-ritmik harakatlar. Milliy ruhni o‘zida aks ettirgan xalq qo‘shiqlari, laparlari bolalarning olamni badiiy his etishlariga, zavqlanishlariga yordam beradi. Musiqiy obrazlarga muvofiq turh xarakterdagi harakat va iaqslami, turh obrazlami tasvirlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ritmik harakatlar musiqiy qobiliyatni shakllantirish va rivojlantirishda juda muhimdir. Musiqiy-ritmik harakatlar bolalar ruhiyatiga musiqiy asaming mazmuni va kayfiyatini singdiradi, bu bolalarning jismoniy sog‘lom bo‘lishlariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi; 7 — musiqa tingiash — har bir bolaning musiqa tingiash madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bola, awalo, musiqani idrok etib, so‘ngra unga mos harakatlami bajaradi; — musiqa savodi. Musiqa mashg'ulotlarida bolalar qo'shiq kuylash, musiqa tingiash bilan birga qo'shiqlar, musiqiy asarlarning tuzilishi, tempi, xarakteri, ladi, kuyi, ritmi, tovush balandligini ham ongli ravishda anglashlari lozim. Bu ulaming aqliy salohiyati, musiqiy uquvi, xotirasi, nutqi, ongi va bilimini oshiradi; — qo'shiq kuylash. Qo‘shiq kuylash jarayonida bolalaming nutqi, musiqiy uquvi, musiqiy qobiliyati, xotirasi rivojlanadi. Jamoa bo‘lib qo'shiq kuylash bolalami do‘stlikka chorlaydi, ulaming o‘zaro hurmat, tabiatga va Ona-Vatanga muhabbat kabi tuyg‘ularini tarbiyalaydi; — bolalar musiqiy cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘Msh - musiqa mashg'ulotlarida eng qiziqarli, barcha bolalar sevib qatnashadigan faoliyat turidir. Bolalar musiqa cholg'u asboblari orqali jonh ijro har qanday bolani o'ziga jalb etadi. Ulaming musiqaga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshiradi, ritm tuyg'usi, musiqiy uquvi, xotirasini mustahkamlaydi. Kichkintoylarda ajablanish, zavqlanish, hayratlanish, quvonish kabi ruhiy holatlami vujudga keltiradi.
10- Rivojlantirish markazlarida ta’limiy va tarbiyaviy faoliyatlarni mustaqil olib boorish. Til va nutq markazini tashkil etish
Rivojlanish markazlari ta’lim, rivojlantiruvchi, o‘qitish, rag‘batlantiruvchi, uyushgan, kommunikativ funksiyalarni bajarishi kerak. Eng muhimi, ular mustaqillikni rivojlantirish ustida ishlashlari kerak, bolalar va kattalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning shaxsga yo‘naltirilgan ta’limga asoslangan bolaning tashabbusini rag‘batlantirishi kerak. Gurux xonasidan moslashuvchan va o‘zgaruvchan tarzda foydalanish talab etiladi. Rivojlanish markazlaridagi tematik, didaktik materiallarlar bolaning ehtiyojlari va manfaatlarini qondirishga xizmat qilishi kerak. Markazlarning dizayni estetik, bolalar uchun jozibali bo‘lishi kerak, va mustaqil faoliyatga bo‘lgan istakni keltirib chiqarishi kerak. Guruh xonasida rivojlanish markazlarini yaratishda o‘yin faoliyatining etakchi rolini hisobga olish kerak. Rivojlanish markazlaridagi jihozlar xavfsiz va didaktik materiallarlar bolaga tegishli bo‘lishi va bolalarning yoshiga mos bo‘lishi kerak. Rivojlanish markazlaridagi didaktik materiallarlar tematik vazifalarni hisobga olgan holda o‘zgarishi kerak. Quyida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda rivojlantiruvchi markazlarning hususiyatlarini alohida sanab o`tamiz. “Тил ва нутқ” маркази. Марказда болаларнинг дўстлари орасида ўз фикрларини бера олишлари, мавзу асосида ҳикоялар тузиш, савол-жавоблар қилиш, болаларча суҳбатлар ташкил этиш имконияти мавжуд. Боладаги кўпчилик орасида тортинчоқлик одатлари кичик гурухларда ишлаш жараёнида йўқола бошлайди. АКТ воситалари, турли хилдаги мавзули расмлар орқали бола мустақил равишда ўйлаши, фикрлаши, мазмунни идрок этиш имконига эга. Марказга қўйилган мазмунли расмлар орқали мажбурий эмас, балки ўз холича ҳикоялар тузиш имконига эга. Мавзуларни танлаш хуқуқига эга “Қуриш-ясаш, конструкциялаш ва математика” маркази Марказ орқали болаларда сенсор тарбия, ижодкорлик ривожланади. Бола бир вазифани бажариш орқали ҳам қуриш ясаш, ҳам математика билан шуғулланиш имконига эга. Болалар орасидаги суҳбатлар тингланса, уларнинг мулоқотида “Менга катта ғиштни бер”, “Менга қизил керак”, “Ўнг томонингдаги меники”, “Мен ясаган уйча икки қаватли”, “Сеники кичкина, меники эса катта ”, “мен ясаган машинанинг ранги оқ”, “Мана сенга кук лего”, “Менинг машинамга 10 та одам сиғади ”, “Нима учун бузилиб кетди?, чунки сен тагига кўп ғишт қўймадинг, таги кичкина бўлиб қолди”ва бошқа жумлаларни эшитасиз. Демак болалар мулоқотида айириш, қўшиш, катталикни билиш, таққослаш каби математик иборалар ишлатилади ва илк математик тасаввурлар кенгайиб боради. Ўз ишларини тахлил қилишни ўрганади. “Санъат” маркази Санъат марказида болаларни кайфиятини кўтариш имкони мавжуд. Боланинг ижодий кобилиятларини куллаб куватланади. Санъатнинг рассомлик, хайкалтарошлик турларига ҳамма учун ҳам иқтидор берилмаган. Шунинг учун бу марказга камроқ бола қатнаши мумкин. Лекин марказга керакли жиҳозларни тўлиқ қўйилса, ясаш, чизиш технологиялари эрталабки, кечки соатларда ўргатилса, марказ иши ривожланади. Оилада болага бундай шароит ҳар доим ҳам яратиб берилмайди. Марказда ишлаш орқали боланинг майда моторикаси ривожланади. Майда моториканинг ривожланиши эса, боланинг нутқини ривожланишига сабаб бўлади. “Сюжетли–ролли ўйинлар ва драммалаштириш” маркази Марказни болалар иқтидорини намоён бўлишига, ўз маҳоратини кўрсатиши учун жуда қулай муҳит. Бу марказни боланинг “Мен”ини шакллантирувчи марказ деб ҳам аташ мумкин. Марказдаги барча жиҳозлар болалар ҳаётида учрайдиган жиҳозлар бўлиб, ўйин жараёнида бола улардан фойдаланишни ўрганади, касблар билан яқиндан танишиш имконига эга. Ўйинларда оила аъзоларининг ўзаро муносабатлари акс этади ва улар орқали аҳлоқий тарбия олиш ( тарбиячи учун эса оиладаги муҳитни ўрганиш) имкони мавжуд. “Илм-фан ва табиат” маркази Тажриба синов майдончасида ўтказилаётган тажрибалар болаларда қизиқиш уйғотади ва янги ихтиролар қилишга ундайди. Бу марказ болаларни табиат ва ундаги ходисаларни билиш учун энг катта имконият ва бу марказни тўғри ишлатилса болалар табиат ҳақидаги 90% билимни шу ерда олиши мумкин. Марказ на фақат болаларда балки педагогларда ҳам қизиқиш уйғотади. Марказда олиб борилаётган турли тажрибалар орқали болалар жисмларнинг фойдали ва зарар томонларини билиб олиш имконига эга. Ҳаётимиз давомида ишлатиладиган нарсаларни қаердан келганлиги, уларни нимадан олинганлиги ҳақидаги билимларни олиш орқали уларга бўлган муносабатлари ижобий томонга ўзгаради. Масалан нонни дастурхонимизга келиши, пахтанинг чигитини эзиш орқали ундан ёғ чиқишини билиш, тарвузнинг уруғида ёғнинг йўқлигини, пиёзнинг илдизи билан стакандаги сувга солиб қўйилса уни ўсиши, уруғларни тувакларга сепиш орқали уларни униб чиқишини кўриш болалар учун жуда қизиқарли.
11-Umumiy guruh bo‘lib ishlashni –Jismoniy tarbiya mashg‘ulotini o‘tkazish. Psixik yoki jismoniy nuqsonli bolalarni farqlash
Logopediya fani bolaning nutqidagi nuqsonlarini aniqlash, logopedik tekshirishni amalga oshirish imkonini beradi. «Psixik va jismoniy rivojlanishda nuqsonga ega bo‘lgan bolalar diagnostikasi» kursi aqli zaiflikni aniqlash, uni boshqa o'xshash holatlardan farqlash imkonini beradi, bu esa nazariy jihatdangina emas, balki muhim amaliy ahamiyatga ham ega. Shuning uchun aqli zaiflikni to‘g ‘ri tushunish nazariy va amaliy ahamiyatga ega.Nazariy ahamiyati shundaki bolaning rivojlanishidagi nuqsonlarning jiddiy klinik-psixologik belgilarni ajratishga va uning mohiyati va sabablarini yanada chuqurroq tushunishga imkon beradi. Bolalar rivojlanishidagi nuqsonlar haqida zam onaviy ta sa w u rla r
Zamonaviy maxsus psixologiya psixikani kelib chiqishining ijtimoiy tarixiy tomniga äsoslanadi. Uning rivojlanishiga bola psixikasini madaniy-tarixiy tajribaga tayanib hayot davomida shakllanishi haqidagi rus psixologi L.S.Vigotskiy fikrlari katta ta’sir ko‘rsatgan.L.S.Vigotskiyning ko‘rsatishicha oliy psixik funksiyalartarixiy rivojlanish maxsuli bo‘lib murakkab tuzilishga ega. Ushbu xususiyat ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib, u insondagi faqatgaina oliy psixiy funksiyalarnigina emas, balki elementar psixik jarayonlarni, ya’ni fonematik eshituv, ovozlarni eshituvlami va xokazolarni o‘z ichiga oladi. Psixik faoliyatning murakkab shakllarini yuzaga kelishiga olib keladigan ijtimoiy tajribani tayyor mazmunni o‘zlashtirib olish jarayoni sifatida qarash mumkin emas. Bola tomonidan ijtimoiy tajribani o'zlashtirish bilim, ko‘nikma, madaniy madaniy malakalarni egallab olishdangina iborat bo‘lmay, shuningdek o‘ziga bolaning shaxsi, ehtiyojlari, motivlarini shakllantirishni kiritadigan
chuqur, murakkab jarayondir. Ijtimoiy tajribani egallash bolaning faol faoliyatida, ya’n i- predmetli, o‘quv, muloqot va o‘yin jarayonlarida amalga oshiriladi. Ilk rivojlanish davrilaridayoq bolalami kattalar bilan o‘zaro muloqatga kirishishida oliy psixik funksiyalarining shakllnishi muhim o‘rin egaliaydi. Psixik funksiyalaming rivojanishi bir nechta bosqichlardan o‘tadi, va shundan keyingina ular murakkab psixik jarayonga aylanadi. Psixik faoliyatning barcha murakkab shakllari (ixtiyoriy diqqat, mantiqiy xotira, mavxum tafakkur va h.q.) bilvosita tuzilishga ega bo'lib, unda nutq bosh rolda keladi. Predmet va xodisalar mavjud emas vaqtda ham ularni o4mini so‘z egaliaydi va har qanday psixologik jaryonni kechishini ifodalab, uning
tuzilishini bir qismi boMib qoladi. Nutq oliy psixik funksiyalaming tuzilishi va amalga oshirishini yangi, yana ham yuqori darajaga ko‘taradi. Oliy psixik funksiyalarni shakllanishing muhim tomoni - simvolik (ramziy) ramziy faoliyatning tashkil topishi, so‘z belgilarni egallashdir. Dastavval belgi tashqi, yordamchi omil sifatida qatnashadi. L.S.Vigotskiy ta’qidlashicha, har bir psixik funksiya o‘z rivojlanishida ikki bosqichni bosib o‘tadi: birinchi “interpsixologik” bosqichda, funksiya insonlar o‘rtasida munosabat o'rnatuvchi, ikkinchi bosqichda-ichki, intrapsixologik, jarayon sifatida namoyon boiadi.Oliy psixik funksiyalar yillar davomida shakllanadi. U nutqiy muloqot bilan tug‘ilib, faoliyatning to'liq ramzi (simvolik faoliyat) bilan tugallanadi. Bolaning psixik rivojlanishi va shaxsini shakllanishi ta’lim va tarbiya jarayonlari bilan uzviy bog'liqdir. Shunday qilib, oliy psixik funksiyalar psixologiyada murakkab jarayon sifatida ko'riladi. Oliy psixik funksiyalarni shakllanishida nutq hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. Psixofiziologik mexanizmlarni tushuntirish uchun P.K.Anoxinning funksional tizimlar haqidagi konsepsiyasi qoilaniladi. A.R. Luriyaning ko‘rsatishicha, funksional tizim bolani tug'ilish davrida tayyor holda boimasdan, balki uning psixik funksiyalari predmetlar hamda materiallar bilan o‘zaro munosabatga kirishganida shakllanib boradi.Funksional tizim - bu bir vazifani bajarish uchun bir qancha anatomik hamda fiziologik tuzilmalarni birlashtiradigan dinamik tuzilma bo‘lib, turli nerv sistemalarida joylashgan. Psixologlar (A.R.Luriya, A.N.Leontyev) doimiy ravishda oliy psixik funksiyalarning fiziologik negizi markaziy nerv sistemasi yoki uning alohida qismlari b o iib qolmasdan, balki miya qobig'idagi funksional sistemaning birgalikda ishlashi deb ta’kidlaganlar. Bola hayot faoliyati jarayonida ushbu funksional sistemaning shakllanishi, sekin-astalik bilan murakkab xarakterga ega bo‘lib, funksional bogiiqlik mustaxkamlanadi. Ushbu ilmiy nizom inson psixikasini rivojlanishi haqidagi tasavvurlarni o‘zgartirdi. Fiziolog va psixologlarning tadqjqotlaridan ko‘rishimiz mumkinki, alohida funksiyalar sistemasining yetilganligi ma’lum bir rivojlanish davrida bir xil emas: ba’zi sistemalar shakllanib bo‘lgan, ba’zilari esa endi shakllanadi. Shunga ko‘ra, funksiyalarning rivojlanish tizimi bir xil emas ekan, deb xulosalash mumkin. Har bir funksional sistema, xatto alohida zonalari o‘zining rivojlanish dasturiga ega, lekin ular bir butunlikda ish olib borishadi. Har bir yosh davrda ma’lum bir funksional sistema yetuklik darajasida bo‘lishi kerak, aks xolda ushbu sistemalar faoliyati o‘zaro aloqadorlikda amalga oshirila olmaydi (L.O.Badalyan). Shunday qilib, psixik jarayonlar va shaxs xususiyatiari bosh miyaning alohida qism yoki zonalarida yetuklik natijasi hisoblanmaydi. Ular ontogenezda to‘planadi hamda bolaning ijtimoiy rivojlanish vaziyatiga bog‘liq bo‘ladi.L.S.Vigotskiy o‘zidan oldingilarni (G.Y.Troshin, A.S.Griboyev, E.Segen, M.Moniessori va boshqalar) ishlarini umumlashtirdi hamda anomal rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqdi. Ushbu konsepsiyaning asosiga psixologik rivojlanishning madaniy-tarixiy nazariyasi kiradi, buni L.S.Vigotskiy rivojlanishning
normal hususiyatlarini o'rganib ishlab chiqqan. L.S.Vigotskiyning anomal rivojlanish konsepsiyasining asosiy belgilari hozirgi kunda ham o ‘z ahamiyatini yo'qotmagan. Ular XX asrning 50-90 yillardagi T.A.VIasova, J.l.Shif, V.l.Lubovskiy, V.V.Lebedinskiy, YE.M.Mastyukova va boshqa olimlaming ishlarida o‘z rivojini topgan.Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar (rivojlanishida psixik- jismoniy kamchilikka ega, rivojlanishdan orqada qolish, rivojlanishida muammoga ega, alohida yordamga muhtoj) - sensor organlaming orttirilgan yoki tug'ma organik jarohatlanishi natijasida markaziy nerv sistemasi yoki xarakat-tayanch apparati va psixik funksiyalaming meyorda rivojlanishida kamchiliklarga ega bo‘igan bolalar kiradi. Ba’zi hollarda rivojlanishdagi kamchiliklar markaziy nerv sistemasi yoki anaiizatorlardagi nuqsonlar bilan bog‘liq bo'lmasdan, mikroijtimoiy muhit sabablari natijasida kelib chiqadi. Bularga oiladagi tarbiya salbiy shakllari, ijtimoiy va hissiy deprivatsiyani kiritishimiz mumkin.
G. Y.Troshin meyorida va anomal rivojlanishning umumiy qonuniyatlari xaqidagi fikmi ilgari surgan, buni esa ko‘pgina tadqiqotchilaming (T.A.Vlasova, J.I.Shif, V.I.Lubovskiy) keyingi ishlarida xam ko'rishim iz mumkin. L.S.Vigotskiy meyorida va anomal rivojlanishning umumiy qonuniyatlarini izohlab, ular uchun psixik rivojlanishning ijtmioiy xarakterdaligi umumiydir: pedagogik ta’sir meyorda ham shuningdek rivojlanishning buzilishida ham oliy psixik funksiyalaming shakllanish manbai hisoblanadi, deb ta’kidlagan. Ammo, meyorida rivojlanayotgan bolalarda kuzatilmaydigan, lekin rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda uchraydigan bir qator qonuniyatlar ham ajratiladi. T. A.Vlasova. V.I.Lubovskiy ishlarida anomal rivojlanuvchilarning umumiy qonuniyatlari bir tizimga keltirilgan.L.S.Vigotskiy nuqsonlarni tuzilishini sistemaliligi haqidagi fikrlari unga anomal rivojlanishini ko‘ra ikki guruhga ajratish imkonini bergan. Bu kasallikning biologik xarakteriga ko‘ra kelib ehiqadigan birlamchi nuqson, bolaning ijtimoiy rivojlanishida, uning atrof- olam o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan ikkilanichi nuqsondir.Anomal rivojlanish birlamchi nuqsonning kelib chiqish vaqti va uni ifodalanishining qay darajada og‘irligi bilan aniqlanadi. Ikkilamchi nuqsonlarning shakllanish mexanizmi turli xil bo‘lishi mumkin, ammo unda doimo ijtimoiy omillar muhim rol o‘ynaydi. Ko‘ruv, eshituv organlarining yoki bosh miyaning u yoki bu tuzilmalaridagi jarohatlar natijasida kelib ehiqadigan nuqsonlar xarakteri, chuqurligi bo'yicha turli toifadagi rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda turlicha bo‘ladi. Biroq ushbu holatlarning umumiy tomoni shundaki, ulaming barchasi bolani keyingi rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatib boradi.
12- Dastur bo‘yicha rivojlanish markazlarida ta’limiy tarbiyaviy faoliyatlarni olib boorish
Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan. Davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim muassasalarida qo‘llash uchun majburiy: davlat maktabgacha ta’lim muassasalari; maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat muassasalari; maktabgacha guruhlarga ega bo‘lgan “Mehribonlik” bolalar uylari; maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlari. Davlat o‘quv dasturi VII bobdan iborat bo‘lib, 1 bobda MTT davlat o‘quv dasturini qo‘llash va MTTning maqsad va vazifalari aks ettirilgan. Davlat o‘quv dasturi variativ o‘quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi. Ta’lim muassasalari Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o‘quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega. Ta’lim muassasasi Davlat o‘quv dasturi asosida o‘zining MTT ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim muassasasining ishchi o‘quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan otaonalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi. 64 Davlat o‘quv dasturida MTTning quyidagi maqsad va va vazifalari belgilab berilgan: bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid Davlat talablari asosida hamda Davlat o‘quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish; bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish; bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish. II bob MTT ta’lim jarayonining maqsad va tamoyillari deb nomlanib, u quyidagilarni: MTT ta’lim jarayonining maqsadlari; MTTda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari; qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil qilish; alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim faoliyati; ota-onalar bilan hamkorlikni o‘z ichiga oladi. Davlat dasturida MTT ta’lim jarayonining maqsad va tamoyillari aks ettirilgan bo‘lib, o‘quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir. MTTda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari: bola huquqlari, o‘ziga xos rivojlanish xususiyat va salohiyatlarini hisobga olish; ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi; bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish; bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash; o‘yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish; bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish; bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash; MTTning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi; milliy madaniy an’analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish. Maktabgacha ta’lim muassasasida alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari javobgar bo‘ladi. Zarurat tug‘ilganda pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta’lim muassasasi rahbariyati, tor ixtisosdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, bola (uning rivojlanishi) uchun o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi. Ota-onalar bilan hamkorlik. Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim muassasasi ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin: – ota-onalarning maktabgacha ta’lim muassasasi borasidagi fikrlarini hisobga olish; – ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish; – ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish; – ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash. III bob maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv deb nomlanib, dastur majburiy 5 ta ta’lim sohasini o‘z ichiga oladi: – “Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish” sohasi kompetensiyalari; – “ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalari; – “Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari” sohasi kompetensiyalari; – “Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasi kompetensiyalari; – “Ijodiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalari.
13-Bolalar qiziqishidan extiyojini hisobga olgan holda ijodiy yondashish
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki bosqichi hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi - bola shaxsining har jihatdan rivojlanishini ta’minlash, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, o‘qishga, doimiy ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirish va maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun tayyorlashdan iborat. «Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari» va «Ilk qadam» o‘quv dasturining ishlab chiqilishi uzluksiz ta’lim tizimida maktabgacha ta’limni samarali amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. O‘quv dasturida maktabgacha ta’lim muassasasida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishda bolalarning o‘ziga xos belgilarga ega bo‘lgan yoshga doir xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olish muhim ahmiyat kasb etishi qayd etiladi. SHu bilan birga rivojlantiruvchi muhit mazmuniga quyidagilar ko‘rsatiladi: - maktabgacha ta’lim muassasasining ko‘rgazmali-rivojlantiruvchi muhiti mazmuni madaniy-tarixiy qadriyatlar: milliy va mintaqaviy an’analar; tabiat, iqlimdan kelib chiquvchi xususiyatlarga mos bo‘lishi lozim[1]; - muhit mazmuni birlamchi dunyoqarash asoslarini shakllantirish, bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiy moslashuviga yordam berishi lozim. Albatta, maktabgacha ta’limni ham shaklan, ham mazmunan yangilashga qaratilgan bu kabi innovatsiyalar ota-onalardan tortib barcha pedagoglar bola tarbiyasi, uning ta’lim olishga tayyorgarligiga zamon talablaridan kelib chiqqan holda yondashuvini talab etadi. Maktabgacha ta’lim muassasalari guruhlarida tashkil etiladigan rivojlanish markazlaridagi jarayonlar bolalarning doimiy ravishda yangi bilimlarni o‘zlashtirishga, mustahkamlashga yordam beradi. Bolalarni o‘z bilimini mustaqil ravishda to‘ldirib borish, kechayotgan yangilanish jarayonlariga munosib moslashib borishga o‘rgatish rivojlanish markazlarining asosiy maqsadidir. Dastur asosida tashkil etiladigan rivojlanish markazlari bolalarda quyidagilarni tarkib topdiradi: - o‘zgarishlarni qabul qilish va amalga oshirish; - tanqidiy fikrlash; - tanlashni amalga oshirish; - muammolarni bartaraf eta olish; - ijodiy, tafakkur va ixtirochilik imkoniyatlarini namoyon etish; - odamlar, jamiyat, mamlakat, atrof-olam to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish[1]. - METODLAR Bugungi dunyo kechagi kabi emas, ertangi kun ham bugungi kabi bo‘lmaydi. Inson faoliyati barcha sohalarida dinamik rivojlanayotgan texnologiyalar joriy etilmoqda. Zamonaviy bolalarning 65 foizi bugungi kunda mavjud bo‘lmagan kasblarni egallaydi. Kelajakdagi mutaxassislar texnologiya, ilm-fan va muhandislikning turli xil sohalaridan kompleks ta’lim va bilimlarga muhtoj bo‘ladi. Bu kabi vazifalarni maktabgacha ta’limda keng qo‘llanilayotgan STEAM dasturi orqali amalga oshirishimiz mumkin. STEAM farzandlarimizga - ixtirochilar, kashfiyotchilarning kelajak avlodi, olim sifatida tadqiqotlar olib borish, texnologiyani shakllantirish, muhandis sifatida loyihalash, rassom sifatida yaratuvchi, matematik sifatida analitik fikr yuritishni o‘yin orqali yuzaga keltiradi. Bugungi kunda STEAM-ta’lim dunyodagi asosiy tendensiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda va amaliyot yondashuvni qo‘llashda beshta sohani yagona o‘quv sxemasiga integratsiyalashga asoslangan. Bunday ta’limning shartlari uning uzluksizligi va bolalarning guruhlarda o‘zaro muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirish bo‘lib, bunda ular fikrlarni to‘plashi va fikrlar almashadi. SHuning uchun, asosiy ta’lim dasturiga quyidagilar; Lego- texnologiyalar, bolalar tadqiqotlari kabi mantiqiy fikrlashni rivojlantirish modullari kiradi. STEAM (S-fan, T-texnologiya, E-muhandislik, A-san’at, M- matematika) - ilm-fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematikani birlashtiruvchi zamonaviy yondashuv. STEAM bolalarda quyidagi muhim xususiyatlar va ko‘nikmalarni rivojlantirishga quyidagicha yordam beradi[2]: - Muammolarni keng qamrovli tushunish; - Ijodiy fikrlash; - Muhandislik yondashuv; - Tanqidiy fikrlash; - Ilmiy metodlarni tushunish va qo‘llash; - Dizayn asoslarini tushunish. STEAM yondashuvi tufayli bolalar tabiatni tushunib, dunyoni muntazam o‘rganishadi va shu bilan qiziqishlarini, muhandislik fikrlash uslubini, tanqidiy vaziyatlardan chiqish qobiliyatini, jamoaviy ish qobiliyatini rivojlantirish va liderlik, o‘z-o‘zini namoyon qilish asoslarini o‘rganishadi, o‘z navbatida, bolalar rivojlanishining tubdan yangi darajasini ta’minlaydi. Quyida dastur mazmuniga to‘xtalamiz: O‘z-o‘ziga ishonchni shakllantirish. Bu yondashuvda bolalar o‘z qo‘llari bilan yaratgan ko‘prik va yo‘llar, samolyotlar va avtomobillarni "ishga tushirib", suv osti va havo tuzilmalarini "rivojlantirib", sinovdan o‘tkazib, har safar ular maqsadga yaqinlashib borishadi. YAxshi natija bermagan “mahsulot”ni qayta-qayta sinovdan o‘tkazib, takomillashtirib borishadi. Natijada barcha muammolarni o‘zi hal qilish, maqsadga erishish bolalar uchun ilhom, g‘alaba, adrenalin va quvonch olib keladi. Har bir g‘alaba, o‘zlarining qobiliyatlariga ko‘proq ishonch uyg‘otadi [3]. Faol muloqot va jamoaviy ish. STEAM dasturlari ham faol muloqot va guruh ishi bilan ajralib turadi. Muhokama bosqichida ular fikr bildirishga qo‘rqmaslikka o‘rganadilar. Ko‘pincha, stol atrofida o‘tirmaydi, o‘zlarining dizaynlari asosidagi “mahsulot”larni sinovdan o‘tkazadi va rivojlantiradi. Ular hamma vaqt hamkorlikni ta’minlaydigan jamoada tarbiyachilar va ularning do‘stlari bilan muloqot qilish bilan band bo‘lishadi. NATIJALAR Texnik fanlar bo‘yicha qiziqishlarni rivojlantirish. Maktabgacha va boshlang‘ich maktab yoshidagi STEAM ta’limi vazifasi qiziqishning rivojlanishi uchun dastlabki shartsharoitlarni yaratishdir. Bolalar uchun tabiat fanlari va texnik fanlar bo‘yicha, qilgan ishni yaxshi ko‘rish, qiziqishni rivojlantirish uchun asosdir. STEAM – bolalar uchun juda qiziqarli va dinamik bo‘lib, bolalarning zerikishlariga to‘sqinlik qiladi. Ular vaqt o‘tayotganini sezmaydilar, lekin ham charchamadilar. Raketalar, avtoulovlar, ko‘priklar, osmono‘par binolarni qurish, elektron o‘yinlar, fabrikalar, logistika tarmoqlarini yaratish, dengiz osti kemalari, ilm-fan va texnologiyaga qiziqishi ortib borada. Loyihalar uchun ijodiy va innovatsion yondashuvlar. STEAM ta’limi oltita bosqichdan iborat: savol (vazifa), muhokamalar, dizayn, qurilish, test va takomillashtirish. Ushbu bosqichlar muntazam ravishda loyiha yondashuvining asosidir. O‘z navbatida hamkorlik yoki turli imkoniyatlardan birgalikda foydalanish ijodkorlik asosi hisoblanadi. SHunday qilib, bir vaqtda bolalarda fan va texnologiyalarni qo‘llash, yangi innovatsiyalarni yaratishi mumkin. Oqilona tashkil etilgan sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhit bolalarda izlanishga, tashabbus ko‘rsatishga va ijodkorlik qobiliyatlarini namoyon etishga rag‘bat uyg‘otadi. Bunda tarbiyachilar bola rivojlanishi qanday kechayotganligi to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishlari, buning uchun esa ularni doimiy raviщda nazorat qilib borishlari zarur bo‘ladi. Tarbiyachi o‘quv materialini bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda ularga munosib tarzda etkazadi. Maktabgacha ta’lim muassasalari pedagogik jamoasining o‘rni shundan iboratki, ular har bir bolaning qiziqishi, qobiliyati va ehtiyojini inobatga olgan holda mos keladigan maqsadlar qo‘yishlari, bolalardagi tabiiy qiziqishlarni qo‘llab-quvvatlashlari, ularda borliqni birgalikda o‘zlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishlari kerak. Bu yondashuv kelajakda bolalarda hayotiy muammolarni hal etishda yordam beradi. Ko‘pgina rivojlangan davlatlarda, jumladan AQSH, YAponiya, Isroil, Singapur, Rossiyada maktabgacha ta’lim muassalarida bolalarni ijodiy va ixtirochilik qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida mazkur yondashuv metodlaridan samarali foydalanib kelinmoqda. Bola rivojlanishining o‘ziga xosligini inobatga olishda, avvalo shuni tushunib etish kerakki, barcha bolalar rivojlanishning ma’lum bosqichlarini bosib o‘tadilar, biroq bunda har bir bola noyob va takrorlanmasdir. Tarbiyachilar bolalarni aynan bir xil, o‘xshash narsalar va faoliyat turlari bilan ta’minlashlari uchun ularning o‘ziga xos, boshqalardan ajralib turadigan rivojlanish ko‘rsatkichlari to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishlari lozim. SHuningdek, tarbiyachilar bir xil yoshdagi turli bolalarning qobiliyatlari va qiziqishlaridagi farqlarga e’tibor bilan munosabatda bo‘lishlari kerakligini mutaxassislar alohida ta’kidlashadi. Bunda bola rivojlanishining o‘ziga xosligiga doir, bolalar qiziqishlariga javob beruvchi faoliyat turlari, ya’ni ularning aqliy, ijtimoiy va ma’naviy etuklik darajasi nazarda tutiladi. Bunday faoliyat turlari bolalarning tabiatga qiziqishlariga, tajribadan qoniqish hosil qilishlariga va o‘z g‘oyalarini tajribada sinab ko‘rish xoxish-istaklariga qaratilgandir[4]. MUNOZARALAR Rivojlanish markazlaridagi ta’lim jarayonida bolalarning o‘zlari tegishli rivojlanish markazini ixtiyoriy tanlay boshlaydilar. Bolalarni mustaqil guruhlarda ishlashi, individuallashtirishda tarbiyachi shunday faoliyat turlarini o‘ylab topadiki, unda barchaga birdek ko‘rsatma berilsa-da, biroq har bir bola undan kelib chiqqan holda o‘zi mustaqil ravishda muvaffaqiyatga erishishiga imkon beriladi. Individuallashtirish darajasini optimallashtirish mumkin. Epchillik va topqirlik talab etiladigan faoliyat turini tanlagan va bolalarni diqqat bilan kuzatgan holda tarbiyachi zaruriyat tug‘ilib qolsa topshiriq va materiallarni o‘zgartirishi yoki moslashtirishi mumkin. “Ilk qadam” o‘quv dasturi asosida maktabgacha ta’lim muassasalarida quyidagi rivojlanish markazlari faoliyati yuritilishi nazarda tutiladi: - Qurilish va konstruksiyalash markazi - Syujet-rolli o‘yinlar va dramalashtirish markazi - Til va nutq - Ilm-fan va tabiat markazi - San’at markazi - Musiqa va ritmika markazi [1]. Rivojlanish markazlari bolalarga o‘zlarining shaxsiy ko‘nikmalari va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ta’lim-tarbiya jarayonini mustaqil individuallashtirish imkoniyatini beradi. Masalan, san’at markazida bir bola qog‘oz qirqadi, boshqa bola esa shu qog‘ozdan qaychi bilan o‘zi o‘ylagan shaklchani kesib oladi. Stol ustida o‘ynaladigan o‘yinlar markazida bir bola to‘rtta yog‘och kubikdan shakl yasaydi, boshqa birovi esa yigirma besh bo‘lakli karton qog‘ozli tasvirni tuzishni ma’qul ko‘radi. Tarbiyachi jarayonda bolalarni kuzatadi va ularning rivojlanishiga daxldor fikrlarni yozib boradi. Ancha vaqtdan so‘ng u bolalarga vazifani murakkablashtiruvchi materiallarni taklif etadi yoki vaziyatga qarab ana shu vazifalarni bajarishda bolaga to‘g‘ridan to‘g‘ri yordam beradi. Bunday yo‘l tutish tufayli bola yaxshi sur’atda o‘sib-ulg‘ayishi mumkin [6]. Tarbiyachilar rivojlanish markazlarida bolalarning yordamchilari rolini o‘ynaydilar, mashg‘ulotlar olib boriladigan joyda imkoniyatlar kengligini ta’min etadilar va har bir bola individual rivojlanishi darajasini egallay olgan holda faoliyat turlarini rejalashtiradilar. Kun tartibi turli mashg‘ulot turlarini o‘zida qamrab olishi lozim: kichik guruhlarda birgalikda va tarbiyachi hamkorligida yakka tartibda (individual) yoki mustaqil (ular tomonidan tanlagan mashg‘ulotlarga vaqt ajratish kerak, chunki bolalar ongli tanlab olishni o‘rganadilar, o‘z qiziqish va qobiliyatlarini amalga oshiradilar). Bolalarning o‘z tanlovlarini amalga oshirishi, muammolarni hal etishi, atrofdagi kishilar bilan birgalikda harakat qilishi, indivdual maqsad qo‘yishi va unga erishishni bilishlari lozim.
14- Intelektual bilish malakalarini shakllantirishda rivojlantiruvchi o‘yinlar va taqdimotdan foydalanish
Dostları ilə paylaş: |