1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Ta’lim oluvchilarning majburiyatlari



Yüklə 287,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/37
tarix11.02.2023
ölçüsü287,68 Kb.
#83856
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37
O‘RQ-637-сон 23.09.2020

48-modda. Ta’lim oluvchilarning majburiyatlari
Ta’lim oluvchilar:
o‘quv dasturlari asosida bilim, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi, mashg‘ulotlarga
qatnashishi, ularga mustaqil tayyorgarlik ko‘rishi, pedagog xodimlarning topshiriqlarini bajarishi;
ta’lim-tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilariga nisbatan jismoniy va (yoki) ruhiy
zo‘ravonlik ishlatmasligi va ularning o‘z majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilmasligi;
ustav (ta’sis hujjati) talablariga, ichki tartib-qoidalariga, vaqtincha yashash joylari qoidalariga
va ta’lim faoliyatini tashkil etish hamda amalga oshirishga oid boshqa ichki hujjatlar talablariga
rioya etishi;
axloqiy, ma’naviy va jismoniy kamol topishga hamda o‘z dunyoqarashini kengaytirishga
intilishi;
ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini hurmat
qilishi;
ta’lim tashkilotining mol-mulkini, moddiy va madaniy boyliklarini asrashi shart.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ta’lim oluvchilarning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi
mumkin.
(48-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
49-modda. Ta’lim oluvchilarning kiyim-boshiga nisbatan qo‘yiladigan talablar
Ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilarning kiyim-boshiga doir talablar O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Maktabdan tashqari ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash turlari
bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari ta’lim oluvchilarning
kiyim-boshiga doir talablarni mustaqil belgilashga haqli.
(49-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli 
Qonuniga
 asosan ikkinchi qism bilan
to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Ta’lim oluvchilarning ayrim toifalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari
hisobidan kiyim-bosh bilan ta’minlanadi.

Yüklə 287,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin