1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Pedagog xodimlarning majburiyatlari



Yüklə 287,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/37
tarix11.02.2023
ölçüsü287,68 Kb.
#83856
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37
O‘RQ-637-сон 23.09.2020

46-modda. Pedagog xodimlarning majburiyatlari
Pedagog xodimlar:
ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini hurmat
qilishi;
o‘quv mashg‘ulotlarini sifatli o‘tkazishi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, o‘qitish va tarbiyaning ilg‘or hamda innovatsion
shakllari va usullaridan foydalanishi;
ta’lim oluvchilarning psixologik va o‘ziga xos xususiyatlarini, jismoniy va ruhiy salomatligini,
fiziologik rivojlanishini hisobga olishi, jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan
shaxslarni o‘qitish uchun shart-sharoitlar yaratilishiga e’tibor qaratishi;
voyaga yetmagan ta’lim oluvchilar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini ularning ota-onasi yoki boshqa
qonuniy vakillari bilan hamkorlikda olib borishi;
ta’lim tashkilotining ustaviga va (yoki) boshqa ta’sis hujjatlariga, ichki mehnat tartibi
qoidalariga rioya etishi;
o‘z malakasini muntazam ravishda oshirib borishi, egallab turgan lavozimiga muvofiqlik
jihatidan davriy attestatsiyadan o‘tishi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-fevraldagi 25-sonli “Pedagog kadrlarni qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 
qarori
.
tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi shart.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Pedagog xodimlarning zimmasida qonunchilikka, shuningdek ta’lim oluvchi va ta’lim
tashkiloti o‘rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(46-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Pedagog xodimlarga pedagogik faoliyatni amalga oshirishda axloq va etika normalariga zid
harakatlar sodir etish taqiqlanadi.
Pedagog xodimlarning kiyim-boshiga doir talablar ta’lim tashkilotlari tomonidan belgilanadi.

Yüklə 287,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin