1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarga narsalar, tovushlar harakatlarini sanashga, ularning ketma-ketligini to`g`ri aniqlashga, >,<,= belgilari haqida tushuncha berish. 2) O`quvchilarni tabiatga ongli munosabatda bo`lishga chaqirish 3) O‘quvchilarga turmushda narsa-buyumlardan to`g`ri foydalanishda hayotiy ko`nikmalarini shakllantirish. Dars turi: Yangi bilim beruvchi. Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish. Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar. Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi. 1 va 2 soni bilan bog`liq rasmlar ko`rsatiladi va mavzular mustahkamlanadi. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. Yangi mavzu ekran orqali yoki rasmlar yordamida tanishtiriladi. Ko`p, kam, teng tushunchalari haqida dastlabki bilimlarni tanishtiradi. O`qituchi bir qo`liga 1 ta ikkinchi qo`liga 2 ta qalamni oladi va o`quvhilarga ko`rsatadi. Qaysi biri ko`p? Savolini beradilar. O`quvchilar 2-qo`lidagi 2 ta qalam ko`pligini aytadi. So`ng aksini so`raydi Qaysi biri kam? O`quvchilar birinchi `oqlidagi qalam kamligini aytishadi. So`ng o`qituvchi vir qo`liga 2 ta kitobni, ikkinchi `qoliga 2 ta daftarni olib o`quvchilarga ko`rsatadi, Qaysi biri ko`p yoki kam? O`quvchilar ikkalasi ham tengligini aytishadi. Shundah son`g o`qituvchi doskada katta, kichik, teng ishoralarini yozib ko`rsatadi. O`quvchilar diqqati darslikdagi 15-sahifadagi rasmlarga qaratiladi. O`quvchilr rasmdagi bollarning futbol o`ynayotganligini aytishadi. Shui o`rinda o`quvchilarga sport- sog`lik garovi ekanligi, darsdan so`ng sport to`garaklariga qatnashish kerakligi aytib o`tiladi. 2 sonining hosil bo`lishi ko`rsatib beriladi. 2-misolda qaldirg`ochlar rasmini va qaldirg`ochlar haqida ma`lumotlar, ularning ranglari aytib o`tiladi. Rasmlar solishtiriladi, ko`p, kamligi aytub o`tiladi. IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 15-sahifasida berilgan 3-misollar ishlanadi. Lola va kungaboqar guli nechtadan berilgani so`raladi. Ularning ranglari va qayerlarda o`sishi so`raladi. Song misol yozdiriladi.2=2 4-misolda ham mushuklarning uy hayvoni ekanligi, ularga g`amho`rlik qilish kerakligi uqtiriladi.1 ta ona mushuk ko`pmi, ikkita mushukcha ko`pmi savoliga o`quvchilar javob berishadi . O`qituvchi tomonidan kichik (<) belgisi yozib ko`rsatiladi. 1 < 2 5-misolda ham itlar insonlarga vafodor jonzot ekanligi, ularga g`amho`rlik qilish kerakligi uqtiriladi va o`qituvchi tomonidan (>) belgisi yozib ko`rsatiladi. 2>1 6-misolda esa o`quvchilar mustaqil ravishda bo`sh kataklarga qalam bilan katta (>) va kichik (<) belgisini qo`yadilar. So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 14-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |