1-mavzu. Kirish. Matnshunoslik fanining predmeti va vazifalari Reja



Yüklə 220,31 Kb.
səhifə28/50
tarix02.01.2022
ölçüsü220,31 Kb.
#47628
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   50
1-mavzu. Kirish. Matnshunoslik fanining predmeti va vazifalari R

6. Qo‘lyozma tavsifini amalga oshirish usuli. Matn ustida ishlash qo‘lyozmaning tashqi belgilarini o‘rganishdan boshlanadi. SHarq kitobat san’ati o‘zining qat’iy prinsiplariga asoslanadi. Masalan, har bir asarning «bismillo»dan boshlanishi (basmala), so‘ng Ollohning madhi (hamd, tamhid) va Muhammad (s.a.v.) ta’rifi (na’t), shundan keyin asarning yozilish sababi (sababi ta’lifi kitob) qaydi kitobat qilinishda tashlab ketilishi mumkin bo‘lmagan asosiy prinsiplardandir. Qo‘lyozmaning tavsifiy belgilari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Matn – kitobning asosiy qismi bo‘lib, unga ayrim hoshiya yozuvlari, jadval, poygirlar kirmaydi. Ichki unvon – tuzilishi murakkab kitoblarda ular ba’zan boshqa (masalan, qizil) siyoh bilan, ba’zan qalin harflar (jumladan, nasriy asarlarda), ba’zan hozirgidek sahifa o‘rtasida beriladi. Jadval – sahifada asosiy matnni joylashtirish prinsipi (matn ramkasi). Matnlar turli shakllarda – sidirg‘a, ikki ustun, to‘rt ustun, zina, romb, doira, qiya holda joylashtirilishi mumkin. Bu muayyan darajada bezak vazifasini o‘tab, she’riy matnlarda, ayniqsa, ko‘p qo‘llanilgan. Hoshiya – sahifa chetlari. Jadval (matn ramkasi)dan tashqarida izoh berish, parallel ravishda boshqa bir asar matnini joylashtirish, matn bo‘lagidagi fikrni tasdiqlash yoki to‘ldirish uchun ilovalar keltirishga xizmat qiladi. Poygir – o‘zidan keyingi sahifaning shu so‘z bilan boshlanishini bildirib keluvchi so‘z bo‘lib, o‘ng sahifaning eng ostiga, chap tomonga joylashtiriladi (poygir sahifalar ketma-ketligini belgilash uchun bet raqamlari o‘rniga ishlatiladi). Kolofon – kotibning qo‘lyozma so‘ngida keltiradigan ma’lumotnomasi. Unda kotib nomi, qo‘lyozmaning ko‘chirilish sanasi va kotib mulohazalari beriladi. Qo‘lyozma formati, unda ishlatilgan xat turi, qog‘oz turi, turli bezaklar ham qo‘lyozmaning tavsifini keltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

7. Kon’ektura yo‘li bilan matnni tiklash usuli. Kon’ektura deganda matn kontekstidan kelib chiqib matndagi xato yozilgan o‘rinlar yoki o‘qib bo‘lmas darajada o‘chib ketgan so‘z va jumlalarni tiklash tushuniladi. Kon’ektura faqat beixtiyor ravishda yoki e’tiborsizlik tufayli yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatishga nisbatan qo‘llanadi.

8. Qo‘shimchalar va tushirib qoldirishlarni aniqlash usuli. Manbalar qiyosiy o‘rganilganda, ko‘pincha, bir nusxadagi muayyan matn bo‘lagi ikkinchi nusxada tushib qolgan bo‘ladi. U chindan tushib qolganmi yoki aksincha birinchi manbadagisi qo‘shilib qolganmi, bu har ikkala manbani jiddiy tekshirishdan o‘tkazishni talab qiladi. Ushbu tadqiq usuli har ikkala manbaning o‘z “qiyofadosh”larini to‘plashdan boshlanadi. Ikki guruh manbalarini o‘rganish asosida eng qadimiysi aniqlanadi, so‘ng o‘zgarishga uchragan manba davrigacha ko‘chirilgan manbalardagi holat o‘rganiladi. O‘zgarishga uchragan nisbatan qadimiyroq manba uchragan taqdirda, uning tavsifiy, davriy va hududiy belgilarini o‘rganish orqali o‘zgarish bo‘yicha xulosa chiqariladi.

9. Gloss va interpolyasiyalar tahlili. Qo‘lyozma nusxalarning hoshiyalarida uchraydigan izohlar, to‘ldirishlar, konkretlashtiruvchi mulohazalar, boshqa manbalarga havolalar, Qur’oni karim oyatlari yoki hadislardan shu munosabat bilan keltirilgan misollar matnshunoslikda gloss deb ataladi. Ular asosiy matndan alohida bo‘lib, umumiy mazmunni to‘ldirishga xizmat qiladi. Zamonaviy matnshunoslikda izohlar nomi ostida keltiriladigan barcha ma’lumotlar glossga taalluqlidir. Qadimiy manbalarda ularni sahifadagi asosiy matn hoshiyasida yozish rasm bo‘lgan. Ammo qo‘lyozmadan nusxa ko‘chirish jarayonlarida ayrim xattotlar hoshiyadagi bitiklarni asosiy matnga qo‘shib yuborgan holatlar ham uchraydi. Bunday o‘zboshimcha tahrir interpolyasiya deyiladi. Interpolyasiyani asosiy matndan ajrata olish matnshunos oldida turgan murakkab vazifalardandir. Matnshunos asosiy matnning o‘ziga xos uslubi va strukturasini jiddiy o‘rganish orqali interpolyasiyani aniqlashi mumkin. SHuningdek, qo‘lyozma matnining ilgari o‘chib ketishi, yirtilishi natijasida ma’no mavhumligiga sabab bo‘lgan o‘rinlarini va ayni shu nusxadan ko‘chirilgan keyingi nusxalardagi matn bo‘laklarini qiyoslash orqali interpolyasiyani ajratib olish mumkin.


Yüklə 220,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin