1-mavzu: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik strukturasi. Reja


-mavzu:GRAMMATIKA. GRAMMATIKANING O‘RGANISH OB`YEKTLARI.MORFOLOGIYA



Yüklə 171,75 Kb.
səhifə11/92
tarix24.09.2023
ölçüsü171,75 Kb.
#147771
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   92
она тилидан қулланма

3-mavzu:GRAMMATIKA. GRAMMATIKANING O‘RGANISH OB`YEKTLARI.MORFOLOGIYA.

Mavzu rejasi:

1.Suzninggrammatikma’nosivagrammatikshakli.

2.Suzlarningsintetik,
analitik, juftvatakroriy, aralashxamdanolkursatkichlishakllari.
3.Grammatikkategoriyaxakidaumumiyma’lumot.

4.Grammatikkategoriya,


grammatikma’novaularniifodakiluvchivositalartizimiekanligi.
5.Morfologiyavasintaksisgrammatikaningkismlariekanligi.

Mavzuga oid tayanch atama va iboralar:
1.Grammatika, so‘zning grammatik formasi, morfologiya, so‘zning sintaktik formasi,sintaksis, so‘zning analitik formasi, grammatik ma'no, so‘zning aralash formasi, grammatik forma, so‘zning nolga teng formasi, grammatik kotegoriya, so‘zning juft va takroriy formalari, so‘z turkumlari, kotegoriya va nakotegorial formalar, mustaqil so‘zlar, nomlovchi so‘zlar, yordamchi so‘zlar, ko‘rsatuvchi so‘zlar, alohida so‘zlar, ifodalovchi so‘zlar.


1-reja bayoni
Grammatika ( grekcha: gramma - harf o‘qish va yozish san'ati) tilshunoslik fanining eng muhim bo‘g‘ini bo‘lib, u alohida olingan har bir tilda mavjud bo‘lgan o‘ziga xos grammatik qurilishni tekshiradigan sohadir. Tilning grammatik qurilishi ancha barkaror qonun- qoidalar va shakllar tizimidan iborat ekanligi bilan tilning boshqa sathlaridan, jumladan uning leksikasidan, fonetik-fonologik qurilishidan farq qiladi. Grammatika -ikki qismdan: morfologiya va sintaksisdan tarkib topgan.
Shu tufayli ham u so‘z turkumlarini ularning muayyan ma'nolari va grammatik me'zonlari muayyan ma'nolari va grammatik tuzilishi jihatidan tekshiradi, so‘z birikmalari hamda gaplarning bir-biriga bog‘lanishini mazmun munosabatiga ko‘ra (grammatik tuzilishini asos qilib olib) tekshiradi.
Ma'lumki, tildagi so‘zlar alohida olinganda fikr ifodalamaydi: faqat atash xususiyatiga yoki grammatik ma'noga (yordamchi so‘zlar) ega bo‘ladi. Ular grammatik qonun-qoidalar asosida qo‘shimchalar, yordamchi so‘zlar, so‘z tartibi va boshqa yordamchi vositalar ko‘magida ma'lum sintaktik qonuniyatlar doirasida birikib - bog‘lanib kelgandagina fikr shakllanadi. Masalan, Men maktabga boraman gapida uchta so‘z bo‘lib, bu gap olmosh, ot va fe'ldan tarkib topgan. Bu so‘zlarga jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasiga, tuslovchi bo-raman qo‘shilib kelib, ularni bog‘lagandagina gap shaklini oladi va fikr ifodalash xususiyatiga ega bo‘ladi. Demak, so‘zlarning birikib gap bo‘lishida grammatik qonun - qoidalarning vazifasi muhim ahamiyat kasb etadi.
Morfologiya grammatikaning bir qismi bo‘lib, (grekcha morphe - "shakl", logos- "ta'limot") u so‘zlarning grammatik turkumlari, morfologik kategoriyalarini, so‘zlarning tuzilishi va tarkibini, so‘zning formalar sistemasini va u formalarning hosil bo‘lish yo‘llari hamda hosil qiluvchi vositalarini urganadi. Demak, morfologiya so‘zni grammatik birlik sifatida tekshiradi. Grammatik birlik sifatida so‘z grammatik ma'no va grammatik formaga ega bo‘ladi.

Yüklə 171,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin