32. Qachon Amir Temur tavallud topgan Shahrisabz shahri YUNESKOning madaniy qadriyatlar ro‘yxatiga kiritildi?
A) 1995-yil oktabr B) 1995-yil sentabr
C) 1996-yil noyabr D) 1996-yil oktabr
33. …da jahon madaniyatining durdonalaridan hisoblangan Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yillik muborak sanalari Parijda keng nishonlandi, xalqaro anjuman va ko‘rgazmalar o‘tkazildi.
A) 1998-yil B) 1996-yil
C) 1997-yil D) 1995-yil
34. … xalqimizning Shashmaqom, Katta Ashula, Navro‘z kabi ko‘pgina ming yillik qadriyatlarini saqlab qolish va targ‘ib etishda keng ko‘lamli ish olib bormoqda.
A) Xalqaro bolalar jamg‘armasi (YUNISEF)
B) YUNESCO
C) BMTning Yevropa bo‘yicha iqtisodiy komissiyasi
D) Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti
35. 2017-yil O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevning xalqaro hamkorligi doirasida … ta (1) oliy darajadagi tashrif, … ta (2) davlat va xalqaro tashkilotlar bilan uchrashuv, … dan (3) ortiq kelishuv va … mlrd. AQSh dollari (4) hajmidagi kelishuvlarga erishildi.
A) (1)-20, (2)-80, (3)-200, (4)-60
B) (1)-21, (2)-40, (3)-600, (4)-40
C) (1)-20, (2)-61, (3)-400, (4)-60
D) (1)-21, (2)-60, (3)-400, (4)-60
36. …da Prezident Islom Karimov Afg‘oniston bilan qo‘shni olti mamlakat ishtirokida BMT shafeligi ostida afg‘on muammosini muzokaralar yo‘li bilan yechishga qaratilgan «6+2» muloqot guruhini tuzish tashabbusi bilan chiqdi.
A) 1999-yil B) 1997-yil
C) 1998-yil D) 1996-yil
37. Prezident Islom Karimov … lar ishtirokida BMT shafeligi ostida afg‘on muammosini muzokaralar yo‘li bilan yechishga qaratilgan «6+2» muloqot guruhini tuzish tashabbusi bilan chiqdi.
1. Eron 2. Xitoy 3. Qozog’iston 4. Pokiston
5. Tojikiston 6. Qirg’iziston 7. Turkmaniston
8. O‘zbekiston 9. AQSH 10. Rossiya
A) 1, 2, 4, 5, 7, 8, 9, 10
B) 2, 3, 4, 5, 7, 8, 9, 10
C) 1, 2, 4, 5, 6, 8, 9, 10
D) 1, 2, 3, 4, 6, 7, 8, 9
38. … shaharlarida Afg‘onistonda davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlarning ishtirokchilari bilan maxsus muzokaralar olib borildi.
A) Moskva va Vashington
B) Toshkent va Sank-Peterburg
C) Nyu-York va Toshkent
D) Moskva va Nyu-York
Dostları ilə paylaş: |