1-Mavzu: “Statistika” faniga kirish



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə47/56
tarix07.01.2024
ölçüsü0,87 Mb.
#209092
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   56
маъруза статистика

Iqtisodiy hudud -shaxs, tovar va pul birliklari erkin xarakat kila oladigan geografik hudud, milliy fazo, hududiy suvlar va xalkalar suvlarda mavjud. Mamlakatning egalik qilish huquqi bo’lgan kontinental shelflardan iborat.
Iqtisodiy manfaatdorlik markazi- bir yil va undan ortikrok vakt mobaynida iqtisodiy hududda amalga oshiriladigan ishlab chikarish va xizmat kursatish bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalar.
Rezident - iqtisodiy manfaatdorlik markazi mamlakat iqtisodiy hududi bilan boglangan xo’jalik birliklariga (uy xo’jaligi, korxona, tashkilot) aytiladi. Iqtisodiy hududda bir yildan ortik istikomat kilgan kishi shu davlatning rezidenti deb hisoblanadi.
Ichki iqtisodiyot-rezident va norezidentlarning iqtisodiy hududdagi iqtisodiy faoliyati.
Milliy iqtisodiyot-rezidentlarni turar joylaridan qat’iy nazar ularning iqtisodiy faoliyati.
Institutsional birliklar – bu to’liq hisoblar to’plamini tuzib boradigan va xo’jalik yuritishda mustakillikka ega bo’lgan birliklardir.
Institutsional birliklar iqtisodiy maqsadi, funktsiyalari, moliyalashtirish manbaiga ko’ra 6 ta institutsional sektorlarga birlashtiriladi.
Nomoliya korporatsiyalar sektori (tovar ishlab chikarish va xizmat kursatish korporatsiyalar sektori). Nomoliya korporatsiyalar sektorining asosiy vazifasi nomoliyaviy xizmat kursatishdan iborat.
Moliya korporatsiyalar sektori –tijoratga asoslangan moliya operatsiyalari bilan shugullanuvchi institutsion birliklar (tijorat kredit maxsulotlari).
Davlat korxonalari sektoriga jamoa va individual iste’mol uchun bozorga muvofik bo’lmagan xizmat kursatish, milliy daromad va boyliklarni kayta taksimlashda ishtirok etadigan tashkilotlar kiradi
Uy xo’jaligiga xizmat kursatuvchi notijorat (ijtimoiy) muassasalar sektoriga aholining individual va jamoa talablarini kondirishda band bo’lgan korxonalar kiradi.
Uy xo’jaligi sektori- ishlab chikaruvchi yoki iste’molchi bo’lgan yagona va gruppa shaxslarni, mustakil yuridik statusga ega bo’lmagan, lekin ishlab chikarish bilan shug’ullanuvchi xo’jaliklar faoliyatini ifodalaydi.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin