145
ob’ektlari, sug‘urta ob’ektlarining joylashuvi va sug‘urta tavakkalchiliklari
ro‘yxatiga bog‘liq holda qo‘shimcha hisob guruhlarini kiritishi mumkin.
Har bir qayta sug‘urtaga qabul qilingan shartnoma (shartnomalar) bo‘yicha
qayta sug‘urta qilish shartnomasining amal qilish doirasiga tushuvchi zararning
sodir bo‘lishi borasidagi sug‘urtalovchi tomonidan amalga oshiriladigan har bir
sug‘urta to‘lovidagi oldindan o‘rnatilgan ulushni qoplash bo‘yicha qayta
sug‘urtalovchining majburiyati paydo bo‘luvchi shartlarga ega bo‘lgan
proporsional qayta sug‘urta qilish shartnomalari tegishli sug‘urta shartnomalariga
oid hisob guruhlariga kiritiladi.
Sug‘urtalovchi tomonidan belgilangan guruhlanish bo‘yicha bir nechta hisob
guruhlariga taalluqli bo‘lgan shartnoma tuzilgan taqdirda, sug‘urta zaxiralarini
hisoblash maqsadida ko‘rsatilgan shartnomaning muayyan hisob guruhiga to‘g‘ri
keluvchi har bir qismi tegishli hisob guruhiga taalluqli alohida shartli shartnoma
sifatida hisobga olinadi.
SHartnomaning kuchga kirish sanasi (sug‘urtaning amal qilishining
boshlanish sanasi) shartnoma bo‘yicha sug‘urta mukofotini (badallarini) hisoblash
sanasidan kechroq bo‘lsa va sug‘urta zaxiralarining hisob-kitobi shartnomaning
kuchga kirish sanasiga (sug‘urtaning amal qilishining boshlanish sanasiga) qadar
amalga oshirilgan taqdirda, ishlab topilmagan mukofot zaxirasini hisoblash
maqsadida ishlab topilmagan mukofot zaxirasi shartnoma bo‘yicha hisoblangan
sug‘urta mukofoti (badallari) (sug‘urta brutto-mukofoti) miqdoriga teng deb qabul
qilinadi.
Birinchi hisob guruhi bo‘yicha ishlab topilmagan mukofot har bir sug‘urta
shartnomasi bo‘yicha alohida «pro rata temporis» usuli — ishlab topilmagan
mukofotni hisobot sanasiga sug‘urta shartnomasining tugamagan amal qilish
muddatiga proporsional holda hisoblash orqali hisoblanadi. Har bir sug‘urta
shartnomasi bo‘yicha ishlab topilmagan mukofot hisob-kitob uchun qabul qilingan
bazaviy sug‘urta mukofotining hisobot sanasiga sug‘urta shartnomasining
tugamagan amal qilish muddatining (kunlarda) sug‘urta shartnomasining butun
amal qilish muddati (kunlarda) nisbatiga ko‘paytmasi sifatida quyidagi formula
orqali aniqlanadi:
bu erda:
Dostları ilə paylaş: