1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari reja


 Sug‘urta zahiralarining turlari va ularini shakllantirishning o‘ziga xos



Yüklə 5,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/222
tarix06.07.2023
ölçüsü5,26 Mb.
#135909
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   222
Суғурта иши (3)

2. Sug‘urta zahiralarining turlari va ularini shakllantirishning o‘ziga xos 
xususiyatlari 
Kompaniya balansda majburiyat sifatida hisobga olinadigan quyidagi texnik 
zaxiralarni shakllantiradi: 
Ishlab topilmagan mukofot zaxirasi (IMZ)
- bu sug‘urta (qayta sug‘urta 
qilish) shartnomasi bo‘yicha hisoblangan, keyingi hisobot davrlarida amalga 
oshirilishi mumkin bo‘lgan, kelgusi to‘lovlarni ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarni 
bajarish uchun mo‘ljallangan hisobot davrining chegaralaridan chiquvchi 
shartnomaning amal qilish davriga tegishli sug‘urta mukofotining qismi. 
Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi (XZZ)
sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish, jumladan hisobot davrida yoki unga qadar 
bo‘lgan davrlarda sodir bo‘lganligi haqida qonun yoki shartnomada belgilangan 
tartibda sug‘urtalovchiga xabar qilingan sug‘urta hodisalari munosabati bilan 
yuzaga kelgan sug‘urta qildiruvchining mulkiy manfaatlariga etkazilgan zararni 
(ziyonni) miqdorini baholash va kamaytirish bilan bog‘liq ekspert, maslahat yoki 
boshqa xizmatlarga haq to‘lash uchun sug‘urtalovchiga zarur bo‘lgan pul 
mablag‘lari summasini to‘lash bo‘yicha sug‘urtalovchining hisobot sanasiga 
bajarilmagan yoki to‘liq bajarilmagan majburiyatlarining baholanishi hisoblanadi. 
XZZ har bir bartaraf etilmagan da’vo bo‘yicha aniqlanadi. Agarda zarar 
to‘g‘risida xabar qilingan bo‘lib, uning miqdori aniqlanmagan bo‘lsa, hisob-kitob 
uchun sug‘urta pulidan katta bo‘lmagan eng yuqori ehtimoli kutilgan zarar miqdori 
olinadi. 
Sodir bo‘lgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi (SXZZ)
sug‘urta 
to‘lovlarini amalga oshirish, jumladan hisobot davrida yoki unga qadar bo‘lgan 
davrlarda sodir bo‘lganligi haqida qonun yoki shartnomada belgilangan tartibda 
sug‘urtalovchiga hisobot davrida yoki unga qadar bo‘lgan davrlarda xabar 
qilinmagan sug‘urta hodisalari munosabati bilan yuzaga kelgan, o‘z ichiga 
zararlarni bartaraf etish bo‘yicha xarajatlarni olgan, sug‘urtalovchining hisobot 
sanasiga majburiyatlarining baholanishi hisoblanadi. 
Sodir bo‘lgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi har bir sug‘urta turi 
bo‘yicha alohida, sug‘urtalovchining ushbu sug‘urta turi bo‘yicha sug‘urta 
to‘lovlarini amalga oshirish yuzasidan yig‘ilgan statistikani inobatga olgan holda, 
hisoblanadi. 
Umumiy holda, SXZZ har bir sug‘urta turi bo‘yicha hisoblangan SXZZlarni 
qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi. Biroq ushbu summa umumiy sug‘urtada (qayta 
sug‘urta qilishda) har qanday holda hisobot davriga qadar o‘n ikki oy mobaynida 
umumiy sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomalari bo‘yicha bazaviy sug‘urta 
mukofoti summasining 10 foizidan kam bo‘lmasligi lozim. 
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta 
qilish bo‘yicha 

Yüklə 5,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin