1-modul. Alisher navoiy hayoti va ijodi 1-mavzular. Alisher Navoiy ijodining o‘rganilishi. Alisher Navoiyning hayoti va ijodiy faoliyati


Bahri urfon duri Sayyid Hasan ulkim aflok



Yüklə 376,94 Kb.
səhifə22/46
tarix22.09.2023
ölçüsü376,94 Kb.
#147221
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46
1-modul. Alisher navoiy hayoti va ijodi 1-mavzular. Alisher Navo-fayllar.org

Bahri urfon duri Sayyid Hasan ulkim aflok,
Yetti durji aro bir ko'rmadi andoq duri pok.
Tarkibband ramal bahrining ramali musammam maxbuni mahzuf vaznida (ruknlari va taqti'i: foilotun failotun failotun failun -V- -/VV- -/VV - -/VV-) yozilgan.
"Xazoyin ul-maoniy"dan o'rin olgan bitta masnaviy ham Sayyid Hasan Ardasher nomi bilan bog'liq. Ma'lumki, masnaviy arabcha "ikkilik" ma'nosini bildirib, har bandi ikki misradan tarkib topuvchi va a-a, b-b, d-d... tarzida qofiyalanuv-chi she'r turidir. Navoiy o'zining "Sab'ai sayyor" dostonida bu janrni alohida tavsiflab, uni "vase"' - keng maydon deb ataydi:
Masnaviykim, burun dedim oni,
So'zda keldi vase' maydoni.
Mumtoz adabiyotimiz tarixida yaratilgan masnaviylarni shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin:
1) lirik masnaviy (shoirning lirik kechinmalari, his-tuyg'ulari ifoda etiladigan she'r shakli);
2) epik masnaviy yoki doston (syujet asosiga quriladigan katta hajmli asar).
"Xazoyin ul-maoniy" kulliyotidan o'rin olgan masnaviy lirik masnaviy bo'lib, "G'aroyib us-sig'ar" devoniga kiritil-gan. Masnaviy she'riy maktub tarzida yozilgan va hajman 148 baytdan iborat. NavoiyShunoslikda ushbu masnaviy tarjimai hoi xususiyatiga egaligidan "Hasbi hoi", noma janriga mansubligidan "Navoiyning Sayyid Hasanga she'riy maktubi" deb ham yuritiladi. Masnaviyda Alloh hamdi va Payg'ambar na'tidan so'ng Sayyid Hasan Ardasher shaxsiga ta'rif-u tahsinlar aytiladi, uning fazl-u kamoloti, vafodorligi va saxovati madh etiladi:
Vafo anga pesha, saxo anga fan,
Vafovu saxo koni Sayyid Hasan.
Keyingi baytlarda shoir maktub yozishdan asosiy maq-sadini bayon qilib, uning boshiga musofirlik - Vatan tarki tushganligini ma'lum qiladi va ushbu safarning sabablari sifatida Xurosonda ijod qilish uchun imkoniyatning yo'qli gini, yurtdagi notinchlik va ilm egallashga bo'lgan ehtiyojni sanab o'tadi.
Unda Shuningdek, so'z ta'rifi, she'r va shoirlik, badiiy ijod bilan bog'liq masalalar ham qalamga olingan. Masnaviy mutaqorib bahrining mutaqoribi musammani mahzuf (afoyili va taqti'i: fauvlun fauvlun fauvlun faal, V - - \V - -\V - - V - ) vaznida yozilgan.
"Xazoyin ul-maoniy" kulliyotidagi navbatdagi janr qasidadir. Qasida arabcha "maqsad", "niyat" ma'nolarini bildirib, biror tarixiy shaxs yoki voqeaga bag'ishlab yoziladigan katta hajmli she'r turi hisoblanadi. Qasidalar hajman 12 baytdan bir necha yuz baytgacha bo'lishi mumkin.
Qasida g'azal singari a-a, b-a, da, e-a ... tarzida qofiyalanadi. Ayrim hollarda masnaviy singari qofiyalanishi ham mumkin. Qasida tuzilishiga ko'ra 2 xil bo'ladi:
1. Qasidai tom (to'liq qasida).- bunda qasida to'rt qismdan tarkib topadi:
a) nasib - lirik kirish (tabiat tasviri);
b) gurizgoh - nasib bilan madhni bog'lovchi, 4-5 baytdan tashkil topuvchi qism;
s) madh - asosiy qism;
d) qasd - mamduh (madh etilayotgan shaxs)ga niyat va istaklar bildirilagan qism.
2.Qasidai mujarrada (chala qasida) - bunda faqat madh keltiriladi.
Qasidalar mavzusiga ko'ra vasf, madh, hajv, marsiya, munojot va falsafiy qasidalarga bo'linadi. Turkiy adabiyotdagi ilk qasida "Devonu lug'otit turk"da "qo'nug"' shaklida uchraydi.
Alisher Navoiyning mazkur kulliyotga kirgan qasidasi "Hiloliya" bo'lib, uchinchi devon "Badoyi' ul-vasat" dan o'rin olgan. Qasida tuzilishiga ko'ra to'liq, mavzusiga ko'ra esa madh qasida hisoblanadi. Hajman 91 baytdan iborat. Qasida 1469-yilning 14-aprelida ramazon hayiti kuni yozib tugallangan va Husayn Boyqaroning taxtga chiqishi munosabati bilan o'tkazilgan marosimda shohga taqdim etilgan. Qasidaning "Hiloliya" deb atalishiga sabab, shoir Husayn Boyqaroning taxtga o'tirishini yangi chiqqan oy - hilolga qiyos qiladi.
Qasidaning kattagina, ya'ni uchdan ikki qismi kirish – nasib va gurizgohdan tashkil topgan. "Hiloliya" quyidagi bayt bilan boshlanadi:

Yüklə 376,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin