Microsoft Word durratun nosihiyn ziyouz com doc



Yüklə 490,58 Kb.
səhifə1/85
tarix31.12.2021
ölçüsü490,58 Kb.
#49502
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
Usmon ibn Hasan Xubariy. Durratun nosihiyn (2)



Durratun nosihiyn (Nasihatgo’ylar duri). Usmon ibn Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy





Usmon ibn Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy



DURRATUN NOSIHIYN

(Nasihatgo‘ylar duri)
Tarjimon Abdurahim Mirzo
«Movarounnahr»

Toshkent-2004

«Nasihatgo‘ylar duri» insonning axloqiy, e’tiqodiy, ma’rifiy jihatdan shakllanishiga xizmat qiluvchi asardir. Unda turli mavzular alohida-alohida majlislarda xalqchil tilda bayon etilgan.



Risola keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

© «Mutarjim»




MUQADDIMA
Dinida mustahkam bo‘lgan olimlar ilmidan irfoniy fahm ato etib, insonlar orasidan ajratib

«nasihatgo‘y» bandalardan qilgan buyuk Parvardigorga hamdu sanolar bo‘lsin.

O‘zining dini Islomi ila barcha botil dinlarni bekor etgan Muhammadga va u kishining shariatini mustahkam tutgan ashobu oilalariga salovot va salomlar yog‘ilsin.

Ammo ba’d: Qodir Rabbining rahmatu fazliga muhtoj faqir va mushfiq banda Usmon ibn Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy (Alloh u zotni lutfu karami ila mukarram etsin) aytadilar: «Men Qistontiniya (Istambul) ismlik katta bir shaharda hayot kechirdim. Alloh uni va barcha islomiy shaharlarni ofatu balolardan saqlasin. Insonlar orasida zulmatdagi chiroqlar kabi bo‘lmish ulug‘ mashoyixlar, tolibi ilmlar va anbiyolar merosi ilm xazinalarini mustahkam tutgan fozil ulamolarning tillaridan sermazmun, ko‘ngilga yoqib tushadigan mav’izalarni eshitdim. Lekin mav’zalar Qur’oni karimning oliy darajadagi uslubida tartiblanmagan edi. Shu chog‘da ulardagi xatolarni Allohning inoyati ila tuzatishni va tartibga solishni qalbimga tugib qo‘ygan edim.

Zero, men ba’zi talabalarning shariat kitoblarida mavjud bo‘lmagan har xil xato narsalarni aytib, mav’iza va nasihatlarida gunoh ishlar sodir qilayotganlariga bir necha bor shohid bo‘lganman. Ular ushbu xatolar bilan insonlar qalbiga vasvasaga soluvchi shaytonni xursand qilmoqdalar xolos. (Allohning o‘zi bunday ishlarni qilishdan panoh bersin.)

So‘ngra kutilmaganda taqdiri ilohiy ila qattiq kasalga chalindim. Kasalim shu darajaga yetdiki, hatto bir og‘iz gapirishga ham kuchim yetmay, bir necha kun to‘shakda yotib qoldim. Shunda men kasalim asnosida Allohga nazr etdimki, agar Alloh menga shifo bersa va bu kasallikdan xalos qilsa, albatta, muxlislarga ular sevadigan bir risolani hadya etaman.

Alloh kasallikdan meni forig‘ qilgach, yana mav’izadagi zotlar sodir etgan xato va noqisliklarga duch keldim, shundan so‘ng Allohning inoyati va marhamati bilan kitobni yozishga kirishdim. Undagi barcha masalalar yoqut-marjon bo‘lib bitildi. Kitobda har bir mavzuni alohida qildim, tegishli oyati karimalarni, hadisi shariflarni va ko‘ngil ko‘tarar qissalarni saralab bayon etdim.

Bu muborak kitob onasining qornidan foniy dunyoga chiqqach (yozilib bo‘lgach), u bir ulug‘ ismga muhtoj bo‘ldi. Shunda men «Durratun nosihiyn» (Nasihatgo‘ylar duri) deb nom qo‘ydim.

Katta olim va fozillardan qolaversa, oddiy ziyrak kishilardan ushbu kitobni ta’lif etish jarayonida xato va qusurlarim sabab yuzaga kelgan kamchiliklarni to‘g‘irlab qo‘yishlarini iltimos qilaman.


Bandalarini afv etish va gunohlariga kafforatlar belgilash mehribon va kechirimli Zot tarafidandir.

Gunohlar va amaldagi qosirlik bandaga xosdir.

Alloh xohlagan bandasini to‘g‘ri yo‘l sari chorlar. U menga kifoya qiluvchi va eng yaxshi vakildir.

Har doim U zotga hamdu sanolar bo‘lsin».

Birinchi majlis RAMAZON OYINING FAZILATI


Alloh taolo aytadi:
(µçϑôÝęuŠù=sù t κö¶¤9$# ãΝä3ΨÏΒ ‰yκÍy− ⎯yϑùs4Èβ$%sö à9ø#$uρ 3“y‰γßø9$# z⎯iÏΒ ;M≈ΨoÉi±t/uρ ¨Ä$Ψ¨= ”W‰èδ βã#™u ö)à9ø#$µÏŠÏù ΑtjÌΡ&éü“Ï¿©!$# tβ$ÒŸΒtu‘ ãκö−y


οn‰£èÏø9$# (#θè=ϑÏ6ò

çz9Ïuρ u¸ô£ãèø9#$Νã6à

Î/ ‰ßƒ ̃ãŸωρut ¡óŠã9ø#$Νãà6/Î!ª#$߉ƒÌ ム3 tiyé& Θ„$ƒ−&rô⎯ÏiΒ ×èÏsù „ x™y’4lntã ρ÷&r$³ÒƒÍ s∆ tβ$2Ÿ

⎯Βtρu




∩⊇∇∈∪ šχρ ã3ä±ô@nΝö6à

=¯èy9sρuΝö3ä1‰yδy$Βt†4 lnãt!©#$(#ρç¸9iÉ6x

zç9Ïuρ

"(U sanoqli kunlar) ramazon oyidirki, u oyda insonlar uchun hidoyat bo‘lib va hidoyat va Furqon (haq bilan botilni ajratuvchi)ning ochiq oyatlari bo‘lib Qur’on nozil qilingan" (Baqara surasi, 185-oyat).

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Mening ismim zikr qilinganida, salovot aytmagan kishi xor bo‘lsin. Ota-onasining ikkovining ham yoki birortasining tirikligida xizmatini qilib, roziligini olmagan farzand xor bo‘lsin. Va shuningdek, ramazon oyi kelib, bu muborak oy oxirida mag‘firatdan bebahra qolgan kishi ham xor bo‘lsin". Chunki ramazon oyi mag‘firat va rahmat oyidir ("Zubdatul voiziyn").

Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilindi: "Kimki ramazon oyi kirib kelishidan xursand bo‘lsa, Alloh uning jasadini jahannamga harom qilib qo‘yadi".

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Ramazon oyining birinchi kechasi bo‘lsa, Alloh aytadi: "Kim bizni yaxshi ko‘rsa, Biz ham uni yaxshi ko‘ramiz. Kim Bizni talab qilsa, Biz ham uni talab qilamiz. Kim Bizdan mag‘firat so‘rasa, Biz uning gunohlarini ramazon hurmatidan kechiramiz".

Alloh taolo ramazon oyi kelganida amallarni yozib turuvchi farishtalarga: "Ularning faqat yaxshiliklarini bitinglar, gunohlarini yozmanglar", deb buyuradi. So‘ng insonlarning o‘tmish gunohlarini o‘chirib yuboradi".

Rivoyat qilishlaricha, Ibrohim (alayhissalom) sahifalari ramazon oyining birinchi kechasida nozil bo‘lgan. Tavrot Ibrohimning (alayhissalom) sahifalaridan yetti yuz yil keyin ramazonning oltinchi kechasida tushgan. Zabur Tavrotdan besh yuz yil keyin ramazonning o‘n ikkinchi kechasida nozil bo‘lgan. Injil esa, Zaburdan bir ming ikki yuz yil keyin ramazonning o‘n sakkizinchi kechasida ingan. Qur’oni karim Injildan olti yuz yigirma yil keyin ramazonning yigirma yettinchi kechasida nozil bo‘lgan.

Ibn Abbos (r.a.) bunday deganlar: "Men Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam): "Agar ummatlarim ramazondagi fazilatlarni bilganlarida edi, yilning hammasi ramazon bo‘lishini orzu qilardilar", deganlarini eshitdim". Chunki ramazondagi toatlar maqbul, duolar mustajob, gunohlar mag‘firat, jannat ro‘zadorlarga mushtoqdir.

Hafs al-Kabir Dovud at-Toiydan rivoyat qilganlarki: "Ramazon oyining birinchi kechasida uyqu g‘olib kelib, uxlab qoldim. Tushimda jannatda dur-yoqutlardan bo‘lgan bir anhor oldida o‘tirgan emishman. To‘satdan ko‘zim hurlarga tushib qoldi. Ular yuzlaridan nur taratar, go‘yo quyoshga o‘xshar edi. Shunda men: "La-a ilaha illalloh, Muhammadur rasululloh", dedim. Ular ham darhol "La-a ilaha illalloh, Muhammadur rasululloh", deb so‘zimni qaytarishdi va: "Bizlar ramazon oyida ro‘za tutadiganlar, hamd aytadiganlar, ruku’ va sajda qiladiganlar uchunmiz", deyishdi".

Shuning uchun ham payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) bunday deganlar: "Jannat to‘rt nafar kishiga mushtoqdir. Qur’on o‘quvchilarga, tilini yomon so‘zlardan tiyganlarga, ochlarni yedirib-ichirib, to‘ydirganlarga va ramazon oyida ro‘za tutganlarga" ("Ravnoqul majolis").

Xabarda kelishicha, ramazon oyining hiloli ko‘ringanda, Arsh, Kursi va ularni ko‘tarib turuvchi farishtalar: "Muhammadning ummatiga jannat bo‘lsin", deb hayqiradilar. Alloh huzurida tayyorlab qo‘yilgan karomatlarni ko‘rib, quyosh, oy, yulduzlar, havodagi qushlar, suvdagi baliqlar, shaytonlardan boshqa barcha jonzotlar Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) ummatlari uchun Allohdan mag‘firat so‘raydilar. O‘sha kechada biror kishi mag‘firatsiz tong ottirmaydi. Alloh taolo maloikalarga: "Ramazondagi hamma salovotu tasbihlaringizni Muhammad (alayhissalotu vassalom) ummatiga bag‘ishlanglar", deydi.

Umar ibn Xattob (r.a.) Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilganlar: "Sizlardan birontangiz ramazon oyida uyqusidan uyg‘onib, to‘shagida u yon-bu yoniga ag‘darilsa, bir farishta unga: "Tur, Alloh senga baraka bersin", deydi. Shunda banda namoz o‘qish niyatida o‘rnidan tursa, uning haqiga to‘shagi duo qilib: "Ey Parvardigor, bunga jannatning baland-baland to‘shaklaridan (ko‘shklaridan) ato qil", deydi. Kiyinganida kiyimi: "Ey Alloh, unga jannat kiyimlaridan ato et", deb duo qiladi. Kavushini kiysa, kavushi: "Ey Alloh, uning qadamini sirot ko‘prigida sobit qil", deb iltijo etadi. Tahorat olsa, suv: "Ey Alloh, uni gunoh va xatolardan pok qil", deydi. Namoz o‘qishga kirishsa, uyi: "Ey Alloh, uning qabrini keng va nurli qil", deb aytadi. So‘ng Alloh unga rahmat nazari bilan qaraydi. Duo qilayotganida Alloh aytadi: "Ey bandam! Sendan duo, Mendan ijobat! Sendan so‘rash, Mendan berish! Sendan istig‘for Mendan esa mag‘firat!"

Ibn Mas’ud (r.a.) Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilganlar: "Qiyomat kunida menga insonlarning eng yaqini menga salovot aytuvchilaridir". Zayd ibn Robe’ning rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): "Kim menga har juma kuni yuz marotaba salovot aytsa, Alloh uning gunohini dengiz ko‘pigidek ko‘p bo‘lsa ham, mag‘firat qiladi", deganlar.

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: "Kim ramazon oyida taroveh namozining savobiga ishonib, ixlos bilan ado etsa, uning oldingi gunohlari mag‘firat qilinadi".

Ibn Abbos (r.a.) Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilganlar: "Ramazon oyining birinchi kuni Arsh ostidan Musira degan shamol esadi, u jannat daraxtlarining barglarini harakatlantirib turadi. Undan bir sado eshitiladiki, unday tovushni hech kim eshitmagan! Hurlar unga qarab: "Ey Alloh, bizni shu oyda bandalaringga kelin qilib qo‘y", deyishadi. Shunda Alloh har bir ro‘zadorga chodirdagi hurlardan kelin qilib beradi. Chunonchi Alloh qadim kalomida bunday marhamat qilgan: "Ular chodirlarda asralgan hurlardir". Har bir hurning yetmish qavat kiyimi bor, rangi bir-birinikiga aslo o‘xshamaydi. Har birining qizil yoqut va durlar bilan o‘ralgan so‘risi bor, u so‘rida yetmish qavat to‘shagi bor va har xil taomli yetmish xil dasturxoni bor, bularning hammasi faqat ramazon oyida ro‘za tutganlar uchundir. Shunday ekan, har bir mo‘min bu oyni ehtirom qilishi, yomon ishlardan o‘zini tiyishi va toat-ibodat bilan mashg‘ul bo‘lishi zarurdir.

Alloh taolo Musoga (a.s.): "Ey Muso! Men ummati Muhammadga ikki nurni berdimki, ularga ikki zulmat zarar bermasin", dedi. Muso (a.s.): "Ey Rabbim, u ikki nur nima?" deb so‘radilar. Alloh: "Birinchisi ramazon, ikkinchisi Qur’on nuridir", dedi. Muso (sollallohu alayhi vasallam): "Ey Rabbim, ikki zulmat nima"? deb so‘radilar keyin. Alloh aytdi: "Birinchisi qabr zulmati, ikkinchisi Qiyomat kunidagi zulmat".

Anas ibn Molikdan qilingan rivoyatda bunday deyilgan: "Ramazon oyida ilm majlisiga hozir bo‘lgan kishining har bir bosib kelgan qadamiga Alloh bir yillik nafl ibodatini bitadi va u Arsh soyasida bo‘ladi. Ota-onasiga ramazonda yaxshilik qilgan farzandga Allohning rahmat nazari tushadi. Ramazonda erlarining roziligini istagan xotinlarga Maryam va Osiyoning savobi beriladi. Alloh Qiyomatda ramazon oyida birodarlarining bitta hojatini chiqarganning mingta hojatini chiqaradi".

Abu Hurayra (r.a.) quyidagilarni Hazrati Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) eshitdim deganlar: "Ramazon oyida masjidda chiroq yoqqan kishi uchun shu chiroq qabrda nur bo‘ladi. Maloikalar va Arshni ko‘tarib turganlar, toki chiroq shu masjidda yonib turarkan, u kishining haqiga tinimsiz istig‘for va salovotlar aytadilar" ("Zaxiratul obidiyn").
Hazrati Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilingandirki: "Ramazon oyining birinchi kechasida shaytonlaru jinlar zanjirband qilinadilar. Do‘zax eshiklari yopiladi va ana shundan keyin birortasi ochilmaydi. Jannat eshiklari ochiladi va birortasi qayta yopilmaydi. Ramazon kechasining har birida Alloh taolo uch marta: "So‘rovchilar bormi, so‘raganini beraman. Tavba qiluvchilar bormi, tavbalarini qabul etaman. Istig‘for aytuvchilar bormi, mag‘firat qilaman", deydi".

Shak kunida ro‘za tutish yetti xil bo‘ladi. Ulardan uch xili karohiyat ila joiz. Yana uchtasi karohiyatsiz joiz va bittasi aslo durust emas. Birinchi uchlik: birinchisi, shak kuni ramazon niyatida ro‘za tutish; ikkinchisi, u kundagi ro‘za bilan boshqa bir vojib ro‘zani niyat qilish; uchinchisi, ikkilanib ro‘za tutish, ya’ni, agar bugun ramazon oyining birinchi kuni bo‘lsa, bu ro‘zam ramazondandir, agar bugun sha’bon oyidan bo‘lsa, bu ro‘zam sha’-



bonniki bo‘lsin, deyishi. Ikkinchi uchlik, ya’ni, karohiyatsiz bo‘lish: Shak kunida nafl niyati bilan ro‘za tutish; sha’bon niyati bilan ro‘za tutish; Mutlaq ro‘za niyati bilan ro‘za tutish. Uchinchisi esa, aslo durust bo‘lmaydigan suratdir: shak kunida "agar bugun ramazon bo‘lsa, men ro‘zadorman. Agar ramazondan bo‘lmasa, unda men ro‘zador emasman", deyilganligidir. Bunday niyat mutlaqo durust emasdir ("Fatovoyi Qoziyxon").


Yüklə 490,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin