Microsoft Word durratun nosihiyn ziyouz com doc


Yetmish to‘rtinchi majlis IXLOS SURASINING FAZILATI



Yüklə 490,58 Kb.
səhifə85/85
tarix31.12.2021
ölçüsü490,58 Kb.
#49502
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85
Usmon ibn Hasan Xubariy. Durratun nosihiyn (2)

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Xotima

Yetmish to‘rtinchi majlis IXLOS SURASINING FAZILATI

Alloh taolo aytadi: «(Ey Muhammad), ayting: «U – Alloh Birdir (ya’ni, Uning hech qanday sherigi yo‘qdir. U yakka-yu yolg‘izdir). Alloh (barcha hojatlar bilan) ko‘zlanguvchidir (ya’ni, barcha hojatlar Undan so‘raladi, ammo U hech kimga muhtoj emasdir). U tug‘magan va tug‘ilmagandir (ya’ni, Allohning o‘g‘il-qizi ham, ota-onasi ham yo‘qdir. U azaliy va abadiy Zotdir). Va hech kim U zotga teng emasdir» (Ixlos surasi, 1-4-oyatlar)

Bu suraning nozil bo‘lishi xususida Ubay ibn Ka’b, Jobir ibn Abdulloh va Ikrimalar shunday deyishadi: «Makka mushriklari Rasululloh sollallohu alayhi va sallam huzurlariga kelib: «Ey Muhammad, Bizga Rabbingni vasflab bergin. U nimadan – oltindanmi, kumush, temirdanmi yoki misdanmi? Bizlarning olihalarimiz mazkur narsalardan yasalgandir», deyishdi. Shunda Alloh O’z payg‘ambariga ushbu surani nozil qildi».

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Oisha raziyallohu anhoga dedilar: «To‘rt ishni bajarmaguningcha uxlamagin. Ular quyidagilar: Qur’onni xatm qilish; qiyomat kunida payg‘ambarlarni shafoatchi qilish; musulmonlarni rozi qilish; haj va umra qilish». Oisha raziyallohu anhu: «Yo Rasululloh, ota-onam sizga fido bo‘lsin. Menga bu amallarni qilishga buyuryapsizu, ularni qilishga qodir emasman», dedilar.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam tabassum qilib aytdilar: «Qul huvallohu ahad» surasini uch marta o‘qisang, Qur’oni karimni xatm qilgandek bo‘lasan. Agar menga va mendan avvalgi payg‘ambarlarga salovot aytsang, ularni o‘zingga shafoatchi qilgan bo‘lasan. Mo‘minlar uchun istig‘for aytib, mag‘firat so‘rasang, ularning hammalari sendan rozi bo‘ladilar. «Subhonallohi valhamdu lillahi va la ilaha illallohi vallohu akbar», desang, haj va umra qilgandek bo‘lasan»

Ali ibn Abu Tolibdan raziyallohu anhu rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qildilar: «Kim Ixlos surasini bomdod namozidan keyin o‘n marta o‘qisa, shayton jiddu jahd qilsa ham unga kun bo‘yi biror gunoh yetmaydi».

Bu sura Makkiy suralardan bo‘lib, 4 oyat, 15 kalima va 47 ta harfdan iboratdir. Ubay ibn Ka’b raziyallohu anhu aytadilar: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim «Qul huvallohu ahad» surasini bir marta o‘qisa, Alloh unga yuzta shahidning ajrini beradi», dedilar.

Anas ibn Molikdan aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim Ixlos surasini bir marta o‘qisa, Qur’onning uchdan birini o‘qigandek savob oladi. Kim ikki marta o‘qisa, Qur’onning uchdan ikkisini o‘qigandek savob oladi. Kim uch marta o‘qisa, Qur’onni to‘liq o‘qiganlik savobini oladi. Kim Qur’onni o‘n marta o‘qisa, jannatda uning uchun qizil yoqutdan qasr bino qilinadi» dedilar.

Xabarlarda kelishicha, kim Ixlos surasini farz namozlarida o‘qisa, Alloh uni va ota-onasining gunohlarini mag‘firat qiladi va uning ismini baxtsizlar devonidan o‘chirib, baxtlilar devoniga yozib qo‘yadi.

Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar:

«Men Jabroil alayhissalom «Qul huvallohu ahad» surasini keltirgunlarigacha, kechayu kunduz ummatimning azoblanishidan qo‘rqar edim. Bu sura nozil bo‘lgandan keyin Alloh taolo ummatimni azoblamasligini bildim. Chunki bu surada Allohga nisbat beriladi. Kim bu surani o‘qishga odatlansa, unga yaxshilik va xotirjamlik yog‘ildi va Allohning rahmati uni o‘rab oladi. Allohning O’zi unga nazar qiladi va nimani so‘rasa, albatta, beriladi».

Imom Bayhaqiy Abu Umoma Bahliydan rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Tabuk g‘azotida bo‘lgan vaqtlarida Jabroil alayhissalom oldlariga kelib aytdi: «Yo Rasululloh, Muoviyaning janozasiga qatnashing». Jabroil alayhissalom qanotlarini yerga qo‘ygan edi, yer qisqardi, hattoki Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga Madina ko‘rindi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Muoviyaga janoza namozi o‘qidilar. U kishi bilan birga Jabroil va yetmish ming farishta namoz o‘qidi. So‘ng u zot Jabroildan so‘radilar: «Ey Jabroil, Muoviya bu martabaga nima bilan erishdi?»


Jabroil alayhissalom: «Ixlos surasini turganda, o‘tirganda va yurganda ham o‘qishi tufayli erishdi», deb javob berdi.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uxlashdan avval «Ixlos», «Falaq», «Nos» suralarini o‘qib, ikki qo‘llariga dam solib, ularni butun badanlariga surtar edilar. Agar betob bo‘lsalar, bu ishni boshqalarga aytdirib qildirar edilar.

Imom Muslim Abu Dardodan rivoyat qiladilar: «Albatta, Alloh Qur’oni karimni uchga bo‘lib, Ixlos surasini uch qismdan biri qildi. Shu bois Alloh taolo bu surani o‘quvchiga Qur’onning uchdan birini o‘qish savobini beradi. Zero, Qur’oni karim uch xil mavzuda – qissalar, hukmlar va Allohning ismi sifatlari haqida so‘z yuritadi. Bu sura ushbu uch qismdan birini, ya’ni Allohning sifatlarini o‘zida mujassamlashtirgandir».

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Makka eshigi oldida o‘tirganlarida to‘satdan bir kishining tobutini olib o‘tishdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Uning buynida qarzi bormi?» deb so‘radilar. Sahobalar: «To‘rt dirham qarzi bor edi, to‘lamasdan vafot etdi», deb javob berishdi. Shunda u kishi: «Qarzini to‘lamasdan o‘lgan kimsaning janozasini o‘qimayman, unga o‘zlaringiz janoza o‘qinglar», dedilar. Shunda Jabroil alayhissalom kelib aytdi: «Ey Muhammad, Alloh sizga salom aytdi va meni bu kimsaning suratida yubordi. Bas, u borib, qarzini to‘ladi. Siz turib janoza namozini o‘qing. Chunki u mag‘firat qilingandir. Alloh: «Kim uning janozasini o‘qisa, gunohlarini mag‘firat qilaman», dedi». «Ey Jabroil, u bunchalik izzat-ikromga qanday erishdi?» deb so‘raganlarida, Jabroil alayhissalom «U har kuni yuz marta Ixlos surasini o‘qirdi» deb javob berdi.

Yana bir hadisda: «Kim «Qul huvallohu ahad»ni «bismilloh» bilan o‘qisa, Alloh uning ellik yillik gunohini mag‘firat qiladi», deyilgan.

Hikoya qilinishicha, solihlardan biri tushida Makka kabutarlaridan yuztasini boshi yo‘q holatda ko‘ribdi. Uyg‘ongach, ta’bir qiluvchiga tushini aytib beribdi. Ta’birchi: «Ehtimol, sen «Ixlos» surasini yuz marta «Bismillah»siz o‘qigandirsan» desa, «To‘g‘ri aytding», debdi u.



Rasululloh sollallohu alayhi va sallam kambag‘allikdan shikoyat qilgan kishiga: «Uyingga kirsang, Ixlos surasini o‘qigin», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Kim Ixlos surasini kasallik chog‘ida o‘qisa va shu kasallik tufayli vafot etsa, uning jasadi chirimaydi, qabri siqishdan omon bo‘ladi va farishtalar Sirot ko‘prigidan o‘tib, jannatga kirgunigacha uni qanotlarida ko‘tarib yuradilar»

Xotima


Barcha hamd Allohnikidir! Biz u zotga hamdlar aytamiz, undan madad tilaymiz, istig‘for so‘raymiz. Uning elchisi butun olamga rahmat qilib yuborilgan Payg‘ambarimizga salotu salomlar bo‘lsin!


www.ziyouz.com kutubxonasi





Yüklə 490,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin