Microsoft Word durratun nosihiyn ziyouz com doc


Oltmish to‘qqizinchi majlis NAFS HAQIDA



Yüklə 490,58 Kb.
səhifə80/85
tarix31.12.2021
ölçüsü490,58 Kb.
#49502
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85
Usmon ibn Hasan Xubariy. Durratun nosihiyn (2)

Oltmish to‘qqizinchi majlis NAFS HAQIDA

Alloh taolo aytadi: «U kunda insonga (hayoti dunyodalik chog‘ida) qilib o‘tgan va (o‘zidan keyin) qoldirgan (barcha) narsalarning (ya’ni, yaxshi-yomon amallarning) xabari berilur. Balki (U kunda) inson – garchi o‘z uzr-bahonalarini (o‘rtaga) tashlasa – keltirsa-da, – (uning barcha a’zolari) o‘zining ziyoniga guvohlik berguvchidir!» (Qiyomat surasi, 13-15-oyatlar)

Ya’ni, inson hayoti dunyodalik paytida har qanday hakamni o‘z tili bilan aldab ketishi mumkin, ammo qiyomat kuni yolg‘iz Alloh taolo hakam bo‘lgan paytida insonning notiqligi befoyda bo‘lib qoladi. Inson u kunda o‘zini oqlash uchun har qancha sabab-bahonalar topmasin, Tangri taolo tomonidan uning badanidagi barcha a’zolar tilga kirib qilib o‘tgan gunohlariga guvohlik beradi.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim g‘am-tashvishga botib qolsa, menga salovot aytishni ko‘paytirsin, chunki menga salovot aytishlik g‘am-tashvishlarni ketkazadi, rizqni ko‘paytiradi» dedilar. Solihlardan ba’zilaridan naql qilinadi: «Mening bir nusxa ko‘chiruvchi qo‘shnim bor edi. U vafot etgach, uni tushimda ko‘rdim va: «Alloh senga qanday muomala qildi?» deb so‘radim. «Meni mag‘firat qildi», dedi u. «Nima sababli?» deb undan so‘radim. U: «Men har qachon Muhammad alayhissalomni ismlarini yozganimda u kishiga salovot aytardim. Rabbim bu sababli menga ko‘z

ko‘rmagan, quloq eshitmagan va inson xayoliga kelmagan ne’matlarni ato qildi», deb javob berdi.

Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam aytadilar: «Tilga yengil, ammo mezonda og‘ir va Allohga suyukli ikki kalima bor. Ular – «Subhonallohi va bihamdihi» va «Subhonallohil a’zim». Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim bir sunnat joriy qilsa, bu sunnatning savobi va bu sunnatga amal qilganlarning savobichalik savob o‘sha kimsaga bo‘ladi. Kim bir bid’atning joriy qilsa, bu bid’atning gunohi va shu bid’atga amal qilganlarning gunohichalik gunoh o‘sha kimsaga bo‘ladi».

Alloh taolo Fussilat surasining 20-24-oyatlarida shunday deydi: «Endi qachonki ular (do‘zaxga) kelishgach, (hayoti dunyoda qilib o‘tgan kufru isyonlari haqida so‘raladilar, lekin ular o‘z qilmishlaridan tonishga urinadi. Shunda) ularning quloqlari ko‘zlari va terilari ular qilib o‘tgan narsalari haqida o‘zlariga qarshi guvohlik beradi. Ular terilariga: «Nima uchun bizlarga qarshi guvohlik berdinglar?» deyishganda, (terilari): «Bizlarni barcha narsani so‘zlatgan zot – Alloh so‘zlatdi. Sizlarni dastlab u yaratgan va sizlar yana Uning O’zigagina qaytarilursiz», deydi. Sizlar (hayoti dunyoda gunoh ishlarni qilganlaringizda sharmanda bo‘lishdan qo‘rqib, odamlardan yashirar edinglar-u, ammo) quloqlaringiz, ko‘zlaringiz va terilaringiz o‘zlaringizga qarshi guvohlik berishdan (saqlanish uchun ulardan) yashiruvchi emas edinglar (chunki sizlar qiyomat kunida a’zoyi badanlaringizga ham zabon berilishini bilmasdinglar). Lekin sizlar, Alloh amallaringizdan ko‘pini (ya’ni odamlardan yashirincha qilgan gunohlaringizni) bilmaydi, deb o‘yladinglar. Va Parvardigoringiz haqida o‘ylagan mana shu gumonlaringiz sizlarni halok qildi (ya’ni do‘zaxga tushishlaringizga sabab bo‘ldi.) Bas, sizlar ziyonkor kimsalarga aylanib qoldinglar. Endi agar ular (azobga) chidasalar, ana o‘sha do‘zax joylaridir (ya’ni, azob-uqubatni tortaveradilar), agar ortga qaytishni talab qilsalar, endi ular qaytguvchi emaslar».

Dovud alayhissalom shunday iltijo qildilar: «Yo Parvardigoro, men hayotlik paytimdayoq Sirot ko‘prigi va Tarozini ko‘rishni istayman». Alloh: «Ey Dovud, falon vodiyga borgin», deb, uning qarshisidan pardani oldi. Dovud alayhissalom Sirot ko‘prigi va Tarozini ko‘rdilar va qattiq g‘amga botib yig‘ladilar. «Yo Parvardigoro, bandalaringdan kim bu tarozining pallasini yaxshiliklar bilan to‘ldirishga qodir bo‘ladi?» dedilar. Alloh aytdi: «Izzatim va buyukligimga qasamki, kim «La-a ilaha illallohu Muhammadur Rasululloh»ni ishonch-e’tiqod bilan bir marta aytsa, Sirot ko‘prigidan chaqmoqdek o‘tadi va kim bir xurmo miqdoricha bo‘lsa ham, Men uchun sadaqa qilsa, tarozining pallasi to‘ladi».

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qildilar: «Badbaxtlikning alomati to‘rtta: Birinchisi – qilgan gunohlarini unutish, holbuki, ular Allohni dargohida unutilmagandir. Ikkinchisi –
qilgan savoblarini zikr qilish, holbuki, bu savoblari qabul qilingan – qilinmaganini bilmaydi. Uchinchisi – mol-dunyoda o‘zidan yuqoridagilarga qarash. To‘rtinchisi – din-taqvoda o‘zidan pastdagilarga, ya’ni fosiqlarga qarash».

Nabiy alayhissalom aytadilar: «Kishining hayotlik va sog‘lom vaqtida bir dirham sadaqa qilmog‘i, o‘limi vaqtida yuz dirham sadaqa qilmoqligidan yaxshiroqdir».

Faqih Abu Lays Samarqandiy dedilar: «Qiyomat kuni to‘rt toifa insonlar keltiriladi. Ularning har biri uzr keltiradi, lekin ularning uzrlari qabul bo‘lmaydi. Birinchisi boylar bo‘lib, ular: «Yo Parvardigoro, boyligimiz Senga ibodat qilishdan bizlarni man qildi», deyishadi. Alloh ularga Sulaymon alayhissalomni hujjat qilib, «Sizlar Sulaymondan ham boyroqmisizlar?! Zero, Sulaymonning boyligi uni Menga ibodat qilishdan to‘smadi», deb javob beradi. Ularning uzrlari qabul qilinmay, do‘zaxga haydaladilar. Ikkinchisi kambag‘allar bo‘lib, ular: «Yo Parvardigoro, bizlarni kambag‘alligimiz Senga ibodat qilishdan to‘sib qo‘ydi», deb uzr aytadilar. Alloh ularga Iso alayhissalomni hujjat qilib: «Sizlar Isodan ham kambag‘alroqmisizlar?! Zero, kambag‘allik Isoni Menga ibodat qilishdan to‘smadi. Sizlarning uzrlaringiz maqbul emasdir», deb javob beradi. Ular ham do‘zaxga haydaladilar. Uchinchisi qullar bo‘lib: «Yo Parvardigoro, bizlar qul edik, shu bois, Senga ibodat qilolmadik», deb uzr aytishadi. Alloh ularga Yusuf alayhissalomni hujjat qilib: «Albatta, Yusuf qul bo‘lishiga qaramasdan, Menga ibodat qilishdan to‘xtamadi. Sizlarning ham uzrlaringiz maqbul emasdir», deydi. Ular ham do‘zaxga haydaladilar. Keyingi uzr aytuvchilar kasallar bo‘lib, ular: «Yo Parvardigoro, kasalligimiz bizni Senga ibodat qilishdan qaytardi», deyishadi. Alloh ularga Ayyub alayhissalomni hujjat qilib: «Sizlar Ayyubdan ham kasalroq edinglarmi?! Zero, Ayyubning kasali uni Menga ibodat qilishdan to‘sib qo‘ymadi. Sizlarning uzrlaringiz maqbul emasdir», deb javob beradi va ular ham do‘zaxga haydaladilar».

Oishadan raziyallohu anho rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Bir qishloq ahliga azob keldi, holbuki u yerda o‘n sakkiz ming nafar amali solih qilguvchilar bor edi. Sahobalar: «Yo Rasululloh sollallohu alayhi va sallam nima uchun ularga azob keldi?» deb so‘rashdi. Nabiy sollallohu alayhi va sallam: «Chunki ular Alloh uchun g‘azablanmasdilar, yaxshilikka buyurmasdilar va yomonlikdan qaytarmasdilar», deb javob berdilar. Kim biror bir yomon amalning shohidi bo‘lib, gunoh sodir qiluvchi odamni bu ishdan qaytarmasa, u ham gunohga sherik bo‘ladi, xuddi g‘iybatni eshitib turgan kishi gunohda g‘iybatchiga sherik bo‘lganidek. Masalan, mast qiluvchi ichimlik ichilayotgan majlisda o‘tirgan kimsa garchi aroq ichmasa ham fosiqdir.

Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam, toki o‘zimiz to‘liq amal qilmaguncha yaxshilikka buyurmaylikmi?! Va o‘zimiz to‘liq chetlanmagunimizcha yomonlikdan qaytarmaylikmi?!» dedik. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Balki yaxshilikka buyuraveringlar, garchi to‘liq amal qilmasanglar ham. O’monlikdan qaytaraveringlar, garchi o‘zlaringiz to‘liq chetlana olmagan bo‘lsangizlar ham», dedilar».

Hikoya qilinishicha, donishmand Abulqosimdan bir kishi so‘rabdi: «Bizlarning zamonamiz ulamolariga nima bo‘ldiki, salaf solihinlar kabi odamlarga va’z nasihat qilmayaptilar?!» Shunda donishmand Abdulqosim: «Salaf ulamolari uyg‘oq bo‘lgan, odamlar esa uyquda edilar, natijada uyg‘oqlar uyqudagilarni uyg‘otdilar. Zamonamiz ulamolari esa uyqudadirlar, odamlar esa o‘lgandirlar. Endi qanday qilib uyqudagilar o‘liklarni tiriltiradi», deb javob berdilar.



Ikrima raziyallohu anhu dedilar: «Bir kishi odamlar ibodat qilayotgan daraxtning oldidan o‘tib qoldi va qattiq g‘azablandi. Daraxtni chopib tashlash uchun qo‘lida bolta bilan yo‘lga tushdi. Shunda unga shayton odam suratida yo‘liqib: «Qaerga ketayapsan?» dedi. U: «Ibodat qilinayotgan daraxtning oldiga. Allohga qasamki, uni kesib tashlayman», dedi. Shayton alayhi la’na: «Sening daraxt bilan nima ishing bor. Uni o‘z holicha qoldirgin», dedi. Haligi kishi ko‘nmagach, ikkalasi kurasha ketishdi. Kishi shaytonni uch marta yiqitdi. Shayton ojiz qolgach: «Uyingga qaytsang, men senga har kuni to‘rt dirhamdan berib turaman», dedi. Kishi rozi bo‘lib, qaytib ketdi. U bir necha kun davomida ko‘rpasining ostidan to‘rt dirhamdan pul topdi. So‘ngra pul ko‘rinmay qoldi. Shunda yana boltani olib,
eshagiga mindi va daraxtga qarab yo‘l oldi. Shayton unga avvalgi suratida ko‘rinib: «Qaerda ketyapsan?» dedi. «Ana u daraxtni chopib tashlash uchun ketyapman», dedi avvalgidek. Shayton: «Bu sening qo‘lingdan kelmaydi», dedi. Yana ikkalovi kurash tushishdi. Bu safar shayton uni uch marta yiqitdi. Kishi ajablanib: «Qanday qilib, sen meni yiqitding, axir avval men seni osonlik bilan yiqitgan edim-ku?!» dedi. Unga javoban shayton: «Sen avval Alloh uchun chiqqan eding, agar barcha yordamchilarim yig‘ilganda ham, seni yenga olmasdilar. Ammo keyingi gal esa ko‘rpachang ostidan topa olmagan dirhamlar uchun chiqding. Shu sababli seni osongina yiqitdim. Bas, sen bu yo‘lingdan qaytgin. Agar qaytmasang, kallangni olaman», dedi. Kishi uyiga qaytib ketdi.


Yüklə 490,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin