Microsoft Word durratun nosihiyn ziyouz com doc



Yüklə 490,58 Kb.
səhifə77/85
tarix31.12.2021
ölçüsü490,58 Kb.
#49502
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   85
Usmon ibn Hasan Xubariy. Durratun nosihiyn (2)

Oltmish oltinchi majlis


JAHANNAM VA UNING ZABONIYALARI HAQIDA

Alloh taolo aytadi: «Ey mo‘minlar, sizlar o‘zlaringizni va ahli oilangizni do‘zaxdan saqlangizki, uning o‘tini odamlar va toshlardir, u (do‘zax)ning ustida qattiqdil va qattiqqo‘l, Alloh o‘zlariga buyurgan narsaga itoatsizlik qilmaydigan, (faqat) o‘zlariga buyurilgan narsani qiladigan farishtalar turur» (Tahrim surasi, 6-oyat).


Oyatdagi «odamlar»dan murod kofirlardir. «Toshlar»dan murod nasihatni qabul qilmaydigan johillardir (Tafsiri Nasafiy). Ba’zi ulamolar «toshlar»dan murod mushriklar ibodat qiladigan, yog‘och va toshlardan yasalgan sanamlar, deyishgan. Sanamlarning do‘zaxga tashlanishidan maqsad sanamlarni emas, balki bu sanamlar vositasida mushriklarni azoblash uchundir.

Hikoya qilinadiki, Zakariyo alayhissalom odamlarga va’z-nasihat qilish uchun o‘tirsalar, atroflariga qarar ekanlar. Agar o‘g‘illari Yahyo alayhissalomni ko‘rmasalar, azob oyatlarini zikr qilar ekanlar. Agar o‘g‘illarini ko‘rsalar, o‘g‘illari do‘zaxdagi azoblarni eshitishni ko‘tara olmasligi sababli bunday oyatlarni zikr qilmas ekanlar. Kunlarning birida va’z-nasihat qilayotganlarida qavmiga nazar solibdilar va o‘g‘illari Yahyoni ko‘rmabdilar. Holbuki, Yahyo alayhissalom odamlarning orasida bo‘lib, olomon ko‘pligi bois otalaridan to‘silib turgan edilar. Zakariyo alayhissalom yig‘lagan hollarida azob oyatlarini zikr qila boshladilar: «Menga Jabroil alayhissalom so‘zlab berdilarki, jahannamda Sakron nomlik tog‘ bo‘lib, uni etagida G’azbon vodiysi bor. U Allohning g‘azabidan yaratilgandir. Vodiyda olovli quduqlar bo‘lib, ularning har birining chuqurligi ikki yuz yillik masofaga teng». Yahyo alayhissalom bularni eshitgan vaqtlarida o‘rinlaridan turib, chiqib ketdilar. «Oh Sakron! Oh G’azbon!» deya tinimsiz yig‘lardilar. Zakariyo alayhissalom ayollari bilan farzandlarining ketidan chiqdilar, ammo topa olmadilar. Ular bir cho‘ponni uchratib, undan: «Shunday-shunday sifatli bolani ko‘rmadingmi?» deb so‘raganlarida: «Sizlar Yahyoni qidiryapsizlarmi?» dedi. «Ha», deyishdi. Cho‘pon: «U tog‘ning etagida qoldi va: «Borar manzilim jannat yoki do‘zax ekanini bilmagunimcha yemayman ham, ichmayman ham», demoqda», deb xabar berdi. Ular Yahyo alayhissalom oldiga borsalar, u nolai fig‘on qilayotgan ekan. Shunda onalari: «Ey farzandim, falon muddat qornimda ko‘tarib yurganim haqqi oldimizga kelgin va biz bilan birga uyga borgin», dedilar. Yahyo alayhissalom ota-onalarining oldiga keldilar va ular birga uyga ketishdi. Otalari u kishiga: «Ey Yahyo, ustingdagi kanobdan to‘qilgan bu kiyimni yechib, ushbu to‘nni kiygin» dedilar. Yahyo alayhissalom to‘nni kiydilar. Onalari yasmiq donidan sho‘rva qilib berdilar. Yahyo alayhissalom sho‘rvani ichdilar. Uyqu g‘olib kelib uxlagan vaqtlarida tushlarida bir nido eshitdilar: «Ey Yahyo, mening dargohimdan ham yaxshiroq joy topdingmi? Mendan ham yaxshiroq qo‘shni topdingmi?». Yahyo alayhissalom qo‘rqib, yig‘lagan hollarida uyg‘ondilar va aytdilar: «To‘ningizni oling, menga o‘sha kanobdan to‘qilgan kiyimni beringlar. Sizlar mening halok bo‘lishimni xohlayapsizlarmi?», dedilar. Zakariyo alayhissalom:

«O’g‘limni o‘z holiga qo‘yinglar», dedilar. U kishi ibodatlarda qattiq kirishgan vaqtlarida, Alloh Zakariyo alayhissalomga: «Albatta, Men sizlarga do‘zaxni harom qildim», deya vahiy qildi. Shundan keyingina qalblari xotirjam bo‘lib, ibodatga yanada qattiq kirishdilar. Alloh taolo Qur’oni karimda shunday deydi: «Darhaqiqat, ular (ya’ni, mazkur payg‘ambarlar) yaxshi ishlarni qilishga shoshar va Bizga rag‘bat va qo‘rquv bilan duo-iltijo qilar edilar. Ular Bizga ta’zim-itoat qilguvchi edilar» (Anbiyo surasi, 90-oyat).

Rivoyat qilinishicha, Alloh taolo Jabroil alayhissalomni do‘zax posboni Molikning oldiga do‘zaxdan bir parchasini olib kelish uchun yubordi. Molik: «Ey Jabroil, jahannamdan qancha miqdor olmoqlikni xohlaysiz?» deb so‘radi. Jabroil alayhissalom: «Xurmo miqdoricha olmoqlikni xohlayman», dedi. Shunda Molik: «Agar sizga xurmo miqdorichasini bersam, yetti qavat osmon va yetti qavat yer uning haroratidan erib ketadi», dedi. Jabroil alayhissalom: «Unday bo‘lsa, uning yarmi miqdorini bergin» dedi. Shunda Molik: «Siz aytayotgan miqdorni bersam, osmondan biror tomchi yomg‘ir yog‘maydi, yerdan birorta o‘simlik o‘smaydi», dedi. Shunda Jabroil alayhissalom dedi: «Yo
Parvardigoro, olovdan qancha miqdorda olayin?!» Alloh taolo shunday amr qildi: «Jahannamdan zarracha miqdorda olgin». Jabroil alayhissalom jahannamdan zarra miqdoricha olib, yetmishta daryo suvida uni yuvdi. So‘ng uni baland tog‘ning cho‘qqisiga qo‘ygan edi, tog‘ erib ketdi. Olov jahannamga qaytarilgach, uning tutuni tosh va temirlarda qoldi. Hozirgi olovlar o‘sha zarrachaning tutunidir.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: «Äo‘zax ahlidan eng yengil azoblanadigan kishi oyog‘iãa olovdan bo‘lgan kovush kiydiriladi âà óíèíã issiqligidan miyasi qaynaydi. Xuddi olovli o‘choqqa o‘xshab undan olov alangalanib turadi. Qornidagi axlat oyog‘idan chiqib ketadi. ”Äo‘zaxda eng qattiq azoblanayotgan men bo‘lsam kerak”, deb o‘ylaydi u. Holbuki, u eng yengil azoblanayotgan kimsadir».

Mansur ibn Ammor aytadilar: «Men Kufaning ko‘chalarida qorong‘u kechada aylanib yurgan edim. Uylarning biridan: «Yo Parvardigoro, izzating va buyukliging haqqi, ma’siyatimga nazar qilmagin, gunohlarimni mag‘firat qilgin, uzrimni qabul etgin. Agar Sen uzrimni qabul qilmasang, holim nima kechadi?!» degan ovozni eshitdim. Shunda men quyidagi oyatni o‘qidim: «Ey mo‘minlar, sizlar o‘zlaringizni va ahli oilangizni yoqilg‘isi odamlar va toshlar bo‘lgan do‘zaxdan saqlangizki, u (do‘zax) ustida qattiqdil va qattiqqo‘l, Alloh o‘ziga buyurgan narsaga itoatsizlik qilmaydigan, faqat o‘zlariga buyurgan narsani qiladigan farishtlar turur». Keyin qattiq qichqiriqni eshitdim, bir ozdan so‘ng harak’at tinib qoldi. Tong otgach, o‘sha uyning oldiga keldim va yig‘lab turgan odamlarni ko‘rdim. Bir kampir yig‘lab: «Alloh o‘g‘limning qotilini aslo yaxshilik bilan mukofotlamasin. Qotil o‘g‘lim mehrobda namoz o‘qiyotganda azob oyatini tilovat qilgan kimsadir. Azob oyatini eshitgach, qalbi ko‘tara olmay, yiqilgan holida o‘ldi», der edi. Men g‘amga to‘lib uyga qaytdim va shu kechasi tushimda uni ko‘rdim: u oliy maqomlarga erishibdi. Men undan: «Alloh senga qanday muomalada bo‘ldi?» deb so‘radim. «Alloh menga Badr va Uhud shahidlariga ham qilmagan muomalani qildi», deb javob berdi u. «Bu qanday bo‘lishi mumkin?!» dedim hayratlanib. «Ular kofirlarning qilichlari bilan vafot etdilar. Men esa G’affor Podshohning qilichi bilan vafot etdim», deb javob berdi u.

Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar:

«Jahannamda tuyalarning bo‘ynidek keladigan ilon va chayonlar bo‘lib, agar ularning birortasini bir bora chaqsa, uning harorati qirq yilgacha ketmaydi».

Boshqa bir hadisda Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Me’roj kechasida bir tovushni eshitdim. Shunda Jabroildan: «Bu qanaqa tovush?» deb so‘radim. Jabroil alayhissalom: «Bu yetmish yil avval Sa’ir do‘zaxiga tashlangan tosh bo‘lib, endi uning qa’riga yetdi», deb javob berdi».

Alidan raziyallohu anhu rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar:

«Allohdan Huzn (g‘am) qudug‘ining yomonligidan panoh berishini so‘ranglar!» Sahobàlar: «Yo Rasululloh, Huzn qudug‘i nimadir?» deb so‘rashdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «U jahannamdagi bir vodiy bo‘lib, jahannamning o‘zi bir kunda yetmish marta Allohdan bu vodiyning yomonligidan panoh so‘raydi. Alloh uni riyokor qorilar uchun tayyorlab qo‘ygandir», deb marhamat qildilar.




Yüklə 490,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin