Microsoft Word durratun nosihiyn ziyouz com doc


Oltmish sakkizinchi majlis



Yüklə 490,58 Kb.
səhifə79/85
tarix31.12.2021
ölçüsü490,58 Kb.
#49502
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   85
Usmon ibn Hasan Xubariy. Durratun nosihiyn (2)

Oltmish sakkizinchi majlis


SAODAT VA BADBAXTLIK ALOMATLARI HAQIDA

Alloh taolo aytadi: «Har bir jon o‘zi (hayoti dunyoda) kasb qilgan amali sababli (do‘zaxda) ushlanguvchidir. Faqat o‘ng qo‘l egalarigina (ya’ni, hayoti dunyoda iymon keltirganlari va ezgu amallar qilganlari sababli qiyomat kunida nomai a’mollari o‘ng qo‘llaridan berilgan saodatmand zotlargina do‘zaxdan najot topuvchidirlar). Ular jannatlarda bir-birlari bilan (do‘zaxda tashlangan) jinoyatchi-kofirlar haqida savol-javob qilishurlar. (Ular do‘zax ahliga): “Sizlarni nima Saqarga kiritdi?» (deganlarida): Ular ayturlar: «Bizlar namoz o‘quvchilardan bo‘lmadik. Miskin-bechoraga taom beruvchi ham bo‘lmadik. Bizlar (botil-behuda so‘zlarga) sho‘ng‘iguvchi kimsalar bilan birga sho‘ng‘ir edik (ya’ni, Qur’on va Payg‘ambar xususida tuhmat-yolg‘onlar to‘qir edik). To bizlarga aniq (o‘lim) kelgunicha bizlar jazo-qiyomat kuni yolg‘on der edik» Endi qo‘llaguvchilarning qo‘llovi ularga foyda bermas!» (Muddassir surasi, 38– 47-oyatlar).


Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:

«Eng baxtli odam ixlos bilan «La-a ilaha illalloh» zikrini ko‘proq aytadigan odamdir. Qiyomat kuni mening shafoatim birinchilardan bo‘lib unga yetgusidir. «La-a ilaha illalloh» zikrini ko‘p aytib yuruvchi kishi jannatga kiradi». Sahobalar: «Yo Rasululloh, ixlos bilan aytish qanday bo‘ladi?» deb so‘rashdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Alloh taolo nahiy etgan ishlardan o‘zini to‘xtatganlar xolis qalb egalaridir», deb javob berdilar.

Yana Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Barcha xaloyiq mahshargohga to‘planganda, Alloh taboraka va taolo Muhammad sollallohu alayhi va sallamning ummatlariga sajda qilishni buyuradi. U zotning hamma ummatlari boshlarini sajdaga qo‘yib, uzoq muddat tasbeh aytadilar. Shundan keyin: «Boshingizni sajdadan ko‘taring. Dushmanlaringizni sizlar uchun fido qilib, har birlaringizning o‘rniga bittadan kofirni do‘zaxga tashlayman», degan nido keladi.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Dunyoda zohid bo‘lish qalb va jasadga rohat keltiradi, unga rag‘bat qilish esa qalb va badanga mashaqqat keltiradi».

Abu Yazid Bistomiy aytadilar: «Shahrimizga kelgan balxlik bir kishidan o‘zga hech kim menga g‘olib bo‘lmagan. U mendan: «Sizlardagi zohidlikning chegarasi nima?» deb so‘radi. Men: «Topsak yeymiz, topmasak sabr qilamiz» dedim. «Balx itlari ham shunday qiladi» dedi u. «Sizlardagi zohidlik chegarasi qanday?» deya so‘raganida, «topmasak sabr qilamiz, topsak o‘zimizdan boshqalarga berishni afzal ko‘ramiz», deb javob berdi u.

Nabiy sollallohu alayhi va sallam: «Halol rizq talab qilish maqsadida uxlagan inson gunohlari kechirilgan holatda tong ottiradi», dedilar.

O’n bir xislat baxtiyorlik alomatlari hisoblanadi: dunyoga ahamiyat bermasdan, oxirat ishlarini mukammal qilishga tirishish; vaqtni ko‘proq ibodatga va Qur’on tilovatiga sarflash; faqat zarur bo‘lganda so‘zlash; besh vaqt namozni o‘z vaqtida ado etish. o‘zini haromdan, shubhali ishlardan tiyish; olim va solihlar suhbatida bo‘lish; kamtarin bo‘lib, kibr va gerdayishdan saqlanish; saxiy va muruvvatli bo‘lish; boshqalarga foydasi tegish; rahmdil bo‘lish; o‘limni ko‘p eslash.

Baxtsizlikning ham o‘n bitta belgisi bor: harislik bilan dunyo molini yig‘ish; dunyo ziynatlari va lazzatlari bilan mashg‘ul bo‘lish; bekorchi so‘zlarni ko‘p so‘zlash va g‘iybat qilish; namozlarga ahamiyat bermasdan, dangasalik qilish; yomon kimsalar bilan hamsuhbat bo‘lish; boshqalarga zarar yetkazish; kibr qilish va maqtanchoq bo‘lish; mo‘minlarga manfaat beruvchilarni qaytarish; musulmonlarga rahm-shafqat qilmaslik; baxil bo‘lish; o‘limni unutish;



Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qildilar: «To‘rt narsa baxtsizlik alomatidir: o‘tmishdagi gunohlarini unutish, qilgan xayr-ehsonlarini odamlar oldida ko‘p gapirish, mol-dunyoga mubtalo bo‘lganlarni qadrlash, dinsizlarni yaxshi ko‘rish».
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar: «Yalang‘och musulmonni kiyintirgan odam baxtlidir. Alloh u bandaga jannat kiyimlaridan nasib etadi. Agar och qolgan musulmonni to‘ydirsa, Alloh taolo unga jannat mevalaridan nasib etadi. Agar chanqagan musulmonni qondirsa, Alloh taolo uni toza sharobdan bahramand qiladi».

Bani Isroilda bir obid bo‘lib, u kechalari Allohga ibodat qilib, kunduzlari gazlama sotib tirikchilik qilarkan. Kunlarning birida matosini sotish uchun hovlidan chiqdi. Amirning eshigi oldidan o‘tayotganda uni amirning xotini uni ko‘rib qoldi. Qarasa, go‘zal yuzli tijoratchi eshigining oldidan o‘tib ketayapti. Ayolning nafsi unga moyil bo‘ldi va obidni hovlisiga chaqirib: «Ey tijoratchi, men senga oshiqman. Mening molim ko‘p. Sen ozgina matoingni tashlagin va bu kiyimingni yechib, ushbu harir liboslarni kiygin. Xohlasang, mening molimga ega bo‘lgin», dedi. Obidning nafsi ham unga moyil bo‘ldi. Shunda u o‘ziga: «Ey nafsim, Allohdan qo‘rqqin», dedi. Ayolga: «Men Allohdan qo‘rqaman», deganida, ayol: «Allohga qasamki, toki o‘zingni menga topshirmaguningcha, eshikni ochmayman», dedi. Obid o‘ziga: «Ey nafsim, Allohdan qo‘rqqin», dedi va bir muddat bu ayoldan qutilish uchun fikr qildi. So‘ng ayolga: «Ey amirning ayoli, menga tahorat qilib ikki rak’at namoz o‘qishlik uchun muhlat bergin» dedi va tahorat qilib, uyning tepasiga chiqdi va ikki rak’at namoz o‘qidi. Shundan so‘ng yerga qaradi. Uyning balandligi o‘n gazcha kelardi. Ko‘zini osmonga tikib, yig‘lagan hamda Allohdan najot berishini so‘radi: «Ey Alloh, albatta, men senga yetmish yildan beri ibodat qilmoqdaman, meni bu ayolning yomonligidan xalos qilgin». «Ey nafsim, Allohdan qo‘rqqin», deb, o‘zini uyning tepasidan yerga tashladi. Alloh Jabroil alayhissalomga: «Bandamning qo‘lidan ushlagin, albatta, u mening azobimdan qo‘rqib o‘zini tashladi», deb amr qildi. Jabroil alayhissalom tezda kelib, yerga tushishdan avval xuddi ona bolasini ushlaganidek uni ushlab qoldi. Yerga xuddi qush kabi tushgan obid ayolning yomonligidan xalos bo‘lganidan shodlanib ketdi. Uyiga esa och qolib, g‘amgin holatda keldi. Ahli ayolining huzurida bo‘lganida qo‘shnisi chiqib, qarzga bitta non so‘radi. Obid unga: «Bizlarning bir necha kundan beri nonimiz yo‘q, xohlasang, tandirga qaragin», dedi. Qo‘shni tandirga qarasa, nonlar pishayotgan ekan. Qo‘shni buni obidga aytibdi. Ayoli bundan ajablanib eriga: «Bu sizning karomatingiz sababidan bo‘lishi kerak. Nima voqea yuz berdi?» deb so‘rabdi. Obid bo‘lgan voqeani aytibdi. Ayoli Allohga ko‘p shukronalar aytibdi

Rasuli Akram sollallohu alayhi va sallam marhamat qilib shunday dedilar: «Qiyomat kunida musulmonlarning yosh go‘daklari mahshargohda to‘planadilar. Alloh: «Ey Jabroil, musulmonlarning bolalarini jannatga olib bor», deb amr qiladi. Jabroil alayhissalom Alloh taborak va taoloning amri bilan go‘daklarning hammasini to‘plab, jannat eshigi oldiga olib keladilar va: «Jannatga kiringlar», deb aytadi. Go‘daklar: «Bizning ota-onalarimiz qaerda?» deb so‘rashadi. «Sizning ota-onalaringiz shaytoniy nafs yo‘lidan yurib, Yaratganning amrini bajo keltirmaganlari uchun do‘zaxga hukm qilindilar», deb javob beradilar farishtalar. Bolalar buni eshitib, uvvos solib yig‘laydilar:

«Ota-onalarimizdan ajrab, jannatga kirish bizlarga yarashmaydi. Ota-onalarimizning gunohlarini afv etib, biz bilan birga jannatga kirgizadi, deb Allohdan umid qilamiz. Aks holda bizni ham ota-onalarimiz bilan birga do‘zaxga tashlasin». Shunda Alloh taolo nido qiladi: «Ey Jabroil, go‘daklarning ota-onalarini do‘zaxdan chiqarib, ularga topshir. Go‘daklarning shafoati bilan ularning gunohini kechirdim va mag‘firat etdim». Go‘daklar buni eshitib, xursand hollarida ota-onalarining qo‘llaridan ushlab jannatga olib kiradilar».

Abu Solih raziyallohu anhu Allohning: «Alloh ularning ustidan kuladi va o‘z tug‘yonlarida adashib-uyuqib yurishlarini davomli qiladi», degan oyati haqida shunday deydilar: «Do‘zax ahli do‘zaxda azoblanayotgan vaqtlarida ularga: «Chiqinglar», deyiladi va do‘zax darvozalari ochiladi. Ahli do‘zax darvozalar ochilganini ko‘rgan vaqtlarida, u yerdan chiqish uchun darvozalar tomon kela boshlaydilar. Mo‘minlar jannatlarda ularni so‘rilarning ustidan kuzatib turadilar. Ahli do‘zax darvozalarning oldilariga kelganlarida eshiklar yopiladi. Bu Allohning: «Alloh ularning ustidan kuladi», deganidir. Mo‘minlar ham do‘zax ahlini qarshilarida eshiklar yopilganini ko‘rgan vaqtlarida kuladilar. Bu Allohning: «Endi bu (qiyomat) kunida iymon keltirgan zotlar kofirlardan kulurlar. Ular


(jannatdagi) so‘rilarda (kofirlarning azoblanishiga) boqib (o‘tirurlar). Kofirlar o‘zlari qilib o‘tgan qilmishlarining jazosini oladilarmi? (albatta oladilar)» deganidir. (Mutaffifun, 34–36-oyatlar)

Abu Dardodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: «Do‘zax ahli qattiq och qoladilar. Ochlik azobi ular uchun boshqa azoblardan ko‘ra shiddatli bo‘ladi. Shunda ular yig‘lab, taom talab qiladilar. Zaboniyalar ularni zori’ bilan taomlantirishadi. Zori’ cho‘lda o‘sadigan o‘t bo‘lib, agar uni tuya yesa, halqumiga tiqilib qoladi. Do‘zax ahli zore’ni yeganlarida u tamoqlariga tiqilib qolib, ular suv so‘raydilar. Zaboniyalar ularga qaynoq suv olib kelishadi. Ular idishga og‘izlarini yaqinlashtirganlarida, suvning qaynoqligidan yuzlaridagi go‘shtlar oqib tushadi. Suvni ichgan vaqtlarida ichaklari kuyib, parchalanib ketadi. Ular zaboniyalarga yolvorganlarida zaboniyalar ularga:

«Dunyo hayotida sizlarni ogohlantiruvchilar kelmaganmidi?!» deyishadi. Ular esa: «Albatta kelgan edi, lekin biz payg‘ambarning gapiga quloq solmagandik va uni tasdiqlamagandik», deb javob berishadi. Shunda zaboniyalar ularga: «Endi dod-faryodlar, yalinib-yolvorishlar sizlarga foyda bermas», deyishadi.


Yüklə 490,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin