Microsoft Word durratun nosihiyn ziyouz com doc


Ikkinchi majlis RAMAZONNING FAZILATLARI



Yüklə 490,58 Kb.
səhifə2/85
tarix31.12.2021
ölçüsü490,58 Kb.
#49502
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
Usmon ibn Hasan Xubariy. Durratun nosihiyn (2)

Ikkinchi majlis RAMAZONNING FAZILATLARI


Alloh taolo aytadi:
4;N≡yŠρ߉è÷Β¨$ΒY$ƒ−&r∩⊇∇⊂∪ tβθ)àz−sS Νö3ä=ªèy9söΝà6Î=7ös% ⎯ΒÏš⎥⎪Ï¿!©$# ’lnãt=|zÏZä$ϑyZxãΠ$u‹_Åę9#$ãΝ6à ‹ø=næt=|zÏZä(#θΖãΒt#u™ ⎦t⎪Ï¿!©#$$y㕃'r¯≈tƒ
ítθ§sÜsS ⎯yϑsù (&⎦⎫3Åó¡ΒÏãΠ$èysÛ ×πtƒ‰ôÏù …çµtΡθà)‹ÏÜムš⎥⎪¿Ï!©#$’lnãtρu4t yi&é„Θ$ƒ−&r⎯ôΒiÏο׉£èÏsù „ x™y4’lnãtρ÷r& $Ò³ƒ Í£∆ Ν3äΖΒÏšχhZx⎯ϑysù
∩⊇∇⊆∪ βtθϑß=nè÷SsóΟñçΖäZ β)Î(Νö6à ©9 ¸×¬öiy#(θãΒθęÝSsβr&ρu4…&ã!©¸×¬öyi θuγßùs#Z¸¬öiy

"Ey iymon keltirganlar, taqvoli kishilar bo‘lishingiz uchun sizlardan oldin o‘tganlarga farz qilingani kabi sizlarga ham sanoqli kunlarda ro‘za tutish farz qilindi. Endi sizlardan biror kishi kasal yoki musofir bo‘lsa, u holda (ro‘za tutolmagan kunlarining) sanog‘ini boshqa kunlarda tutadi" (Baqara surasi, 183–184-oyat).


Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) Alloh taolodan naql qilib aytganlarki: "Har bir odam bolasining amali o‘zi uchun, illo ro‘zasi bundan mustasnodir. Ro‘za Men uchundir. Uning mukofotini O‘zim berurman". Chunki ro‘za boshqa ibodatlar kabi inson ko‘zi tushadigan, barcha xabardor bo‘ladigan amal emas. Uni Allohdan boshqa hech kim ko‘ra olmaydi. Shu sabab Alloh taolo bu amalning mukofoti yolg‘iz o‘ziga taalluqli ekanining xabarini berdi. Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilingan bir hadisi sharifda bunday deyilgan: "Qiyomat kuni qushlarniki kabi qanoti bor insonlar keladi. Ular qanotlari bilan jannat devori ustiga uchib borishganida, jannat qo‘riqchisi: "Sizlar kimsizlar?" deb so‘raydi. Ular: "Muhammad (alayhissalom) ummatidanmiz", deyishadi. "Hisob-kitobni ko‘rdingizmi?" deb so‘raganda, "Yo‘q", deb javob berishadi. Farishta ulardan: "Sizlar sirot ko‘prigini ko‘rdilaringizmi?" deb so‘raydi. Ular: "Yo‘q", deb javob berishadi. So‘ng: "Sizlar bu darajaga nima bilan erishdingiz?" deydi. "Biz dunyo hovlisida Allohga maxfiy (beriyo) ibodat qilganmiz. Oxiratda Alloh ham bizni jannatga maxfiy holatda kirgizmoqda", deydi ular ("Zubdatul voiziyn").

Ro‘zador ochlik va chanqoqlik tufayli halok bo‘lishidan xavfsirasa yoki kasal bo‘lsa, ro‘za ahvolini og‘irlashtirsa, uning ro‘za tutmasligi durust bo‘ladi.

Bu zarurat holidadir. Albatta, zarurat holida ta’qiqlar muboh bo‘ladi ("Ravzatul ulamo").

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: "Mening ummatimga oldingi ummatlarning birortasiga ato qilinmagan beshta xislat berildi: 1) ramazon oyining avvalgi kechasida Alloh taolo ularga rahmat nazari bilan qaraydi. Alloh qaysi bandasiga rahmat nazari bilan qaragan bo‘lsa, abadiy azob qilmaydi; 2) Alloh maloikalarga Muhammad (alayhissalom) ummati uchun istig‘for aytishni buyuradi; 3) ro‘zador kishining og‘zidan chiqqan hid Alloh nazdida mushki anbardan ham xushbo‘yroqdir; 4) Alloh taolo jannatga: "Ziynatlan", deb buyuradi va so‘ng: "Mo‘min bandalarimga jannat bo‘lsin, ular Mening do‘stlarimdir", deydi; 5) Alloh taolo ularni mag‘firat qiladi". Shuning uchun ham Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilgan hadisda aytilganki: "Kim ramazon oyi ro‘zasini iymon va ixlos bilan tutsa, uning oldingi gunohlari kechiriladi" ("Zubdatul voiziyn").

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: "Ramazonning har bir soatida Qadr kechasigacha olti yuz mingta do‘zaxga mahkum bo‘lgan kishi do‘zaxdan ozod qilinadilar, Qadr kechasida esa, oyning avvalidan boshlab ungacha ozod qilinganlar miqdoricha kishi ozod qilinadi. Hayit kuni esa, bu muborak oyning boshidan to oxirigacha ozod qilinganlarning adadicha kishi ozod qilinadi" ("Mishkot").
Jobir (r.a.) Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilganlar: "Ramazon oyining oxirgi kechasida yeru osmonlar va maloikalar: "Muhammad (alayhissalom) ummatiga musibat bo‘ldi", deb yig‘laydilar. Shunda: "Ey Rasululloh, u qanday musibat ekan?" deb so‘rashdi. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar": "Ramazonning ketishidir. Chunki bu oyda duolar mustajob, sadaqalar maqbul, yaxshiliklar ko‘paytirilgan, azob esa, daf’ qilingandir".

Ramazonning ketishidan ham kattaroq musibat bormi! Osmonlaru yer va maloikalar yig‘lashidan ko‘ra, bizlar afsuslanishga va yig‘lashga haqliroqmiz. Chunki bu fazilatu karomatlar ulardan emas, bizdan uzilmoqda ("Hayotul qulub").

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kim ro‘zani iymon va ixlos bilan tutsa, o‘tgan gunohlari kechirilgay".

Aytishlaricha, ro‘za uch xil bo‘ladi: 1. Avom ro‘zasi. 2. Xoslar ro‘zasi. 3. Eng xos bandalarning ro‘zasi.



Omilar ro‘zasi qorin va farjlarni shahvatdan tiyishdir. Xoslar ro‘zasi solih bandalar ro‘zasi bo‘lib, inson gunohlardan saqlanish bilan bu darajaga ko‘tariladi. Bu ish besh ishga davomli amal qilish bilan bo‘ladi: 1. Nomahramlarga qaramaslik. 2. Tilni yolg‘on, g‘iybat va chaqimchilikdan tiyish. Anas (r.a.) Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi vasallam) bunday deganlarini rivoyat qilganlar: "Besh narsa ro‘zani buzadi (ya’ni, savobini ketkazadi): Yolg‘on so‘zlash, g‘iybat qilish, chaqimchilik, yolg‘on qasam va nomahramga shahvat bilan nazar qilish". 3. Makruh (bema’ni, gunoh gap-so‘zlarni, kuy- qo‘shiqlarni) eshitmaslik. 4. Jami a’zolarni gunohdan tiyish va iftorda shubhali taomlardan saqlanish. Chunki halol taom bilan saharlik qilib, harom taom bilan iftorlik qilingan ro‘zada ma’no yo‘qdir. Buning misoli bir qasrni qurib, ketidan uni buzganga o‘xshaydi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Qanchadan qancha ro‘za tutadiganlar bor. Ularning faqat ochqab, chanqagani qoladi", deganlar. 5. Iftorda qorinni bo‘ktirib taom yemaslik. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytganlarki: "Alloh taolo uchun halol taom bilan to‘ldirilgan qorindan ko‘ra g‘azabliroq idish yo‘qdir". Xoslar xosining ro‘zasi esa, qalbni dunyoviy fikrlar va har xil g‘amlardan, boshqacha qilib aytganda, Allohdan tashqari har bir narsadan o‘zini tiyishdan iboratdir. Shu martabadagi ro‘zador ro‘zasi davomida Allohdan boshqa biron narsani tafakkur qilsa, ro‘zasi ochiladi. Bu Payg‘ambarlar va siddiq bandalar martabasidir. Chunki bu maqomning haqiqati Allohga, yakka Uning o‘ziga yuzlanish

va boshqalardan (maxluqotu mavjudotdan) yuz o‘girishdir" ("Zubdatul voiziyn").

Yaxshi bilmoq lozimki, ro‘za insonlarga sezilmaydigan amaldir, bu amalni faqat Alloh va ro‘zadorning o‘zigina biladi.

Shuning uchun ham ro‘za banda va Rabbining o‘rtasidagi xos ibodat deb aytilgan. Alloh taolo ro‘zaga ajr berish yolg‘iz o‘ziga taalluqli ekanini aytdi, ya’ni: "Ro‘za Mening uchundir. Mukofotini o‘zim beraman".

Ro‘zaning boshqa ibodatlardan yana bir farqli fazilati shundaki, unda Allohdan o‘zgani sherik qilish hech bir qavm tarafidan sodir bo‘lmagan. Masalan, mushriklar butga sig‘inishgan, quyosh va oyga ibodat etishgan, sanamlarga atab qurbonlik qilishgan, ammo ularga atab ro‘za tutishmagan. Shuning uchun ham bu ibodatda Allohga hech kim va hech narsa sherik qilinmagan. Shuning uchun ham Alloh ro‘zani O‘ziga xosladi, ya’ni: "Ro‘za Men uchundir, uning mukofotini O‘zim beraman", deb marhamat qilgan.

Abul Hasan: "Mukofotini o‘zim beraman", degan so‘zga sharh aytib shunday dedilar: "Har bir toatning mukofoti jannatdir, ro‘zaning mukofoti esa, Allohning o‘ziga yo‘liqish, Allohga nazar solish va Allohning unga nazar qilishi hamda U bilan elchi va tarjimonsiz gaplashishdir. Bu so‘zlarni yodlang. Siz mutashabbeh (o‘xshatuvchilar) toifasidan bo‘lmang. Bizning mazhabda soim (ro‘zador) xotinini o‘pishi va ushlashi o‘ziga ishonch bo‘lgan vaqtda durust. Ammo ushlash inzol yoki jimo xavfini paydo qilsa, durust emas". (Inzol – erkak va ayol pusht suviing chiqishi.)

Said ibn Musayyab: "Ro‘zadorga xotinini o‘pish yoki ushlashga inzoldan xavf qilgan yoki undan emin bo‘lgan vaqtda ham ruxsat berilmaydi", deganlar. Bu gaplarini tasdiqlash maqsadida Ibn
Abbosdan (r.a.) quyidagilarni rivoyat qilganlar: "Bir yigit Ibn Abbosning oldiga kelib so‘radi: "Ro‘zador holimda xotinimni o‘psam bo‘ladimi?" Ibn Abbos: "Yo‘q", dedilar. So‘ng u kishining oldiga bir chol keldi. "Ro‘zador holimda kampirimni o‘psam bo‘ladimi?" dedi. Ibn Abbos: "Bo‘ladi", deb javob berdilar. Shunda haligi yigit kelib: "Hammamiz bir dinda bo‘lsak, nima uchun menga harom qilgan narsani unga halol qildingiz", dedi. Ibn Abbos: "U choldir, o‘z a’zosiga egalik qila oladi. Sen esa, shavhat vaqtida a’zoyinga ega bo‘lolmaysan", dedilar ("Ravzatul ulamo").

Ro‘zadan maqsad Allohning dushmaniga qahr qilmoqdir. Chunki shaytonning vasvasasi ham shahvat bilan amalga oshadi. Shahvat esa ko‘p yeyish va ichish bilan hosil bo‘ladi. Shuning uchun Allohning dushmaniga qahr qilish, shavhatni sindirish yemishni ozaytirish bilan bo‘ladi.

Ro‘zaning mashru qilinishi haqida quyidagicha rivoyat bor: Alloh aqlni yaratib, unga: "Oldinga o‘giril", dedi. U o‘girildi. So‘ng "Orqangga o‘giril", dedi. Yana o‘girildi. Keyin Alloh: "Sen kimsan-u Men kimman?" deb savol qildi. Aql: "Sen Rabbimsan, men esa, zaif qulingdirman", dedi. Shunda Alloh aqlga: "Sendan ko‘ra azizroq maxluq yaratmaganman", dedi. So‘ng Alloh nafsni yaratib unga: "Oldinga o‘giril", dedi, ammo u itoat etmadi. Shunda Alloh: "Sen kimsan va Men kimman?" dedi. Nafs: "Men menman, Sen Sensan", deb javob qildi. So‘ng Alloh uni yuz yil jahannam o‘tida azobladi. Keyin jahannamdan chiqarib: "Sen kimsanu Men kimman?" dedi. Nafs yana oldingiday javob qildi. Shundan so‘ng Alloh uni ochlik olovida yuz yil azobladi. Nafs shundan so‘nggina o‘zining banda ekaniga iqror bo‘ldi va Rabbiga tazarru qildi. Shu sabab Alloh taolo nafsga ro‘zani farz qildi" ("Mishkot").

Ro‘zani o‘ttiz kun qilib belgilanishidagi hikmat shuki, aytishlaricha otamiz Odam jannatda o‘zlariga man qilingan daraxt mevasidan yeb qo‘ygach, u yemish o‘ttiz kun qorinlarida qoldi. So‘ngra Allohga tavba qildilar. Shunda Alloh unga o‘ttiz kecha-kunduz ro‘za tutishni buyurdi. Chunki dunyoning lazzati to‘rttadir. Birinchisi yeyish. Ikkinchisi ichish. Uchinchisi jimo’. To‘rtinchisi uyqu. Bu lazzatlar bandani Allohdan to‘suvchidir. Alloh taolo Hazrati Muhammadga (sollallohu alayhi vasallam) va u zotning ummatlariga fazl-karami bilan faqat kunduz kuni ro‘za tutishni farz qilib, kechqurunda yeb- ichishga ruxsat berdi ("Bahjatul anvar").

Hikoya qilinishicha, bir ma’jusiy o‘g‘lini ramazon oyida bozorda taom yeb yurganini ko‘rib qolib urdi, "Musulmonlarning hurmatini muborak oylarida nima uchun joyiga qo‘ymayapsan", deb koyidi. Bir majusiyki ramazonni sharaflab shunchalik qilsa, musulmonlar qanchalik uning hurmatiga rioya qilishlari lozim bo‘ladi.

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) naql qilganlarki: "Har bir odam bolasining qilgan ishini Alloh ajrini o‘n barobardan yetti yuz barobargacha ko‘paytiradi. Magar ro‘za Uning uchundir, mukofotini Uning o‘zi beradi".

Ulamolar ushbu hadisi xususida, har xil fikrlar bildirishgan. 1. Ro‘zaga riyo aralashmaydi. U qalban bajariladigan narsa, boshqa amallarga riyo aralashgan bo‘lishi mumkin. Chunki ro‘zadan boshqa ibodatlar xatti-harakat bilan sodir qilinadi. Ibodatlar ichida faqat ro‘zagina insonlardan maxfiy, niyatning o‘zi bilan amalga oshiriladi. 2. "Uning o‘zi mukofotlaydi", so‘zining ma’nosi ro‘zaga beriladigan ajr-savob miqdorini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi, deganidir. 3. "Ro‘za Alloh uchun, Alloh uni mukofotlaydi", degani "Alloh xolisona qilingan ibodatni yoqtiradi", degan ma’nodadir. 4. Bu o‘rinda tashrif ulug‘lash bo‘lyapti, chunonchi "Baytulloh" so‘zidagiga o‘xshash. 5. Taom va yemishlardan behojat bo‘lish yolg‘iz Allohning sifatidandir. Mo‘min ro‘zador bo‘lganida mana shu ilohiy sifat bilan xulqlanadi, Allohga qurbat hosil qiladi. 6. Bunda maloikalarga o‘xshashlik ham bordir. Chunki maloikalar taomdan behojatdirlar. 7. Hamma ibodatlarda ba’zan bandalarga zulm yetkazib qo‘yish ehtimoli bor, ro‘zada esa, bunday emas. Ulamoi kiromlar, Alloh uchun tutilgan ro‘za tilida va ishida gunohlardan saqlangan kishining ro‘zasi ekaniga ittifoq qilishgan.

Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilinadi: "Kim ro‘zani iymon va ixlos bilan tutsa, uning oldingi gunohlari kechiriladi". Bu so‘zlar haq-rostdir.





Yüklə 490,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin