1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ta’lim tizimini boshqarish bo‘yicha vakolatlari?


Дидактика(таълим назарияси, юнонча “didaktikos”-“ўргатувчи”, “didasko”-“ўрганувчи”)



Yüklə 228,3 Kb.
səhifə17/22
tarix20.11.2023
ölçüsü228,3 Kb.
#162243
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Pedagogika

Дидактика(таълим назарияси, юнонча “didaktikos”-“ўргатувчи”, “didasko”-“ўрганувчи”) – таълимнинг назарий жиҳатлари, таълим жараёнининг моҳияти, тамойиллари, қонуниятлари, ўқувчи – ўқитувчифаолияти, таълимнинг мақсади, мазмуни, шакллари, методлари, воситалари, натижаси, таълим жараёнини такомиллаштириш йўллари ва ҳоказо муаммоларни тадқиқ этади
Didaktika predmetini aniqlash bo‘yicha turli qarashlar ilgari surilgan. Ko‘pchilik olimlar ta’lim obyekti deb o‘qitish jarayonining maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari, metodlari va tamoyillarini ko‘rsatadilar. Didaktika ta’limni ijtimoiy tajribani berish vositasi sifatida e’tirof etiladi. Ta’limiy faoliyatni tashkil etishda o‘qituvchi – o‘quvchi, o‘quvchi – o‘quv materiali, o‘quvchi – boshqa o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlar yuzaga keladi. O‘qish, o‘rganish ta’lim jarayonining ajralmas xususiyatidir. Ijtimoiy tajribani o‘rgatish jarayoni sifatida ta’lim ikki shaxs (o‘quvchi va o‘qituvchi) o‘rtasidagi munosabatlarga asoslanadi.
Didaktikaga ta’limning mazmunli va jarayonlijihatlarini birgalikda o‘rganish xosdir. Amaliyotni qayta tashkil etish va takomillashtirish masalalarini nazarda tutgan holda didaktika ta’limni faqatgina o‘rganish obyekti sifatidagina emas, balki ilmiy asoslangan loyihalashtirish obyekti sifatida qaraydi.
Didaktika butun pedagogik faoliyat uchun, ya’ni ta’lim-tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarning nazariy va amaliy harakatlari uchun metodologik asos vazifasini o‘taydi. Didaktikaning maqsadi – shu funksional aloqadorliklarning mavjudligi ta’lim-tarbiya jarayonining ichki qonuniyatidan kelib chiqqanligini isbotlash va ularni bir-biriga mutanosib ravishda taraqqiy ettirishdir.
Didaktika o‘z tadqiqotlarini olib borish jarayonida quyidagi an’anaviytadqiqot usullaridan foydalanadi: tarixiy va ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, o‘quv-uslubiy hujjatlarni o‘rganish, fanlardan bilim berish amaliyotini sintezlash, statik usullar, maqsadli suhbat, qiyosiy tasnif, taqqoslash va hokazo. Shu bilan birgalikda, didaktikada nisbatan yangi hisoblanuvchi – majmuaviy yondoshuv, grafoanalitiq matematik modellashtirish, sosiologik tadqiqot usullaridan ham foydalaniladi
didaktika ancha yutuqlarga erishgan bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishning quyidagi qonuniyatlarini, ya’ni tamoyillarini aniqlagan. Bularga: bilimni uzatishda ilmiy asoslab berish, ta’lim oluvchilar imkoniyati va yosh xususiyatlaridan kelib chiqish, ko‘rgazmaliliq muntazamliq ta’lim va amaliyot birligi, onglilik va faolliq tizimlik va izchilliq ta’lim va tarbiyaning birligi tamoyillari kiradi. Bular mavzumizning ikkinchi qismida, keyingi sahifalarida batafsil tushuntirilib beriladi.

Yüklə 228,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin