Mulkdorlar (aksiyadorlar) — bir kishi yoki aksiyalarning tegishli qismiga ega guruh bo’lishi mumkin. Ularning asosiy maqsadi foyda (dividend) olishdan iborat. Mulkdorlar korxonani o’zi mustaqil boshqarishi yoki boshqarish huquqini yollagan boshqaruvchi, (menejer)ga berishi mumkin.
Boshqaruvchilar (menejerlar)— ular kompaniya, uning tarkibiy bo’linmasiga rahbarlik qiladilar. Boshqaruvchi (menejer)ning (maqomi unga mulkdor tomonidan berilgan maqomga bog’liqdir.
Menejerlar yuqori, o’rta va quyi bo’g’in rahbarlari toifalariga gbo’linadi.
Yuqori bo’g’in boshqaruvchisi (Tor management) — bu toifa rahbarlariga kompaniya va firmalar prezidentlari, boshqa ijrochi direktorlar, ularning o’rinbosarlari, boshqaruv organlari a’zolari kiradi.
O’rta bo’g’in rahbarlari— (Middle management) korxona mustaqil boshqarma va bo’limlari rahbarlari hisoblanadi.
Quyi bo’g’in rahbarlari (Loves management) — guruhlar, brigada rahbarlari, ustalardan iboratdir.
Korxona personali (jismoniy shaxslar) — o’z navbatida, ishchilar, muhandis-texnik xodimlar va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarga bo’linadi.
Ishchilar malakali, yarim malakali, malakasiz ishchilarga bo’linadi.
Korxona personali texnologik jarayondagi ishtirokiga muvofiq:
— asosiy (ishlab chiqarish bilan band bo’lgan) ishchilar;
— yordamchi (bevosita ishlab chiqarishda band bo’lmagan) ishchilargabo’linadi.
Korxona personali mehnat faoliyati muddatiga binoan doimiy, vaqtincha, mavsumiy xodimlarga ajratiladi.
Korxona personali murakkab, o’zaro bog’liq tuzilmaga ega
Tashkiliy tuzilma
Rol’ tuzilmasi
Fuksional tuzilma
Ijtimoiy tuzilma
Shtatlar tuzilmasi
Personalning Tashkiliy tuzilma— boshqaruv bo’g’inlarining o’zaro bog’liq, o’zaro bo’ysunuvchi tarkibidir.
Funktsional tuzilma — boshqaruv funktsiyalarining rahbariyat va alohida bo’linmalar o’rtasida taqsimlanishini aks ettiradi.