5. Ma’muriy mas’uliyat — xodim tomonidan ma’muriy huquq-buzarliklarga yo’l qo’yilgan hollardagi mas’uliyatdir. Bu jazo choralari davlat yoki mahalliy hokimiyat organlari tomonidan ma’muriy huquqbuzarlikka yo’l qo’ygan mansabdor shaxsga nisbatan amaldagi qonunchilikka muvofiq qo’llaniladi.
II. Boshqaruvning iqtisodiy uslublari— personalga iqtisodiy qonunlar va me’yoriy hujjatlar asosida ta’sir ko’rsatishdir. Ularningquyidagiturlarimavjuddir (3.6- rasm).
Tashkiliy tuzilma deganda korxona boshqaruvi funktsiyalarini bajaruvchi turli xil bo’lim, xizmat va bo’linmalar tarkibi, o’zaro munosabatlari va bir-biriga bo’ysinishini tushunish lozim. Tashkiliy tuzilma boshqaruvning tizim va alohida faoliyat turi sifatidagi bir butunligini ifodalaydi. U boshqaruv organlarining ma’lum bir tartibini, hokimiyat va bo’ysinish aloqalarini, vertikal va gorizontal mehnat taqsimotining integratsiyalashuvini etadi.
Boshqaruv tuzilmasi dinamik tarzda bo’ladi. U ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlarining rivojlanishi, boshqaruv ob’ektlarining qarama-qarshiliklari va qonuniyatlari haqidagi bilimlarimiz darajasining o’sishiga bog’liq holda o’zgarib boradi. Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasiga korxonaning hajmi, uning ixtisoslashuvi va kooperatsiya aloqalari, mulkchilik shakli, qaysi tarmoqqa tegishliligi, joylashgan hududi kabi omillar katta ta’sir ko’rsatadi.
Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi korxonaning ishlab chiqarish tuzilmasi bilan aloqada va ko’p jihatdan unga bog’liq bo’ladi. Korxona qanchalik katta, ishlab chiqarish va unda foydalanuvchi mehnat qurollari va texnologiyalar qanchalik murakkab bo’lsa, boshqaruvning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilmasi, shuningdek, korxona boshqaruv apparatining funktsiyalari shunchalik murakkablashadi.
Boshqaruv elementlari va bo’g’inlari o’rtasidagi aloqalarning shakli,
tuzilmaviy bo’linmalarning moslashuvchanligi va bir-biriga bo’ysinuvchanligiga ko’ra, boshqaruvning quyidagi tashkiliy tuzilmalari mavjud:
− chiziqli;
− funktsional;
− aralash (chiziqli-funktsional);
− matritsali.
Chiziqli tuzilma boshqaruv tuzilmasining eng ko’p tarqalgan turi bo’lib, unga
ko’ra boshqaruvning har bir bo’g’ini o’zidan yuqori turuvchi faqat bitta boshqarmaga ega bo’ladi va barcha masalalar bitta aloqa kanali orqali hal etiladi. Bunday tuzilmada boshqaruv bo’g’inlari tizimi to’laligicha ishlab chiqarish bo’g’inlari tizimi bilan mos tushadi. Har bir ishlab chiqarish jamoasi tepasida rahbar turadi va korxona xodimlari unga bevosita bo’ysinadilar. Barcha boshqaruv funktsiyalari rahbar qo’lida mujassamlanadi.
Boshqaruvning chiziqli tuzilmasi hal qilinayotgan masalalar ko’lami unchalik katta bo’lmaganida samaraliroq bo’ladi. Shu sababli bunday tuzilmadan asosan tsex, ishlab chiqarish uchastkalari va kichik korxonalarni boshqarishda foydalaniladi.
Bunday tuzilmaning quyidagi afzalliklari mavjud:
− boshqaruvning har bir bo’g’ini uchun rahbar tayinlashning nisbatan osonligi
− boshqaruv qarorlarini tayyorlash va bajarishning tezkor (operativ) amalga oshirilishi
− boshqaruv funktsiyalarini bajarishning nisbatan osonligi.
Biroq boshqaruvning bu tizimida bir qancha kamchiliklar ham mavjud bo’lib,
ularning asosiylari gorizontal aloqalarning tarqoqligi, boshqaruvdagi haddan tashqari qattiqlik va ishlab chiqarishning diversifikatsiyasi sharoitlaridagi cheklangan imkoniyatlarida namoyon bo’ladi.