Reja: 1.Personalni rejalashtirishning mohiyati, maqsad va vazifalari 2.Korxona personali bilan ishlash tizimida personalni rejalashtirish 3.Ishlab chiqa rishni rejalashtirish va personalni rejalashtirishning o’zaro bog’liqligi 4.Personalni rejalashtirishning asosiy turlari va bosqichlari 5.Personalni rejalashtirish jarayonining mazmuni. 6.Personalga talablarni qayta ko’rib chiqishning mohiyati 7.Personalni rejalashtirish yo’nalishlari 8. Personalni strategik rejalashtirish uslublari
1. Personalni rejalashtirishning mohiyati, maqsad va vazifalari Personalni rejalashtirish — personalni rivojlantirish, uning kasbiy va malaka tarkibini hisobga olish, personalga umumiy va qo’shimcha ehtiyojni aniqlash, xodimlardan foydalanishni nazorat qilishga qaratilgan aniq maqsadga yo’naltirilgan faoliyatdir.
Personalni rejalashtirishning asosiy afzalliklari quyidagilarda namoyon bo’ladi:
* xo’jalik faoliyati strategiyasiga taalluqli kadrlar masalalari va ehtiyoji (tashqi va ichki)ni aniqlash;
* xo’jalik faoliyati yuritish strategiyasini ishlab chiqish jarayonida amalga oshirilishi kerak bo’lgan kadrlar masalalari va investitsiyalarini belgilash;
* kadrlar bo’yicha dasturlarning xo’jalik faoliyatini yurgizish umumiy strategiyasiga muvofiqligini kafolatlash;
* personal bilan ishlash yordamida korxona raqobat bardoshligini, uning samaradorligini oshirish;
* personalning ortishi yoki uni qisqartirish bilan bog’liq rejalarni amalga oshirish.