1. «Personalni boshqarish» – fan sifatida Personalni boshqarishning asosiy funkciyaları Ishlab chiqarishda xodimlarning tutgan o’rni


Ikkinchi qism (resursli) — muammoni hal etish manbalaridir



Yüklə 130,92 Kb.
səhifə24/60
tarix30.03.2023
ölçüsü130,92 Kb.
#91500
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   60
2-kurs leksiyalar uzb

Ikkinchi qism (resursli) — muammoni hal etish manbalaridir. Bu hal qiluvchi bo’g’in hisoblanadi. Bu masalada nima mavjud hamda nima zarurligi uchun nima etishmaydi, degan savolga javob berilishi kerak. Boshqacha aytganda, ushbu qismda korxona personali resurslarini baholashning bir qancha yo’nalishlari o’z aksini topgan.

Uchinchi qism — muammoni hal etishdir. Unda qo’yilgan barcha savollarga javob bo’ladi. Ya’ni mavjud resurslarni hisobga olgan holda ishlab chiqarish talablarini amalga oshirish ishga yollash, ishga ko’niktirish, tayyorlash va malaka oshirish, martaba (lavozimda vertikal va gorizontal siljitish), ishdan bo’shatish bo’yicha dasturlar yaratiladi.

3. Personalni rejalashtirish yo’nalishlari
Personalni rejalashtirish yo’nalishi, hal qilinadigan vazifalar jihatlari va rejalash davrining davomiyligiga qarab, rejalashtirish quyidagi uch turga bo’linadi:

  1. strategik, istiqbolli (uzoq muddatli) rejalashtirish (3 yildan 10 yilgacha);

  2. o’rta muddatli rejalashtirish (1 yildan 3 yilgacha);

  3. qisqa muddatli, joriy rejalashtirish (1 yilgacha).
    Personal bilan ishlash doirasida hal etiladigan vazifalarning

xilma-xilligi personalni rejalashtirishning quyidagi turlarini keltirib chiqaradi:



  • personalga ehtiyojni rejalashtirish;

  • personalni jalb etish (ishga qabul qilish)ni rejalashtirish;

  • personaldan foydalanish va uni qisqartirishni rejalashtirish;

  • personalni o’qitishni rejalashtirish;

  • personal tarkibini saklab qolishni rejalashtirish;

  • personalga sarf-xarajatni rejalashtirish;

  • mehnat unumdorligini rejalashtirish.


Personalga ehtiyojni rejalashtirish mavjud mehnat resurslari salohiyatini, ularga kelajakdagi ehtiyojni baholashni, personalni rejalashtirish bo’yicha dasturlar ishlab chiqishni talab etadi.
Personalga ehtiyojni rejalashtirishda quyidagilarni farqlash lozim:
— umumiy ehgiyoj — rejalashtirilgan ish hajmini bajarish uchun tashkilotga zarur bo’lgan xodimlar umumiy soni (personalga brutto-ehtiyoj);
— qo’shimcha ehtiyoj — korxona joriy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, rejalashtirilayotgan davrda mavjud ishchi kuchi soniga zarur qo’shimcha xodimlar (personalga netto-ehtiyoj).


Yüklə 130,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin