1. «Personalni boshqarish» – fan sifatida Personalni boshqarishning asosiy funkciyaları Ishlab chiqarishda xodimlarning tutgan o’rni


Personalni strategik rejalashtirish



Yüklə 130,92 Kb.
səhifə27/60
tarix30.03.2023
ölçüsü130,92 Kb.
#91500
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   60
2-kurs leksiyalar uzb

5. Personalni strategik rejalashtirish
Bu masalada strategik rejalashtirishning klassik va zamonaviy uslublariga aniqlik kiritish talab etiladi.

Klassik strategik rejalashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: avval maqsad belgilanadi, so’ng uni amalga oshirish uchun maqbul strategiya (yo’l) izlanadi va pirovardida buning uchun zarur resurslar (vositalar) aniqlanadi.

Zamonaviy strategik rejalashtirish muntazam asosda biznesni va uni rejalashtirish imkoniyatlarini o’rganishdir (4.9- rasm). Bunda birinchi o’ringa yangi axborot texnologiyalari va moliya resurslari yordamida boshqariladigan alohida yshlab chiqarishning texnik vositalariga asoslangan yo’llarni izlab topish chiqmoqda.

Personalni strategik rejalashtirishning maqsadi mavjud mehnat resurslaridan samarali foydalanish hisobiga tashkilotning uzoq muddat davomida muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishi, raqobatbardoshligi, o’sishi va taraqqiy etishi to’g’risida g’amxo’rliqdir.

1. Talabni prognoz qilish — bu yo’nalishda prognoz qilish san’ati bozorning rivojlanishi tendensiyalari va ularning personalga bo’lgan ehtiyojini raqobatchilardan ilgariroq aniqlash qobiliyatida namoyon bo’ladi.

Ekstrapolyatsiya — eng sodda va ko’p qo’llaniladigan uslub bo’lib, bugungi vaziyat (nisbat) asosida kelajakni belgilashdan iboratdir

Talabni prognoz qilishda qo’llaniladigan komp’yuter modellari ekstrapolyatsiya, ekspert baholari uslublaridan hamda korxonaning, ishchi kuchi ehtiyojiga ta’sir ko’rsatadigan omillar dinamikasi to’g’risidagi ma’lumotlardan bir yo’la foydalanish imkonini beradi.

Taklifni prognoz qilishda ham korxonaning o’zidan, ham korxonadan tashqaridan ishlab chiqarishga jalb etish mumkin bo’lgan ishchi kuchi mikdori aniqlanadi. Bunda absentizm, xodimlar kasbiy va xizmat vazifalarining o’zgarishi, qo’nimsizlik, ish vaqti fondining va boshqa mehnat sharoitlarining o’zgarishi hisobga olinishi kerak.


Yüklə 130,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin