Ikkinchi qism (resursli) — muammoni hal etish manbalaridir. Bu hal qiluvchi bo’g’in hisoblanadi. Bu masalada nima mavjud hamda nima zarurligi uchun nima etishmaydi, degan savolga javob berilishi kerak. Boshqacha aytganda, ushbu qismda korxona personali resurslarini baholashning bir qancha yo’nalishlari o’z aksini topgan.
Uchinchi qism — muammoni hal etishdir. Unda qo’yilgan barcha savollarga javob bo’ladi. Ya’ni mavjud resurslarni hisobga olgan holda ishlab chiqarish talablarini amalga oshirish ishga yollash, ishga ko’niktirish, tayyorlash va malaka oshirish, martaba (lavozimda vertikal va gorizontal siljitish), ishdan bo’shatish bo’yicha dasturlar yaratiladi.
3. Personalni rejalashtirish yo’nalishlari Personalni rejalashtirish yo’nalishi, hal qilinadigan vazifalar jihatlari va rejalash davrining davomiyligiga qarab, rejalashtirish quyidagi uch turga bo’linadi:
strategik, istiqbolli (uzoq muddatli) rejalashtirish (3 yildan 10 yilgacha);
o’rta muddatli rejalashtirish (1 yildan 3 yilgacha);
Personalga ehtiyojni rejalashtirish mavjud mehnat resurslari salohiyatini, ularga kelajakdagi ehtiyojni baholashni, personalni rejalashtirish bo’yicha dasturlar ishlab chiqishni talab etadi.
Personalga ehtiyojni rejalashtirishda quyidagilarni farqlash lozim:
— umumiy ehgiyoj — rejalashtirilgan ish hajmini bajarish uchun tashkilotga zarur bo’lgan xodimlar umumiy soni (personalga brutto-ehtiyoj);
— qo’shimcha ehtiyoj — korxona joriy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, rejalashtirilayotgan davrda mavjud ishchi kuchi soniga zarur qo’shimcha xodimlar (personalga netto-ehtiyoj).