1. «Personalni boshqarish» – fan sifatida Personalni boshqarishning asosiy funkciyaları Ishlab chiqarishda xodimlarning tutgan o’rni



Yüklə 130,92 Kb.
səhifə20/60
tarix30.03.2023
ölçüsü130,92 Kb.
#91500
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   60
2-kurs leksiyalar uzb

Boshqaru funktsiyalari ob’ektiv jihatdan zarur va albatta qaytariluvchi xatti harakatlar majmuasi bo’lib, mazmuni va yo’nalish maqsadlarining bir xilligi tufayli birlashib turadi. Boshqaruv funktsiyalari butun boshqaruv jarayoni davomida uzluksiz tarzda amalga oshiriladi hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilish va bajarishning turli bosqichlarida turli xil salmoqqa ega bo’ladi. Amaldagi tasnifga asosan boshqaruvning quyidagi funktsiyalarini ajratib ko’rsatish mumkin: 
1. Rejalashtirish – ishlab chiqarishni kengaytirish va korxonaning gullab-
yashnashi uchun ishlab chiqarish maqsadlarini belgilash va uning natijalariga 
erishish. 
2. Istiqbolni belgilash (prognozlashtirish) – joriy faoliyatni samarali tarzda
olib borish hamda istiqbolni ko’ra olish va boshqaruv tizimini istiqbolga
moslashtirish. Rejalashtirishdan farqli ravishda prognozlashtirish ehtimollik tavsifiga ega bo’ladi. 

3. Tartibga solishishlab chiqarishni, jamoani boshqarishda belgilangan 
ko’rsatkichlardan chetga og’ishlarni to’g’rilab borish. 
4. Tashkillashtirish – kuch-quvvat va vositalarni ishlab chiqarish dasturini 
minimal xarajatlar asosida va bu xarajatlarning yuqori samaradorligi orqali amalgaoshirishga yo’naltirish, amaldagi tashkilotchilik tizimini yangi yutuqlarga erishish va yangi vazifalarni bajarishga yo’naltirish. 
5. Nazorat – joriy ko’rsatkichlarning belgilangan (dasturiy) vazifa(norma)larga 
mos kelish darajasini aniqlash. 
6. Hisobga olish – korxonaning ma’lum bir vaqt davomida bajargan ishlariga 
yakun yasash. 
7. Tahlil – ma’lumotlarni yig’ish, saqlash, qayta ishlash hamda ulardan 
boshqaruvni asoslash va boshqa vazifalari uchun foydalanish. 

Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Personalni boshqarish tamoyillari deganda nimani tushunasiz?
2. Personalni boshqarishga oid qanday yondashuvlar mavjud?
3. Boshqaruvning tashkiliy tuzilmalarini tushuntirib bering.
4. Boshqaruvning qanday uslublarini bilasiz?
5. Personalni boshqarish vazifa va funktsiyalarini izohlang.
6. Personalni boshqarishning ijtimoiy-psixologik uslublar tasnifiga nimalar kiradi?
7. Personalni boshqarish xizmati deganda nimani tushunasiz?
8. Personalni boshqarishning guruhli (matritsali) tashkiliy tuzilmasining mohiyatini tushuntirib bering.
9. Personalni boshqarish xizmati funktsiyali tuzilmasiga qaysi bo’limlar kiradi?
10. Personalni boshqarishda chet el tajribalarini o’rganishning mohiyatini tushuntirib bering.



Yüklə 130,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin